Chirchiq davlat pedagogika instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi "tasdiqlayman"


Majburiyatlarning vujudga kelish asoslari



Download 5,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet87/109
Sana17.05.2023
Hajmi5,06 Kb.
#940203
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   109
Bog'liq
KURS ISHI

Majburiyatlarning vujudga kelish asoslari 
Fuqarolik huquqlari va burchlarini keltirib chiqaradigan holatlar majburiyatga 
oid huquqiy munosabatlarni ham vujudga keltiradigan asoslar bo`lib, ular FKning 8-
moddasida ko`rsatilgan. FKning 234-moddasida normalanganidek, majburiyatlar 
shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda fuqarolik qonunlarida nazarda 
tutilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi. Ma'lumki, FKning deyarli barcha me'yorlari 
shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni tartibga solishga qaratilgan. Bu 
huquqiy normalar vositasida tartibga solinadigan majburiyatlar jumlasiga mulkni 
boshqa 
shaxsning 
egaligiga 
topshirish 
(oldi-sotdi, 
ayirboshlash, 
hadya 
shartnomalari)dan, mulkni operativ boshqarish huquqini o`tkazish (mahsulot yetkazib 
berish shartnomasi)dan, foydalanish huquqini o`tkazish (mulk ijarasi va uy-joy 
ijarasi, tekin foydalanish to`g`risidagi shartnomalar)dan, biror ishni bajarish yoki 
xizmat ko`rsatish (pudrat, yuk tashish, topshiriq, vositachilik, sug`urta, transport 
ekspeditsiyasi shartnomalari)dan va boshqa shartnomalardan kelib chiqadigan 
majburiyatlar kiradi. Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida turi tadbirkorlik 
subyektlari o`rtasida tuziladigan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlar 
alohida ahamiyatga egadir. 
Davlat organlarining qonunda fuqarolik huquq va majburiyatlari vujudga 
kelishining asosi sifatida nazarda tutilgan hujjatlari ham majburiyatlarni keltirib 
chiqarishi mumkin. Bunday hujjatlar turli ko`rinishlarda – davlat buyurtmasi yoki 
ma'muriy hujjatlar shaklida bo`lishi mumkin. 
Masalan, “Qishloq xo`jaligi ekinlarini bahorgi ekishni uyushqoqlik bilan 
o`tkazish hamda 2000 yilda davlat ehtiyojlari uchun harid qilinadigan qishloq 
xo`jaligi mahsulotlari uchun hisob-kitoblarni o`z vaqtida ta'minlash choratadbirlari 
to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 4 martdagi 
qarori128ga ko`ra, 2000 yil uchun paxta tolasining davlat haridlari hajmi uni 
yetishtirish hajmining 30 foizi darajasida saqlab qolingan. Davlat haridlari asosan 
FKning 457-464-moddalarida belgilangan davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib 
bo`yicha davlat kontrakti (shartnomalari) asosida amalga oshiriladi. Ushbu davlat 


144 
buyurtmasi uning taraflari mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi) va davlat tayyorlov 
tashkiloti o`rtasida tegishli majburiyatlarni yuzaga keltiradi. 
Fuqarolarga uy-joylardan foydalanish huquqini beradigan order ham ma'muriy 
dalolatnoma sifatida uy boshqarmasi bilan order olgan fuqaro o`rtasida uy-joy ijarasi 
shartnomasini tuzishga va shu bilan muayyan majburiyatlarni vujudga keltirishga 
asos bo`ladi. 
Fuqarolik huquqiy majburiyat sudlar tomonidan chiqarilgan hujjatlar (hal qiluv 
qarorlari, ajrimlar, hukmlar) asosida ham vujudga kelishi mumkin. Qonun yo`l 
qo`ygan asoslarda mol-mulkning mulk sifatida olinishi natijasida ham (masalan, 
egalik huquqini vujudga keltiruvchi muddat hosil bo`lganligi sababli) majburiyat 
kelib chiqishi mumkin. Bir tomonlama bitimlar ham fuqarolik huquqiy 
majburiyatlarni keltirib chiqaruvchi yuridik faktlar jumlasiga kiradi. Bunday bitimga 
muvofiq shaxsning erki ikkinchi bir shaxsga huquq va majburiyat keltirib chiqaradi. 
Bir tomonlama bitimlarga misol qilib vasiyatnomani ko`rsatish mumkin. Vasiyat 
bo`yicha, masalan, mulk olish huquqi va marhumning qarzlarini to`lash majburiyati 
vujudga kelishi mumkin. 
Yaratilgan ixtiro va foydali model, buyumlarning sanoat namunalari, fan, 
adabiyot hamda san'at asarlari qonun talablariga javob berishi kerak. Tegishli 
qonunlardagi normalarga muvofiq bu yaratilgan narsalar uni yaratgan shaxs bilan 
o`zga shaxslar, shuningdek tegishli davlat tashkilotlari o`rtasida majburiyatlarning 
kelib chiqishiga asos bo`ladi. 
FKning 234-moddasida ko`rsatilganidek, fuqaroga yoki tashkilotga ziyon 
yetkazish ham muayyan majburiyatlar tug`diradi. Bunday majburiyatlar, odatda, 
shartlashilmagan majburiyatlar deb ataladi. 
Majburiyatlar qonunlarda belgilanganidek, hech bir asoslarsiz boshqa shaxsning 
mol-mulkini egallab olishi yoki tejab qolishidan kelib chiqadi. Asossiz olingan yoki 
tejab qolingan mol-mulk jabrlanuvchiga asl holida qaytarilishi lozim, agar buning 
imkoniyati bo`lmasa, mol-mulk qo`lga kiritilishi paytidagi haqiqiy qiymatini to`lash, 
agar qo`lga kirituvchi orttirilgan boylikning asossizligini bilganidan keyin darhol 
uning qiymatini to`lamagan bo`lsa, mol-mulk qiymatining keyingi o`zgarishi tufayli 
ko`rilgan zararni to`lash majburiyati vujudga keladi. Boshqa shaxslarning ishlarini 
topshiriqsiz bajarganlik sababli kelib chiqadigan majburiyatlar to`g`risidagi qoidalar 
ham qonunlarda mavjud. Qonunlarda ko`rsatilishicha, boshqa shaxs manfaatlarini 
ko`zlab topshiriq olmay harakat qilgan shaxs, shu munosabat bilan qilgan zarur 
xarajatlarning, shuningdek boshqa haqiqiy zararni to`lanishini talab qilishga haqli. 
Agar manfaatdor shaxs topshiriq olmay harakat qilgan shaxsning ishini ma'qullasa, 
bunday hollarda FKning topshiriq shartnoma to`g`risidagi qoidalari qo`llaniladi va 
majburiyatlarning kelib chiqishiga asos bo`ladi. 


145 
Fuqarolik huquqiy majburiyatlari tanlov e'lon qilishdan ham kelib chiqishi 
mumkin. Mukofot to`lashni oshkora va'da qilish ommaviy tanlov e'lon qilishdan kelib 
chiqadigan majburiyatlarda muayyan ishni eng yaxshi bajarganlik yoki boshqa 
natijalarga erishganlik pul mukofoti to`lash yoki boshqa mukofot berish to`g`risida 
ommaviyy tanlov e'lon qilgan shaxs tanlovni o`tkazish shartlariga muvofiq uning 
g`olibi deb topilgan shaxsga shartlashilgan mukofotni to`lashi lozim. 
Majburiyatga oid huquqiy munosabatlar hodisalardan ham kelib chiqadi. Bunga 
misol qilib tabiiy hodisalar, masalan, yong`in yoki zilzila natijasi ijaraga topshirilgan 
mulkning zararlanishi tufayli sug`urta organiga nisbatan kelib chiqadigan 
majburiyatlarni ko`rsatish mumkin. Majburiyatlar qonunda ko`rsatilgan hollarda 
boshqa asoslardan ham kelib chiqishi mumkin. 

Download 5,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish