13-modda. Fuqarolarning chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquq va majburiyatlari
Fuqarolar: chiqindi bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilayotganda hayotlari va sog‘liqlari
uchun xavfsiz sharoitlar bilan ta'minlanish; o‘zlari yashayotgan joylarda xavfli chiqindilar bor yoki yo‘qligi to‘g‘risida,
loyihalashtirilayotgan, qurilayotgan, shuningdek ishlab turgan chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish ob'ektlarining xavfsizligi haqida belgilangan tartibda to‘liq va aniq axborot olish; chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish ob'ektlari qurilishiga doir
qarorlarning loyihalari muhokamasida ishtirok etish;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
buzilganligi natijasida hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga yetkazilgan zararni to‘latish; chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish ob'ektlarining sanitariya va
ekologik holati ustidan jamoat nazoratini amalga oshirishda ishtirok etish huquqlariga egadirlar.
Fuqarolar: chiqindi bilan bog‘liq ishlarini amalga oshirayotganda belgilangan sanitariya
normalari va qoidalariga, boshqa talablarga rioya qilishlari; maishiy-ro‘zg‘or chiqindilarini to‘plab olib ketish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar va tashkilotlar xizmatidan foydalanganlik uchun to‘lovlarni belgilangan tartibda to‘lab borishlari shart.
Fuqarolar chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishlari hamda zimmalarida boshqa majburiyatlar bo‘lishi mumkin.
14-modda. Yuridik shaxslarning chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqlari
Yuridik shaxslar: chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat tashkilotlaridan chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi sanitariya normalari va qoidalari, ekologik normativlar to‘g‘risida belgilangan tartibda axborot olishga; chiqindilarni hududni toza-orasta tutishning sanitariya normalari va qoidalariga
muvofiq ravishda chiqindilarni joylashtirish ob'ektlarida saqlashga; chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat tashkilotlariga, mahalliy davlat hokimiyati tashkilotlariga chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish ob'ektlarini joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq takliflarni kiritishga; chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishga oid davlat dasturlarini
ishlab chiqishda ishtirok etishga;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish natijasida boshqa shaxslar
tomonidan o‘zlariga yetkazilgan zararni to‘latishga haqlidirlar.
Yuridik shaxslar chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.