1.5.12. Maishiy chiqindilarni tashishga qo‘yiladigan asosiy talablar
Maishiy chiqindilarni tashish ularni tashilishida tushirib qoldirish, avariya holatini paydo qilish, insonlar salomatligi va atrof-muhitga zarar yetkazish ehtimollarini istisno qiluvchi usullar bilan amalga oshiriladi.
Qattiq maishiy chiqindilarni tashish maxsus avtotransport vositalarida (chiqindi tashish mashinalari va boshqa maxsus mashinalarda) amalga oshiriladi (yirik gabaritli maishiy va qurilish chiqindilari, shuningdek, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishdan hosil bo‘ladigan chiqindilar bundan mustasno).
Maishiy chiqindilarni maxsus avtotransport vositasining kuzovidan tashqarida tashilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Maishiy va boshqa chiqindilar tashib ketiladigan maxsus transport vositalarini boshqarishga maxsus tayyorgarlik, instruktaj va tibbiy ko‘rikdan o‘tgan haydovchilar qo‘yiladi.
Maishiy chiqindilarni tashish ularni tashish uchun harakat yo‘nalishi ko‘rsatilgan holda, belgilangan tartibda to‘ldirilgan hujjatlar mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.
1.5.13. Qattiq maishiy chiqindilarni ko‘mishga qo‘yiladigan asosiy talablar
Qattiq maishiy chiqindilar poligonlar, chiqindilarni qayta ishlash va yoqish zavodlari, kompostyorlash maydonlariga olib chiqib ketiladi.
Qattiq maishiy chiqindilarni ko‘mish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qayta ishlanadigan qattiq maishiy chiqindilarni poligonlarga ko‘mish taqiqlanadi.
Hududlarni yil mavsumlari bo‘yicha tozalash
Hududlarni bahor-yozgi tozalash ishlari har yili mart-avgust davrida amalga oshiriladi va quyidagilardan iborat bo‘ladi:
ko‘cha — yo‘llar tarmog‘ining qatnov qismini, yo‘lkalar va maydonlarni
supurish va yuvish (suv sepish); ko‘p kvartirali uylar atrofidagi barcha hududlarni kunlik (yakshanbadan
tashqari) sanitariya jihatidan tozalash, yo‘lkalarni, kirish yo‘llari zinalarini supurish; hududlarni qattiq maishiy chiqindilar bilan ifloslanishdan tozalash; chiqindi to‘plash shaxobchalarini tozalash, chiqindi qutilarini tozalash va
yuvish.
Hududlarni kuz-qishki tozalash ishlari sentyabrdan fevral oyigacha amalga oshiriladi va quyidagilardan iborat bo‘ladi:
barglarni supurish va to‘plash, ariqlarni tozalash;
ko‘cha — yo‘llar tarmog‘ining qatnov qismini, yo‘lkalar va maydonlarni
supurish; qattiq qoplamalarga muzga qarshi materiallar bilan ishlov berish; qorlarni supurish va surish, sirpanchiqlarni bartaraf etish, ko‘cha — yo‘llar
tarmog‘ining qatnov qismi, yo‘lkalar, maydonlarda hosil bo‘lgan qor va qormuzliklarni yo‘q qilish; ko‘p kvartirali uylar atrofidagi barcha hududlarni kunlik (yakshanbadan
tashqari) sanitariya jihatidan tozalash, yo‘lkalarni, kirish yo‘llari zinalarini supurish; hududlarni qattiq maishiy chiqindilar bilan ifloslanishdan tozalash; chiqindi to‘plash shaxobchalarini tozalash, chiqindi qutilarini tozalash va
yuvish.
Uy atrofidagi hududlarni mexanizatsiya vositasida tozalash ishlari kunduzi amalga oshirilishi lozim.
Tozalash mashinalari yordamida tozalashning imkoni bo‘lmagan joylar, ushbu mashinalar ish boshlashidan avval qo‘l yordamida tozalanishi lozim. Yo‘lkalar va uy atrofidagi hududlarning o‘tish yo‘llaridagi qor qo‘l yordamida tozalanganda kurak bilan to‘liq olib tashlanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |