Chirchiq davlat pedagogika instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi "tasdiqlayman"


 Intellektual mulk obʼektlarini huquqiy muhofaza qilish



Download 5,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet95/109
Sana17.05.2023
Hajmi5,06 Kb.
#940203
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   109
Bog'liq
KURS ISHI

2. Intellektual mulk obʼektlarini huquqiy muhofaza qilish. 
Intellektual mulk obʼektlarini huquqiy muhofaza qilish ularning yaratilganligi 
tufayli yoxud ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va 
tartibda vakolat berilgan davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza berilishi 
natijasida yuzaga keladi. 
Oshkor etilmagan axborotga huquqiy muhofaza berish shartlari 
qonun bilan belgilanadi. 
1. Ushbu normada intellektual mulkning turli obʼektlarini huquqiy muhofaza 
qilishni vujudga kelish xususiyatlari belgilab qoʼyilgan. 


161 
2. Intellektual mulk obʼektlarini huquqiy muhofaza qilish deganda huquq egalari 
subʼektiv huquqlarini huquqiy ximoya qilish tushuniladi. 
Intellektual mulk obʼektlari oʼz-oʼzicha huquqiy muhofaza qilinmaydi balki 
amalda ushbu obʼektlarga nisbatan subʼektiv huquqlarga ega boʼlgan shaxslarning 
huquqlari (mualliflarning shaxsiy huquqlari, mutloq huquqlar egalarini huquqlari, 
litsenziya boʼyicha foydalanuvchilar huquqlari, avvaldan foydalanuvchilarning 
huquqlari va sh.k.) huquqiy muhofaza qilinadi. 
3. Intellektual mulk obʼektlarini quyidagi turlarini huquqiy muhofaza qilish 
ularni yaratilish faktlari asosida vujudga keladi: 
fan, adabiyot, sanʼat asarlari; 
EHM uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari; 
eshittirish tashkilotlarinining ijrolari, fonogrammalari, 
eshittirish va koʼrsatuvlari; 
integral mikrosxemalar topologiyalari. 
Ushbu obʼektlar, agarda ularni yaratgan shaxs (ijodkor) obʼektni 
ogʼzaki, yozma yoki uni boshqa shaxslar tomonidan qabul qilishga imkon372 
beradigan boshqa obʼektiv shaklida mujassamlantirgan paytdan 
boshlab yaratilgan xisoblanadi. Xuddi shu paytdan boshlab ijodkor 
shaxsda subʼektiv huquq vujudga keladi va u huquqiy muhofaza ostiga 
olinadi. Bunda obʼektni roʼyxatdan oʼtkazdirish, boshqa qandaydir 
rasmiyatchiliklarga rioya qilish talab etilmaydi. Xatto obʼektdan 
uchinchi shaxslarni foydalanishi boshlanganligi fakti ham ahamiyatga 
ega emas. Shuni unutmaslik lozimki, garchi obʼektni keyinchalik 
roʼyxatdan oʼtkazdirish qoidasi mavjud boʼlsa ham (masalan, EHM uchun 
dasturlar va maʼlumotlar bazalarini, integral mikrosxemalar topologiyalarini 
roʼyxatdan oʼtkazdirish taomili mavjud) bu holat koʼproq 
texnik xarakterga ega va ularga rioya qilmaslik subʼektiv huquqlarni 
huquqiy himoyasini vujudga kelishiga toʼsqinlik qilmaydi. 
4. Intellektual mulkni qator obʼektlarini huquqiy muhofaza qilish 
Fuqarolik Kodeksida yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda 
vakolatli davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza yorligʼi berilishi asosida 
vujudga keladi («Ixtirolar, foydali modellar va sanoat 
namunalari toʼgʼrisidagi Qonun» , «Selektsiya yutuqlari toʼgʼrisidagi 
Qonun» va boshqalar). Buning uchun intellektual mulk obʼektiga nisbatan 
subʼektiv huquqlarini eʼtirof etilishiga boʼlgan huquqqa ega 
manfaatdor shaxs vakolatli davlat organiga tegishli talabnoma va oʼz 
talablarini asoslantiruvchi xujjatlarni taqdim etishi lozim. Talabnoma 
qanoatlantirilgan hollarda vakolatli davlat organi fuqarolar yoki 
yuridik shaxslarga intellektual mulk obʼektlariga nisbatan subʼektiv 


162 
huquqlarni huquqiy muhofaza qilish hujjatini (patent, guvohnoma, 
roʼyxatdan oʼtkazganlik toʼgʼrisida dalolatnoma va sh.k.) beriladi. 
Intellektual mulk obʼktlarini quyidagi turlarini huquqiy muhofaza 
qilish huquqiy muhofaza yorligʼi berilganligi asosida vujudga keladi: 
-
ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari (patent beriladi); 
-
selektsiya yutuqlari (patent beriladi); 
-
tovar belgilari (guvoxnoma beriladi); 
-
tovarni kelib chiqish joyi nomi (guvoxnoma beriladi); 
-
firma nomi (firma nomlari reestriga kiritiladi). 
Yuqorida koʼrsatilgan obʼektlarni deyarli barchasi uchun muhofaza yorligʼi 
Oʼzbekiston Respublikasi intellektual mulk davlat agentligi tomonidan beriladi. 
Firma nomlarini rasmiylashtirishga nisbatan vakolatli davlat organi boʼlib davlat 
statistika qoʼmitasi hisoblanadi. 
Intellektual mulk obʼektlarini huquqiy muhofaza yorligʼida obʼektning nomi, uni 
xususiyatlari, obʼekt muallifi (ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga nisbatan), 
mutloq huquq egasining nomi, huquqiy muhofazani boshlanish va amal qilish 
muddati, vakolatli davlat idorasining nomi va sh.k. koʼrsatiladi. 
5. Oshkor etilmagan axborotlarni huquqiy muhofaza qilish shartlari qonun 
hujjatlarida oʼrnatilgan asoslar boʼyicha belgilanadi (FKning 98-moddasi va 64-bobi, 
Davlat sirlari toʼgʼrisidagi qonunning 1–3-moddalari). Ushbu shartlarga koʼra koʼp 
hollarda oshkor etilmagan axborot egasini faktik monopol holati namoyon boʼladi. 
Faktik monopol holat bir paytning oʼzida quyidagi shartlarni mavjud boʼlishini 
anglatadi: 
a) oshkor etilmagan axborotni uchinchi shaxslar uchun nomalumligi; 
b) uchinchi shaxslarga nomalumligi sababli oshkor etilmagan axborotlarni real 
yoki potentsial tijorat qiymatiga ega ekanligi; 
v) uchinchi shaxslarni ushbu oshkor etilmagan axborotlar bilan tanishish yoki 
ulardan foydalanish huquqiy asoslarini yoʼqligi (axborot 
egasidan ruxsatsiz); 
g) oshkor etilmagan axborot egasi tomonidan axborotni maxfiyligini saqlash 
uchun barcha choralarni koʼrganligi. 
Oshkor etilmagan axborotlardan gʼayriqonuniy foydalanishdan himoyalanish 
huquqi FKning 64-bobida nazarda tutilgan asoslar boʼyicha vujudga keladi(FKning 
64-bobi sharhlariga qaralsin). 
Fuqarolik kodeksining 1033-moddasida Intellektual mulk obʼektlariga shaxsiy 
nomulkiy va mulkiy huquqlar belgilab berilgan bo`lib, Intellektual faoliyat 
natijalarining mualliflari ana shu natijalarga nisbatan shaxsiy nomulkiy va mulkiy 
huquqlarga ega boʼladilar. 


163 
Shaxsiy nomulkiy huquqlar muallifga uning mulkiy huquqlaridan qatʼi nazar 
tegishli boʼladi va uning intellektual faoliyat natijalariga boʼlgan mulkiy huquqlari 
boshqa shaxsga oʼtgan taqdirda uning oʼzida saqlanib qoladi. 
Fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar yoki xizmatlarning 
xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar (bundan buyon matnda — xususiy 
alomatlarni aks ettiruvchi vositalar)ga nisbatan huquq egalariga bu vositalar borasida 
mulkiy huquqlar tegishli boʼladi. 
Mualliflik huquqi (intellektual faoliyat natijasining muallifi deb eʼtirof etilish 
huquqi) shaxsiy nomulkiy huquq hisoblanadi va ijodiy mehnati bilan intellektual 
faoliyat natijasini yaratgan shaxsgagina tegishli boʼladi. 
Mualliflik huquqi boshqa shaxsga oʼtkazilmaydi va berilmaydi. Аgar natija ikki 
yoki undan ortiq shaxsning birgalikdagi ijodiy mehnati bilan yaratilgan boʼlsa, ular 
hammualliflar hisoblanadilar. 
Intellektual mulkning ayrim obʼektlariga nisbatan qonunda asarning toʼlaligicha 
hammualliflari deb hisoblanadigan shaxslar doirasi cheklab qoʼyilishi mumkin. 
1. Ushbu sharhlanayotgan normada intellektual mulk obʼektlari subʼektlarining 
huquqlari turlari belgilab qoʼyilgan. 
2. Intellektual faoliyat natijalari mualliflari ushbu faoliyat natijasida yaratilgan 
obʼektlarga nisbatan shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarga egadirlar. 
Intellektual faoliyat natijasi muallifining shaxsiy nomulkiy huquqi — bu mulkiy 
mazmunga ega boʼlmagan, obʼekt yaratuvchisini ijodiy maqomini belgilovchi va 
ushbu maqomdan kelib chiqadigan huquqlarni mustaxkamlashga va himoya qilishga 
qaratilgan mutloq huquqlari boʼlib, u faqat huquq egasiga tegishli va huquq egasidan 
begonalashtirilishi mumkin emas. Shaxsiy huquqlar mazmuni va xajmlari har bir 
intellektual faoliyat natijasi boʼyicha alohida belgilab qoʼyiladi. Masalan, mualliflik 
huquqi obʼektlarga nisbatan muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari doirasi xajmi 
nisbatan keng va chuqur xarakterga ega (muallif sifatida eʼtirof etilish huquqi, 
muallifning nomga boʼlgan huquqi, muallif nufuzini himoya qilishga boʼlgan huquq, 
asarni muomaladan qaytarib olish huquqi va x.k.). Baʼzi obʼektlarga nisbatan 
muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari (masalan, selektsiya yutuqlariga nisbatan) 
ushbu obʼektga nisbatan muallif ekanligini eʼtirof etish bilan cheklanadi. 
Muallifni mulkiy huquqlari mazmuni intellektual faoliyat natijalaridan uning 
oʼzi tomondan foydalanishi, foydalanish huquqini xaq asosida oʼtkazish yoki xaq 
asosida foydalanishga ruxsat berish yoki oʼz huquqlarini boshqa shaxslarga xaq 
asosida berish vakolatlarida namoyon boʼladi. Muallif mulkiy huquqlari doirasi toʼliq 
cheklangan yoki qisman boʼlishi mumkin. Аgarda intellektual faoliyat natijasiga 
nisbatan mutlaq huquq muallifga emas, boshqa shaxsga tegishli boʼlsa (FKning 1034-
moddasi) intellektual faoliyat natijasiga boʼlgan mualliflik huquqlari cheklangan 
xisoblanadi. Bunday cheklangan mulkiy huquqlar mazmuni har doim qonun 


164 
hujjatlarida belgilab qoʼyiladi (masalan, mualliflik va turdosh huquqlar toʼgʼrisidagi 
qonunning 23-moddasida nazarda tutilgan ergashma huquq, selektsiya yutuqlari 
toʼgʼrisidagi qonunning 7-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan mukofot olish huquqi, 
ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari toʼgʼrisidagi qonunning 1-moddasida 
nazarda tutilgan ixtirolardan ilmiy maqsadlarda foydalanish huquqi). 
3. Muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari uning mulkiy huquqlari turlari, 
mazmuni va xajmlaridan qatʼiy nazar unga tegishli boʼladi va xatto mulkiy huquqlar 
boshqa shaxslarga oʼtkazilgandan keyin ham mualliflik saqlanib qoladi. Intellektual 
faoliyat natijalariga nisbatan shaxsiy huquqlar faqat uning ijodkor yaratuvchisiga 
(muallifiga) tegishli boʼladi. Mulkiy huquqlar esa xar qanday uchinchi shaxslarga 
tegishli boʼlishi mumkin (masalan, obʼekt buyurtma asosida yaratilgan boʼlsa). 
Mulkiy huquqlar fuqarolik muomalasida faol harakatda boʼladi. Xaq evaziga yoki 
tekin boshqa shaxslarga oʼtkazilishi mumkin, garovga qoʼyilishi, meros sifatida 
oʼtishi mumkin. Shaxsiy huquqlar ijodkor muallifning shaxsi bilan uzviy bogʼliq 
boʼlganligi sababli undan begonalashtirilishi va boshqa shaxslarga oʼtkazilishi 
mumkin emas. Intellektual faoliyat natijalariga nisbatan mulkiy huquqlarni fuqarolik 
muomalasidagi huquqiy rejimi holatidan qatʼiy nazar shaxsiy nomulkiy huquqlar xar 
doim ijodkor muallifda qolaveradi va mulkiy huquqlardan foydalanuvchilar ijodkor 
yaratuvchi (muallifning) shaxsiy huquqlariga rioya qilishlari shart. Masalan, asarga 
nisbatan mutlaq huquqlarni sotib olgan nashriyot uni chop etishda muallif nomini 
koʼrsatishi, muallif nufuzini, shaʼni, qadr-qiymatini himoya qilishga boʼlgan 
huquqlarga rioya etishi lozim. 
4. Fuqarolik muomalasi ishtirokchilari, ularning tovarlari, ishlari va xizmatlarini 
individuallashtirish vositalariga nisbatan faqat mulkiy huquqlar amal qiladi. 
Individuallashtirish vosositalarigi nisbatan huquqlar mazmuni intellektual faoliyat 
natijalariga nisbatan huquqlar mazmunidan farqlanadi. Individuallashtirish vositasi 
egasi huquqlari qatʼiy mulkiy xarakterga ega. Binobarin, bu huquqlar qonunda 
belgilangan tartibga rioya qilingan holda vaqtinchalik boshqa shaxslarga xaq evaziga 
yoki tekin oʼtkazilishi mumkin (firma nomiga boʼlgan huquqdan tashqari). 
5. Mualliflilik huquqi (intellektual faoliyat natijasining muallifi sifatida eʼtirof 
etilish huquqi) shaxsiy nomulkiy huquq xisoblanadi va faqat intellektual faoliyat 
natijasini oʼz ijodiy mehnati bilan yaratgan ijodkor shaxsgagina tegishli boʼlishi 
mumkin.
Oʼzini aqliy ijodiy mehnati bilan ixtironi yoki asarni yaratgan shaxs intellektual 
faoliyat natijasini muallifi xisoblanadi. Bu huquq ijodiy faoliyat natijasiga nisbatan 
mualliflilik huquqi deb atalib boshqa barcha shaxsiy huquqlarni negizini tashkil etadi. 
Boshqa barcha shaxsiy huquqlar ushbu huquq asosida vujudga keladi, undan xosila, 
unga nisbatan ikkilamchi xisoblanadi. Mualliflik huquqi oʼz mohiyatiga koʼra shaxsiy 
nomulkiy huquq xisoblanadi. Yaʼni birinchidan, ijodkor shaxsi bilan uzviy bogʼliq, 


165 
ikkinchidan mulkiy iqtisodiy mazmunga ega emas, uchinchidan huquq egasidan 
ajratilishi, begonalashtirilishiga yoʼl qoʼyilmaydi. Ushbu huquq intellektual faoliyat 
natijasini oʼzining ijodiy, ilmiy-ijodiy yoki ilmiy-badiiy mehnati asosida yaratgan 
shaxsga tegishli boʼladi. Intellektual faoliyat natijasini yaratishda odatdagi mexanik 
mehnati bilan qatnashgan shaxs (masalan, ixtirochini chizmalari asosida ixtiro 
qurilmasi detallarini yasagan tokar va sh.k.) mualliflik huquqiga ega boʼlmaydi. 
6. Mualliflik huquqi boshqa shaxslarga oʼtkazilmaydi. Intellektual faoliyat 
natijalariga nisbatan mualliflik huquqi faqat uni yaratuvchisiga tegishli boʼladi, undan 
begonalashtirish yoki qandaydir tarzda boshqa shaxslarga oʼtkazish mumkin emas. 
Shu sababli mualliflik huquqini boshqa shaxslarga oʼtkazish, xatto muallif oʼz erki va 
xoxishiga koʼra bu huquqdan voz kechib, uni bitim yoki shartnoma asosida (oldi-
sotdi, xadya) boshqa shaxslarga berishi xaqiqiy xisoblanmaydi. Masalan, bir shaxs 
tomonidan ikkinchi shaxs uchun dissertatsiya yozib berish xaqidagi bitim qonunga 
zid va shu sababli oʼz-oʼzidan xaqiqiy xisoblanmaydi. Oʼzbekiston Respublikasi 
Jinoyat Kodeksining 149-moddasida intellektual mulk obʼektlariga nisbatan 
mualliflikni oʼzlashtirish, hammualliflikka majbur qilish uchun jinoiy javobgarlik 
belgilangan. 
7. Аgarda ijodiy faoliyat natijasi (ixtiro, asar) ikki va undan ortiq shaxs 
tomonidan yaratilgan boʼlsa xammualliflikda yaratilgan xisoblanadi. Umumiy 
qoidaga koʼra xammualliflarni shaxsiy huquqlari teng xisoblanadi. Mulkiy huquqlar 
xajmi xammualliflar oʼrtasidagi kelishuv asosida belgilanadi va teng boʼlmasligi 
mumkin. Intellektual mulkni baʼzi obʼektlarga nisbatan xammualliflar doirasi qonun 
hujjatlari boʼyicha cheklanishi mumkin. Ushbu qoida ijodiy jamoani umumiy saʼyi-
harakatlari asosida yaratiladigan baʼzi intellectual faoliyat obʼektlariga nisbatan 
taʼluqlidir. Masalan, audiovizual asar xuddi shunday obʼekt xisoblanadi va u jamoani 
katta koʼpchiligini ijodiy mehnati asosida yaratiladi. Biroq uning mualliflari sifatida 
cheklangan doiradagi shaxslar: stsenariy muallifi, sahnalashtiruvchi rejissyor, 
sahnalashtiruvchi operator, sahnalashtiruvchi rassom va sh.k. xisoblanadi. 
Yaratilish fakti asosida huquqiy muhofaza qilinadigan intellectual faoliyat 
obʼektlariga nisbatan mualliflik huquqini yuridik rasmiylashtirish talab etilmaydi 
(asarni oʼzida muallifning nomi koʼrsatilgan yoki koʼrsatilmaganidan qatʼiy nazar). 
Аgarda obʼektga huquqiy himoya maxsus muhofaza yorligʼi (patent, guvoxonma va 
sh.k.) asosida beriladigan boʼlsa, obʼektga nisbatan mualliflik huquqi vakolatli davlat 
idorasi tomonidan berilgan hujjatda qayd etiladi. 
Mualliflik huquqidan tashqari intellektual faoliyatni ayrim obʼektlariga nisbatan 
boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlar ham nazarda tutilgan boʼlishi mumkin(FKning 
1085–1092-moddalari sharhiga qarang). Barcha shaxsiy nomulkiy huquqlar 
bemuddat himoya qilinadi. 


166 
FKning 1034-moddasiga ko`ra Intellektual mulk obʼektlariga nisbatan mutlaq 
huquqlar: 
Intellektual faoliyat natijasiga yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositaga 
nisbatan mulkiy huquqlar egasiga ana shu intellektual mulk obʼektidan oʼz xohishiga 
koʼra har qanday shaklda va har qanday usulda mutlaq qonuniy foydalanish huquqi 
tegishli boʼladi. 
Huquq egasiga mutlaq huquq asosida tegishli boʼlgan intellectual mulk 
obʼektlaridan boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat huquq egasining ruxsati bilan 
yoʼl qoʼyiladi. (OʼzR 16.01.2007 y. OʼRQ-79-son Qonuni tahriridagi qism) 
Intellektual mulk obʼektiga nisbatan mutlaq huquq egasi bu huquqni boshqa shaxsga 
toʼliq yoki qisman oʼtkazishga, intellectual mulk obʼektidan boshqa shaxs 
foydalanishiga ruxsat berishga haqli va, agar bu ushbu Kodeks va boshqa 
qonunlarning qoidalariga zid boʼlmasa, ularni boshqacha tarzda tasarruf etishga haqli.
Mutlaq huquqlarni cheklashga, shu jumladan intellektual mulk obʼektidan 
boshqa shaxslar foydalanishiga imkoniyat berish yoʼli bilan cheklashga, bu 
huquqlarni haqiqiy emas deb topishga va ularni tugatishga (bekor qilishga) ushbu 
Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan hollarda, doiralarda va tartibda yoʼl 
qoʼyiladi.
Mutlaq huquqlarni cheklash bunday cheklash intellektual mulk obʼektidan 
normal foydalanilishiga oʼrinsiz ziyon yetkazmagan va huquq egalarining qonuniy 
manfaatlarini asossiz kamsitmagan taqdirdagina tatbiq etiladi. (OʼzR 16.01.2007 y. 
OʼRQ-79-son Qonuni tahriridagi qism), (Oldingi tahririga qarang) 
1. Ushbu sharhlanayotgan moddada intellektual mulk obʼektiga nisbatan mutlaq 
huquqlar egasi huquqlari mazmuni belgilab qoʼyilgan. 
2. Yuqorida taʼkidlanganidek intellektual mulk obʼektlariga nisbatan 
subʼektlarni shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlari amal qiladi. 
Intellektual mulk obʼektlarini juda katta koʼpchiligiga nisbatan huquq egasini 
mutlaq huquqlari amal qilib, unda uning barcha vakolatlari mujassamlanadi. Mutloq 
huquqlar intellektual mulk obʼektlariga nisbatan mulkiy huquqlarni asosi, negizini 
tashkil etadi. Intellektual mulk obʼektiga nisbatan boshqa subʼektlarni mulkiy 
huquqlari yoxud mutloq huquqni xosilasi xisoblanadi va undan kelib chiqadi yoki 
ularni amalga oshirishda mutloq huquqlarga zid boʼlmasligi shart. 
Moddiy obʼektlarga nisbatan mulkiy huquqlar tizimida mulk huquqi qanday 
asosiy rol oʼynasa, intellektual mulk obʼektlariga nisbatan mulkiy huquqlar tizimida 
mutloq huquqlar xam xuddi shunday funktsiyani bajaradi. 
Mulk huquqi konstruktsiyasi va mutloq huquqlar konstruktsiyalari muayyan 
umumiyliklarga ega (masalan, xar ikkalasida xam foydalanish huquqi va tasarruf 
qilish huquqi vakolatlari mavjud). Biroq bu umumiyliklar xal qiluvchi ahamiyatga 
ega emas. Chunki intellektual mulk obʼektlarini jiddiy tafovvutlari ularga nisbatan 


167 
mulk huquqi konstruktsiyasini qoʼllashga imkon bermaydi va shu sababli ham qonun 
chiqaruvchi tomonidan ular uchun maxsus konstruktsiya - mutloq huquqlar 
konstruktsiyasi yaratilgan. 
3. Shuni nazarda tutish kerakki, oshkor etilmagan axborot egasiga va tovarni 
kelib chiqish joyi nomiga boʼlgan huquq egasiga ushbu obʼektlarga nisbatan mutloq 
huquqlar tegishli boʼlmaydi. Shu sababli sharhlanayotgan ushbu normalar ularga 
nisbatan taʼluqli emas. 
4. Intellektual faoliyat natijasiga nisbatan mulkiy huquqlar egalariga (yaʼni 
patent huquqi obʼektlariga nisbatan patent egasiga, mualliflik 
huquqi obʼektlariga nisbatan muallifga, buyurtmachiga yoki ish beruvchiga va 
sh.k.) yoki individuallashtirish vositalari egalariga (yaʼni tovar belgisi egasiga, firma 
nomi egasiga) intellektual mulkni ushbu obʼektida qonunga muvofiq ravishda oʼz 
xoxishiga koʼra xar qanday shaklda va xar qanday usulda foydalanishga nisbatan 
mutloq huquq tegishli boʼladi. 
Obʼektdan qonunga muvofiq foydalanish deyilganda mutloq huquqlar soxibi 
huquqiy maydon doirasida harakat qilishi tushuniladi. Yaʼni u qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan barcha shartlar va talablarga rioya qilishi, boshqa shaxslarni qonuniy 
va huquq manfaatlarini buzmasligi lozim. 
Mutlaq huquqlar egasi obʼektdan oʼz xoxishiga koʼra, oʼz erki ixtiyori bilan va 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holda boshqalarni majburlovisiz foydalanishga 
xaqli. Qonunda masalan, obʼektdan foydalanish boʼyicha majburiy litsenziya berish 
tartibi va asoslari belgilab qoʼyilgan. 
Intellektual mulk obʼektlaridan foydalanish shakllari qonun hujjatlarida qatʼiy va 
tugal tarzda belgilab qoʼyilmagan. Bu esa huquq egasiga muayyan vaziyatlardan oʼz 
manfaatlaridan kelib chiqqan holda, obʼektdan xar qanday shaklda foydalanishga 
imkon beradi. Masalan, asar muallifi uni kitob shaklida nashr etishi, ogʼzaki oʼqishi, 
kino stsenariy, radio pьesa sifatida qayta ishlashi, fono yozuvlariga kiritishi va 
boshqa shakllarda foydalanishga xaqli. 
Intellektual mulk obʼektlari usullaridan foydalanish xam cheklanmagan. 
Foydalanishni texnik usullari, yuridik usullari va shu kabilar bilan farqlanadi. 
Foydalanishni keng qoʼllaniladigan usullari boʼlib tijorat muomalasida 
foydalanish, shaxsiy maqsadlarda foydalanish va ilmiy tadqiqotlarda foydalanish 
xisoblanadi. 
5. Yuqorida aytilganidek, intellektual mulk obʼektlari asosida ularni gʼoyaviy 
negizga tayanishi yotadi. Yaʼni ushbu obʼektni jismoniy jihatdan mutlaq egallash 
mumkin emas va obʼekt bir vaqtning oʼzida nomuayyan doiradagi shaxslar 
foydalanishida boʼlishi mumkin. Shu sababli ham mulk huquqidan farqli ravishda 
mutlaq huquqlar konstruktsiyasida egallash huquqiga urgʼu berilmagan. Buning 
oʼrniga intellectual mulk obʼektini muayyan subʼektga mutlaq huquqlar tegishli 


168 
boʼlgan asosda, undan boshqa shaxslarni foydalanishiga mutlaq huquqlarni egasi 
roziligi bilangina yoʼl qoʼyiladi deb belgilab qoʼyilgan. Bunday rozilikni eng keng 
tarqalgan shakli boʼlib litsenziya shartnomalari tuzish xisoblanadi (FKning 1036-
moddasi sharhlariga qarang). Rozilik olishning boshqa holatlarida u aniq va qatʼiy 
ifodalangan boʼlishi va iloji boricha yozma ravishda tuzilgan boʼlishi lozim. Sukut, 
indamaslik bunda rozilik alomati xisoblanmaydi. 
Qonun hujjatlarida intellektual mulk obʼektidan mutlaq huquqlar egasi roziligini 
olmasdan foydalanish asoslari ham belgilab qoʼyilgan (masalan, FKning 1065-
moddasi sharhlariga qarang). Uchinchi shaxslar tomonidan intellektual mulk 
obʼektidan mutlaq huquqlar egasi roziligini olmagan holda foydalanishning qolgan 
barcha holatlari qoʼpol, jiddiy huquqbuzarlik xisoblanadi va huquqbuzarlik xarakter 
va oqibatlariga qarab jinoyat huquqiy, maʼmuriy huquqiy va fuqarolik huquqiy 
javobgarliik choralari qoʼllaniladi. 
5.
Intellektual mulk obʼektlariga nisbatan mutlaq huquqlar fuqarolik 
muomalasida erkin harakatda boʼladi. Shu sababli intellectual mulk obʼektlariga 
nisbatan mutlaq huquq egasi ushbu huquqni boshqa shaxslarga toʼliq oʼtkazishga 
xaqli (huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish, sotish, hadya qilish, tijorat 
yuridik shaxslar ustav fondiga kiritish va sh.k.). Mutlaq huquq egasi ushbu 
huquqlarni qisman boshqa shaxslarga oʼtkazishga (masalan, oʼzini foydalanish 
vakolatini cheklamagan holda obʼektdan boshqa shaxsga foydalanishga ruxsat berishi 
mumkin) yoxud FKning va boshqa qonun hujjatlariga zid boʼlmagan xar qanday 
tarzda tasarruf qilishga (masalan, barcha shaxslarni obʼektdan erkin foydalanish 
maqsadida mutlaq huquqlardan voz kechishga xaqli).
6.
Mutlaq huquq toʼliq boshqa shaxsga oʼtkazilganda avvalgi huquq egasi uni 
oʼzidan begonalashtiradi va mutlaq huquq uni qabul qiluvchi tomonda vujudga 
keladi. Mutlaq huquqlarni tasarruf qilish usullari tizimida ularni sotish, tijorat yuridik 
shaxslari ustav fondiga kiritish bilan bir qatorda majburiyat ijrosini taʼminlash 
maqsadida garovga qoʼyish xam mumkin. 
7. FKning 1034-moddasi 4–5-qismlarida mutlaq huquqlarni cheklash shartlari 
belgilab qoʼyilgan. Ular quyidagilardan iborat: 
Birinchidan, Fuqarolik Kodeksida va qonunda nazarda tutilgan hollardagina yoʼl 
qoʼyiladi (demak qonun osti hujjatlari bilan bunday cheklashlar mumkin emas.); 
Ikkinchidan, bunday cheklashlar intellektual mulk obʼektidan huquq egalarini 
normal foydalanishiga ziyon yetmasligi shart (yaʼni ularni imkoniyatini 
cheklamasligi, ular uchun turli toʼsiqlar vujudga keltirmasligi lozim.); 
Uchinchidan, huquq egalarini qonuniy manfaatlarini buzmasligi lozim (yaʼni 
ularni mukofot va foydadan mahrum etmasligi shaxsiy huquqlarni buzmasligi va 
sh.k.). Bunda shuni yodda tutish lozimki, mutlaq huquq egasi iborasi emas huquq 
egalari iborasi qoʼllanilgan, binobarin obʼektdan normal foydalanishga ziyon yetgan 


169 
va huquq egalari qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda barcha huquq egalari (shu 
jumladan mulkiy huquq subʼektlari ham, shaxsiy huquq subʼektlari ham) oʼz 
huquqlarini talab qilishga xaqlidirlar. 

Download 5,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish