Buyrak Siydik yo’li Siydik organlarining rivojlanishi



Download 0,82 Mb.
bet4/19
Sana11.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#776457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Siydik-tanosil a’zolari sistemasi. Siydik a’zolari

SIYDIK YO’LI
Siydik yo‘li (ureter, 138- ) ning uzunligi 30 sm atrofida bo‘lib, siydik buyrak jomi pelvis renalis dan qovuqqa o‘tadi. Bu nayni qorin parda faqat old tomondan qoplaydi. Siydik yo‘li joylashishiga ko‘ra ikki: qorin – pars abdominalis va chanoq – pars pelvina qismlaridan iborat. Siydik yo‘li boshlanish qismida, chanoqqa o‘tish chegarasida va qovuqqa kirish oldida birmuncha torayadi. Siydik yo‘lining qovuq devori ichidagi qismiga yashiringan qism pars intramuralis deyiladi.
Siydik yo‘lining qorin qismi orqa tomondan bel muskullariga tegib tursa, old tomondan erkaklarda moyak arteriya va venasi bilan, ayollarda esa tuxumdon arteriya va venasi bilan kesishib joylashgan. O‘ng siydik yo‘li qorin bo‘shlig‘ida pastki kovak venasi, ko‘richak va ko‘tariluvchi chambar ichaklar bilan yondoshgan. Chap siydik yo‘li esa aorta va pastga yo‘naluvchi ichakka tegib turadi. Siydik yo‘li chanoq bo‘shlig‘ining boshlanishida uning devori bo‘ylab yo‘naladi, so‘ngra devordan uzoqlashib erkaklarda urug‘ yo‘li bilan kesishadi va qovuqqa boradi. Ayollarda bachadon, qin yaqinida bachadon arteriyasi bilan kesishib o‘tib, qovuq devoriga kiradi.
Siydik yo‘lining devori quyidagi uch pardadan tuzilgan, ichki shilliq parda – tunica mucosa, o‘rta muskul parda – tunica muscularis va tashqi biriktiruvchi to‘qimali parda – tunica adventitia dan iborat.


QOVUQ

140 organa genitalia masculina
Qovuq (siydik pufagi vesica urinaria 140- ) kichik chanoq bo‘shlig‘ida joylashgan, hajmi 500–700 ml bo‘lib, ichidagi siydik miqdoriga ko‘ra o‘z shaklini o‘zgartirib turadi. Qovuq pastida qovuq tubining keng qismi – fundus vesicae, yuqori toraygan uchi – apex vesicae (cho‘qqisi) va bu ikki qism oralig‘ida qovuq tanasi – corpus vesicae tafovut qilinadi.
Qovuq devori to‘rtta pardadan tuzilgan: 1. Ichki shilliq parda – tunica mucosa qovuq bo‘shaganda burmalar hosil qiladi: siydikka to‘lganda burmalar tortishib yoziladi. Shilliq pardada shilliq bezchalari va limfa tugunchalari joylashgan. 2. Biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan shilliq osti qavati (tunuca submucosa) shilliq pardada burmalar hosil bo‘lishida ayniqsa muhim ahamiyatga ega. 3. Muskul pardasi – tunica muscularis uch qavat joylashgan silliq muskul hujayralaridan iborat. 4. Seroz parda – tunica serosa qovuq cho‘qqisi bilan orqa yuzani o‘raydi. Qovuq pastida uchburchak shakldagi maydoncha (trigonum vesicae) mavjud. Maydonchadagi shilliq parda hech qachon burmalar hosil qilmaydi, chunki shilliq parda bevosita muskul parda bilan birikkan. Bu uchburchakning yuqorisi ikki tomoniga siydik yo‘li – ostia ureteres ochilgan bo‘lsa, uning pastki qismidan siydik chiqaruv kanali – ostium urethrae internum yo‘nalgan.
Erkak bilan ayolning qovug‘i topografiyasi jihatidan bir-biridan tubdan farq qiladi. Ayollar qovug‘ining orqasida bachadon va qin, erkaklarda esa urug‘ pufaklari va urug‘ chiqarish yo‘llari joylashgan. Ayollarda qovuqning ustiga bachadon engashib turganligi uchun qovuq cho‘qqisi yaxshi rivojlanmagan, tekis bo‘ladi. Qovuqning old tomonida, qovuq bilan qov suyaklari orasida ularni ajratib turuvchi oraliq joylashgan. Shuning uchun qovuq erkin harakat qila oladi. Qovuq siydik bilan to‘lganda chanoq bo‘shlig‘idan ko‘tarilib, qov birlashmasidan yuqoriga, hatto kindikkacha boradi. Qovuq tubi ayollarda maxsus boylamlar bilan mahkamlangan bo‘lsa, erkaklarda boylamlardan tashqari prostata bezi bilan birlashgan. Shuning uchun erkaklar qovug‘i ayollar qovug‘iga nisbatan balandroq o‘rnashgan.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish