Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyogarlik



Download 2,16 Mb.
bet37/154
Sana29.01.2022
Hajmi2,16 Mb.
#415213
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   154
Bog'liq
10 sinf chqbt

IV.Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar.


V.Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.


VI.Texnik jihoz: Kadoskop,kampyuter, diaproyektor ekran.


VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt: 45 minut:


Darsning texnik chizmasi:



Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.

2

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

10

Yangi mavzuni yoritish

15

Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish

14

Darsni yakunlash

2

Uyga beriladigan topshiriqlar

2



VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.


IX.Yangi mavzu bayoni:
Kundalik naryad harbiy qismning ichki tartib-intizomini saqlash, shaxsiy tarkibni qurol-aslahasi, harbiy texnikasi, o‘q-dorilari, inshootlariva mulkini qo‘riqlash bo‘linmalarida ishlarning holatini nazorat qilish hamda huquqbuzarliklardan ogohlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z vaqtida qabul qilishi, shuningdek, ichki xizmat bo‘yicha boshqa majburiyatlarni bajarish uchun belgilanadi. Vzvodning kundalik naryadiga navbatchi va posbonlar tayinlanadilar. Posbonlarning almashinishi va ularning soni
brigada komandiri tomonidan ko‘rib chiqiladi. Kundalik naryadning shaxsiy tarkibi kun tartibida ko‘rsatilgan soatda xizmat o‘rnini egallaydigan, 3 soat oldin qorovul o‘rnini egallaganda esa,
kamida 4 soat oldin xizmatni o‘tashga tayyorgarlik ko‘rishi, shu jumladan, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish kamida 1 soatdan dam olish (uxlash) uchun berilishi shart. Navbatchi va posbonlar nayza-pichoq bilan qurollanadi. Navbatchi serjantlardan, istisno tarzida hammadan ko‘ra yaxshi tayyorlangan askarlar orasidan tayinlanadi. U vzvodda kun tartibining aniq bajarilishi va ichki tartibga rioya qilinishi, qurollar, o‘q-dorili qutilar, vzvod mulki, askar va serjantlarning shaxsiy buyumlari saqlanishi va posbonlar xizmatni to‘g‘ri o‘tashi uchun javob beradi. Navbatchi brigada bo‘yicha navbatchiga, uning yordamchisiga, vzvoddagi ichki xizmat yo‘sinida esa, vzvod komandiriga, vzvod starshinasiga
bo‘ysunadi. Navbatchida metalldan tayyorlangan ko‘krak nishoni yoki chap qo‘lida nimqattiq matodan yengbog‘ich bo‘lib, unda «Vzvod bo‘yicha navbatchi» yozuvi bo‘lishi kerak.
Vzvod bo‘yicha posbonning majburiyatlari
Vzvod bo‘yicha posbon askarlardan tayinlanadi. Uning muhofazasida bo‘lgan qurollar, to‘plangan javonlar (qutilar), o‘q-dori qutilari, vzvod mulki, askar va serjantlarning shaxsiy buyumlari saqlanishi uchun javob beradi. Vzvod bo‘yicha navbatchiga bo‘ysunadi.Navbatchilikdagi vzvod posboni quyida-
gilarni bajarishga majbur: vzvod bo‘yicha navbatchining ruxsatisiz vzvod xonasidan hech qayoqqa jilmaslikka, qurol saqlash xonasini doimiy kuzatib turishga, begona kishilarni xonaga o‘tkazmaslik, shuningdek, kazarmadan vzvod bo‘yicha navbatchini olib chiqib ketilishiga yo‘l qo‘ymaslikka, vzvoddagi
barcha ko‘ngilsiz hodisalar, vzvod askarlari yoxud serjantlari o‘rtasida o‘zaro munosa batlarning nizomlarda belgilangan qoidalari buzilishlari to‘g‘risida vzvod bo‘yicha navbatchiga zudlik bilan bildirish; ularni bartaraf etish uchun choralar ko‘rish; shaxsiy tarkibni umumiy uyg‘otish paytida, shuningdek, trevoga paytida yoxud yong‘in bo‘lganda uyg‘otish; kun tartibiga muvofiq, buyruqlarni o‘z vaqtida berishga; xonalarda ozodalik va tartibni nazorat qilib turish, xizmatchilardan ularga rioya qilishni talab etish, harbiy xizmatchilar faqat ajratilgan xonalar yoxud joylarda chekishlariga,poyabzal va kiyimni tozalashlariga ko‘z-quloq bo‘lib turishga, vzvod komandiri va undan yuqori, to‘g‘ridan to‘g‘ri boshliqlar va brigada bo‘yicha navbatchi kelganda, «Rostlan» komandasini berish; vzvodning boshqa ofitserlari, shuningdek, vzvod starshinasi va o‘z vzvodidan bo‘lmagan harbiy xizmatchilar vzvodga kelishi bilan navbatchini chaqirishga majbur. Masalan, navbatdagi posbonga o‘tirish, qurol-aslahalarini yechish
hamda kiyimining tugmasini yechish man etiladi. Bo‘sh turgan smena posbonni vzvod xonalarida ozodalik va tartibni saqlashga hamda vzvod bo‘yicha navbatchining ruxsatisiz hech qayoqqa jilmaslikka, vzvod askarlari yoxud serjantlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning harbiy nizomlarda belgilangan qoidalari buzilgan hollarda bo‘sh posbon tartib o‘rnatishga yordam berish; vzvod bo‘yicha navbatchi o‘rnida qolganda, uning vazifalarini bajarishga majburdir



Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish