Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hududiy tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan xatlovdan o‘tkazish materiallari negizida atrof-muhitga ta'sir ko‘rsatishning ekologik normativlari loyihalari ishlab chiqiladi.
Loyihalar qog‘oz manbada, uch nusxada rasmiylashtiriladi va tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ekologik normativlarni ishlab chiqishda tabiiy resurslardan oqilona va kompleks foydalanish hamda atrof-muhit muhofazasi sohasidagi fan va texnikaning eng ilg‘or yutuqlari hisobga olinadi, tashlamalar va oqovalarni kamaytirish, chiqindilarni utillashtirish bo‘yicha eng zamonaviy texnologiyalarni va texnik vositalarni joriy qilish ko‘zda tutiladi.
Atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari, oqovalari manbalarini, chiqindilarning paydo bo‘lishi va joylashtirilishini xatlovdan o‘tkazish materiallarining titul varag‘i ushbu Nizomning 19-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha ta'sir ko‘rsatish turlari uchun alohida-alohida rasmiylashtiriladi.
Atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari, oqovalari manbalarini, chiqindilarning paydo bo‘lishi va joylashtirilishini xatlovdan o‘tkazish daftarlarining mazmuni ushbu Nizomning 20-ilovasidagi shaklga muvofiq bo‘lishi kerak.
Ekologik normativlar titul varag‘i ushbu Nizomning 21-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladi.
Ekologik normativlar loyihalarini rasmiylashtirish ushbu Nizomning 22ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ekologik normativlar loyihalari Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tashkilotlari tomonidan xatlovdan o‘tkazish materiallari bilan birga buyurtmachi tomonidan davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish uchun (atrof-muhitga ta'sir ko‘rsatishning I-II toifalari ob'ektlari bo‘yicha — Respublika qo‘mitasiga, atrofmuhitga ta'sir ko‘rsatishning III-IV toifalari ob'ektlari bo‘yicha –hududiy qo‘mitalarga) taqdim etiladi.
Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish muddati va tartibi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 31 dekabrdagi 491-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston
Respublikasining davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq belgilanadi.
Davlat ekologik ekspertizasi xulosasi ijobiy bo‘lgan taqdirda ekologik normativlar loyihalari tasdiqlash uchun beriladi.
Atrof-muhitga ta'sir ko‘rsatishning I-II toifalariga mansub bo‘lgan faoliyat turlari tashkilotlari uchun ekologik normativlar loyihalarini tasdiqlash Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari tomonidan, atrof-muhitga ta'sir ko‘rsatishning III va IV toifalariga mansub faoliyat turlari ob'ektlari uchun — Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hududiy organi raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Atrof-muhitga ta'sir ko‘rsatishning IV toifasiga mansub bo‘lgan tashkilotlar uchun, atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalarning ishlab chiqarish chiqindilari, tashlamalari va oqovalari mavjud bo‘lgan taqdirda ekologik normativlar belgilanadi.
Ekologik normativlar tasdiqlangan loyihalarining bir nusxasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining tashkilot joylashgan joydagi organiga beriladi, bir nusxasi tashkilotda qoladi va bitta arxiv nusxasi ekologik ekspertiza o‘tkazilgandan keyin ekspert tashkilotlarida qoladi.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tashkilotlari tomonidan atrofmuhitni ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari, oqovalari manbalarini, chiqindilarning paydo bo‘lishi va joylashtirilishining belgilangan ekologik normativlariga rioya qilinishi, shuningdek ekologik normativlar loyihalarida va davlat ekologik ekspertizasi loyihalarida nazarda tutilgan tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan nazorat amalga oshiriladi.