1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari
Ushbu Qonunning maqsadi chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari chiqindilarning fuqarolar hayoti va
sog‘lig‘iga, atrof muhitga zararli ta'sirining oldini olish, chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirish va ulardan xo‘jalik faoliyatida oqilona foydalanilishini ta'minlashdan iborat.
2-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish – chiqindilarning hosil
bo‘lishi, ularni to‘plab olib ketish, saqlash, tashish, ko‘mib tashlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish bilan bog‘liq faoliyat; chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish ob'ektlari – chiqindilarni
to‘plash, saqlash, tashish, ko‘mib tashlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish uchun foydalaniladigan ob'ektlar; chiqindi pasporti – chiqindi kelib chiqqan joyni hamda chiqindining
individual xususiyatlarini tasdiqlovchi hujjat; chiqindilar – ishlab chiqarish yoki iste'mol qilish jarayonida xom ashyo,
materiallar, xomaki mahsulotlar, boshqa buyumlar yoki mahsulotlarning hosil bo‘lgan qoldiqlari, shuningdek o‘zining iste'mol xususiyatlarini yo‘qotgan tovarlar(mahsulotlar); chiqindilarni joylashtirish limiti – muayyan muddatga joylashtirish ruxsat
etilgan chiqindilarning eng yuqori miqdori; chiqindilarni joylashtirish ob'ekti – chiqindilarni saqlash hamda ko‘mib
tashlash uchun maxsus ajratilgan va jihozlangan joy;
chiqindilarni ko‘mib tashlash – chiqindilarni, ifloslantiruvchi moddalar atrof muhitni bulg‘atishining oldini olishga qaratilgan hamda bu chiqindilardan kelgusida foydalanish imkoniyatini istisno etadigan tarzda, ajratib qo‘yish; chiqindilarni saqlash – ko‘mib tashlash, qayta ishlash yoki utilizatsiya qilish maqsadida chiqindilar olib kelguncha ularni maxsus jihozlangan to‘plagichlarda saqlash; chiqindilarni utilizatsiya qilish – chiqindilar tarkibidan qimmatli moddalarni ajratib olish yoki chiqindilarni ikkilamchi xom ashyo, yoqilg‘i, o‘g‘it sifatida va boshqa maqsadlarda ishlatish; chiqindilarni qayta ishlash – chiqindilarni ekologik jihatdan bexatar saqlash,
tashish yoki utilizatsiya qilish maqsadida ularning fizik, kimyoviy yoki biologik xususiyatlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq texnologik operatsiyalarni amalga oshirish; chiqindilarning hosil bo‘lish normativi – mahsulot birligi ishlab chiqarilayotganda yoki boshlang‘ich xom ashyo birligidan hosil bo‘ladigan muayyan turdagi chiqindilarning belgilangan miqdori; xavfli chiqindilar – tarkibida xavfli (zaharlilik, yuqumlilik, portlovchanlik, tez alangalanib yong‘in chiqaruvchanlik, reaksiyaga tez kirishuvchanlik, radioaktivlik) xususiyatlardan loaqal bittasiga ega moddalar mavjud bo‘lgan, bunday moddalar fuqarolar sog‘lig‘i va hayotiga, atrof muhitga o‘zi mustaqil tarzda ham, shuningdek boshqa moddalarga qo‘shilganda ham bevosita yoki potensial xavf tug‘diradigan miqdorda va shaklda mavjud bo‘lgan chiqindilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |