Chiqindilarni boshqarish


Qattiq maishiy chiqindi turlari



Download 2,97 Mb.
bet26/77
Sana19.10.2022
Hajmi2,97 Mb.
#854119
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   77
Bog'liq
Чиқиндиларни бошқариш дарслик НАШРГА

2.2. Qattiq maishiy chiqindi turlari


Qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashib ketish, zararsizlantirish va utilizatsiya qilish bilan bog‘liq kompleks tadbirlarni amalga oshirishda, birinchi navbatda ularning tarkibi va xususiyatini bilish zarurdir. Agar qattiq maishiy chiqindilarni samarali yig‘ish va tashib ketishda ularning zichligi va namligini bilish muhim bo‘lsa, chiqindilarni zararsizlantirish va utilizatsiya qilish texnologik jarayonlarni tanlashda chiqindilarning morfologik tarkibi, elementlari va xususiyatlari haqida to‘liq bilish kerak.
Qattiq maishiy chiqindilarning asosiy tarkibi har xil organik materiallardan iborat bo‘ladi. Ko‘pchilik holatlarda qog‘oz va har xil oziq ovqatlarining qoldiqlaridir. Bu chiqindilar nisbati davlatning geografik joylashuvi, madaniy rivojlanishiga qarab o‘zgaradi. Rivojlangan davlatlarda QMCHlarning 60 foizi organik materiallar hisobiga to‘g‘ri keladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ko‘rsatgich 70 foizgacha yetadi.
QMCHlar organik birikmalar issiqlik yonish solishtirma ko‘rsatgichi 1500 kkal/kg ga tengdir.
QMCHlarning morfologik tarkibi. QMCHlar morfologik ko‘rsatgichiga qarab quyidagi komponentlarga bo‘linadi: karton, qog‘oz, metall (qora va rangli), yog‘och, oziq ovqat chiqindilari, suyak, mato, teri, oyna, tosh, rezina va boshqa polimer materiallar, boshqa (klassifikatsiya qilinmaydigan turlari), shuningdek davolash muassasalari, meditsina punkt hamda sanatoriyalarning meditsina chiqindilari.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, bizning davlatimizda g‘arb mamlakatlariga qaraganda chiqindilar tarkibi jihatidan farq qiladi. Qurilish chiqindilari chiqindi umumiy miqdorining (10 foizigacha) yetadi, oziq ovqat chiqindilari esa ko‘proq qismini tashkil etadi. Bundan tashqari shahar chiqindixonalarida har-har zamonda sanoat chiqindilari uchraydi.
Shaharlardagi QMCH tarkibida yaroqsiz qog‘oz, shisha idishlar, oziq ovqat chiqindilari ko‘proq uchraydi. Vaqt o‘tishi bilan QMCHlar tarkibida sezilarli darajada o‘zgarishlar kuzatilgan. Qog‘oz chiqindilari, polimer materiallarning har xil turlari, meva va oziq ovqat chiqindilari, rangli metallar shular jumlasidandir. 1992 yildan keyin polimer o‘ram materiallari chiqindilar tarkibida o‘sishi kuzatilgan. Shularga qaramasdan QMCHlar tarkibida oziq ovqat chiqindilarining miqdori o‘zgarishsiz qolgan.

Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish