Chirchiq davlat pedagogika instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi "tasdiqlayman"


Majburiyat va majburiyat huquqi tushunchalari



Download 5,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet86/109
Sana17.05.2023
Hajmi5,06 Kb.
#940203
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   109
Bog'liq
KURS ISHI

 Majburiyat va majburiyat huquqi tushunchalari 
2.Shartnоma tushunchasi, uning shakllari va amal qilishi. 
3.Оmmaviy shartnоma. 
4.Shartnоma tuzishdagi asоsiy qоidalar. 
5.Оldi-sоtdi shartnоmasi.
1.Majburiyat va majburiyat huquqi tushunchalari 
Fuqarolik huquqida majburiyat deb shunday fuqarolik huquqiy munosabatga 
aytiladiki, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga 
muayyan harakatlarni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulk topshirish, ishni 
bajarish, xizmatlar ko`rsatish, pul to`lash va hokazo yoki muayyan harakatdan o`zini 
saqlashga majbur bo`ladi, kreditor esa – qarzdordan o`zining majburiyatlarini 
bajarishni talab qilish huquqiga ega bo`ladi (FKning 234- moddasi). 
Yuqorida berilgan ta'rifga ko`ra, majburiyat keng ma'noda huquq subyektlari 
hisoblangan shaxslar (tashkilotlar va fuqarolar) o`rtasida bo`ladigan fuqarolikhuquqiy 
xarakterdagi munosabatlarni bildiradi. 
Majburiyat tushunchasi huquqning boshqa sohalarida ham, chunonchi, ma'muriy 
huquq, oila huquqi, mehnat huquqi sohalarida ham beriladi. “Majburiyat” atamasi 
boshqa ma'nolarda ham ishlatiladi, masalan, majburiyat deb faqat muayyan bir 
harakatni qilishga, chunonchi, ijara haqini to`lashga, sotib olingan narsaning 
qiymatini to`lashga qaratilgan burchga ham aytiladi. Majburiyat subyektlari va 
obyektlari uning muhim unsurlari hisoblanadi. Majburiyat subyektlari muayyan 
huquqlarga ega bo`lgan va zimmasiga majburiyat olgan shaxslardir. Har bir 
majburiyatda albatta, ikki taraf ishtirok etadi. Muayyan bir harakatning qilinishini 
yoki muayyan harakatni qilishdan saqlanishni talab etishga haqli bo`lgan taraf – 
kreditor 
deb ataladi. Muayyan harakatni qilishga yoki harakat qilishdan saqlanishga 
majbur bo`lgan taraf esa 
qarzdor 
deb ataladi. 
Majburiyatda ishtirok etuvchi kreditorning huquqi nisbiy huquq bo`ladi, chunki 
kreditor faqat ma'lum shaxs yoki shaxslarga (bir qarzdor yoki bir necha qarzdorlarga) 
nisbatan talab qo`yish huquqiga ega. Majburiyatda kreditorning talab qilish huquqi va 
shunga yarasha qarzdorning burchi nimaga qarata belgilangan bo`lsa, shuning o`zi 
majburiyat obyekti hisoblanadi. Jumladan, huquq va burchlar Biron-bir ashyoni 
olishga, topshirishga, muayyan pul summasini to`lashga, biron-bir ishning 
bajarilishiga qaratilgan huquqiy harakatlardan iborat bo`lishi mumkin. 
Majburiyatlar majburiyat huquqi tushunchasini keltirib chiqaradi. 
Majburiyat huquqi – 
mulk topshirish, ishlarni bajarish, xizmat ko`rsatish yoki 
pul to`lash bilan bog`liq bo`lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan fuqarolik 


139 
huquqiy normalar yig`indisidir. Majburiyat huquqi jamiyatimizda mulkiy 
munosabatlarning eng muhim va keng sohasini, o`zining fuqarolik-huquqiy 
xarakteridagi qoidalari bilan tartibga soladi. U tashkilotlar bilan fuqarolar o`rtasidagi 
munosabatlarni ham, chunonchi, fuqarolarga xilma-xil tovarlar, oziqovqat 
mahsulotlarini sotishda, ularga har turdagi xizmatlar ko`rsatish, uy-joylar berish va 
boshqa hollarda vujudga keladigan munosabatlarni ham tartibga soladi. Jamiyatdagi 
majburiyatga oid huquqiy munosabatlar fuqarolar va tashkilotlarning xilma-xil 
ehtiyojlarini 
qondirish, 
ta'minlash 
maqsadlarida 
o`rnatiladi. 
Majburiyatlar 
to`g`risidagi normalar mulkning bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o`tishini, ishlab 
chiqarish va maishiy xizmat ko`rsatish korxonalari orqali xilma-xil xizmatlar 
ko`rsatilishini tartibga soladi. Majburiyatlar vositasida mulk va mulkiy huquqlar 
qo`riqlanishi ta'minlanadi, fuqaroning sog`lig`iga zarar yetkazilganda, fuqaro 
o`ldirilganida ko`rilgan zararlar qoplanadi va hokazo. Majburiyat huquqi fuqarolar 
bilan fuqarolar o`rtasidagi munosabatlarni ham, jumladan, bozorlarda oziq-ovqat 
mahsulotlarini olishda, uy-joy sotib olish va boshqa hollarda bo`ladigan o`zaro 
munosabatlarni ham tartibga soladi. U tashkilot va fuqarolarga yetkazilgan mulkiy 
zararning to`lanishini, shuningdek qonun yoki shartnomalar bilan belgilangan asoslar 
bo`lmay turib olingan narsalarning qaytarilishini ta'minlaydigan huquqlarni ham o`z 
ichiga oladi. Majburiyat huquqining tizimini ikki asosiy bo`limdan: majburiyatlar 
to`g`risidagi umumiy qoidalar va majburiyatlarning ayrim turlariga oid maxsus 
qoidalardan iborat. 
Majburiyat to`g`risidagi umumiy qoidalarda (FKning 234-385-moddalari) 
majburiyatlarning kelib chiqishi va bajarilishi, majburiyatlarning bajarilishini 
ta'minlash, talab qilish huquqini birovga o`tkazish va qarzni ko`chirish, 
majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik va nihoyat majburiyatlarning bekor 
qilinishi asoslari, majburiyat munosabatlarini vujudga keltiruvchi asosiy huquqiy 
vosita hisoblangan shartnomalar va ularni tuzish, o`zgartirish hamda bekor qilish 
tartibi kabi masalalar belgilanadi. 
Majburiyatlarning ayrim turlariga bag`ishlangan FK normalari majburiyat 
huquqi tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar nihoyatda ko`p va 
xilma xil bo`lganligi tufayli Kodeksda salmoqli o`rinni egallaydi. Majburiyat 
huquqining mazkur maxsus qismi normalari mazmuni va hajmi bo`yicha teng 
bo`lmagan ikki turkumga: shartnomali majburiyatlar institutlariga va shartnomasiz 
(shartnomadan tashqari) majburiyatlar institutlariga bo`lingan. Shartnomali 
majburiyatlarga oid huquqiy institutlar jumlasiga oldi-sotdi, mahsulot yetkazib 
berish, qarz, kontraktatsiya, pudrat, mulk ijarasi, lizing, uy-joy ijarasi, yuk va 
yo`lovchilar tashish, franshizing, sug`urta kabi bir qator shartnomalar asosida 
bo`ladigan munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalarga taalluqlidir. 


140 
Shartnomadan tashqari majburiyatlarga oid huquqiy institutlarni asosan 
quyidagilar: zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar, asossiz boylik 
orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar tashkil etadi. Majburiyat mazmuni 
deganda, kreditorning qarzdor tomonidan muayyan harakatlar qilinishini (yoki 
qilinmasligini) talab etishga bo`lgan huquqi va qarzdorning shunga yarasha bo`lgan 
burchi tushuniladi. Qarzdor tomonidan qilinishi lozim bo`lgan harakatlar har hil: 
ashyoni egasiga (kreditorga) topshirish, ashyolarni foydalanish uchun topshirish, 
ma'lum summa pulni to`lash, biron-bir ishni bajarish yoki xizmat ko`rsatish, qarzdor 
tomonidan bitimning tuzilishini ta'minlash, birovga yetkazilgan zararni to`lash, 
asossiz orttirilgan boylikni o`z egasiga qaytarish to`g`risida bo`lishi mumkin. 
Yuqorida ko`rsatilgan majburiyat obyektlaridan ko`rinishicha, majburiyatning 
mazmuni asosan mulkiy xarakterdagi huquq va burchlardan iborat bo`lsada, huquq 
subyektlari o`zaro mulkiy xarakterda bo`lmagan majburiyatlar ham belgilashlari 
mumkin. Masalan, ma'lum asar mualliflardan biri o`zaro kelishuv bo`yicha muayyan 
vaqt ichida asarning bir qismini tuzatib, qayta ishlab kelish to`g`risida o`z zimmasiga 
majburiyat olishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, majburiyatlarning mazmunida 
qonunga hilof bo`lmagan har qanday mulkiy va nomulkiy harakatlarni qilishni talab 
etishga qaratilgan huquqlar va bu harakatlarni qilish yuzasidan olingan majburiyatlar 
bo`lishi mumkin. 
Majburiyat taraflarining bir-birlariga nisbatan belgilangan huquq va 
majburiyatlari ularning xarakteriga qarab farqlanadi. Ular mazmuni, obyektlari va 
subyektlariga qarab quyidagi turlarga bo`linadi: 
1.Ijobiy mazmunli majburiyatlar va salbiy mazmunli majburiyatlar. Agar 
majburiyat yuzasidan qarzdor muayyan bir harakatni qilishga burchli bo`lib, kreditor 
aynan shunday harakatning qilinishini talab qilishga haqli bo`lsa – bunday majburiyat 
ijobiy mazmunli majburiyat hisoblanadi. Huquqiy munosabatning ko`pchiligida 
ijobiy mazmunli majburiyatlar yotadi. Masalan, oldi-sotdi, mulkni ijaraga berish, 
maishiy xizmat ko`rsatish sohasida olinadigan majburiyatlar – ijobiy mazmunli 
majburiyatlardir. Agar majburiyat bo`yicha qarzdor muayyan harakatni qilishdan 
saqlanishga burchli, kreditor harakat qilishdan saqlanishini talab etish huquqiga ega 
bo`lsa – bunday majburiyat salbiy mazmunli majburiyat hisoblanadi. Masalan, 
nashriyot shartnomasi bo`yicha muallif shartnoma kuchda bo`lgan davrda o`z asarini 
boshqa nashriyotga topshirishdan saqlanish majburiyatini olsa, nashriyot muallifning 
boshqa nashriyot bilan shartnoma tuzishdan saqlanishini talab etish huquqini oladi. 
2.Bir 
tomonlama 
va 
ikki 
tomonlama 
majburiyatlar. 
Majburiyatda 
qatnashuvchilarning birida faqat talab qilish huquqi (yoki huquqlari), ikkinchi 
tomonda esa, faqat majburiyat (majburiyatlar) bo`lsa – bunday majburiyatlar bir 
tomonlama majburiyatlar hisoblanadi. Masalan, qarz shartnomasi. Qarz shartnomasi 
bo`yicha qarz bergan shaxs qarzning qaytarilishini talab qilish huquqiga ega bo`lsa, 


141 
qarzdor o`z zimmasiga olgan qarzini qaytarishga burchlidir. Huquqiy munosabatda 
qatnashuvchilarning har qaysisi ham huquq, ham majburiyatga (qator huquqlar va 
majburiyatlarga) ega bo`lsa, bunday majburiyatlar ikki tomonlama majburiyat 
hisoblanadi. Ikki tomonlama majburiyatlarga oldisotdi, ijara, pudrat kabi 
shartnomalarni misol qilib ko`rsatish mumkin. Chunonchi, oldi-sotdi munosabatida 
sotuvchida sotilgan narsani topshirish majburiyati bo`lsa, oluvchida sotib olingan 
narsaning qiymatiga yarasha haq to`lash majburiyati bo`ladi va aksincha. Aksariyat 
majburiyatlar ikki tomonlama majburiyatlardir. 
3.Muayyan harakatni bajarishga qaratilgan va muqobil majburiyatlar. Agar 
huquqiy munosabat bo`yicha kreditor qarzdordan muayyan bir harakat qilinishini, 
masalan, ma'lum ishning bajarilishini, biron-bir ashyoning topshirilishini yoki ma'lum 
summa pul to`lanishini talab qilish huquqiga ega bo`lsa, bunday majburiyat muayyan 
harakatni bajarishga qaratilgan majburiyat hisoblanadi. Agar huquqiy munosabatda 
kreditorning talabi bo`yicha qarzdor bir necha harakatlardan birini bajarishga majbur 
bo`lsa, bunday majburiyat muqobil majburiyat sanaladi. Muqobil majburiyat 
bo`yicha huquqiy munosabatda bir necha harakat ko`rsatilgan bo`lsa ham, 
majburiyatning mazmunini qarzdorning faqat birgina majburiyati va kreditorning shu 
majburiyatning bajarilishini talab qilishga bo`lgan huquqi tashkil etadi. Huquqiy 
munosabatda nazarda tutilgan harakatlardan birining bajarilishi bilan majburiyat ijro 
etilgan hisoblanadi. Muqobil majburiyatning bajarilishi to`g`risidagi qoida FKning 
250-moddasida berilgan. Mazkur moddada ko`rsatilishicha, agar qarzdor ikki yoki bir 
necha harakatlardan birini bajarishga majbur bo`lsa, qonun, shartnoma yoki 
majburiyatning mohiyatidan boshqacha tartib anglashilmasa, tanlash huquqi qarzdor 
ixtiyorida bo`ladi. O`zbekiston Respublikasining bir qator qonun hujjatlari127da 
qanday majburiyatning bajarilishi lozimligini tanlash huquqi kreditorga berilganligi 
ko`rsatiladi. Chunonchi, ularda sotilgan ashyoning sifati lozim darajada bo`lmaganda, 
sotib oluvchi o`z xohishi bilan ana shu ashyoni boshqa sifatli ashyoga almashtirish 
yoki harid bahosini tegishli darajada kamaytirishni yoxud sotuvchining shu ashyodagi 
kamchiliklarni haq olmay tuzatib berishini yoki shu kamchilikni tuzatish uchun 
oluvchining qilgan xarajatlarini to`lashni yo bo`lmasa shartnomani bekor qilib, o`ziga
yetkazilgan zararning to`lanishini talab qilishga haqli bo`ladi, deb ko`rsatiladi. Bu 
qoida bo`yicha qarzdor sifatidagi sotuvchi tomonidan bajarilishi lozim bo`lgan 
harakatlardan birini tanlash huquqi kreditorga, ya'ni sotib oulvchiga beriladi. 
4.Shaxsiy xarakterga ega bo`lgan majburiyatlar va shaxsiy xarakterga ega 
bo`lmagan 
majburiyatlar. 
Ba'zi 
majburiyatlar 
huquqiy 
munosabatda 
qatnashuvchilarning har qaysisi yoki birining shaxsi bilan qat'iy bog`liq bo`lishi 
mumkin. Masalan, topshiriq shartnomasi bo`yicha vujudga keladigan majburiyat 
vakilning (topshiriqni bajaruvchining) ishonchli shaxs bo`lishiga qarab belgilanadi. 
Bunday shaxsiy xarakterga ega bo`lgan majburiyatlarning bajarilishini, agar qonun 


142 
yoki shartnomada boshqacha hol belgilanmagan bo`lsa, boshqa shaxsga o`tkazilishiga 
yo`l qo`ymaydi, kreditor ham boshqa shaxs bilan almashinishi mumkin emas. 
Bunday majburiyatlar, odatda qarzdor yoki kreditorning vafot etishi bilan bekor 
bo`ladi. 
Aksariyat huquqiy munosabatlarda majburiyatning kim tomonidan bajarilishi 
ahamiyatga ega bo`lmaydi. Masalan, qarz shartnomasi bo`yicha majburiyatning 
fuqaro G. tomonidan ham yoki uning uchun fuqaro B. tomonidan ham bajarilishi 
mumkin. Bunday shaxsiy xarakterga ega bo`lmagan majburiyatlar bo`yicha kreditor 
ham, qarzdor ham boshqa shaxs bilan almashinishiga yo`l qo`yiladi. Bunday 
majburiyatlar bo`yicha kreditor yoki qarzdorning vafot etishi majburiyatning bekor 
qilinishi uchun asos bo`lmaydi. Majburiyatda sanksiya masalasiga kelsak, fuqarolik 
huquqi normalariga muvofiq qo`llaniladigan majburlash choralari ko`pincha huquq 
buzilishda, majburiyatlarni bajarmaslik yoki tegishli darajada bajarmaslik uchun 
qo`llaniladi. Sanksiya fuqarolik huquqiy munosabatida ishtirok etayotgan taraflar o`z 
zimmalaridagi majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganlarida 
huquq normalariga muvofiq qo`llaniladigan majburlash chorasidir. Buzilgan 
majburiyatlar yuzasidan qo`llaniladigan sanksiyalar har xil. Majburiy chora sifatida 
qo`llaniladigan sanksiyalar umumiy xarakterga ega bo`lishi hamda maxsus, ya'ni aniq 
bir huquqiy munosabatdan yuzaga kelgan harakatlarga nisbatan qo`llaniladigan 
bo`lishi mumkin. 
Umumiy xarakterdagi sanksiyalar majburiyatning bajarilishini kechiktirish, biror 
ashyoni topshirish majburiyatini bajarmaslik uchun qo`llaniladi. Maxsus sankiyalarga 
misol qilib sotilgan ashyolarning sifati tegishli darajada bo`lmasligi uchun 
sotuvchining javobgarligini ko`rsatishi mumkin. Sanksiya majburiyatlarda ishtirrok 
etuvchi va o`z zimmalaridagi majburiyatlarni bajarmagan taraf – kreditor va 
qarzdorga nisbatan qo`llaniladi. Majburiyatlarni buzganlik uchun qo`llaniladigan 
sanksiyalar quyidagi guruhlarga bo`linishi mumkin: 
1. Ixtiyoriy bajarilmagan burchni majburiy ijro ettirish. Masalan, olingan qarz 
puli ixtiyoriy ravishda to`lanmaganida uni majburan undirish mumkin bo`ladi. 
2.Shartnomada ko`rsatilgan majburiyat bajarilmaganda uni bir tomonlama bekor 
qilish. Masalan, ijaraga oluvchi o`z majburiyatini bajarmaganda ijaraga beruvchining 
talabi bilan shartnoma muddatidan avval bekor qilinishi mumkin. 
3.Majburiyatning ijro etilishi tartibini o`zgartirish. Masalan, mahsulot oluvchi 
tashkilot avval mahsulotlari uchun haq to`lashni kechiktirganida mahsulot 
yetkazuvchi u bilan aksept shakli bo`yicha hisob-kitob qilmay, balki haridor 
tashkilotga noqulay bo`lgan akkreditiv shakli bo`yicha hisoblashish tartibiga o`tishi 
mumkin. 
4.Tuzuk taraf zimmasida bo`lgan majburiyatlar hajmini kamaytirishga qaratilgan 
sanksiyalar. Bunga misol qilib haridor o`ziga shartnoma shartlariga nomuvofiq 


143 
sifatdagi ashyo topshirilganida, uning narxini tegishlicha kamaytirishni talab qila 
olishligini ko`rsatish mumkin. 
5. Notuzuk tarafning zimmasida bo`lgan majburiyatlar hajmini oshirish. Bunday 
sanksiya qo`llanilishida majburiyat buzgan notuzuk taraf o`zi uchun noqulay bo`lgan 
ba'zi vazifalarni, qo`shimcha majburiyatlarni bajarishga majbur qilinadi. Masalan, 
sifatli narsa o`rniga sifatsiz ashyo topshirgan sotuvchi bu ashyoning nuqsonlarini 
tuzatish uchun yoki kamchiliklarni yo`qotish uchun haridor tomonidan qilingan 
xarajatlarni to`lashga majbur qilinishi mumkin. 
6. Mulkiy javobgarlik choralari sifatida ko`riladigan sanksiyalar. Bu to`g`risida 
quyiroqda bayon etiladi. 

Download 5,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish