ERKAKLAR SIYDIK CHIQARISH KANALI
Erkaklar siydik chiqarish kanali (urethra masculina) qovuqdan boshlanib, olatning boshida tashqi teshik bo‘lib tugaydi. Uzunligi 18-19 sm bo‘lgan siydik chiqarish kanali joylashgan o‘rniga qarab teng bo‘lmagan uch qismga bo‘linadi.
1. P r o s t a t a q i s m i – pars prostatica qovuqdan boshlanadi va prostata bezining qoq o‘rtasidan o‘tib, bez uchiga kelganda parda qismiga o‘tadi. Ushbu qism kanalning eng keng bo‘lagi bo‘lib, uzunligi 3,5 sm. Urug‘ do‘mboqchasi (colliculus seminalis) ning ikki yonboshiga prostata bezi naychalarining teshigi va urug‘ otuvchi yo‘l teshiklari ochiladi.
2. P a r d a q i s m i – pars membranacea siydik chiqarish kanalining eng kalta (1 sm ga teng) va tor qismi bo‘lib, prostata bezining uchidan boshlanadi va pastda olat so‘g‘oniga o‘tib ketadi. U chanoq bo‘shlig‘idan siydik-tanosil diafragmasi – diaphragma urogenitale ni teshib, siydik yo‘liga o‘tadi. Kanal parda qismining devori 4 qavatdan iborat. Eng ichki shilliq qavat uzunasiga joylashgan burmalar hosil qiladi. Uni sirtidan shilliq osti qavati o‘raydi, undan so‘ng ikki qavatdan iborat silliq muskul tolalari turadi. To‘rtinchi qavat ko‘ndalang-targ‘il muskul tolalari m. sphincter urethrae hisoblanadi.
3. F o v a k t a n a q i s m i – pars spongiosa kanalning eng uzun qismi bo‘lib (14-15 sm), pastki tomondagi olat g‘ovak tanasining o‘rtasida joylashgan. Bu qismning boshlanish joyi va tashqariga chiqish oldi birmuncha kengaygan. Kanalning shilliq qavatida mayda bezlar joylashgan. Erlik olati taranglashmagan holatda turganida siydik chiqarish kanali «S» simon shaklda, ikki joydan (g‘ovak tananing boshlanish joyi va o‘rtasidan) bukilgan bo‘ladi. Olat taranglashganda oldingi bukilma yo‘qoladi.
AYOLLAR TANOSIL A’ZOLARI
Ayollar tanosil a’zolari ichki va tashqi tanosil a’zolaridan tashkil topgan. Ichki tanosil a’zolari bir juft tuxumdon – ovarium, bachadon naylari – tuba uterina, bachadon – uterus va qin – vagina dan iborat. Tashqi tanosil a’zolariga esa katta va kichik jinsiy (uyatli) lablar, klitor va qizlik pardasi kiradi.
Bachadon, tuxumdon, bachadon naylari va qin.
1–fundus uteri; 2–tuba uterina; 3–lig. ovarii proprium; 4–lig. teres uteri; 5–corpus uteri; 6–cervix uteri; 7–peritineum; 8–vagina; 9–plica rectouterina; 10–lig. latum uteri; 11–margo liber ovarii; 12–ovarium (facies medialis); 13–appendix vesiculosa; 14–fibria ovarica; 15–lig. suspensorium ovari; 16–ostium abdominalae tubae uterinae; 17–fimbriae tubae; 18–ampulla tubae uterinae; 19–ductus epoophori longi-tudinalis; 20–epoophoron (ductuli transversi); 21–tuba uterina; 22–mesosalpinx; 23–isthmus tubae uterinae; 24–lig. ovarii proprium; 25–lig. teres uteri.
Do'stlaringiz bilan baham: |