Chiqindilarni boshqarish


-modda. Chiqindilarni pasportlash



Download 2,97 Mb.
bet55/77
Sana19.10.2022
Hajmi2,97 Mb.
#854119
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77
Bog'liq
Чиқиндиларни бошқариш дарслик НАШРГА

27-modda. Chiqindilarni pasportlash


O‘zbekiston Respublikasi hududida hosil bo‘ladigan chiqindilar pasportlanishi lozim.
Chiqindi pasporti chiqindining har bir turi uchun yuridik shaxslar tomonidan tuziladi. Ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bog‘liq tarzda chiqindining o‘ziga xos xususiyatlari o‘zgargan hollarda chiqindi pasportiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritiladi.
Chiqindilarni pasportlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

28-modda. Chiqindilarni ko‘mib tashlash va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri


Chiqindilarni ko‘mib tashlash va utilizatsiya qilish joylari to‘g‘risidagi axborotlar to‘planishi, qayta ishlanishi, saqlanishi va tahlil qilinishini ta'minlash maqsadlarida chiqindilarni ko‘mib tashlash va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastri yuritiladi, kadastrda chiqindilarning miqdor va sifat tavsiflari, chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi hamda ularning xavflilik darajasini kamaytirish chora-tadbirlari haqidagi axborot o‘z ifodasini topadi.
Chiqindilarni ko‘mib tashlash va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastri qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuritiladi.

29-modda. Nizolarni hal etish


Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

30-modda. Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik


Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishdagi atamalar va ularning ta'rifi Umumiy tavsifdagi atamalar



Atamalar

Ta'riflar

Chiqindilar turi

Bir xildagi fizik-kimyoviy, fizik-mexanik, sanitargigiena xususiyatlariga va bir xildagi tavsiflash alomatiga ega bo‘lgan chiqindilar yig‘indisi

Chiqindi genezisi

CHiqindining hosil bo‘lishi, kelib chiqishi va paydo bo‘lishi

Chiqindilarni ro‘yxatga olish

Ob’ektlarda hosil bo‘ladigan chiqindilar holati va borligini va saqlanishni davriy nazorat qilib turish

Ifloslanish

Er usti yoki hovuz tubini jismlar (ular qismlari), oziqovqat va maishiy tashlamalar, ishlab chiqarishni







anchagina katta bo‘lakli chiqindilari va boshqalarni tashlash bilan ifloslanish

Ikkilamchi moddiy resurs

Ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini ilm va texnikani muayyan rivojlanish bosqichida xalq xo‘jaligida potensial xom ashyo yoki qo‘shimcha mahsulot sifatida ishlatish mumkin

Atrof muhitni ifloslovchi manbalar

Antropogen ob’ekt, ifloslantirish ishlab chiqaradigan, ishlab chiqarish jarayonida atrof muhitga moddalar yig‘indisi yoki mavjudodlar orqali ifloslanish keltiradigan va shuningdek chiqindilar yig‘iladigan joylar.

Chiqindilar kadastri

O‘z ichiga chiqindilarni sifatli va miqdoriy ro‘yxatini olgan, sistemalashtirilgan ma’lumotlar to‘plamini fizik-geografik tavsifnomani, tavsiflashni hosil bo‘lish dinamikasi haqidagi ma’lumotni, ekologik sotsial iqtisodiy baholash darajasini, statistik materiallarni oladi. SHuningdek chiqindilarni ishlatish bo‘yicha tavsiyanomalar, ularni qayta ishlash, saqlash bo‘yicha maslahatlar, kelgusi izlanishlar kerakligi haqida ko‘rsatmalar va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Kvota

Qonunan yoki xalqaro kelishuvlar natijasida
o‘rnatilgan tabiiy resurslarni ishlatish darajasi yoki chiqindilar bilan ifloslanishni hosil bo‘lishiga muayyan moddalar orqali har qanday ta’sir me’yori, ularning yig‘indisi, reaksion jarayoni va shu kabilar.

Sinf, razryad toifa

Umumiy alomatlarga, sinflarga, xossalarga ega bo‘lgan o‘lchovlar (parametrlar) yig‘indisi.

Chiqindi xavflilik sinfi

Chiqindilar yoki uning kompozitlarini darajasi bo‘yicha atrof muhit ob’ektlariga (tuproqqa, o‘simlikka, hayvonlarga, inson va boshqalar)salbiy ta’sir etish mumkinligi chegaralari.

Kompozit

Yo ajratish imkoni bo‘lmagan yo maxsus texnologik operatsiyalar olib borishni talab qiladigan tarkibida organik va anorganik komponent bo‘lgan chiqindi (masalan, avtomobil pokrishkalari, asbest bilan mustahkamlangan tekstil matolari va boshqalar).

Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni olib borish monitoringi

Ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari bilan borishni sistematik nazorat qilishni ta’minlovchi analiz qilish va nazorat qilinayotgan parametrlarni o‘zgarishi bo‘yicha talab qilingan prognozlarni berish

Chiqindilar morfologiyasi

Chiqindilarning tashqi alomatlari yig‘indisi: rangi, tuzumi, ko‘rinishi, yangilarini hosil bo‘lishi va h.z.

Axlat

Maishiy sharoitda hosil bo‘lgan maishiy qattiq
chiqindilar va tashlandiqlar yig‘indisi

Xavfli chiqindilar

O‘z tarkibida bir dona bo‘lsa ham xavfli xususiyatli (zaharlik, infeksiyaviy, portlovchilar, yonish xavfliligi, yuqori reaksiyaviy xususiyati, radioaktivligi) moddalar bo‘lgan chiqindilar va shu miqdorda, shu ko‘rinishda inson umri va salomatligiga, atrof muhitga o‘z holicha yoki boshqa moddalar bilan aloqada bo‘lishi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki potensial xavf tug‘diradi.

Chiqindilar

Ishlab chiqarish va iste’mol jarayonida hosil bo‘lgan xom ashyo, materiallar, yarim mahsulotlar, boshqa mahsulotlar yoki narsalar qoldiqlari shuningdek o‘zining xaridorgir xususiyatini yo‘qotgan mahsulotlar (tovarlar).

Iste’mol chiqindilari

Ma’naviy va fizik jihatdan chegaralanganligi natijasida o‘zining iste’mol xususiyatini yo‘qotgan materiallar va mahsulotlar

Ishlab chiqarish chiqindilari

Mahsulot, energiya, ish bajarishda (xizmat ko‘rsatishda) hosil bo‘lgan xom ashyo, materiallar, yarim mahsulotlar, shuningdek to‘liq yoki qisman iste’mol xususiyatini yo‘qotgan, ishlab chiqarish jarayonida yo‘l yo‘lakay hosil bo‘lgan qo‘llanmaydigan qoldiqlar, qishloq xo‘jaligi chiqindilari, qo‘shimcha mahsulotlar, foydali qazilmalar olinayotganda hosil bo‘ladigan yaroqsiz moddalar



Chiqindi pasporti

CHiqindi kelib chiqish joyini va shaxsiy xususiyatini tasdiqlaydigan hujjat

Tabiiy muhit

Tabiiy antropogen faktorlarni insonga va xo‘jalik faoliyatining resurs-iqtisodiy ko‘rsatgichlariga ta’sir o‘tkazadigan narsalarni va faktorlarni qo‘shiluvi

Chiqindilarni qayta ishlash

CHiqindilarni ekologik xavfsiz saqlash, tashish yoki utilizatsiya qilish maqsadida, biologik, fizik, kimyoviy xususiyatlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan texnologik operatsiyalarni amalga oshirish

Tabiiy resurslar

Moddiy boylik yaratish maqsadida insonni qandaydir talabini qondirishda ishlatiladigan tabiiy moddalar, zaxiralar, ob’ektlar

Zaharlilik LD 50

Tekshirilayotgan jonivorlarni 50 foizini o‘limga olib keluvchi bir kilogramm tirik vaznga ta’sir qiluvchi milligrammda olingan pereparatlarning o‘rtacha
xavflilik dozasi


Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish