Chiqindilarni boshqarish


QMCHlarni ko‘mishda yuzaga keladigan zararli oqibatlar



Download 2,97 Mb.
bet30/77
Sana19.10.2022
Hajmi2,97 Mb.
#854119
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   77
Bog'liq
Чиқиндиларни бошқариш дарслик НАШРГА

QMCHlarni ko‘mishda yuzaga keladigan zararli oqibatlar. Organik va noorganik QMCHlar, qora va rangli metall chiqindilari vaqt o‘tishi bilan asta sekin atrof muhit ta'sirida tabiiy holda eskirib xususiyatini yo‘qotadi.
Kimyoviy materiallar, oltingugurt tarkibli, mishyak, har xil galogenlar (xlor, brom va boshqa), og‘ir metallar (mis, qo‘rg‘oshin, xrom va boshqa), sezilmaydigan holatda masalan, og‘ir metallar mutagen va kanserogen xususiyati bilan, sezilmaydigan holatda tuproqning zaharlanishiga olib keladi.
QMCHlar (karton, sellyuloza-qog‘oz materiallari, oqartiruvchi materiallar, shuningdek har xil oziq-ovqat chiqindilari, tolali materiallar) biologik, biokimyoviy omillar, tabiiy organik jarayonlar ta'sirida chiriydi. Asosan issiq paytlarda (00S dan yuqori haroratda).
Tabiiy materiallar tabiiy omillar ta'sirida quyidagilarga aylanadi: a) biologik jarayonda:

  • mikrofloralar – aktinomitsetlarga, 00S dan yuqori haroratda bakteriyalar, achitqilar, har xil zamburug‘lar, viruslar va suv o‘tlari yuzaga keladi va o‘sadi.

  • mikrofaunalar – oddiy, ikki juft oyoqli, ko‘p oyoqli, lichinkalar, pashshalar. b) biokimyoviy jarayonda:

  • ko‘rinishi va kelib chiqishi bo‘yicha har xarakterli fermentlar.

Biokimyoviy va biologik bo‘linish jarayonlarida tabiiy materiallar chiqindilari fatogen ko‘rinishli xilga aylanadi – bakteriyalarning ko‘p sonliligi, o‘ta yuqumli kasalliklar chaqiruvchi (masalan, xolera). Eng yuqori xavfli chiqindilar, og‘ir yuqumli kasalliklarni o‘yg‘otuvchi va tashuvchi davolash va ilmiy-tadqiqot muassasalari, asosan stomotologiya va xirurgiya muasssasalari (poliklinika, kasalxona, sanatoriya va boshqa muassasalar chiqindilari) hisoblanadi.
Sintetik polimer tarkibli QMCH lar eskirishi, xavfli kantserogen moddalarga aylanadi.
Chiqindilarni yoqish. Chiqindilarni yoqish – bu chiqindilarni utilizatsiya qilishning eng murakkab va “yuqori texnologik” turi hisoblanadi. QMCH larni yoqish dastlabki qayta ishlash issiqlik olish, zararsizlantirish jarayonlaridir. QMCHlarni yoqish orqali yirik yonmaydigan moddalar, metallar ajratib olinadi qismlarga bo‘linadi. Shuningdek, chiqindilardagi ifloslantiruvchi moddalarni kamaytirish uchun akkumulyatorlar, batareyalar, qoplamalar, plastiklar zararsizlantiriladi. Hozirgi vaqtda chiqindilarning ajralmaydigan oqimini yoqish jarayoni favqulotda xavfli hisoblanadi. Yuqoridagilarga ko‘ra chiqindilarni yoqish, QMCH larni utilizatsiya qilish murakkab komponentlari dasturining bir bo‘lagi hisoblanadi.
Barcha chiqindilarni yoqish davomida o‘rtacha 3 barobarga qisqaradi, shuningdek zararli bakteriyalar va suyuqliklar, hid ajralib chiqishi, qush va jonzotlarning yo‘qolishi kabi ayrim noxush holatlari yuzaga keladi. O‘z navbatida ajralib chiqqan energiyani issiqlik va elektr toki olish maqsadida yo‘naltirish mumkin.
QMCH larni yoqishdan asosiy maqsad ularni chiqindixonaga yuborishdan oldin hajmini kamaytirish hisoblanadi. Ko‘mirni yoqish jarayonida taxminan QMCH og‘irligiga nisbatan 30 % shlak ajraladi.
Jahon va o‘tmish tajribasida QMCHlarni termik zararsizlantirish va utilizatsiya qilishning 3 ta usuli paydo bo‘lgan:

  • Chiqindi yoqish xandaklarida tayyorlanmagan boshlang‘ich chiqindilarni qavatlar bo‘yicha yoqish;

  • Boyitilgan (maxsus tayyorlangan) chiqindilarni qavatlab yoki kameralarda yoqish, sement pechlari yoki issiqlik energetika qozonlarida o‘zgarmaydigan fraksiyali va og‘ir tarkibli qismlardan tozalash;

  • Chiqindilarni oldindan boyitilgan holda tayyorlash.

Chiqindilarni yoqishda ekologik xavfsizlikni ta'minlash uchun qator prinsiplarga amal qilish lozim. Yoqiladigan moddaning xususiyatidan kelib chiqqan holda belgilangan harorat va yonish uzluksizligini ushlab turish; chiqindilarning to‘liq yonishi uchun havo oqimining aylanma harakatini yuzaga keltirish. Yuqoridagilarga bog‘liq holda, chiqindilar fiziko-kimyoviy va hosil bo‘lish manbaiga ko‘ra katta farq qiladi, yoqish uchun ko‘p turdagi jihozlar va texnik uskunalar talab etiladi. Hozirgi kunda chiqindilarni yoqishni takomillashtirilgan jarayonlarga qaratilgan qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish