v) rivojlantiruvchi:____________________________________
____________________________________________________
II.Darsning turi: nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz: Kompyuter, diaproyektor ekran.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt: 45 minut:
Darsning texnik chizmasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
3daqiqa
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
10daqiqa
|
Yangi mavzuni yoritish
|
20daqiqa
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
4daqiqa
|
Darsni yakunlash
|
5daqiqa
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
3daqiqa
|
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangi mavzu bayoni:
Agar dushmanning alohida guruhlari mudofaaning oldingi marrasiga yorib o‘tib transheyalarga tushsa, askarlarning tarqab ketmasligi uchun avvaldan tayyorlanib qo‘yilgan «kirpi» va «ayrilar» darhol o‘rnatiladi. G‘ovlarni qo‘yib bo‘lib, yorib kirgan dushman bilan jangga kirishiladi va bir vaqtda transheya ichida harakatlanishga intilgan yoki g‘ovlarni transheyadan chiqarib tashlamoqchi (portlamoqchi) bo‘lgan dushman kuzatiladi. Ularni qisqa masofadan otib, granata uloqtirgancha qo‘l jangiga o‘tib, yo‘q qilinadi. Hujumda askar dushmanni o‘t ochib, zararlash natijalaridan foydalanib, guruh (seksiya)ning boshqa askarlari bilan o‘zaro harakatlangan holda bor kuchini to‘liq ishga soladi. Hujumdan oldin u o‘zining vazifasini, seksiya va guruhi vazifasini, zararlash uchun nishonlarni va o‘t ochish tartibini aniqlashi, tank
raqami (tanish belgisi)ni va shu tank ortidan harakatlanayotgan seksiyani hamda boshqa o‘t ochish vositalari bilan o‘zaro harakatni bilishi lozim. Yayov tartibda hamlaga o‘tganda — piyoda holatga o‘tish joyi va tartibi, seksiya zanjiridagi joyi, g‘ov-to‘siqlardan o‘tish tartibini bilishi; komandir o‘rgatgan
signallarni eslab qolishi; qurolning sozligini tekshirishi va uni jangga shaylab qo‘yishi; o‘q-dorilar sonini tekshirib chiqishi va kerak bo‘lsa, ularning o‘rnini to‘ldirishi; shaxsiy himoya vositalari sozligi va sonini, ust-boshi va unga taqilgan narsalarning to‘g‘riligini tekshirib ko‘rishi zarur. Askar tungi hujum vaqtida ham xuddi kunduzgidek harakatlarni bajaradi. Qorong‘I paytda optik asboblardan foydalanadi. Suv to‘siqlaridan o‘tishda yakka o‘zi, suv kemalaridan va jangovar mashinalaridan foydalanishi mumkin.
Granatani uloqtirish quyidagi usullarda amalga oshiriladi: uloqtirishga hozirlik ko‘rish (granatani o‘qlash va uloqtirish holatini qabul qilish) va granatani uloqtirish.
Granatani o‘qlash «Granatalar hozirlansin» komandasiga ko‘ra, jangda esa, mustaqil tarzda amalga oshiriladi. Granatani o‘qlash uchun uni sumkadan olib, korpus trubkasidan tiqinni chiqarish va zapalni trubkaga burab kiritish lozim. Shunda granata uloqtirish uchun tayyor bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |