15-modda. Yuridik shaxslarning chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi majburiyatlari
Yuridik shaxslar: chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi belgilangan
sanitariya normalari va qoidalariga, ekologik normativlarga rioya etishga; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chiqindilar hisobini yuritishga, ular
to‘g‘risida hisobot taqdim etishga; chiqindilarning fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i, atrof muhit uchun xavflilik
darajasini belgilangan tartibda aniqlashga; chiqindilarning hosil bo‘lish normativlari va chiqindilarni joylashtirish
limitlari loyihalarini ishlab chiqishga; resurs qimmatiga ega va utilizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan chiqindilarning to‘planishini, lozim darajada saqlanishini ta'minlashga hamda ularning yo‘q qilinishi va buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikka; o‘zlarining mulki bo‘lgan chiqindilarning utilizatsiya qilinishi bo‘yicha
texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish chora-tadbirlarini ko‘rishga; chiqindilar aralashib ketishiga(ishlab chiqarish texnologiyasida nazarda
tutilgan hollar bundan mustasno) yo‘l qo‘ymaslikka; chiqindilarning ruxsat etilmagan joylarda yoki ob'ektlarda saqlanishi, qayta
ishlanishi, utilizatsiya qilinishi va ko‘mib tashlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka; chiqindilar joylashtirilgan o‘z ob'ektlarining sanitariya va ekologiya holati
ustidan nazorat olib borishga; chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish paytida holati buzilgan yer
uchastkalarida rekultivatsiya ishlarini o‘tkazishga;
chiqindilarni mumkin qadar ko‘proq utilizatsiya qilish, ularni chiqindi
to‘plash, saqlash va utilizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga realizatsiya qilish yoki berish chora-tadbirlari majmuini amalga oshirishga, shuningdek utilizatsiya qilinmaydigan chiqindilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda ko‘mib tashlanishini ta'minlashga; mahalliy davlat hokimiyati tashkilotlariga, chiqindi bilan bog‘liq ishlarni
amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat tashkilotlariga atrof muhitga ruxsat olinmagan tarzda chiqindilar chiqarilganligi holatlari to‘g‘risida va ko‘rilgan choralar haqida belgilangan tartibda axborot taqdim etishga; chiqindilarni joylashtirganlik uchun belgilangan tartibda kompensatsiya
to‘lovlari to‘lashga; chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish natijasida fuqarolarning
hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga, atrof muhitga, yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashga majburdirlar.
Yuridik shaxslar zimmasida chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.