Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
2
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
10
|
Yangi mavzuni yoritish
|
15
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
14
|
Darsni yakunlash
|
2
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
2
|
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangi mavzu bayoni:
Harbiy xizmatchilar bir-birlariga murojaat qilganlarida doimo og‘ir, vazmin va xushmuomalada bo‘lishga majburdirlar. Xizmat masalalari yuzasidan bir-biriga «Siz», deb murojaat etishlari lozim. Shaxsiy muomala chog‘ida harbiy unvon qo‘shin yoki xizmat turini ko‘rsatmasdan aytadi.
Boshliq yoki kattaning bergan savollariga tasdiq javobi bo‘lsa, harbiyxizmatchi «Xuddi shunday», agar tasdiqsiz «Aslo yo‘q» iboralarini aytadi. Safdan tashqari paytlarda bir-birlariga murojaat etishda, harbiy xizmatchi «Rostlan» holatiga o‘tadi, bosh kiyimiga qo‘lini qadaydi. Jamoat joylarida, shuningdek, tramvayda, trolleybusda, avtobusda, metro va shaharoldi poyezdlarining vagonlarida bo‘sh turgan o‘rinlar bo‘lmagan paytda harbiy xizmatchi boshliqqa (kattaga) o‘z o‘rnini taklif etadi. Agar boshliqqa (kattaga) duch kelganda, bemalol o‘tib ketish mumkin bo‘lmasa, unda bo‘ysunuvchi (kichik) unga yo‘l berishi va salom berganicha o‘tkazib yuborishi, boshliq (katta)ning yonidan o‘tib ketish zarur bo‘lib
qolganda bo‘ysunuvchi (kichik) bunga undan ijozat so‘rashi lozim. Harbiy xizmatchilar noharbiy aholiga nisbatan odob qoidalariga rioya qilishlari, yoshi katta kishilar, ayollar va bolalarga alohida e’tibor ko‘rsatishlari, fuqarolar or-nomusi va qadr-qimmatini muhofaza qilishga yordam berishlari,
shuningdek, baxtsiz hodisalar, yong‘inlar va tabiiy ofatlar chog‘ida ularga madad ko‘rsatishlari lozim. Harbiy xizmatchi qo‘lini kiyim-kechak cho‘ntaklariga tiqib yurishi, boshliq (katta)ning ishtirokida uning ruxsatisiz o‘tirishi yoki chekishi, shuningdek, ko‘chada yurib kelayotganda va bu maqsad uchun ajratilmagan joylarda chekishi man etiladi.
Buyruq berish va uni bajarish tartibi,
Buyruq — boshliqning bo‘ysunuvchilarga qaratilgan yozma va og‘zaki farmoyishi. Komandir (boshliq)ning buyrug‘i bo‘ysunuvchilar uchun qonundir. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Intizom Nizomida ko‘rsatilganidek, buyruq e’tirozsiz, aniq muddatda bajarilishi darkor.Buyruq berilgan bo‘lsa, u e’tirofsiz aniq, o‘z muddatida, qanday vaziyat bo‘lishidan qat’i nazar, bajarilishi shart. Jang davrida boshliq tomonidan berilgan buyruqni e’tirofsiz, aniq va o‘z muddatida bajarish dushman
ustidan g‘alaba va muvaffaqiyatlarga erishish garovidir. Harbiy xizmatchi berilgan buyruqning bajarilishi to‘g‘risida buyruqni bergan boshliqqa va o‘zining bevosita boshlig‘iga bildiruv berishga maj-
burdir. Agar buyruqni bajarayotgan harbiy xizmatchi xizmat maqomiga ko‘ra, boshqa katta boshliqdan birinchisini bajarishga xalaqit beradigan yangi buyruq olsa, bu haqda ikkinchi buyruqni bergan boshliqqa bildiruv beradi. Va tasdiqlangan taqdirdagina oxirgisini bajaradi. Yangi buyruqni beruvchi bu haqda birinchi buyruqni bergan boshliqqa xabar qiladi.
Komandirlar va boshqa to‘g‘ridan to‘g‘ri boshliqlarga murojaat etish qoidalari,
Bo‘ysunuvchi va kichiklar boshliq (katta)larga murojaat etish chog‘ida,ularning harbiy unvoni oldiga «o‘rtoq» so‘zini qo‘shib aytadilar. Masalan, «O‘rtoq mayor, murojaat etishga ruxsat bering». Boshliq (katta) oldida turgan harbiy xizmatchiga murojaat etish uchun boshliq (katta)dan ruxsat so‘raladi. Masalan, «O‘rtoq katta serjant, oddiy askar Normatovga murojaat qilishga ruxsat bering».Boshliqlar va kattalar xizmat taqozosi bo‘yicha bo‘ysunuvchilar (kichiklar)ga murojaat qilganda, ularning unvoni va familiyasini yoki faqat unvoni oldiga«o‘rtoq» so‘zini qo‘shib aytadi. Masalan, «Oddiy askarTo‘ychiyev», «O‘rtoq oddiy askar».
Harbiycha salom berish
Harbiycha salomlashish harbiy xizmatchilarning birodarlarcha jipsligining ifodasi, o‘zaro hurmat va mushtarak madaniyatning namoyon bo‘lishi belgisi sanaladi. Barcha harbiy xizmatchilar bir-biriga duch kelganda (quvib o‘tishda) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Saf Nizomi bilan belgilangan
qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda bir-biriga salom berishga majburdir.Harbiy unvonga ko‘ra, bo‘ysunuvchilar va kichiklar birinchi bo‘lib salom beradilar. Maqomlari teng bo‘lgan paytda esa, kim o‘zini ko‘proq xushmuomala, tarbiya ko‘rgan, deb hisoblasa, o‘sha birinchi bo‘lib salom beradi. Harbiy xizmatchilar bundan tashqari, noma’lum askar qabriga; Vatan ozodligi va mustaqilligi uchun janglarda shahid bo‘lgan jangchilarning birodarlik qabristoniga; harbiy qismning Jangovar Bayrog‘iga, shuningdek, harbiy kemaga kelganda va undan jo‘nab ketayotganda Harbiy Dengiz bayrog‘iga; harbiy bo‘linmalar kuzatib borayotgan dafn marosimlariga salom berishga majburdirlar. O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi ijro etilayotganda, safda turgan askarlar buyruq berilmasdan «Rostlan» holatiga o‘tadilar. Vzvod komandiri va undan yuqori bo‘lganlar bundan tashqari, qo‘llarini bosh kiyimlariga qadaydilar.
Safdan tashqari bo‘lgan harbiy xizmatchi Davlat Madhiyasi ijro etilayotgan paytda «Rostlan» holatiga kiradi, agar bosh kiyimi bo‘lsa, qo‘lini unga qadaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |