Chirchiq davlat pedagogika instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi "tasdiqlayman"



Download 5,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet90/109
Sana17.05.2023
Hajmi5,06 Kb.
#940203
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   109
Bog'liq
KURS ISHI

konsensual 
va 
real 
shartnomalarga bo`linadi. 
Konsensual shartnomalar huquq va majburiyatlar taraflarning kelishuvlari 
asosida qonun talab qilgan shaklda rasmiylashtirganlari zahoti tuzilgan hisoblanadi. 
“Konsensual” so`zi lotincha “konsensus” so`zidan olingan bo`lib, “kelishuv” 
ma'nosini bildiradi. Konsensual shartnomaga misol qilib oldi-sotdi, mahsulot 
yetkazib berish, pudrat, mulkni ijaraga berish kabi shartnomalarni ko`rsatsa bo`ladi. 
Fuqarolik huquqida aksariyat ko`pchilik shartnomalar konsensual shartnomalar 
guruhiga kiradi. 
Real shartnomalar bo`yicha huquq va majburiyatlar taraflar o`zaro kelishgan va 
shartnoma narsasi ashyo yoki pul topshirilgan paytdan vujudga keladi. 


149 
“Real” so`zi latincha “res” so`zidan olingan bo`lib, “ashyo” ma'nosini bildiradi. 
Real shartnomaga misol qilib qarz, omonat, hadya, tekin foydalanish shartnomalarini 
ko`rsatish mumkin. 
Uchinchi shaxs foydasiga tuziladigan shartnomalar umumiy qoida bo`yicha 
shartnomadan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlar shartnoma tuzishda 
qatnashgan taraflar uchun paydo bo`ladi. Ayrim hollarda shartnoma uchinchi shaxs 
foydasiga qaratilib ham tuzilishi mumkin. Uchinchi shaxs foydasiga tuzilgan 
shartnomaga misol qilib sug`urta shartnomasini ko`rsatish mumkin. Uchinchi shaxs 
shartnomada alohida taraf bo`lib hisoblanmaydi. Biroq, FKning 362-moddasida 
ko`rsatilganidek, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada o`zgacha tartib nazarda 
tutilmagan bo`lsa, uchinchi shaxs shartnoma bo`yicha o`z huquqidan foydalanish 
niyatini qarzdorga bildirgan paytdan boshlab taraflar o`zlari tuzgan shartnomani 
uchinchi shaxsning roziligisiz bekor qilishlari yoki o`zgartirishlari mumkin emas. 
Shartnoma tuzgan shaxs shartnomadan kelib chiqqan majburiyatning uchinchi 
shaxsga nisbatan bajarilishini shart qilgan bo`lsa, bu haqda shartnomada boshqacha 
hol ko`rsatilmagan bo`lsa, majburiyatning bajarilishini shartnomani tuzgan shaxs 
ham, foydasiga majburiyatning bajarilishi ko`rsatilgan uchinchi shaxs ham talab 
qilishi mumkin. 
Agar uchinchi shaxs o`ziga shartnoma bo`yicha berilgan huquqdan voz kechsa, 
shartnoma tuzgan shaxs, agar shartnomaning mazmuniga xilof kelmasa, bu huquqdan 
o`zi foydalanishi mumkin. 
Shartnomalar, shuningdek ommaviy shartnoma, qo`shilish shartnomasi va 
dastlabki shartnoma kabi turlarga ham bo`linadi. 
Tashkilot tarafidan tuzilgan hamda uning bunday tashkilot o`z faoliyati 
xususiyatiga ko`ra o`ziga murojaat qiladigan har bir shaxsga nisbatan amalga oshirish 
shart bo`lgan tovarlar sotish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish sohasidagi 
vazifalarini (chakana savdo, jamoat transportida yo`lovchi tashish, aloqa xizmati, 
elektr quvvati bilan ta'minlash, tibbiy xizmat, mehmonxona xizmati va boshqalarni) 
belgilab qo`yadigan shartnoma tuzishda bir shaxsni boshqa shaxsga nisbatan afzal 
ko`rishga haqli emas (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari). 
Tovarlar, ishlar, xizmatlarning bahosi, shuningdek ommaviy shartnomaning 
boshqa shartlari hamma iste'molchilar uchun bir xil qilib belgilanadi. Tashkilotning 
iste'molchiga tegishli tovarlarni berishi, xizmatlar ko`rsatishi, uning uchun tegishli 
ishlarni bajarish imkoniyati bo`la turib ommaviy shartnoma tuzishdan bosh tortishiga 
yo`l qo`yilmaydi. Tashkilot ommaviy shartnoma tuzishdan asossiz bosh tortganida 
haridor (mijoz) uni sud orqali shartnoma tuzishga majbur qilish imkoniyatiga 
(FKning 358-moddasi) ega. Maishiy pudrat, yo`lovchi tashish, haq evaziga xizmat 
ko`rsatish shartnomalari ommaviy shartnomalardir. 


150 
Shartlarini taraflardan biri formulyarlar yoki boshqa standart shakllarda 
ta'riflagan hamda ikkinchi taraf faqat taklif qilingan shartnomaga butunlay qo`shilish 
yo`li bilan qabul qilishi mumkin bo`lgan shartnoma qo`shilish shartnomasi deyiladi. 
Bunday shartnomalarga misol qilib havo va temir yo`l transportida yuk va 
yo`lovchilar tashish shartnomalarini ko`rsatish mumkin. Odatda, bunday 
shartnomalar mazmuni hamma uchun deyarli bir xil bo`lib, oldindan belgilab 
qo`yiladi va binobarin, mijoz uning shartlarini boshqacha tuzishni taklif etish 
imkoniyatiga ega emas. Biroq qo`shilish shartnomasi mijozning o`z ixtiyori, erki va 
irodasi bilan shartnomaga qo`shilishini bildiradi. Bunday shartnomalarni aslo bir 
tomonlama bitim deb hisoblash mumkin emas. Qo`shilish shartnomasini bekor qilish 
yoki shartnomalarini o`zgartirish asoslari FKning 360-moddasida nazarda tutilgan. 
Dastlabki shartnoma bo`yicha taraflar kelgusida mol-mulk berish, ishlar bajarish 
yoki xizmatlar ko`rsatish haqida dastlabki shartnomada nazarda tutilgan shartlar 
asosida shartnoma tuzish (asosiy shartnoma) majburiyatini oladilar. 
Dastlabki shartnoma asosiy shartnoma uchun belgilangan shaklda, bordi-yu, 
asosiy shartnomaning shakli aniqlanmagan bo`lsa, yozma shaklda tuziladi. Dastlabki 
shartnomaning shakli to`g`risidagi qoidalarga rioya qilmaslik uning haqiqiy 
sanalmasligiga sabab bo`ladi. Dastlabki shartnomada asosiy shartnomaning narsasini, 
shuningdek boshqa muhim shartlarini belgilab qo`yish imkonini beradigan shartlar 
bo`lishi kerak. Dastlabki shartnomada asosiy shartnomani tuzish muddati ko`rsatilgan 
bo`lishi lozim, agar ko`rsatilmagan bo`lsa, dastlabki shartnoma tuzilgan vaqtdan 
boshlab bir yil ichida tuzilishi shart (FKning 361-moddasi). Birjalarda tuziladigan 
turli xil shartnomalar jumladan, forvard, fyuchers, opsion bitimlar – dastlabki 
shartnomalardir. 
Shartnoma huquqiy munosabatlarni vujudga keltirish Shartnomaning mazmunini 
uning bandlari (shartlari, rekvizitlari) tashkil etadi. Amaldagi qonunchilikka ko`ra, 
agar taraflar o`rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan shunday 
hollarda talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo`lsa, shartnoma tuzilgan 
hisoblanadi. 
Shartnoma shartlari (bandlari) muhim, odatdagi va tasodifiy shartlarga bo`linadi. 
Shartnomaning narsasi to`g`risidagi shartlar qonun hujjatlarida bunday turdagi 
shartnomalar uchun muhim yoki zarur deb hisoblangan shartlar, shuningdek 
taraflardan birining arizasiga ko`ra kelishib olinishi zarur bo`lgan hamma shartlar 
muhim shartlar hisoblanadi. Ba'zi shartnomalar uchun xos muhim bandlar qonun 
bilan belgilanadi. Chunonchi, “Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining 
shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risida”gi qonunning 10-moddasida, “Qishloq 
xo`jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat ko`rsatish tashkilotlari 
o`rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro`yxatdan o`tkazish, bajarish, shuningdek 
ularning bajarilishini monitoringini olib borish tartibi to`g`risida”gi Vazirlar 


151 
Mahkamasining 2003 yil 4 sentabrdagi 383-sonli qarori bilan tasdiqlangan 
Nizomning II bandiga muvofiq, shartnomalarda quyidagilar ko`rsatiladi: 
–shartnomaning mavzusi, mahsulotning nomi, assortimenti, miqdori (hajmi), 
sifati, narxi (turlari bo`yicha); 
–shartnomaning umumiy summasi; 
–tomonlarning huquqlari va o`zaro majburiyatlari; 
–mahsulotlarni yetkazib berish tartibi va shartlari, topshirish – qabul qilib olish 
(ishlarni bajarish, xizmatlar ko`rsatish) punktlari va davrlari (muddatlari); 
–idishga, markirovka qilishga, o`rash-joylashga qo`yiladigan talablar; 
–hisob-kitoblar tartibi, shakli va muddatlari, tomonlarning to`lov, pochta va 
yuklab jo`natish rekvizitlari; 
–shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi 
uchun tomonlarning mulkiy javobgarligi; 
–nizolarni, fors-major holatlarni hal etish tartibi, tomonlarning rekvizitlari, 
shartnoma tuzilgan sana va joy. 
Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo`jaligi mahsulotlari xarid qilish yuzasidan 
tuziladigan kontraktatsiya shartnomalarida davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan 
hamda xo`jaliklar ixtiyorida qoladigan mahsulotlarning sorti va miqdori ham 
ko`rsatiladi. 
Odatdagi shartlar muayyan majburiyatga oid munosabatni tartibga soladigan 
dispozitiv normalar bilan belgilanadigan shartlar hisoblanadi. Bunday shartlar 
odatdagidek nazarda tutiladi. Masalan, mulk ijarasi shartnomasida mulkni mayda 
(joriy) ta'mirlash shart qilib ko`rsatilsa ham, ko`rsatilmasa ham bo`ladi, chunki bu 
shart to`g`risida qonunchilikda (dipozitiv xarakterdagi) ko`rsatma berilgan. 
Tasodifiy shartlar umumiy huquq me'yorlari bilan tartibga solinmagan masalalar 
bo`yicha o`zaro kelishuv bo`lib ko`riladi. Chunonchi, ijaraga olingan mulkni 
ta'mirlash muddati to`g`risidagi masala tasodifiy shartlardan biri hisoblanadi. 
Shartnomada uning ayrim shartlari tegishli turdagi shartnomalar uchun ishlab 
chiqilgan namunaviy shartlar bilan belgilanishi nazarda tutilishi mumkin. 
Shartnomada namunaviy shartlarga havola qilinmagan hollarda bunday namunaviy 
shartlar taraflarning munosabatlariga ish muomalasi odatlari sifatida qo`llaniladi 
(FKning 359-moddasi). 

Download 5,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish