Chirchiq davlat pedagogika instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi "tasdiqlayman"



Download 5,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet96/109
Sana17.05.2023
Hajmi5,06 Kb.
#940203
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   109
Bog'liq
KURS ISHI

3.Mualliflik huquqi
Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo'lmish fan, adabiyot va san'at 
asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadrqimmati, shuningdek ifodalanish 
usulidan qat'i nazar, tatbiq etiladi. Mualliflik huquqi quyidagi biron-bir ob'ektiv 
shaklda bo'lgan oshkor qilingan asarlarga ham, oshkor qilinmagan asarlarga ham 
tatbiq etiladi: 
yozma (qo'lyozma, mashinkalangan yozuv, notali yozuv va hokazo); 
og'zaki (omma oldida so'zlash, omma oldida ijro etish va hokazo); 
ovozli yoki video yozuv (mexanik, magnitli, raqamli, optik va hokazo); 
tasvir (rasm, eskiz, manzara, tarh, chizma, kino-, tele-, video- yoki fotokadr va 
hokazo); 
hajmli-fazoviy (haykal, model`, maket, inshoot va hokazo); 
boshqa shakllardagi. 
Mualliflik huquqi g'oyalar, printsiplar, uslublar, jarayonlar, tizimlar, usullar yoki 
kontseptsiyalarga emas, balki ifoda shakliga nisbatan tatbiq etiladi. 
Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo'lmish fan, adabiyot va san'at 
asarlariga nisbatan tatbiq etilishini anglatadi. Biroq, FK va amaldagi boshqa qonun 
hujjatlarida«asar» tushunchasining legal ta'rifi mavjud emas. 
Mualliflik huquqining ob'ekti to'g'risida gap borar ekan, amaldagi qonun 
hujjatlarida u yoki bu asarni mualliflik huquqi ob'ekti deb e'tirof etishga ta'sir 
ko'rsatmaydigan belgilar sanab o'tilgan. FKda berilgan ta'rifga muvofiq, «mualliflik 
huquqi» asarlarga nisbatan, ularning: 
a) maqsadi; 
b) qadr-qiymati; 
v) ifodalanish usulidan qat'i nazar, tatbiq etiladi. 
Bulardan anglashiladiki, asar o'quvchilarning keng doirasi o'rtasida tarqatish 
yoki faqatgina tor doiradagi odamlar tanishishi uchun mo'ljallanganligi ahamiyatga 
ega emas. Masalan, talabaning kurs ishi taniqli muallif tomonidan yozilib, katta qadr-
qimmatga egaligidan yoki yozishni endigina boshlayotgan muallif tomonidan 
yozilganligidan qat'i nazar, har qanday holatda ham asar, ya'ni kurs ishi mualliflik 
huquqi ob'ekti sifatida e'tirof etiladi. Xuddi, shuningdek asar nashr etilganligi yoki 
bittagina qo'lyozma nusxada ekanligi, radio orqali eshittirilganligi yoki sahnada 
o'qilganligi ham ahamiyatga ega emas, ya'ni asarning ifodalanish usuli uni mualliflik 
huquqi ob'ekti sifatida e'tirof etilishiga ta'sir qilmaydi. 
2. Mualliflik huquqi oshkor qilingan asarlarga ham, oshkor qilinmagan asarlarga 
ham tatbiq etiladi. Asarni oshkor qilish tushunchasi O'zbekiston Respublikasining 


170 
2006 yil 20 iyulda qabul qilingan O'RQ–42-sonli «Mualliflik huquqi va turdosh 
huquqlar to'g'risida»gi Qonunida mavjud. Chunonchi, mazkur Qonun 3-moddasining 
to'rtinchi xatboshisiga muvofiq, asarni oshkor qilish deyilganida: «muallifning 
roziligi bilan amalga oshirilgan, asarni chop etish, omma oldida namoyish etish, 
omma oldida ijro etish, efirga uzatish yoki boshqacha usulda yuborish yo'li bilan ilk 
bor asardan barchaning voqif bo'lishi uchun imkon beradigan harakat» tushuniladi. 
Bu o'rinda shuni ta'kidlash joizki, asarning u yoki bu usulda oshkor qilinganligi 
fakti ko'pincha mualliflik huquqini muhofaza qilish uchun muhim ahamiyatga ega 
bo'ladi. Masalan, asarga bo'lgan mualliflik to'g'risida nizo paydo bo'lganida, agar 
muallifning asari nashr qilib bo'lingan yoki o'quvchilarning keng doirasiga ma'lum 
bo'lsa va boshqa shu kabi hollarda muallif o'z huquqlarini muhofaza qilishi oson 
bo'ladi. 
Biroq, roman u nashr etib bo'linganidan keyingina mualliflik huquqi ob'ektiga 
aylanadi (ya'ni, huquqiy muhofazaga ega bo'ladi) deb o'ylash noto'g'ri bo'ladi. 
3. Ayni bir vaqtda huquqiy muhofaza ob'ektiga aylanish uchun asar ob'ektiv 
ravishda mavjud bo'lishi kerak. Ushbu qoida umuman huquq ob'ektlarining 
barchasiga ham teng ravishda taalluqlidir. Masalan, uy qurish g'oyasi emas, balki 
uyning o'zi mulk huquqi ob'ekti bo'lishi mumkin. Xuddi shuningdek, asarning o'zi 
ham ob'ektiv ravishda mavjud bo'lishi kerak, zero, kartina yaratish fikrining birgina 
o'zi qonun bilan muhofaza qilinmaydi. FKning 1041-moddasida belgilanganiga ko'ra 
mualliflik huquqi «biron-bir ob'ektiv shaklda bo'lgan» asarga nisbatan tatbiq etiladi. 
Mazkur modda ana shu shakllarning ro'yxatini ham o'z ichiga olgan. Biroq, bu ro'yxat 
tugal emas, uni yana davom ettirish mumkin. Bunda yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, 
asar mavjud bo'lishining (ifodalanishining) muayyan shakli uni mualliflik huquqi 
ob'ekti sifatida e'tirof etish uchun ahamiyatga ega emas. 
Masalan, asar nomoddiy, his qilib bo'lmaydigan, ma'naviy predmet sifatida 
namoyon bo'ladi. Asarning u yoki bu ob'ektiv shaklda ifodalanishi, qoida tariqasida,
uni u yoki bu moddiy predmet shaklida — kitob, kasseta, haykal va boshqa shu 
kabilarda aks ettiradi. Bundan faqatgina omma oldida so'zlash, omma oldida ijro etish 
va boshqa shu kabi asarni og'zaki ifodalash shakli mustasno. Bu o'rinda shuni nazarda 
tutish kerakki, intellektual ijodiy faoliyat natijasiga yoki individuallashtirish 
vositasiga bo'lgan mutlaq huquq bunday natija yoki individuallashtirish vositasi aks
ettirilgan moddiy ob'ektga bo'lgan mulk huquqidan qat'i nazar mavjud bo'ladi. Xuddi 
shunga o'xshash qoida «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida»gi Qonunda 
ham mavjud (38-modda, oltinchi qism): asarga bo'lgan mualliflik huquqi asar aks 
ettirilgan moddiy ob'ektga bo'lgan mulk huquqi bilan bog'liq emas. Qandaydir 
moddiy ob'ektga bo'lgan mulk huquqini yoki egalik qilish huquqini boshqa shaxsga 
berish ushbu ob'ektda aks ettirilgan asarga bo'lgan mualliflik huquqini boshqa 
shaxsga berishga sabab bo'lmaydi, qonunda nazardatutilgan hollar bundan mustasno. 


171 
4. Mualliflik huquqi ob'ektlari bo'lgan asarlarda asarning shaklini farqlash qabul 
qilingan. Bu o'rinda shakl deyilganida asar tilining elementlari tushuniladi. 
Asarlarning tili ular ijodning qaysi turiga taalluqliligiga qarab farqlanadi. Masalan, 
musiqa asarlariga — tovushlar (notalar) tili, tasviriy san'at asarlariga — chiziqlar, 
ranglar tili xosdir. 
Ana shuni hisobga olgan holda mualliflik huquqi faqatgina asarning shakl 
elementlarini yoki shakl va mazmun elementlarini birgalikda muhofaza qiladi. 
Mazmun elementlarining birgina o'zi qonun bilan muhofaza qilinmaydi. 
Sharhlanayotgan moddaning uchinchi qismida belgilanganiga muvofiq, mualliflik 
huquqi 
g'oyalar, 
printsiplar, 
uslublar, 
jarayonlar, 
tizimlar, 
usullar 
yoki 
kontseptsiyalarga tatbiq etilmaydi. 
Bu masalada amaliyotda uchrab turadigan rasmiy yondashuvga yo'l qo'ymaslik 
kerak. Masalan, ko'pgina ilmiy, shu jumladan ilmiy-publitsistik ishlar turli 
«kontseptsiyalar», «tizimlar» va boshqa shu kabilar nomi bilan yuritiladi. Biroq, bu 
hol ular mualliflik huquqi ob'ektlari hisoblanmaydi, degan ma'noni anglatmaydi. 
FKning 1042-moddasida mualliflik huquqi ob'ektlarining turlari ko`rsatib 
o`tilgan. Unga ko`ra, 
Mualliflik huquqi ob'ektlari jumlasiga quyidagilar kiradi: 
adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, o'quv, publitsistik va boshqa asarlar); 
dramatik va stsenariy asarlar; 
matnli va matnsiz musiqa asarlari; 
musiqali-dramatik asarlar; 
xoreografiya asarlari va pantomimalar; 
audiovizual asarlar ; 
rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va boshqa 
tasviriy san'at asarlari; 
manzarali-amaliy va sahna bezagi san'ati asarlari; 
arxitektura, shaharsozlik va bog'-park barpo etish san'ati asarlari; 
fotografiya asarlari va fotografiyaga o'xshash usullarda yaratilgan asarlar; 
jo'g'rofiya, geologiya xaritalari va boshqa xaritalar, jo'g'rofiya, topografiya va 
boshqa fanlarga taalluqli tarhlar, eskizlar va asarlar; 
barcha turdagi elektron-hisoblash mashinalari (EHM) uchun dasturlar, shu 
jumladan amaliy dasturlar va operatsiya tizimlari; 
ushbu Kodeksning 1041-moddasida belgilab qo'yilgan talablarga javob beruvchi 
boshqa asarlar. 
FKning 1044-moddasida esa mualliflik huquqi ob'ektlari hisoblanmaydigan 
materiallar ko`rsatib o`tilgan.
Quyidagilar mualliflik huquqi ob'ektlari hisoblanmaydi: 


172 
rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar va shu kabilar), shuningdek ularning rasmiy 
tarjimalari; 
rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilari va shu 
kabilar); 
xalq ijodiyoti asarlari; 
oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga doir yoki joriy voqealar 
haqidagi xabarlar; 
insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati amalga 
oshirilmasdan, muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan texnika 
vositalari yordamida olingan natijalar.
FKning 1065-moddasiga muvofiq Mualliflik huquqining amal qilish muddati 
quyidagicha: 
Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va uning vafotidan keyin 
ellik yil davomida amal qiladi, ushbu moddada va boshqa qonunlarda nazarda 
tutilgan hollar bundan mustasno. 
Hammualliflikda yaratilgan asarga bo'lgan mualliflik huquqi hammualliflarning 
butun hayoti davomida va hammualliflar orasida eng uzoq umr ko'rgan oxirgi shaxs 
vafot etganidan keyin 

Download 5,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish