5.2. Qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash tehnologiyasi
Hozirgi kunda kundalik hayotimizda ham ko‘p miqdorda qattiq maishiy chiqindilarning (QMCH) ajralishi doimo kuzatilmoqda.
Aholi sonining o‘sishi va hayot darajasining umumiy oshishi tovarlar iste’molining ortishiga, binobarin bir marta foydalaniladigan o ‘ram materiallarining ortishiga olib keldiki, bu QMCH miqdoriga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. So‘nggi o‘n yilliklarda dunyoning barcha mamlakatlarida shahar axlati ko'rinishidagi qattiq maishiy chiqindilar miqdori keskin ortib, aholi jon boshiga o‘rtacha 150-300 kg/yil ni tashkil etdi. QMCH miqdorining har yillik o‘sishi kamida 3% ni, ayrim mamlakatlarda 10% ni tashkil etmoqda.
Hozir QMCH ni yig‘ish va qayta ishlash sanoatning zamonaviy texnika bilan jihozlangan yirik tarmog‘iga aylandi. QMCH ni yig‘ish tizimi va ayniqsa uni tashish birinchi darajali masala bo‘lib qoldi. Bu odatda, katta bo‘laklami ushatishda shnekli va konusli ushatgichlar ishlatiladi; o‘rtachasi uchun — konusli va valikli ushatgichlar; maydasi uchun bolg‘ali, markazdan qochma urishli tegirmonlar, ba’zi bir rusmdagi
— konusli va valikli ushatgichlar; yupqa maydalash uchun — baraban sharli, steijenli, halqali tegirmonlar; juda yupqa maydalash uchun — titraydigan, oqimli va kolloidli tegirmonlar ishlatiladi.
Lekin, sof holda hech qaysi usul alohida sanoatda ishlatilmaydi. Masalan, ezish, yorish, zarba bilan maydalash ketidan keladigan jarayon bu yeyilish yoki yedirilishdir. Yeyilish jarayonida ko‘pincha chang hosil bo‘ladi va materialning o‘ta maydalanishi kabi zararli hollar ham uchraydi.
7-rasm. Maydalash usullari:
a-ezish; b-yorish; d-sindirish; e-qirqish; f-arralash; g-yeyilish; h-siqiq zarba; i-erkin zarba.
Shuning uchun, maydalash usulini tanlash material-bo'laklarining kattaligi va mustahkamligiga bog'liq.
Mustahkam va mo‘rt materiallar ezish va zarba, mustahkam va egiluvchanlari-ezish, o‘r tacha mustahkam, egiluvchan materiallar-zarba, yeyilish yoki yorishusulida maydalanadi.
Maydalash bir yoki bir necha usullarda, ochiq va yopiq sikllarda amalga oshiriladi. Undan tashqari, maydalash jarayonini quruq yoki nam usullarda ham o‘tkazsa bo'ladi.
Ayrim hollarda, material xususiyatlariga qarab: ultratovush, gidravlik zarba to'lqinli, yuqori va past temperaturalarni tez almashtirish, elektrogidravlik zarba, bosimni tezda o‘zgartirish, yuqori temperaturada qizdirish usullarini ham qo‘llasa bo‘ladi.
Maydalash jarayonlarida katta miqdorda energiya sarflanadi. Eneigiyani sarfi mavjud maydalash nazariyalari asosida topilishi mumkin.
Yuza nazariyasiga binoan, maydalash jarayonidagi ish, materialning parchalanish yuzasi bo‘yicha molekulalar tortishish kuchini yengishga sarflanadi.
Ushbu nazariyaga ko‘ra, maydalash uchun zarur ish, maydalanish natijasida yangi hosil bo‘layotgan yuzalarga proporsionaldir.
Hajmiy nazariyaga binoan, maydalash jarayonidagi ish material
deformatsiyasiga, ya’ni eng yuksak parchalanish deformatsiyasiga yetkazish uchun sarf bo'ladi.
Maydalash jarayonida tashqi kuchlar ta ’sirida bajarilgan hamma ish A Rittinger tenglamasi orqali aniqlanadi:
A=Aƿ+Ay=K1ΔV + K2ΔF (5.2.1.)
bu yerda, Aƿ-parchalanayotgan bo‘lak hajmining deformatsiyasiga
sarflanayotganish, J; Ay- yangi yuza hosil qilish uchun sarflanagan ish. J ; K1-jismning hajm birligini deformatsiya qilish uchun sarf bo’lgan ishga teng proporsionallik koeffitsienti; K2-yangi yuza hosil qilish uchun sarflangan ishga
teng proporsionallik koeffitsienti; ΔV -parchalanayotgan jism hajmining o'zgarishi;
ΔF -yangi hosil bo‘lgan yuza.
Rittinger maydalash gipotezasiga binoan, ish maydalash paytidagi hosil bo‘lgan yuza qiymatiga to ‘g‘ri proporsionaldir.
Maydalash darajasi katta maydalash jarayonida jism bo‘lagi deformatsiyasiga sarflanayotgan ishni hisobga olmasa bo‘ladi. Unda DF~D2 ekanligini nazarda tutib, ushbu formulani olamiz:
A = K2 ΔF = K12 D2 (5.2.2.)
bu yerda, D-jism bo'lagining o ‘lchami; K2-proporsionallik koeffitsienti.
Do'stlaringiz bilan baham: |