Granatani avtomobildan uloqtirish uchun quyidagi amallar bajariladi:
— o‘rindiqda o‘tirgan yoki ikki oyoqqa turib, yoxud chap oyoqning tizzasini o‘rindiqqa qo‘ygan holat qabul qilinadi;
— granatani o‘ng qo‘lga, qurolni chap qo‘lga olib, saqlovchi tortqi sug‘urib olinadi;
— qurol tutgan chap qo‘l bilan avtomobil borti ushlab turiladi va tanani ortga, ayni paytda o‘ngga burib, granata bilan quloch ochiladi;
— granatani yelka uzra olib o‘tib, oldinga keskin egilib, uloqtiriladi va bort ortiga bekiniladi.
Agar avtomobil tuynukka ega bo‘lsa, granatani uloqtirishdan oldin tuynukning qopqog‘ini ochish, uloqtirgach esa, yopilishi lozim.
Granatani tank (o‘ziyurar artilleriya qurilmasi)dan uloqtirish uchun quyidagi amallar bajariladi:
— o‘qlovchi hozirlangan granatani o‘ng qo‘lga olib, nishon tomonga buriladi va saqlovchi tortqini sug‘uradi;
— tuynuk qopqog‘ini turtib, uning dastasidan tutib turadi;
— tuynuk qopqog‘ini ochib, granatani tuynuk orqali uloqtiradi va tuynuk qopqog‘ini zudlik bilan yopib, qulflaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |