12-mavzu. Intellektual faoliyat tushunchasi va uning asosiy belgilari
.
(4 soat)
Reja:
1.
Intellektual faoliyat tushunchasi
2.
Intellektual mulk obʼektlarini huquqiy muhofaza qilish
3.
Mualliflik huquqi
4.
Turdosh huquqlar
Intellektual faoliyat tushunchasi
- intellektual (aqliy) faoliyat natijasiga
tegishli huquq. Mulk egasi ana shu intellektual mulk obʼyektlaridan oʻz xohishiga
koʻra, har qanday shaklda va har qanday usulda mutlaq qonuniy foydalanish
huquqiga egadir. Huquq egasiga mutlaq xuquq asosida tegishli boʻlgan intellektual
mulk obʼyektlaridan boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat huquq egasining
roziligi b-ngina yoʻl qoʻyiladi (Oʻzbekiston Respublikasi FK, 1034-modda). Baʼzi
obʼyektlarga nisbatan (ixtiro, sanoat namunasi, foydali model, tovar (xizmat) belgisi,
firma nomi va sh. k.) mutlaq huquq davlatning vakolatli organi tomonidan
beriladigan maxsus hujjat – patent, guvohnoma asosida vujudga keladi va huquqiy
muhofaza qilinadi.
Intellektual mulk obʼyektlari fuqarolik huquqining boshqa obʼyektlari —
ashyolar, qimmatbaho qogʻozlardan quyidagi xususiyatlari boʻyicha farq qiladi: a)
koʻp hollarda ular moddiykoʻrinishda emas, balki gʻoya, bilim, axborot shaklida
namoyon boʻladi; b) gʻoya, bilim shaklidagi intellektual mulk obʼyektiga odatdagi
moddiy ashyoga egalik qilganday egalik qilish mumkin emas; v) shaxslar bunday
obʼyektlardan ayni bir vaqtning oʻzida cheksiz doirada foydalana olishi mumkin; g)
mulk huquqining muddatsiz ekanligi haqidagi qoida (FK, 164-modda) I. m. h.
obʼyektlariga nisbatan qoʻllanilmaydi, binobarin aksariyat hollarda (nou-xauga
nisbatan istisnoni nazarga olmaganda) I. m. h.ning amal qilishi qonunlarda
belgilangan muddatlar bilan chegaralangan boʻladi; d) qonunlarda belgilangan
muddatlar utishi bilan I. m. x. egasining maʼlum intellektual mulk obʼyektiga
nisbatan huquqlari bekor boʻladi va u umuminsoniy boylikka aylanib, har kim undan
maʼlum shartlar asosida (muallifining shaxsiy huquklariga rioya qilgan holda) tekin
va ruxsatsiz foydalanishga haqli boʻladi; ye) I. m. h. obʼyektlariga nisbatan mulk
huquqini himoya qilishda vindikatsiya daʼvosini qoʻllab (FK, 228-modda) boʻlmaydi;
yo) I. m. h. obʼyektlariga nisbatan odatdagi mulk huquqiy emas, balki mutlaq
huquklar haqidagi qoidalar qoʻllaniladi; j) I. m. h. ning amal qilishi ayni vaqtda
maʼlum hudud bilan chegaralangan boʻladi. Mas, ixtiroga nisbatan Oʻzbekiston
Respublikasi Patent idorasi tomonidan berilgan patent Oʻzbekiston Respublikasi
hududida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilgan xalqaro konvensiyalar, u
bilan xo-rijiy davlatlar oʻrtasida tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar asosida
157
belgilangan xududlardagina amal qilag di; z) koʻpgina intellektual mulk
obʼyektlarining mualliflariga taalluqli shaxsiy huquqlar ham mavjud boʻlib, bu
obʼyektlardan foydalanuvchilar mazkur huquqlarga rioya qilishi shart.
Intellektual mulk obʼyektlari kanday faoliyat mahsuli ekanligi, huquqiy rejimi
va sh.k. xususiyatlariga qarab, quyidagi turlarga boʻlinadi: a) intellektual faoliyat
natijalari: fan, adabiyot, sanʼat asarlari; eshittirish tashkilotlarining ijrolari,
fonogramma va eshittirishlari; elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va
maʼlumot bazalari; ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari; seleksiya yutuqlari;
oshkor etilmagan axborot, shu jumladan, ishlab chiqarish sirlari (nou-xau) dan iborat;
b) fukarolik muomalasi ishtirokchilarining , tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy
alomatlarini aks ettiruvchi vositalar (firma nomlari; tovar (xizmat) belgilari; tovar
chiqarilgan joy nomi; v) FK da va b. qonunlarda nazarda tutilgan hollarda intellektual
faoliyatning boshqa na-tijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining ,
tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi boshqa vositalar (FK
1031-modda). Mazkur faoliyatning yangi mahsullariga, firmalar, tovarlar, ishlar,
xizmatlarning yangi nomlari va alomatlariga nisbatan ham FK (4-boʻlim) da va b.
qonunlarda intellektual mulkka oid belgilangan qoidalar qoʻllanadi.
FK 1031-moddasiga muvofiq, Intellektual mulk obʼektlari jumlasiga quyidagilar
kiradi:
1) intellektual faoliyat natijalari:
fan, adabiyot va sanʼat asarlari;
ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabelь orqali koʼrsatuv yoxud eshittirish
beruvchi tashkilotlarning koʼrsatuvlari yoki eshittirishlari;
elektron hisoblash mashinalari (bundan buyon matnda EHM deb yuritiladi)
uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari;
ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari;
selektsiya yutuqlari;
oshkor etilmagan axborot, shu jumladan ishlab chiqarish sirlari (nou-xau);
2) fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar
va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar:
firma nomlari;
tovar belgilari (xizmat koʼrsatish belgilari);
tovarlar chiqarilgan joy nomi;
3) ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda
intellektual faoliyatning boshqa natijalari hamda fuqarolik
muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini
aks ettiruvchi vositalar.
Ushbu sharhlanayotgan moddada intellektual mulk obʼektlari tizimi,
guruxlari va turlari koʼrsatilgan.
158
Intellektual mulk obʼektlari fuqarolik huquqining alohida
maxsus obʼektlari boʼlib xisoblanadi. Аshyolar, qimmatbaxo qogʼozlar
va boshqa fuqarolik huquqlaridan farqli ravishda intellektual mulk
obʼektlari quyidagi xususiyatlarga ega:
a) koʼp xollarda intellektual mulk obʼektlari moddiy ashyoviy xolatda emas,
gʼoyaviy koʼrinishda — bilimlar, gʼoyalar va axborotlar holatida mavjud boʼladi.
Аlbatta, muyyan gʼoyalar, bilimlar tizimi moddiy eltuvchida, masalan, kitoblarda,
elektron disklarda, maketlarda, qurilmalarda ifodalanishi mumkin, biroq biribir,
gʼoyalar, bilimlar birlamchi, ularning moddiy tashuvchisi ikkinchi darajali boʼladi va
shu sababli huquqiy munosabatlar mohiyatiga jiddiy taʼsir koʼrsata olmaydi;
b) bilimlar, gʼoyalar koʼrinishidagi intellektual mulk obʼektlariga nisbatan
odatdagi moddiy ashyolarga boʼlganday egalik qilish va xukmronlik qilish mumkin
emas;
v) koʼp hollarda ushbu obʼektlardan bir vaqtning oʼzida cheksiz, nomuayyan
darajadagi shaxslar foydalanishlari mumkin;
g) deyarli barcha intellektual mulk obʼektlariga nisbatan Fuqarolik Kodeksining
164-moddasida nazarda tutilgan mulk huquqining muddatsizligi toʼgʼrisidagi qoidasi
taʼluqli emas (oshkor etilmagan axborotlarga nisbatan huquqlar bundan mustasno);
d) qonun hujjatlarida belgilab qoʼyilgan muayyan muddat oʼtishi bilan
intellektual mulk obʼektlari subʼektlarining muayyan intellectual mulk obʼektiga
nisbatan mulkiy (mutloq) huquqlari bekor boʼladi;
ye) intellektual mulk obʼektiga nisbatan huquq egasining huquqlarini
vindikatsiyaviy daʼvo qoʼzgʼatish orqali ximoya qilish samarli emas;
j) intellektual mulk obʼektiga nisbatan huquq egasining vakolatlari mazmuni
mulk huquqi bilan emas, balki mutloq huquq bilan belgilanadi;
z) intellektual mulk huquqining amal qilishi xudud boʼyicha chegaralangan;
i) ijodiy faoliyat natijasi boʼlgan intellektual mulk obʼektlariga nisbatan shaxsiy
huquqlar tizimi amal qiladi va boshqa huquq sohiblari va obʼektdan foydalanuvchilar
ularga rioya qilishlari shart.
3. Sharhlanayotgan ushbu moddada intellektual mulk obʼektlari muayyan
belgilariga qarab uch guruxga boʼlingan.
Obʼektlarni katta guruxini intellektual faoliyat natijalari tashkil etadi. «Intellekt»
lotincha soʼz boʼlib, aql degan maʼnoni anglatadi. Intellektual faoliyat oʼzining
xarakteri boʼyicha insonning eng oliy ijodiy faoliyati xisoblanadi. Insonning ijodiy
faoliyati uning kundalik odatdagi ongli faoliyatidan tubdan farq qiladi. Insonning
odatdagi kundalik ongli faoliyati koʼnikmalar asosida, takror-takror ravishda (uy
qurish, ovqat pishirish, oʼtin yorish va x.k.) amalga oshiriladigan va
yakuniy natijasi avvaldan maʼlum boʼlgan faoliyatdir. Bunday kundalik faoliyat
reproduktiv (takroriy mahsulli) faoliyat xisoblanadi, chunki bunda formal mantiq va
159
boshqa qoidalar, koʼnikmalar asosida tayyor gʼoyalar, mahsulotlar qayta-qayta,
takroriy amalga oshiriladi. Bunda avvaldan maʼlum natijalar vujudga keladi, yangi
natijaga olib kelmaydi. Аgarda xar bir xayotiy muammoni yechishda ijodiy
yondashuv boʼlmaganda edi, insoniyat yaratilgan davrida qotib qolgan, xamon
gʼorlarda yashagan boʼlar edi.
Tevarak atrofimizni qurshagan barcha predmetlar ijodiy faoliyat, ilmiy-texnika
taraqqiyoti natijasi boʼlib xisoblanadi. Аslini olganda xozirgi zamon kishisi, uning
maʼnaviyati, kasb-kor koʼnikmasi, mahorati, madaniy va bilim saviyasi intellektual
faoliyat orqali shakllangan.
Boshqacha aytganda, tahlil, fikrlash, mulohaza qilishga asoslangan ijodiy
faoliyat natijasida fan, texnika, adabiyot va sanʼat soxasida yangi, original (ohariy),
unikal (beqiyos) mahsulotlar yaratiladi.
Intellektual faoliyat natijalarining quyidagi turlari mavjud:
B fan, adabiyot va sanʼat asarlari (FKning 60-bobiga sharhlar);
B ijrolar, fonogrammalar, eshittirish-koʼrsatish tashkilotlarining eshittirishlari va
koʼrsatuvlari (FKning 61-bobi sharhiga qarang);
B elektron xisoblash mashinalari uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari
(FKning 1042-moddasi sharhiga qarang);
B ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari (FKning 62-bobi sharhiga
qarang);
B selektsiya yutuqlari (FKning 63-bobi sharhiga qarang);
B oshkor etilmagan axborotlar, shu jumladan ishlab chiqarish sirlari (nou-xau)
— FKning 64-bobi sharhiga qarang.
Ushbu obʼektlar xar birining huquqiy rejimi (oshkor etilmagan axborotlardan
tashqari) maxsus qonunlar bilan belgilangan.
4. Keyingi guruxga mansub obʼektlar fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining,
tovarlar, ishlar va xizmatlarining xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar degan
umumlashma nomga birlashtirilgan. Bu obʼektlar har doim ijodiy faoliyat natijasi
boʼlavermaydi. Аniqrogʼi, intellektual mulk obʼekti huquqiy rejimini olish uchun ular
intellektual faoliyat natijasi boʼlishi talab etilmaydi. Intellektual faoliyat natijalari va
individuallashtirish vositalarini birlashtiruvchi holat shuki, har ikkalasiga nisbatan
ham huquq sohiblarining mutloq huquqlari toʼgʼrisidagi qoidalar amal qiladi.
Fuqarolik muomalasida millionlab turli subʼektlar ishtirok etadilar va bir
vaqtning oʼzida milliardlab turli tovarlar va xizmatlar realizatsiya qilinadilar. Shu
sababli
ham
subʼektlarni,
ham
ularning
tovarlari
va
xizmatlarini
identifikatsiyalashtirish (farqlash, ajratish) zarurati mavjud, bu esa boshqalar uchun
moʼljal vazifasini oʼtaydi, aks holda subʼektlar oʼrtasida normal munosabatlarni
oʼrnatib boʼlmaydi.
160
Ushbu farqlash belgilari fuqarolik muomalasi ishtirokchilarini, ular ishlab
chiqargan tovarlar, bajargan ishlar va koʼrsatgan xizmatlarini individuallashtirish
vositalari boʼlib xisoblanadi. Ushbu obʼektlar guruxi quyidagi turlarga boʼlinadi:
B firma nomlari (FKning 1098–1101-m.);
B tovar belgilari (xizmat koʼrsatish belgilari) — FKning 1102–1107-moddalari;
B tovar chiqarilgan joy nomi (FKning 1108–1111-m.).
5. Maʼlumki fan va texnikaning doimiy va shiddatli rivojlanishi natijasida
yangidan yangi intellektual mulk obʼektlari vujudga kelmoqda. Masalan, 2001 yil 12
mayda «Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish
toʼgʼrisida»gi Qonun qabul qilingan. Topologiyalar oʼz mohiyatiga koʼra intellektual
faoliyat natijasi xisoblanadi.
Internet tarmogʼi vujudga kelishi va rivojlanishi oqibatida individuallashtirish
vositalarining yangi turi-domen nomlari paydo boʼldi.
Domen nomlari — virtual makonda isteʼmolchilarga va foydalanuvchilarga
xoʼjalik muomalasida oʼzlariga maʼlum boʼlgan nomlarni qulay va oddiy topishga
imkon beruvchi individuallashtirish vositasidir. Internet tarmogʼini tijoratlashuvi
shunga olib keldiki, bunda u yoki bu tovarlarni yoki xizmatlarni reklama qiluvchi
saytlar uchun domen nomlarini toʼgʼri va muvofaqqiyatli tanlash boʼyicha raqobat
masalasi keskin boʼlib turibdi, maʼlum va mashxur nomlarni domen nomlariga
aylantirish talash boʼlmoqda. Domen nomlari raqamli manzilgoh oʼrnida
qoʼllaniladigan qulay belgigina boʼlib qolmasdan, balki tovarlarni va xizmatlarni va
ularni taklif etuvchi subʼektlarni individuallashtirish vositasi boʼlib qoldi.
Butun dunyo boʼyicha shunday tajriba vujudga keldiki, bunga koʼra Tovar
belgisining egasi oʼziga qarashli tovar belgisidan internet tarmogʼidagi oʼz saytida
oʼzini va tovarlarini individuallashtiruvchi domen nomi sifatida foydalanilmoqda.
Fuqarolik huquqida tan olingan boshqa individuallashtirish vositalaridan farqli
ravishda domen nomlari ikki yoqlama tabiatga ega boʼlib, koʼpincha bir vaqtning
oʼzida ikki funktsiyani bajaradilar: ham tarmoqdagi axborot resursini, ham uning
egasini individuallashtiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |