Granatani harakat mobaynida uloqtirish uchun quyidagi amallar bajariladi:
— granatani yarim bukilgan o‘ng qo‘lda, qurol esa chap qo‘lda tutilib, saqlovchi tortqi sug‘urib olinadi;
— chap oyoq tashlanganda, qo‘l granata bilan birgalikda oldinga chiqariladi;
— navbatdagi qadam tashlanganda (o‘ng oyoq bilan), qo‘l yoy bo‘yicha pastga ortga harakat qilish davom etadi va ayni paytda tana o‘ngga buriladi;
— uchinchi qadamda, chap oyoqni nishon yo‘nalishi tomon uchiga qo‘yib, o‘ng tizzasi bukiladi va tana burilishi, quloch ochilishi to‘xtatiladi;
— harakat tezligidan foydalanib, uloqtirish jarayoniga oyoq, tana va qo‘l kuchini mujassamlashtirgan holda granata yelka uzra oshirib uloqtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |