Chiqindilarni boshqarish


Qattiq maishiy chiqindilar



Download 2,97 Mb.
bet25/77
Sana19.10.2022
Hajmi2,97 Mb.
#854119
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   77
Bog'liq
Чиқиндиларни бошқариш дарслик НАШРГА

II BOB. QATTIQ MAISHIY CHIQINDILARNI UTILIZATSIYA QILISH VA QAYTA ISHLASH.

2.1. Qattiq maishiy chiqindilar


Insonlar hayoti ko‘plab turli chiqindilar paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadi. So‘nggi yillarda sayyoramizda aholining ehtiyoji sezilarli darajada oshishi har xil turdagi chiqindilar, shu jumladan qattiq maishiy chiqindilar (QMCH)ning keskin oshishiga olib kelmoqda. Dunyo bo‘yicha oxirgi yillarda atrof tabiiy muhitga joylashtiriladigan qattiq maishiy chiqindilar 500 mln. tonnaga yetishi kutilmoqda.
Atrof tabiiy muhitga joylashtirilayotgan qattiq maishiy chiqindilar biologik, kimyoviy va biokimyoviy ifloslantiruvchi moddalarning manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu chiqindilar insonlar hayoti va sog‘ligiga, shuningdek keyingi avlodlarga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari qattiq maishiy chiqindilar sanoat tarmog‘ini rivojlantirishning qimmatbaho moddalar manbalaridan biri hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni chiqindisiz tasavvur qilish mumkin emas, xuddi shunga o‘xshash, har qanday iste'mol jarayoni chiqindi hosil bo‘lishiga olib keladi. Ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, bozorlardan foydalanishning kengayishi, aholi turmush darajasining o‘zgarishi natijasida QMCH larning miqdoriy va sifat tarkibi sezilarli darajada o‘zgarib bormoqda.
Qattiq chiqindilarni qayta ishlashning to‘plangan muammolarini hal etish hozirda asosiy ahamiyyatga ega. Bugungi kunga kelib qazilma boyliklar: neft, ko‘mir, qora va rangli metallar uchun tabiiy xom ashyo manbalarining kamayib yoki yo‘q bo‘lib ketishi chiqindilardan xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida to‘liq foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. AQSH, Yaponiya, Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Germaniyaga davlatlarida iqtisodiy sohani rivojlantirish shu tariqa amalga oshirilmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat tashkilotlari, tadqiqotchilar, tadbirkorlar oldida barcha turdagi qattiq chiqindilarni to‘liq ishlatish, chiqindisiz texnologiyalarni qo‘llashning eng yuqori darajasiga erishish vazifalari turadi.
Qattiq maishiy chiqindilarni utillashtirish va qayta ishlashda aniq ilmiyasoslangan klassifikatsiya, qimmat va murakkab uskunalar va iqtisodiy baza yo‘qligi qiyinchiliklar tug‘diradi.

Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish