Zamburug’lar haqida umumiy tushunchalar
Reja:
1. Zamburug`lar haqida tushuncha.
2. Zamburug`larning klassifikatsiyasi.
3. Zamburug`larning ahamiyati.
1. Tuban o`simliklarning xlorofilsiz va tuzilishi juda turli - tuman bo`lgan juda ko`p turi zamburug`lar deb ataladi. Ular o`z ichiga 100 mingdan ortiq turni oladi. Zamburug`lar tallofit o`simliklardir, chunki ular ham xech qachon suvo`tlari singari haqiqiy to`qima hosil qilmaydi va ularni tanasi qismlarga (barg, poya, ildizga) bo`linmaydi.
Ularning ko`pchiligi mikroskopik mayda bo`lib, nonda mug`or, o`simlik barglarida zangsimon dog`lar va shunga o`xshash shakllarda ham ko`rinadi.
Zamburug` tanasini mikroskop ostidan qarasak, uni chalkashib ketgan juda ko`p ipchalar yoki gifalardan iboratligini, gifalar to`planib mitseliy hosil qilganini ko`ramiz. Gifalar shoxlangan va shoxlanmagan, bir xujayrali yoki ko`p xujayrali bo`lishi mumkin. Zamburug` ba`zi turlarining gifalari tinim holatiga o`tishi mumkin. Bunda ular juda zich chalkashib olib sklerotsiy deb ataladigan o`ziga xos tuganak hosil qiladi. Bir xujayrali zamburug`lar, ular yumaloq yoki ellipis shakildagi alohida - alohida xujayralardir. Masalan: achitqi zamburug`lari.
Xujayrasi qobig`ining ximiyaviy tarkibi bir xil emas. Po`st xech qachon sellyulozali bo`lmay, unga turli azotli moddalar aralashgan bo`ladi. Ularda bir nechta yadro bo`ladi. Ular kraxmal hosil qilmaydi, uning o`rniga boshqa uglevod glikogen hosil qiladi.
Alohida tuzilmalar - meva tanalar ko`payish funksyasini bajaradi. Parazit zamburug`larda - gaustoriya hosil bo`ladi. Zamburug`lar jinsiy, jinssiz va vegetativ usullarda ko`payadi. Vegetativ ko`payish oidiyalar -mitseliy ipchalarining parchalanishidan hosil bo`ladigan ovalsimon xujayralar yordamida ro`y beradi.
Achitqi zamburug`i -kurtaklanish yo`li bilan ko`payadi. Zamburug`lar asosan sporalar yordamida ko`payadi. Gifalar uchida konidiya bandlarda yoki sporangiyda spora hosil bo`ladi. Zamburug`larda jinsiy ko`payish- izogamiya, oogamiya, usulida ro`y beradi. Tanasining tuzilishi va ko`payish xususiyatlariga qarab, zamburug`lar tipi quyidagi 6 ta sinfga bo`linadi.
1. Arximitsetlar yoki xitridiomitsetlar sinfi. 2. Oomitsetlar. 3. Zigomitsetlar (bular tuban zamburug`lar) 4. Xaltachali zamburug`lar yoki askomitsetlar 5. Bazidiyeli zamburug`lar yoki bazidiyamitsetlar (bular yuksak zamburug`lar). 6. Takomillashmagan zamburug`lar.
1. Arximitsetlar sinfi - tanasi yalong`och - yaxshi rivojlanmagan mitseliy rizomitseliydan iborat 3 xil ko`payadi (vegetativ, jinsiy, jinssiz). Ular yosh karamni ildiz bo`g`izini zararlaydi. Qora oyoq kasalligini keltirib chiqaradi. Unga qarshi ko`rashish uchun tuproqqa ishlov berib namlikni kamaytirish kerak.
2. Oomitsetlar sinfi mitseliysi shoxlangan alohida xujayralarga bo`lingan bo`ladi. Masalan: Fitoftora zamburug`i kartoshka, pomidor va poliz ekinlari bargida qo`ng`ir dog`lar hosil bo`ladi.
3. Zigomitsetlar sinfi. Namiqib qolgan nonda, go`ngda va boshqa organik substrotlarda oq tuksimon g`ubor shaklda paydo bo`ladi. (Mog`or zamburug`i).
4. Xaltachali zamburug`lar - bularda hosil bo`lgan zigota xaltachaga aylanadi. Xaltachani ichida sporalar hosil bo`ladi. Ular unshudring, o`simlik raki kasalligini keltirib chiqaradi, yana achish jarayonida ishtirok etadi. Shaftoli tafrinasi-shaftoli bargini sarg`aytirib bujmaytirib yuboradi. Penitsill - zamburug`i, shoxkuya zamburug`i, qo`ziqorin ham shu sinfga mansubdir.
5. Bazidiyali zamburug`lar-sporalari maxsus bazidiyalarda yetiladi. Qorakuya, zang, chang qorakuyasi kasalliklarini keltirib chiqaradi. G`allaguldoshlar oilasi vakillarida ko`p uchraydi.
6. Takomillashmagan zamburug`lar. Bu sinf vakillari vilt kasalligini keltirib chiqaradi. Organik moddalarni chiritishda ishtirok etadi. Simbioz hayot kechiradi. (mikoriza). Qo`ziqorin va qalpoqchali zamburug`lar oziq-ovqat sifatida foydalaniladi. Achituvchi zamburug`lar spirtli ichimliklar tayyorlashda, nonvoychilikda, ulardan olingan fermentlar, yengil sanoat va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi, hamda achituvchi zambu-rug`lardan polivitaminlar tayyorlanadi. Salbiy tomoni, oziq-ovqatlarni buzadi, yog`ochlarni chiritadi. Kasalliklarni keltirib chiqaradi
Do'stlaringiz bilan baham: |