Chiqindilarni boshqarish


Briketlash va granulalash



Download 2,97 Mb.
bet45/77
Sana19.10.2022
Hajmi2,97 Mb.
#854119
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   77
Bog'liq
Чиқиндиларни бошқариш дарслик НАШРГА

Briketlash va granulalash. Sochiluvchan qattiq chiqindilarni qayta ishlash maqsadida xomashyo ko‘rinishiga keltirish uchun briketlash, granulalashjarayonlari presslash orqali amalga oshiriladi. Presslash jarayonining mohiyati shundan iboratki, maxsus presslarda og‘irlik kuchi ta’sirida qayta ishlanayotgan materialning shakli va granulometrik tarkibi o‘zgartiriladi. Turli qattiq chiqindilarni briketlash, shakllash va granulalash uchun ortiqcha bosim ta ’sirida ishlov beriladi. Bunda keyinchalik ishlov beriladigan qattiq chiqindilarni uzoq muddatda foydalanish, transportda tashilishi osonlashadi.
Chiqindilar tarkibi va ularning fizik-kimyoviy xususiyatlarining o‘rganilishi asosida ular bilan ishlash texnologik sxemalari ishlab chiqiladi. Shunday zararsizlantirish kerakki, bu chiqindilar suvda erimaydigan qoldiqqa aylansin, aks holda chiqindilar ko‘milganda ular bilan tuproq va yer osti suvlari ifloslanadi.
Zaharli chiqindilarni zararsizlantirishning eng ko‘p tarqalgan usullariga quyidagilar kiradi:

  • organik chiqindilar uchun-yuqori haroratda yondirish;

  • noorganik chiqindilar uchun-zararsiz, ko‘p hollarda neytral va suvda erimaydigan birikmalar hosil qiluvchi bir necha bosqichli fizik-kimyoviy ishlov berish.

5.3. Qattiq chiqindilarni mexanik, mexanotermik va termik qayta Ishlash


Qattiq chiqindlilarni qayta ishlash ko'pincha ularni alohida komponentlarga ajratish (tozalash, boyitish, nodir materiallarni ajratib olish jarayonlarida), yirik bo’laklarni maydalash, fraksiyalarga bo‘lish, briketlash, granulalash kabi jarayonlarga asoslangan bo‘ladi. Bu bilan ular ikkilamchi material xomashyo (resurs) ko‘rinishiga (IMR) keltiriladi. IMRlarni esa qayta ishlab kerakli mahsulotga aylantirish nisbatan qulayroq.
Qattiq chiqindilarni qayta ishlashga tayyorlash uchun mexanik jarayonlardan foydalaniladi. Mexanik jarayonlarga materiallarni maydalash, uzatish, aralashtirish, presslash, granulalash va klassifikatsiyalashlar kiradi. Bu jarayonda materialning fizik-kimyoviy xarakteristikalari o‘zgarmaydi, ammo ularning shakli o‘zgaradi.
Bu jarayonlaming tezligi qattiq jismlaming mexanika qonuniyatlari bilan ifodalanadi va ularning harakatga keltiruvchi kuchi mexanik kuchlar ta’siridir. Qattiq chiqindilarni keng tarqalgan tayyorlash va qayta ishlash usullarining birgalikda ko‘rinishini (8-rasm) rasmda ko‘rishimiz mumkin.
Maydalash - bu qattiq jism (qattiq chiqindilar) bo‘laklarini kerakli o‘lchamlarga keltirish, parchalash va yuzasini oshirishdir. Maydalash jarayoni qattiq jismning mayda zarrachalar (atom va molekulalar) o‘zaro tortishish kuchlarini yengadigan tashqi kuchlar ta’sirida o‘tadi. Maydalash natijasida ishlov berilayotgan jism yuzasi sezilarli darajada ko‘payadi, ko‘p jarayonlar, shu jumladan eritish, kuydirish kabi katta yuza talab qiladigan jarayonlar tezligi ortadi. Hozirgi paytda qattiq jismlami maydalash uchun har xil turdagi mashinalar qo’llaniladi. Katta hajmli (<2 m3) palaxsalarni maydalaydigan jag’li maydalagichlardan boshlab, to zarracha o’lchamini 0,1 mkm gacha maydalaydigan kolloid tegirmonlar texnologik jarayonlarda ishlatiladi.
Maydalash jarayoni qattiq jism ning boshlang‘ich va oxirgi olchamiga qarab yanchish va tortishga bo'linadi. Yanchish va tortish jarayonlari maydalash darajasi bilan xarakterlanadi,
i=Dmax /dmax hDo'r /do'r (5.3.1.)
bu yerda, Dmax va dmax materialning maydalashgacha va maydalashdan keyingi maksimal diametri; Do'r va do'r boshlang‘ich materialning va maydalangan mahsulotning o‘rtacha tortilgan diametri.
Berilgan modda bo’laklari va yanchilgan zarrachalar to‘g‘ri shaklga ega bo’lmaydi. Shuning uchun, amalda ularning o’lchamlari elakli tahlil orqali aniqlanadi, ya’ni zarracha o’lchami u o'tgan elak teshiklari o’lchamiga teng deb olinadi.
Maydalash jarayoni bir yoki bir necha bosqichda olib boriladi. Har bir maydalagich, uning ishchi organi shakliga ko‘ra, cheklangan maydalash darajasini ta’minlaydi. Maydalash darajasi 1 -3...5 dan (jag'li maydalagichda) 1>100tegirmonlarda o‘zgarishi mumkin.
Material bolaklarining o‘rtacha olcham larini hisoblash uchun elaklar yordamida bir necha fraksiyaga ajratiladi. Har bir fraksiyada bo‘laklar maksim al dmax va minimal dmin o‘lchamlar yarim yig‘indisining o‘rtacha miqdori topiladi:

8-rasm.Qattiq chiqindilarni tayyorlash va qayta ishlash usuliari:
Har bir fraksiyada bo‘laklar maksim al dmax va minimal dmin o‘lchamlar yarim yig‘indisining o‘rtacha miqdori topiladi:
(5.3.2.)
Maksimal bo‘laklar o ‘lchami, ular o ‘tgan teshik diametriga, minimal bo‘laklami esa-elak ushlab qolgan teshiklarining diametriga teng deb hisoblanadi.
Sochiluvchan material aralashmasining o‘rtacha o ‘lchami ushbu tenglama yordamida aniqlanadi:
(5.3.3.)

Noto‘g‘ri geometrik shaklli jismning chiziqli o ‘lchami o‘rtacha geometrik qiymat sifatida hisoblanishi mumkin:

(5.3.4.)
Qattiq chiqindini eng yirik bo‘laklari va maydalangan zarracha o‘lchamlariga qarab maydalash quyidagi turlarga bo‘linadi:
Odatda, qattiq jismlarni maydalash uchun ko‘pincha ezish, yorish, siqiq va erkin zarba berish usullaridan keng ko‘lamda foydalaniladi.
Bu usulda chiqindilarning xavflilik sinfi tuproqdagi REChK miqdoriga ko‘ra topiladigan xavflilik indeksi K; miqdoriga, u yo‘q bo‘lgan holda ma’lum otnoma adabiyotlarida keltirilgan LDsg ko‘rsatkichlariga asoslanib topiladi.
Poligon ishining texnologik sxemasi atrof-muhit himoyasini ta ’minlagan holda ehtiyot choralariga rioya qilib muntazam va uyushgan holda
utillashtirilmaydigan zaharli chiqindilarni chiqarib tashlash, u larni zararsizlantirish va puxta ko‘mib tashlash imkoniyatlarini beradigan quyidagi asosiy tadbirlarni ko‘zda tutishi kerak:
— ishlab chiqaruvchi korxonalarda utillashtirilmaydigan zaharli chiqindilarni yig‘ishni tashkil qilish;
— zaharli chiqindilarni poligonga tashishni tashkil qilish;
— poligonda zaharli chiqindilarni qabul qilish, ularni zararsizlantirish va ko‘mishni tashkil qilish.
Korxonalarda zaharli chiqindilarni yig‘ishni tashkil qilganda quyidagi «Korxona (tashkilot) hududida zaharli sanoat chiqindilar to‘planishining chegaraviy miqdori» va «Zaharli sanoat chiqindilarini to‘plash, tashish, zararsizlantirish va ko‘mish tartibi» xujjatlariga rioya qilinishi lozim.
Chiqindilarni statsionar omborlarda vaqtincha saqlash qoida sifatida qabul qilingan. Bunda GOST 12.1.005-76 ning ishchi zonasi havosiga zararli moddalar
REChKi mikroiqlimiga qo‘yadigan talablari ta’minlanishi shart.
Chiqindilarni usti yopilgan maxsus maydonchalarda quyidagi shartlarga rioya qilib vaqtincha saqlashga yo‘l qo‘yiladi:
— sanoat maydonchasidagi havoda yer ustidan 2 m balandligida zararli moddalarning miqdori ishchi zonasi REChKning 30%idan oshmasligi kerak;
— korxona hududi yer osti va yuza suvlari hamda tuprogldagi zararli moddalar miqdori bu moddalar REChK idan oshmasligi va atrof-muhit uchun «Tabiatni muhofaza qilish». Davlat standartlari talablari va yer usti suvlari oqova suvlar bilan ifloslanishdan muhofaza qilish qoidalariga mos kelishi zarur;
— chiqindilarni vaqtincha saqlash maydonchasi hududning shamol chiqib ketadigan zonasida joylashishi va tag qismi zararli moddalar yemira olmaydigan va o‘ta olmaydigan material bilan qoplangan bo’lishi zarur.
Zaharli chiqindilarni ochiq uyulgan, to‘kib qo‘yilgan holda yoki nogermetik ochiq idishda xoh omborda, xoh maxsus maydonchada saqlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Yonmaydigan pastasimon I xavflilik sinfi chiqindilari germetiklikka tekshirilgan, devorlari qalinligi 10 mm bo‘lgan maxsus metall konteynerlarga kichik miqdorlarda alohida partiyalarda yig‘iladi.
Pastasimon, tez qotuvchi, yonuvchi organik chiqindilar hamda oz miqdordagi boshqa yonuvchi suyuq chiqindilar hajmi 200 litrdan katta bo‘lmagan barabanlar, bochkalar va boshqa metall idishlarda saqlanishi mumkin.
Zaharli chiqindilarni poligonga tashish poligonning maxsus avtotransporti orqali amalga oshirilishi qoida qilib qo‘yilgan.
III-IV xavflilik sinfiga tegishli yonuvchi suyuq chiqindilar sanitar epidemiologik muassasalar va poligon bilan kelishilgan holda yuk jo‘natuvchi korxonalar avtotransporti yordamida tashilishiga ruxsat beriladi. Zaharli chiqindilarni tashish
«Xavfli yuklarni avtomobil transportida xavfsiz tashishni ta’minlash bo‘yicha yo‘riqnoma»ga mos holda amalga oshiriladi.
Qattiq chiqindilar odatda binoda joylashtirilgan temir beton bunkerlarda saqlash uchun qabul qilinadi. Har bir pastasimon va suyuq chiqindilar uchun ochiq maydonchada o‘matilgan maxsus isitiladigan idishlar ko‘zda tutilgan.
Y uqori agressiv p astasimon chiqindilar yonadigan sintetik materiallardan yasalgan barabanlarda (60—100 litr) yoki, agar chiqindilar faol zanglatuvchi bo'lmasalar, hajmi 200 litrli po‘lat barabanlarda tashiladi. Idishlardagi chiqindilar odatda ochiq maydonchalarda tom ostida saqlanadi.
Poligonga kelayotgan zaharli chiqindilarning turli-tumanligi saqlash sharoitlari va zararsizlantirish usullarini aniqlash uchun ularning tarkibi va xususiyatlarini aniq bilishni talab qiladi. Bu barcha ko‘rsatkichlar chiqindilar so‘rovnoma varag‘i va pasportida keltirilgan bo‘lishi kerak. Poligon laboratoriyasi keltirilgan chiqindilar tarkibining pasport va so‘rovnoma varag‘ida keltirilgan ma’lumotlarga mosligini aniqlash uchun namuna tanlab nazorat o‘tkazadi.
Ko‘p chiqindilarning hosil bo‘lish sabablari noma’lum, ba’zilarini o‘sha yerning o‘zida bartaraf etib, ijobiy hal etish mumkin, qolganlarini esa alohida chuqur o‘rganilib, kerakli texnologiyalar asosida qayta ishlash chora-tadbirlarini yo'lga qo‘yish mumkin. « Kimyoda chiqindilar emas, balki ishlatilmagan xomashyo bor» deb ta’rif bergan edi kimyogar olim D.I.Mendeleyev. Ishlab-chiqarish chiqindilariga mahsulot ishlab chiqarish yoki ish bajarish vaqtida hosil bo‘lgan va hamda dastlab ehtiyoj xususiyatlarini to‘liq yoki qisman yo‘qotgan xomashyo,
material, yarim fabrikatlar kirsa, iste’mol chiqindilariga esa-moddiy yoki ma’naviy eskirishi natijasida o‘zining ehtiyoj sifatlarini yo‘qotgan buyum yoki materiallar kiradi. Xalq xo'jaligida hosil bo‘ladigan ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari ikkilamchi material resurslar (IMR) bo‘lib hisoblanadi. Ikkilamchi material resurslar hali ikkilamchi xomashyo degani emas. Ikkilamchi xomashyo hozirgi paytda xalq xo‘jaligida qayta ishlatilishi mumkin bo’lgan resurslar, ya’ni buning uchun texnik va iqtisodiy asoslar mavjud deb ta’riflanadi. Hozirgi paytda ishlatish uchun vaqtincha sharoit yo‘q resurslar ishlatilmayotgan resurslarga kiritiladi.
IMR ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarining yig‘indisi sifatida ko'rib chiqiladi va ular mahsulot olish uchun asosiy yoki yordamchi material bo‘lib xizmat qiladilar. Nufuzli mutaxassislar fikriga ko’ra, hosil bo’layotgan chiqindilarning 2/3 qismi tiklanishi, qayta ishlov berilishi va ishlatilishi mumkin. Mashhur amerikalik olim, Nobel mukofoti laureati Glen Siborg shunday degan: «...hozir ikkilamchi xomashyo deb ataladigan, barcha chiqindi va lomlar bizning asosiy resursimiz, hali tegilmagan tabiiy resurslar esa bizning asosiy rezervimiz bo‘lib qoladi».
Shuning uchun hozirgi kunda korxonalardan ajralayotgan qattiq chiqindilar maxsus ajratilgan maydonlarda-poligonlarda saqlanmoqda.
Poligonlar tabiatni muhofaza qilish inshootlari hisoblanib, sanoat korxonalari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va idoralari hamda boshqa barcha manbaalarning zaharli chiqindilarini markazlashgan holda yiglsh, zararsizlantirish va ko‘mish uchun mo’ljallangandir.
Poligonga faqat I, II, III va zarur hollarda IV xavflilik sinfi zaharli chiqindilari qabul qilinadi. Ularning ro'yxati aniq holda sanitar-227 epidemiologik va maishiy xizmatlar, poligonning buyurtmachisi va loyiha tayyorlovchisi tomonidan kelishiladi.
IV xavflilik sinfi qattiq sanoat chiqindilari sanitar epidemiologik va maishiy xizmat tashkilotlari va muassasalari bilan kelishilgan holda shahar maishiy chiqindilari yig'iladigan poligonlarga chiqarilishi va poligon kartasining o ‘rta hamda yuqori qismlarida izolatsiyalovchi inert material sifatida qo‘llanishi mumkin. Zaharli sanoat chiqindilari ko‘miladigan uchastkaga IV xavflilik sinfi qattiq sanoat chiqindilarini zarur texnik-iqtisodiy asoslangan holda qabul qilishga ruxsat etiladi.
Poligonga chiqarishdan oldin sanoat chiqindilari korxonalarda suvsizlantirishlari kerak. Poligonga quyidagi ko‘rinishdagi chiqindilar qabul qilinishi mumkin emas: — tarkibidan metall va boshqa moddalarni ajratib olishning samarali usullari ishlab chiqilgan chiqindilar (har bir konkret holda chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlash usullari yo‘qligi kerakli vazirlik yoki muassasa tomonidan ko‘rsatilgan bo‘lishi shart);
— radioaktiv chiqindilar;
— regeneratsiya qilinadigan neft mahsulotlari.
Ayni zaharli chiqindilar miqdori uncha ko‘p bo’lmagan chiqindilar aralashmasining xavflilik sinfini aniqlash katta qiyinchilik tug‘diradi. XVI asrning shifokor va tabiat tadqiqotchisi bo‘lgan mashhur Paratsels shunday degan edi: «Namma narsa zahar va hech bir narsa zahardan holi emas, faqat me’yor(doza)gina zaharni bilintirmaydi». Darhaqiqat, agar misol tariqasida inson uchun
ovqatlanayotgan paytda bir kosa ovqat me’yor bo‘lsa, unda bir necha kosa ovqatni tanovvul qilish shu ovqatni me’yordan ortiq bo‘lgani uchun insonga zarar keltiruvchi-«zahar»ga aylanishi hech kimga sir bo‘lmasa kerak.
Hamma narsa dozaga, ya’ni chiqindilar miqdori konsentratsiyasiga bog‘liq. Chiqindilarning xavflilik sinfi «Chiqindilarni zaharlilik bo‘yicha kategoriyalarga ajratish shartiga ko‘ra sanoat chiqindilaridagi zaharli birikmalarning chegaraviy miqdorlari» uslubi bo'yicha aniqlanishi mumkin.
Eng qimmat operatsiyalar bo‘lib, chiqindilarni to‘la qayta ishlash umumiy qiymatining 80% ini tashkil qiladi. Qattiq maishiy chiqindilar tarkibi ko‘p omillarga bog‘liq: mamlakat va hududning rivojlanish darajasi, aholining madaniy darajasi va uning urf-odati, yil fasli va boshqa sabablarga.
So‘nggi 20 yilda qattiq maishiy chiqindilarga munosabat g‘oyasi va texnikasida prinsipial o‘zgarishlar yuz berdi. Boshlanishda yalpi yig‘ish va sanitar axlatxona (poligon)larga chiqarib kompostirlash va yoqish yo‘li bilan qayta ishlash ko‘proq edi.
Keyin turli mamlakatlarda (AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya,
Shvetsariya, Italiya va boshqa, shu jumladan Rossiyada ham) QMCH ni mexanik separatsiya (ajratish) ishlari va qattiq maishiy chiqindilarni aholi tomonidan bir necha turlarga (oziq-ovqat chiqindilari, qora va rangli metallar, shisha, plastmassa, qog‘oz, karton, latta va boshqa) navlash yoli bilan alohida (selektiv) tanlab yig‘ish ishlari o‘tkazila boshlandi. Bu maqsadlar uchun konteynerlar, qutilar yoki turli rangli qoplar ishlatiladi.
Har bir xonadondan ajraladigan axlatlar maxsus paketlarga solinib yuqorida ko‘rsatilgan konteynerlarga solinadi. Ushbu joylar alohida tartib bilan o'rab qo‘yiladi.
Alohida idishlarga yig‘ilgan chiqindi komponentlari qayta ishlash korxonalariga ham bo‘lak-bo‘lak (alohida) holda tashilishi kerak. Qattiq maishiy chiqindilar tarkibidan qora metallarni magnitli ajratish sxemasi misol tariqasida.
Dastavval QMCH ni alohida yig‘ishni tashkil etish chog‘ida aholi orasida katta tushuntirish va tarbiyaviy ishlar olib borilishi lozim.
Germaniyada, masalan, QMCH ni alohida yig‘ishni tashkil qilishga 20 yil kerak bo‘ldi. Bizda ham 0‘zbekistonda ushbu xayrli ishni tezda yo‘lga qo‘ymoq lozim.
Qimmatbaho komponentlarni mexanik usulda ajratib sanoat masshtabida
QMCH ni kompleks qayta ishlash «Sorayn Chekkini» nomli Italyan firmasida eng to’la hal qilingan. Bu firma zavodlarida qo‘llaniladigan texnologiyalarda qora metallarni, makulaturani, organik qismni (undan mollarga ozuqa va organik o‘g‘it-kompost ishlab chiqarilgan), plastmassa va shishani ajratib olish ko‘zda tutilgan.
Makulatura «ho‘l usulda» qog‘oz massasi (bo‘tqa) ga aylantiriladi, keyin undan kulrang va bo‘yalgan karton, o‘rash qog‘ozi va boshqalar tayyorlashda foydalaniladi. Tozalangandan keyin u gazeta va jurnal qog‘ozi hamda presslangan qog‘oz (masalan, tuxum va mevalarni saqlash uchun idish) ishlab chiqarishda yog‘och massasining bir qismini almashtirishi mumkin. Zavodlar 200 t/sut ga yaqin qog‘oz tolalari ishlab chiqaradilar.
Chorva uchun ozuqa (45 t/sutga yaqin ) olish uchun chiqindilarning organik qismi yirik fraksiyalari 8% namlikkacha quritiladi va bir xil massa olingandan va tozalangandan keyin granulalanadi. Mollarning zaharlanish hollari kuzatilgani sababli hozir ozuqa ishlab chiqarilmaydi.
Ko‘p sonli plastmassa turlaridan faqat polimer plyonka ajratib olinadi, qolgan plastmassa buyumlar (yuqori zichlikdagi polietilen materiallar, xlorvinil va boshqa materiallar) yoqib yuboriladi.
Qayta ishlov berishga kelayotgan QMCH dastlabki miqdorining 45%ga yaqini yoqib yuboriladi. Issiqlik texnologik jarayonda qo’llaniladigan bug‘ ishlab chiqarish uchun foydalaniladi: qog‘oz massasini tozalashda, chorva ozuqasi uchun organik moddalarni sterillashda, ozuqa va o‘g‘itlarni quritishda hamda axlat tashuvchi texnikani bo‘shatishda (chang miqdorini kam aytiruvchi va boshlanayotgan achishni to‘xtatuvchi oksixlorid bilan birgalikda). Zavodlar aylanma suv tizimida ishlaydilar.
«Sorayn Chekkini» firmasi ma’lumotlariga ko‘ra dastlabki xomashyodan tovar mahsulot ajratib olish darajasi quyidagicha: temir 95% (3% QMCH hisobidan), qog‘oz-75 (~15), ozuqa va o‘g‘it uchun organik moddalar - 85 (ozuqa uchun organik moddalar-14, o‘g‘it uchun organik aralashma-20), plastmassa-50% (2%).
Zavodlar ikki smenada ishlaydi. Barcha jihozlar noxush hidlar tarqalmasligi oldini olish uchun yopiq holda o‘rnatilgan. 1t qattiq maishiy chiqindini qayta ishlash uchun elektr energiya sarfi-80 kVt/C ga yaqin, suv sarfi — l m3.
Zavodning xizmat qiluvchi xodimlari-150 kishi. Zavodning yordamchi sexlari bilan egallagan maydoni—3,5 ga.
CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, №4-5, 72modda; 2003 yil, №5, 67-modda, №9–10, 149-modda)

Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish