Chiqindilarni boshqarish


Ko‘p tarkibli qattiq maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish. Gaz plitalarni utilizatsiya qilish



Download 2,97 Mb.
bet32/77
Sana19.10.2022
Hajmi2,97 Mb.
#854119
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77
Bog'liq
Чиқиндиларни бошқариш дарслик НАШРГА

3.2. Ko‘p tarkibli qattiq maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish. Gaz plitalarni utilizatsiya qilish.
Gaz plitalarni utilizatsiya qilish jarayonida maxsus texnologiyalardan foydalanildi.
Jihozlar plastik va turli metallardan yasaladi, ularni qayta ishlash uchun mutaxasissislarga topshirish kerak. Kompyuterlarning mahoratli utilizatsiyasi bu murakkab jarayondir. Texnikani utillashtirish jarayonini faqatgina tajribali firmalar o‘tkazishadi.
Plitalar qo‘lda yig‘iladi va qiymatiga qarab saralanadi, chunki har birining tarkibi o‘ziga xos turli qimmatbaho metallardan tarkib topgan. Agar axlat poligonlarida saralash va yig‘ish ishlari yo‘lga qo‘yiladigan bo‘lsa, kompananiya bu poligonlardan ham texnika sotib olish mumkin.
3.3. Ko‘p tarkibli qattiq maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilishga misollar.
Gaz plitalarini utilizatsiya qilish jarayonida maxsus texnologiya qo‘llaniladi. Bu jarayonlar yuqori xavf-xatar manbai ekanligi yodimizda bo‘lish kerak. Malakali mutaxassislar utilizatsiya qilishdan oldin havo namunasidan tahlil oladilar. Bu jarayonlar plitalarni montaj qilish vaqtida chiqadigan gaz oqimini ushlash uchun zarur.
Ko‘pgina mulk sohiblari bunday jarayonlarga katta ahamiyat bermaydilar, chunki kelgan mutaxassislar butun jarayonni nazorat qilishlariga ishonadilar. Shu tufayli bilimli hamkasblar, gaz plitalarni utilizatsiyasi bilan bir necha bor shug‘ullanganlar va aholi xavfsizligi uchun alohida e'tibor beradilar.

3.4. Monitorlar utilizatsiyasi


Elektron texnikaning miqdori tezlikda o‘smoqda, shuning uchun uning utilizatsiyasi va qayta ishlash jarayoni bugunning muammolaridan biridir. Kelajakda elektron chiqindilarning katta qismini qattiq kristall va plazmali displeylar tashkil etishi kutilmoqda. Chunki hozir suyuq kristall va plazmalarning asri bo‘lib, beso‘naqay katta kneskoplarning vaqti o‘tib bo‘ldi. Lekin hech narsa abadiy emas, shunday vaqtlar keladiki, texnik jihozlar ba'zi sabablarga ko‘ra o‘z vazifalarini bajaraolmay qoladilar va axlatxonaga jo‘natiladi. Ammo qayta ishlashga jo‘natilsa, yanada yaxshiroq bo‘lar edi. Atrof muhitga elektron chiqindilarning salbiy ta'sirini kamaytirish maqsadida rivojlangan davlatlarda QMCHlarni yig‘ish va utilizatsiya qilish dasturlari faol olib borilmoqda. Masalan: Yevropa Ittifoqi 2002 /96/ dasturini qabul qildi, unga asosan yuzasi 100 m2 va SSFL – yoritgichli bo‘lgan barcha suyuq kristall jihozlar utilizatsiya qilinadi.
Utilizatsiya jarayoni qanday amalga oshadi? Qayta ishlash jarayoni elektron texnikaning tarkibiy qismlarini qo‘lda demontaj qilishdan boshlanadi. Demontaj qilingan qismlar qayta ishlash jarayonini davom ettirish uchun plastik, metall, aloqa simi, lyuminessent lampalar bosma plitalar, qattiq kristall displeylarga saralanadi. 3-4 dona texnikaning demontajiga taxminan bir soat vaqt ketadi.
Quyidagi gistogrammalardan ko‘rinib turibdiki, elektron texnikaning asosiy og‘irlik qismini metall va plastik tashkil etadi, kristall displeylar esa 6-18 % gacha mavjud bo‘ladi.
Atrof muhitga asosiy xavfni CCFL – chiroqli kristall displeylar keltirib chiqaradi. Lyuminessent lampalarning xususiyatidan kelib chiqib, uning tarkibida 3,5 kilogrammgacha simob bo‘ladi. Taqqoslash uchun energiya tejovchi lyuminessent lampada 5....7 mg simob borligi aniqlangan.
Shuning uchun bunday lampalarni qabul qilish, saqlash va tashib ketish shunday amalga oshiriladiki, lyuminessent lampalarning shikastlanishidan ehtiyot qilish kerak.
Biroq hududga keltirilganda monitor va televizorlarning lampalari yorilgan bo‘ladi (yorilgan televizorlar 20 % gacha va yorilgan monitorlar 5 % gacha). Hududda bu bilan bog‘liq muntazam nazorat va tadbirlar o‘tkaziladi, havoda simoblar ruxsat etilgan sig‘im (RES) yuqoriligi bilan xavflidir.
Plazmasimon displeylardan indiy oksidi va nodir metallarni ajratib olish faqatgina potensial qiziqish uyg‘otadi.
Bugungi kunda samarali qayta ishlash texnologiyasining yo‘qligi sababli plazmasimon displeylar drobilkada ularni maydalash orqali utilizatsiya qilinadi. Hosil bo‘lgan shisha maydalari qurilish materiallarida qo‘llaniladi.
Xulosa qilib aytganda, yaqin kunlarda hozirgi suyuq kristall (CCFL yoritgichli) displeylar elektron chiqindilarining asosiy qismini tashkil etadi. Atrof muhitga asosiy xavfni simob keltirib chiqaradi. Suyuq kristall displeyning o‘zi ayni vaqtda xavfsizdir. Plazmasimon displeylar tarkibida shishaning asosiyni tashkil etuvchi va zararlilik xususiyatiga ega bo‘lgan qo‘rg‘oshin oksidi mavjud. Biroq hozir qo‘rg‘oshin tarkibli shishani alternativ shishalarga almashtirish g‘oyasi paydo bo‘lgan. Suyuq kristall va plazmasimon displeylarni utilizatsiyalash texnologiyasi ko‘zda tutilmagan xarajatlarsiz yuqori sifatli bo‘lmagan ikkilamchi xom ashyo olish imkonini beradi.
Hozirgi kunda displeylarni to‘liq qayta ishlaydigan texnologiyalar yaratilmoqda.

Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish