11. TUPROQ AERATSIYA TUZLAR TO‘PLANISHIGA KO‘RA
SIZOB SARFINI ANIQLASH
Sizobning evopatranspiratsiga sarflanishini aniqlash bo„yicha keng tarqalgan
va ko„pchilik qabul qilgan uslub lizimetrda olib boriladigan tajribalardir.
Lizimetrik tadqiqotlar turli-tuman tabiiy sharoitlarni modellashtirish,
ulardagi suv iste‟moli miqdorini belgilovchi zahob sathi va sho„rlanish
darajasining ziroatlar hosildorligiga ta‟sirini, tuproqning suv-tuzlanish tartibi va
boshqa omillarni batafsil o„rganish imkonini beradi. Ammo bu uslub katta sarfr-
harajat va mahsus uskunani talab etadi. Bundan tashqari ba‟zi hollarda, ayniqsa,
tuproq tuzilishi buzilgan lizimetrlarda olingan ma‟lumotlarga ko„ra, zahob sarfi
bunday suvlarning tabiiy sharoitda sarfiga nisbatan biroz kamroq bo„ladi. Bunda
lizimertda zahobning tabiiy bosimi yo„qligi ta‟siri seziladi.
62
G„o„za va makkajo„hori bilan band bo„lgan dalalarda suvning yalpi sarfini,
shu jumladan, bug„langan zahob miqdorini tuproq aeratsiya qatlamidagi tuzlar
to„planishiga qarab aniqlash mumkin. Buning uchun sug„orish paykalidan 25-30
m
2
li 6 maydoncha tanlab olinadi. Ular quyidagi tarzdagi maydonchalardir:
1.O„simliksiz yopiq va sug„orilmaydi (namlik sarfsiz).
2.O„simlik bilan yopiq va sug„orilmaydi (namlik sarfi faqat taraspiratsiyaga).
3.O„simlik bilan yopiq va sug„oriladi (sug„orishda namlik sarfi faqat
transpiratsiyaga).
4.O„simliksiz ochiq, sug„oriladi (namlik sarfi bug„lanishga yaydoq yuzadan).
5.O„simlik bilan ochiq, sug„orilmaydi (sug„orishsiz, namlik sarfi
evapotranspiratsiyaga).
6.O„simlik bilan ochiq, sug„oriladi (namlik sarfi evapotranspiratsiyaga).
Maydonchalar zovurlar va sug„orish shahobchalari ta‟siri eng kam bo„lgan
joydan tanlanadi.
Birinchi maydonchada namlik yo„qotilishini va ikkinchi, uchunchi
maydonchalarda namlik bug„lanishga sarflanishini bartaraf etish uchun yuza qism
ikki qavat polietilin plyonka va 10 sm. tuproq bilan yopiladi.
Maydonchalarni yon tomondan izloyasiya qilish maqsadida, ya‟ni namlik va
tuzlarning ichkari (oqib kelishi) yoki tashqi (oqib ketishi) tomonga harakatini
bartaraf etish uchun har bir maydoncha atrofida zahob sathigacha aylanma chuqur
kavlanadi. Maydonchalar yon devorlari ikki qavatli polietilen plyonka bilan
yahshilab qoplanadi. Ayniqsa, plyonkaning ikkala qavati choklari, shuningdek,
maydoncha burchaklari ham yahshi bekitiladi.
Yopiq maydonchalarda ekish davrida 70h70 sm tizimda plyonka chigit
uchun 60h60 sm va makkajo„hori doni uchun teshiklar ochiladi. Nihollar olish
uchun teshiklar pahta bilan vaqtincha bekitiladi.
Tajriba maydonchalari atrofdagi ziroatlar sug„orilayotganda tasodifan suv
kirib ketishining oldini olish uchun 30-40 sm.li marzalar bilan o„raladi.
O„simlik va ularsiz, sug„oriladigan va sug„orilmaydigan, shuningdek,
o„simlikli yopiq, sug„oriladigan maydonlarda barcha agrotehnik tadbirlar
(sug„orish, oziqlantirish, qator orasiga ishlov berish va begona o„tlarni chopiq
qilish) bajariladi. Bu tadbirlarni o„tkazish muddati va ularning turi huddi atrofdagi
ho„jalikdagi kabi.
Yopiq o„simlikli, sug„oriladigan va sug„orilmaydigan maydonchalarda
o„g„itlarning yillik me‟yori ekishgacha (kuzgi shudgordan oldin va turoqqa ekish
oldi ishlovi berishdan avvl) solinadi.
O„simlikli yopiq maydonchada sug„orish uchun (3-maydoncha) qator
orasida plyonka tilinib, egat qilinadi. Sug„orish tugagandan keyin tuproq yuzasi
yahshilab berkitiladi.
Sug„orish muddatldari o„simlik bargi shirasining
konsetratsiyasi bo„yicha qo„l refraktometri yordamida belgilanadi, me‟yorlari
tuproqdagi namlik tahchilligidan 30 % oshirib belgilanadi. Sug„orishda suv sarfi
“Chippoletti” suv o„tkazgichi bilan amalga oshiriladi.
Bahorda tajriba boshlashdan avval tuproq mehanik va mikroagregat tarkibi,
namlik va solishtirma og„irlik, dala nam sig„imi namlik va tuz tarkibi har 0-10 va
0-20 sm.da zahob sathigacha aniqlanadi.
63
Gumus va azot, fosfor, kaliyning yalpi va harakatchan shakllari haydov (0-
30 sm) va haydov osti (30-50 sm) qatlamlari bo„yicha belgilanadi. Hajm va
solishtirma og„irlik ma‟lumotlari asosida tuproq g„ovakligi hisoblanadi. Hajm
og„irligi amal davri ohirda aniqlanadi. Hajm og„irligi qiymatlari asosida turoqning
zichligi, tuzilishi tavsiflanadi. Hajm og„irligi qiymatlari shuningdek, namlik va tuz
tarkibini % dan m
3
/ga va t/ga birliklarga o„tkazish uchun hm zarur.
Namlik va tuz tarkibi barcha maydonchalar tuproqlarida amal davri boshida,
g„o„za gullaganda yoki makkajo„hori, ro„vak chiqarganda, ko„sak ochilganda yoki
makkajo„hori doni sut-mum pishishi va amal davri ohirida tahlil qilinadi. G„alladan
keyin ekilgan dalalarda tegishli ko„rsatkichlar to„plashgacha, naychalashgacha, sut
pishish va to„liq pishish davrilarida aniqlash muhimdir. Tuproq namunalari
maydoncha markazida har 0-10 va 0-20 sm. dan zahob yuzasigacha uch
takrorlanishda olinadi. Burg„ulangan quduqdan zahob namunasi olinadi. Amal
davri boshi va ohirida olingan namunalarda quruq qoldiq, Sℓ
1
,NSO
3
1
va SO
4
11
,
boshqa muddatlarda olinganlarida eng quruq qoldiq va Sℓ
1
tahlil etiladi.
Tajriba dasturiga ko„ra, namlik va tuz tarkibi amal davri boshida, keyin har
oyda, shuningdek, har suv oldidan va undan keyin aniqlanadi.
Ziroatli maydonchalarda o„sish va rivojlanish bo„yicha fenologik kuzatuvlar
O„zPITI uslubi bo„yicha bajariladi. Ziroatlar hosildorligi (o„simliklar quruq vazni,
pahta, g„alla-don hosili, makkajo„hori doni) hisoblanadi.
O„simliklar orqali tuzlarning olib chiqib ketilishini hisoblash uchun quruq
vaznli namunada quruq qoldiq, Sℓ va SO
4
tarkibi tahlil qilinadi.
Tajriba maydonida zahob sathini kuzatish uchun kuzatuv qudug„i o„rnatiladi.
Zahob sathi har o„n kunda tuproq namunalari namlik va tuzlar tarkibi tahlili uchun
olingan kunda o„lchanadi.
Ma‟lumki, suvda eriydigan tuzlar namlikning kapillyarlar orqali harakati
jarayonida zahob sathidan yuqori qavatga (aeratsiya qatlami) olib chiqiladi. Ammo
tuzlar tuproq qatlamida diffuziya jarayonida ham qayta taqsimlanadi.
Tuzlar diffuziyasi jarayonini o„rganish uchun o„simliksiz yopiq maydoncha
uslubi qo„llaniladi. Bunda tuproq namligi sarfi va namlikning yuqoriga qo„tarilishi
ro„y bermaydi.
Kapillyar oqim bilan ko„tarilgan tuz miqdorini aniqlash uchun 2-6
maydonchalarda ma‟lum vaqtda to„plangan jami tuz miqdoridan o„simliksiz yopiq
maydonchada diffuziya jarayonida shu davrda to„plangan tuzlar miqdori ayiriladi.
Hisob quyidagicha yuritiladi: umumiy tuzlarning (quruq qoldiq bo„yicha)
birinchi maydondan boshqalarida to„plangan miqdori M harfi bilan, birinchi
maydonda diffuziya yo„li bilan to„plangan tuzlar miqdori Md bilan belgilanganda,
farqi Mk=M-Md (kapillyar oqim bilan aeratsiya qatlamida to„plangan tuzlar
miqdori).
Endi tuzlar miqdori (Mk) va hisob davrida zahobning o„rtacha
sho„rlanganligi (m) aniqlangan holda zahob sarfi (P) oson hisoblanadi.
Shunday qilib,
.
/
3
га
м
m
Мk
П
64
Yuqorida qayd etilgan maydonchalarda bajarilgan tadqiqotlar asosida
quyidagilarni aniqlash mumkin:
1. G„o„za-g„alla don va makkajo„hori etishtirishda evapotranspiratsiyaga
sarflangan suvning yalpi miqdori;
2. Zahob, yog„ingarchilik va tuproqdan suv sarfi;
3. Sug„orishda va sug„orishsiz sharoitda alohida tuproq yuzasidan va
o„simliklar transpiratsiyasiga suv sarfi;
4. O„simliklar rivojlanish pallalari bo„yicha suvning tuproq yuzasidan va
o„simliklar transpiratsiyasiga sarfining o„zaro nisbati;
5. Diffuziya jarayonida tuzlar harakatining miqdoriy qiymatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |