152
Ikkinchi davr – shartnoma tuzish to`g`risidagi taklifni qabul qilish, bu aksept,
taklifni qabul qiluvchi akseptant deb aytiladi.
Shartnoma tuzishning umumiy tartibiga oid qoidalar FKning 364-381-
moddalarida berilgan. Bu qoidalarda aytilishicha, agar shartnoma tuzish to`g`risidagi
taklif (oferta) javob uchun muddat tayinlab qilingan bo`lsa, bu holda shartnoma
ikkinchi taraf (akseptant) tomonidan taklifning qabul qilinganligi to`g`risidagi javob
shu muddat ichida taklif qiluvchi (offerent) tomonidan olingan holdagina tuzilgan
hisoblanadi. Oferta yo`llagan shaxs uning akseptini olgan paytdan shartnoma tuzilgan
hisoblanadi.
Shartnoma tuzilishi uchun taraflar o`zaro kelishuvining o`zigina kifoya emas.
Bu kelishuv tegishli shaklda rasmiylashtirilgan bo`lishi shart. Shartnomalarning
shakli FKning 366-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq bo`lishi shart. Unga
asosan, agar qonunda muayyan turdagi shartnomalar uchun ma'lum bir shakl belgilab
qo`yilmagan bo`lsa, shartnoma bitimlar tuzish uchun nazarda tutilgan har qanday
shaklda tuzilishi mumkin.
Notarial tasdiqlanishi yoki davlat ro`yxatidan o`tkazilishi shart bo`lgan
shartnoma notarial tasdiqlangan yoki ro`yxatdan o`tkazilgan paytdan e'tiboran,
notarial tasdiqlanishi va ro`yxatdan o`tkazilishi zarur bo`lganda esa – shartnoma
ro`yxatdan o`tkazilgan paytdan e'tiboran shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Agar taraflar shartnomani muayyan shaklda tuzishga kelishgan bo`lsalar, garchi
qonunda bu turdagi shartnomalar uchun bunday shakl talab qilingan bo`lmasa-da,
shartnoma belgilangan shaklga keltirilganidan keyin tuzilgan hisoblanadi.
Yozma shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yo`li bilan, shuningdek
pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan
chiqqanligini ishonchli suratda aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida
hujjatlar almashish yo`li bilan tuzilishi mumkin.
Shartnoma tuzish haqidagi taklif (oferta) akseptantga bildirilgunicha chaqirib
olinishi mumkin. Biroq, u akseptant tomonidan qabul qilib olingan bo`lsa, akseptlash
uchun belgilangan muddat davomida chaqirib olinishi mumkin emas.
Oferta muayyan shaxsga ham, nomuayyan shaxslrga ham qaratilgan bo`lishi
mumkin. Masalan, mahsulotni reklama qilish, o`z xizmatini taklif etib e'lon berish –
nomuayyan shaxslar doirasida yo`llangan oferta hisoblanadi. Bunday ofertani odatda,
ommaviy oferta deb ham yuritiladi.
Oferta yuborilgan shaxsning uni qabul qilganligi haqidagi javobi aksept
hisoblanadi. Aksept to`liq va pisandasiz bo`lmog`i shart. Agar qonundan, ish
muomalasi odatidan yoki taraflarning ish bo`yicha avvalgi munosabatlaridan
boshqacha ma'no kelib chiqmasa, sukut saqlash aksept bo`lmaydi.
Agar
Do'stlaringiz bilan baham: