Mustaqillik bayrami



Download 26,65 Kb.
Sana23.04.2022
Hajmi26,65 Kb.
#577204
Bog'liq
ЛОТИН МУСТАҚИЛЛИК


MUSTAQILLIK B A Y R A M I .

Bogcha xovlisi bayramona bezatilgan “ O‘zbekiston “ musikasi sadosi ostida kichik ofitserlar saxnaga kirib keladilar .


O‘zbekiston Davlat Madhiyasi “ yangraydi .
Bola: Tashlab dadil mardona qadam, biz maydondan o‘tamiz shahdam,
Eru osmon kelar larzaga, qushiq bizga jo‘rovoz hamdam.

Bola: Amir Temur avlodlarimiz, ozod yurtning farzandlarimiz.
O‘zbekiston askarlarimiz, yosh navqiron navkarlarimiz.

Bola: Qo‘limizga tutamiz qurol, burchimizni o‘taymiz halol.
Kuragimiz qalqon hamisha, diyorimiz qo‘rmagay zavol

Bola: Vatan-iymon, Vatan-jonimiz sarxadlarin posbonlarimiz.
El yashasin tinch va osuda, musaffodir yurt osmonimiz.

Musika ostida Ofitserlar chikib ketishadi.



Boshlovchi : Assalom ey lola yuzli, dilrabolar assalom!
YUzi gul sochi sumbul, maxluqolar asssalom!
Mustaqil yurt gul g‘unchasin, oq yuvib oppoq tarab,
Tunu kun parvona bo‘lgan, mehrigo‘yolar assalom.
Xush kelibsiz dil mayli, bizning go‘zal bog‘chaga
Ozod o‘zbek diyorda, kezar tantana sayli
SHu bayramda do‘stlarim dillar dilga payvasta
Bu baxtiyor bolalar kelajakdan guldasta

Assalomu alaykum hurmatli mexmonlar , aziz bolajonlar ! Bugun mustaqillik bayramimizni nishonlash uchun yig‘ilganmiz . Bu bayramni tinch – totuv yashayotgan xalkimiz zo‘r hursandchilik bilan kutib olishyapti. Xalkimiz mehnatlari bilan Respublikamiznining gullab yashnashida, ravnaq topishida o‘z hissalarini qo‘shmokdalar .

Bola : Qanday go‘zal yurtimning , chamanzor bog‘i .
Bizday kichkintoylarga ochiq quchog‘i .
Bola : Biz esa shu gullarning toza gulimiz .
Quyosh sochar nur shu’la , porloq yuzimiz .

Bola : YAyraymiz biz chamanda , erkin qush misol .
Mustaqillik quyoshi berdi baxt – iqbol .
«Assalomu alaykum» raksi

Bola : Onamdek ardoqli , azizsan Vatan .
Sen menga qadrdon , tug‘ilgan makon .
Men seni avaylab , asrayman xar choq .
Vijdonimdek toza , tushirmasdan dog‘.
«Go‘zal diyorim» raksi
Boshlovchi: Ota-bobolarimiz davrida oq bayroqlar tinchlik ramzi xisoblangan. Ular uz yurishlarida eng oldinda bayroqlar bilan yurganlar. Qarang bayrog‘imiz qanday chiroyli. Biz hamma vaqt bayrog‘imizga xurmat va extirom bilan boqib, asrab avaylaylik.

Bola: Bayrokchamizga karang yashil, ok va xavorang.
Mustaqillikni yoqlab, turibdi u xilpirab.

Bola: YUlduzlar va YAngi oy bayrokka berib chiroy
Osmon uzra yaltirar uzoklardan ko‘rinar.

Bola: SHodman sendan istiklolim, senga beray butun borim,
Kutaray baland bayrogim beray senga beray jonim!

Bola: SHodman sendan istiklolim senga bulsin sharaf shonim
Musaffo bulsin osmonim porlab tursin kuyosh oyim.

Bola: Bayrokni bosh uzra tutamiz baland
Jonajon Vatanga biz sodik farzand,
Xilpirar kullarda munavvar magrur
Uning zar xarfida Vatan uqilar.

«O‘zbekiston bayrog‘i» raqsi

Bola : Paxta ekib dong taratgan, mehnat bilan baxt yaratgan.
Bog‘laringa gul yarashgan, ozod o‘lkam obod o‘lkam.
O‘zbekiston , O‘zbekiston !

Bola : Ko‘rkam Toshkent senga poytaxt, istiqlolga to‘lgin har
vaqt.
Quchog‘ingda kulgandir baxt, yashil shahar bag‘ring bahor.
. O‘zbekiston , O‘zbekiston !
Bola : Bog‘larga boy keng Samarqand, uzumlari shakar payvand.
Undan butun el bahramand , bog‘laring soz to‘kindir yoz .
O‘zbekiston , O‘zbekiston !

Bola : Ko‘hna shahar SHaxrisabzing , Temur qurgan oq saroying .
Ketdi dong‘i bor jahonga, bu hur diyor yashnamoqda .
O‘zbekiston , O‘zbekiston !

Bola : Namanganu, Andijoning ,Farg‘onang bor sening shoning .
YAshnamoqda to‘rt tomoning ,paxta maydon oltinga kon .
O‘zbekiston , O‘zbekiston !

O‘zbegim yigitlari” raqsi


Boshlovchi: Aziz bolajonlar Mustaqil Respublikamizning ravnaq topishi odobli xulqingiz , aqlu kamolingiz , bilim olish yo‘lida intilishingiz bilan bog‘liqdir . Mustaqil O‘zbekistonning haqiqiy egalari sizsiz , unga munosib farzand bo‘lingiz .

Ozod Vatanning , ozod farzandi .


Bilib qo‘yki , seni Vatan kutadi .

Xorazm lazgisi” raqs



Bola : Har doim bo‘lsin quyosh , koinot gulga to‘lsin.
Vatanimiz qo‘ynida , xalqlar shod omon bo‘lsin .

Bola : Har doim bo‘lsin quyosh , Vatan nurlarga to‘lsin .
Istagimiz yagona , tinchlik barqaror bo‘lsin .

Surxoncha” raqs


Boshlovchi: Xa, azizlar yurtimiz tinchligiga kuz tegmasin, kelajak avlodimiz tinch va obod yurtda kamol topib O‘bekiston ravnaqiga o‘z xissasini qo‘shaversin.
Bizni tabriklab o‘zga yurtlardan do‘stlarimiz tashrif buyurishibdi Amerika qo‘shma shtatlari , marxamat jajji Maykl Djeksonlarni olqishlar bilan kutib olaylik.,
Maykl Djekson” raksi
Boshlovchi: Rossiyadan bolajonlar kelishibdi , kutib olamiz.
Russkiy tanets”
Boshlovchi: Ispaniyadan xam mexmonlar tashrif buyurushdi marxamat.
Despasito” raksi
Boshlovchi: Bir kam dunyo butundir butun, yuraklarda echildi tugun.
Mustaqillik ollox ne’mati, yasha yuksal o‘zbek davlati!
«Kelajagi buyuk Vatan»
bolalar ijrosida ommaviy qo‘shiq ijro etiladi.

Boshlovchi: - SHuning bilan aziz mehmonlar va bolajonlar bugungi bayramimizga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirimizni yakunlaymiz, sizlarga sixat-salomatlik, ishlaringgizda omadlar tilaymiz.
Download 26,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish