v) rivojlantiruvchi:____________________________________
____________________________________________________
II.Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz: Kadoskop,kampyuter, diaproyektor ekran.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt: 45 minut:
Darsning texnik chizmasi:
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangi mavzu bayoni:
Vzvod bo‘yicha navbatdagi posbon kazarma xonasi ichkarisida kirish eshigi oldida,qurol saqlash uchun xona yaqinida xizmatni o‘taydi. Xizmat burchini o‘tash uchun alohida joy jihozlanadi.
Jihozlanishga quyidagilar kiradi:
vzvod bo‘yicha navbatchining hujjatlar stendi;
yog‘ochdan tayyorlangan tumbochka, telefon;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Nizomlari va o‘t o‘chirish anjomlari.
Navbatchining hujjatlarida quyidagilar yoritilishi kerak:
vzvod bo‘yicha navbatchi va posbonlarning yo‘riqnomalari;
trevoga sodir bo‘lganda yoki yig‘in e’lon qilinganda yoki yong‘in chiqqanida ko‘riladigan tadbirlar yo‘riqnomasi, kun tartibi;
vzvod harbiy xizmatchilarining, kazarmadan tashqarida yashovchilarning ro‘yxati, uy manzili, telefonda chaqirish turlari;
vzvodga biriktirilgan hudud o‘ramini tozalash sxemasi;
ertalabki badantarbiya o‘tkazishda askarlar kiyimi namunalari;
navbatchilikni qayd qilish kitobi, qurol-yarog‘, o‘q-dorilar berishni ro‘yxatga olish kitobi;
vzvod bo‘yicha kasallarni yozish daftari;
harbiy qism bo‘yicha navbatchi va o‘t o‘chirish komandasining telefon raqamlari bo‘lishi shart.
Vzvodda trevoga e’lon qilinganda,posbon namunali komanda bo‘yicha «Vzvod, trevoga», deb harbiy xizmatchilarni chaqiradi.
Agar yong‘in sodir bo‘lsa, «Vzvod, yong‘in» komandasi berish bilan ogohlantiriladi. Vzvoddagi shaxsiy tarkib uyquga yotish oldidan esa «Vzvod, uyquga» komandasini, tong saharda uyqudan uyg‘otish uchun esa, «Vzvod, uyg‘onsin» komandalari beriladi. Vzvodga to‘g‘ridan to‘g‘ri
boshliqlar kelsa, «Rostlan. Vzvod navbatchisi eshikka» komandalari beriladi. Bu komandalar vzvod komandiri kelganda ham xuddi shunday beriladi. Vzvod shaxsiy tarkibi uyquga ketgan vaqtda, to‘g‘ridan to‘g‘ri boshliqlar kelib qolganda «Rostlan» komandasi berilmasdan, vzvod bo‘yicha navbatchi chaqiriladi. Vzvod komandiri biron-bir harbiy xizmatchini yo‘qlaganda, posbon chaqiruv komandasini beradi. Masalan, «Oddiy askar Soliyev, vzvod komandirining oldiga».
Vzvodga uch nafargacha posbonlar tayinlanib, dam olayotgan posbonlar esa, kazarma xonalarini ozoda, sarishta holatga keltirib boradilar. Vzvoddagi navbatchi kunduzi dam olayotgan vaqtida, uning
vazifasini vaqtincha vzvod posbonlaridan biri bajarib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |