tashlamalarning yo‘l qo‘yiladigan cheklangan miqdori (TChM) —
atmosfera havosi uchun belgilangan, yo‘l qo‘yiladigan cheklangan kvotadan oshmaydigan yer ustidagi konsentratsiyalarni shakllantiruvchi, vaqt birligi hisobiga to‘g‘ri keladigan tashlamalardagi ifloslantiruvchi moddalar miqdori; oqovaning yo‘l qo‘yiladigan cheklangan miqdori (OChM) — nazorat
punktida suv sifati normalarini ta'minlash maqsadida vaqt birligi hisobiga ushbu punktda belgilangan rejimda ajralishiga maksimal yo‘l qo‘yiladigan oqova suvlardagi moddalar miqdori; sanitariya-himoya zonasi — aholi yashaydigan va tashkilot orasidagi maxsus ajratilgan o‘simlik va yalanglik zonasi, ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasini zararsiz norma (kvota)gacha tarqalib ketishini taminlaydigan hudud;
texnik jihatdan erishiladigan ko‘rsatkichlar — oqova suvlarni
ifloslantiruvchi moddalardan tozalash qurilmalarining texnik imkoniyatlarini hisobga olgan holda oqova suvlarning ko‘rsatkichlari; chiqindilarni utillashtirish — chiqindilardan qimmatbaho komponentlarni ajratib olish yoki ikkilamchi xom ashyo, yoqilg‘i, o‘g‘itlar va boshqa maqsadlar uchun foydalanish.
Ekologik normativlar loyihalari tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi hamda ekologik ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tashkilotlariga taqdim etiladi.
Atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari, oqovalari manbalari, chiqindilar paydo bo‘lishi va joylashtirilish joyi hududiy jihatdan bir-biridan uzoqdagi sanoat maydonchalarida joylashgan taqdirda loyihalarni ishlab chiqish har qaysi sanoat maydonchasi uchun alohida-alohida ishlab chiqiladi. Maydonchalarda joylashgan atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarning o‘zaro ta'sir ko‘rsatmasligi maydonchalarning bir-biridan uzoqdalik mezoni hisoblanadi.
II. Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish tartibi Umumiy qoidalar
Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish quyidagi ikki bosqichdan iborat bo‘ladi:
tashlamalar, oqovalarning manbalarini, chiqindilarning paydo bo‘lishi va
joylashtirilishini xatlovdan o‘tkazish; tashlamalar, oqovalar, chiqindilarning paydo bo‘lishi va joylashtirilishini
normalash.
Xatlovdan o‘tkazish:
tashlamalar, oqovalar, chiqindilarning paydo bo‘lishi va joylashtirilishi
parametrlarini aniqlash; tashlamalar, oqovalar, chiqindilarning paydo bo‘lishi va joylashtirilishi
normativlarini ishlab chiqish uchun boshlang‘ich ma'lumotlarni aniqlash; tashkilotda foydalaniladigan texnologiyalar va materiallarning ekologik
tavsiflarini baholash;
atrof-muhitni ifloslanishdan himoya qilish tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida
amalga oshiriladi.
Xatlovdan o‘tkazish bevosita tashkilotning o‘zi tomonidan yoxud tabiiy resurslarni qo‘riqlash va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha materiallarni ishlab chiqishga ixtisoslashtirilgan yuridik va jismoniy shaxslarni jalb etgan holda, tashkilotning ish davrida bir marta amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish texnologiyasi rekonstruksiya qilinganda va o‘zgarganda ilgari amalga oshirilgan xatlovdan o‘tkazish ma'lumotlari aniqlashtiriladi, uning asosida ekologik normativlarning yangi loyihalari ishlab chiqiladi.
Tashlamalar, oqovalar manbalarini, chiqindilarning paydo bo‘lishi va joylashtirilishini xatlovdan o‘tkazish ma'lumotlarining ishonchliligi uchun tashkilotning rahbari (ekologik normativlar loyihalari buyurtmachisi) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Nomi ishlab chiqarishning texnologik reglamentiga muvofiq bo‘lishi kerak bo‘lgan tashlamalar, oqovalar manbalarini, chiqindilarning paydo bo‘lishi va joylashtirilishini tekshirish xatlovdan o‘tkazish davomida, texnologik zanjir bo‘yicha izchillikda, asosiy ishlab chiqarishdan boshlab yordamchi ishlab chiqarishgacha o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |