Guruhlar va jamoada shaxslararo munosabatlar. .
Guruhlar va jamoa. Shaxs ikki xil munosabatda - xizmat yuzasidan bo`ladigan va shaxsiy munosabatlarda bo`ladi.
Xizmat yuzasidan bo`ladigan munosabatlar guruh tarkibi bilam birga hujjatlarda qayd etiladi. Shaxsiy munosabatlar esa simpatiya, bogliqlik, do`stlik, o`rtoqlik, antipatiya asosida vujudga keladi.
Xizmat yuzasidan bo`ladigan va shaxsiy munosabatlar shaxslararo tizimini tashkil etadi.
Guruh a`zolari bir-birlariga nisbatan bir xil holatda bo`la oladilar. Guruhning har bir a`zosi o`zining shaxsiy va ishga taaluqli bo`lgan sifatlariga, o`zining mavqeiga ko`ra guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida muayyan holatni egallaydi. o`tkazilgan tadqiqotlarning ko`rsatishicha, ayrim kishilar boshqalariga nisbatan ko`proq obro`ga ega bo`ladilar.
Eksperiment malumotlariga ko`ra, sinf jamoasida, ya`ni 30-40 o`quvchi ichida eng mashhur, obro`lisi 3-4 o`quvchi bo`lishi mumkin. Ularning mashhurligi quyidagi omillarga bog`liq bo`ladi:
B irinchidan, buning sababi bu o`quvchilarning guruhning boshqa a`zolari bilan aloqa o`rnata olish malakalaridir.
I kkinchidan, shaxs o`zining bilim va malakalari tufayli, bu bilimlar bilan o`rtoqlashish, boshqa kishilarga beg`araz yordam ko`rsatishga intilishi sababli mashhur bo`lishi mumkin.
U chinchidan, tashqi ko`rinishi omili tufayli ham shaxs guruhda avtoritet qozonishi mumkin. Bu omilga jismoniy kuch ko`rsatkichini ham kiritish mumkin.
Guruh yoki jamoadagi ba`zi a`zolar shaxsiy o`zaro munosabatlardan chetda qoladilar. Ular bunday aloqalar o`rnatish uchun o`zlariga sherik tanlaydilar. Biroq bu ushbu shaxs jamoa tomonidan xohlanmaydi, degan so`z emas. Bu shaxs ish yuzasidan bo`ladigan munosabatlarga kirishadilar, unga berilgan rolni yaxshi bajaradilar. Jamoa bu a`zosining shaxsiy o`zaro munosabatlarini jamoadan tashqarida yaxshi o`rnatiladi.
Guruhda shaxs yana shunday holatda ham bo`lishi mumkin, bunda uni guruhdoshlari do`stlikda, shaxsiy munosabatlarda rad etadilar. Guruhdagi yakkalab qo`yish (izolyatsiya) va rad etish sabablari ham turlicha bo`lishi mumkin.
B irinchidan, rad etiluvchi o`quvchilarning o`qishga befarq munosabatda bo`lishi.
I kkinchidan, ba`zi o`quvchilarning sinfdoshlarn tomonidan rad ztilishi ular bilan bo`ladigan muloqotning qiziqarli emasligi bilan ham tushuntiriladi.
U chinchidan ajralib qolganlik guruhdoshlari bilan aloqa o`rnata olmaslikka ham bogliq bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |