v) rivojlantiruvchi:____________________________________
____________________________________________________
II.Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz: Kadoskop,kampyuter, diaproyektor ekran.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt: 45 minut:
Darsning texnik chizmasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
2
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
10
|
Yangi mavzuni yoritish
|
15
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
14
|
Darsni yakunlash
|
2
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
2
|
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangi mavzu bayoni:
Qurolli Kuchlardagi Oliy harbiy unvon — Armiya generali bo‘lib, bu unvon urush davrida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo‘mondoniga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziriga beriladi.
Yuridik, tibbiy yoxud veterinariya harbiy-hisob ixtisosiga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilarning harbiy unvonlariga mos ravishda «Adliya», «Tibbiy xizmat» yoxud «Veterinariya xizmati» so‘zlari qo‘yiladi. Masalan, tibbiy xizmat leytenanti, veterinariya xizmati kapitani, tibbiy xizmat general-mayori, adliya general-polkovnigi.
Rezervdagi, zaxiradagi yoki iste’fodagi fuqarolarning harbiy unvoniga tegishli «rezervdagi», «zaxiradagi» yoki «iste’fodagi» so‘zlari qo‘shiladi. Serjantlar harbiy unvoniga qo‘shin yoxud xizmat turlarining nomlanishi qo‘shilmaydi.Harbiy bilim yurtida tahsil olayotgan harbiy xizmatchilar, ofitserlar harbiy unvonga ega bo‘lmaganlar — kursantlar, harbiy unvonga ega bo‘lganlar esa tinglovchilar, deb nomlanadi. Harbiy bilim yurtiga kirgunga qadar, harbiy unvonga ega bo‘lmagan yoxud askar, matros harbiy unvoniga ega bo‘lgan fuqarolarga o‘qishga qabul qilish vaqtida «Kursant» harbiy unvoni beriladi. Harbiy bilim yurtiga kirgunga qadar berilgan harbiy unvonlar saqlanib qoladi. Harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechak va farqlovchi nishonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari kiyim
formalari bo‘lib, ushbu formalarida shaxsiy harbiy unvonlarni farqlay oladigan belgilaridan iborat bo‘ladi. Bu belgilar pogonlar, petlitsalar, ko‘krak nishonlari, qo‘l yengi belgilar, bosh kiyimdagi belgilari, shim kiyimidagi belgilardan iborat bo‘ladi. O‘z xizmati maqomi va harbiy unvoniga ko‘ra, ayrim harbiy xizmatchilar boshqalarga nisbatan boshliq yoxud bo‘ysunuvchi bo‘lishi mumkin. Boshliq
vaziyatni har tomonlama baholashdan kelib chiqqan holda yolg‘iz o‘zi qaror qabul qilish, qonun va harbiy nizomlarning talablariga qat’iy muvofiq ravishda buyruqlar berishi va ularning bajarilishini talab qilish huquqiga egadir. Buyruqlarning muhokama etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bo‘ysunmaslik yoki
buyruqni bajarmaslik harbiy jinoyat hisoblanadi. Bo‘ysunuvchi boshliqning buyruqlarini so‘zsiz bajarishga majburdir. Agar u o‘ziga nisbatan noto‘g‘ri munosabatda bo‘lgan deb hisoblasa, buyruqni bajarib, keyin shikoyat qilishi mumkin. Harbiy xizmatchilar xizmat yuzasidan, hatto vaqtincha bo‘lsa ham bo‘ysundirilgan boshliqlar bevosita boshliqlar hisoblanadi.
Xizmat tartibiga asosan, to‘g‘ridan to‘g‘ri bevosita boshliqlar, askar va matroslar uchun, haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi generallari, katta va kichik tarkibdagi ofitserlar, shuningdek, serjantlar va starshinalar esa, ular bir qismdagilar hisoblanadi. Bir-biriga bo‘ysunuvchi bo‘lmagan harbiy xizmatchilar majburiyatlarni birgalikda bajaradigan hollarda, ularning o‘zaro xizmat munosabatlari boshliq tomonidan belgilab qo‘yilmagan bo‘lsa, ulardan lavozimiga ko‘ra kattasi, teng mansablarda esa, harbiy unvoni bo‘yicha kattasi boshliq sanaladi.
O‘z xizmat maqomi va harbiy unvoniga ko‘ra, boshqa harbiy xizmatchilarga nisbatan ularning boshlig‘i yoki bo‘ysunuvchisi sanalmagan harbiy xizmatchilar katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. Kattalik harbiy xizmatchilarning harbiy unvoniga qarab belgilanadi. Harbiy unvoni bo‘yicha kattalar, kichik harbiy intizomning, jamoat tartibini, axloq, harbiy kiyim-kechak kiyish va askarchasiga salomlashishni bajarish qoidalarini buzgan hollarda, ulardan bu buzilishlarni bartaraf etishlarini talab qilishlari; unvoni bo‘yicha kichiklar kattalarning bunday talablarini so‘zsiz bajarishga majburdirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |