Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi



Download 6,88 Mb.
bet141/212
Sana11.06.2022
Hajmi6,88 Mb.
#656455
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   212
Bog'liq
Документ Microsoft Word (5)

Takrorlash uchun savollar


    1. Byudjet tashkilotlarida mahsulot(ish va xizmat)lar ishlab chiqarish xarajatlari hisobi qanday tashkil etiladi?

    2. Mahsulot(ish,xizmat) lar ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra qaysi elementlar bo‘yicha guruhlarga ajratiladi?

    3. Mahsulot(ish va xizmat)lar ishlab chiqarish xarajatlari hisobi xujjatlashtirish tartibini tushuntirib bering?

    4. Mahsulot(ish va xizmat)lar ishlab chiqarish xarajatlari hisobini buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish tartibini tushuntirib bering?
  1. BOB. MOLIYaVIY AKTIVLAR HISOBI.





    1. Moliyaviy aktivlar hisobini tashkil etish.

Byudjet tashkilotlari daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirishda moliyaviy aktivlar ya’ni pul mablag‘lari hisobi alohida tashkil etiladi. Byudjet tashkilotlari moliyaviy aktivlariga hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari, kassadagi pul mablag‘lari, pul hujjatlari, yo‘ldagi pul jo‘natmalari, moliyaviy qo‘yilmalar (vaqtincha depozitga qo‘yilgan pul mablag‘lari) kiradi. B


yu
d Mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha yuridik shaxslar o‘z pul mablag‘larini bank muassasalarida saqlashlari shart
j
ye Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish Qoidalari
t

t
ashkilotlari pul mablag‘lari harakati moliya organlari tomonidan ochilgan shahsiy hisobvaraqlarda yuritiladi. Byudjet tashkilotlarida shahsiy hisobvaraqalarni ochish, yuritish, yopish tartibi “Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida va uning hududiy bo‘linmalarida yuritish Qoidalari” (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2007 yil 5 dekabrda 1746-son bilan ro‘yxatga olingan)ga asosan amalga oshiriladi. G‘aznachilik va uning xududiy bo‘limlarida byudjet tashkilotlari uchun shahsiy hisobvaraqlar ochilib yuritilar edi. 2011 yildan boshlab byudjet tashkilotlari pul mablag‘lari hisobini yuritish uchun moliya organlari tomonidan shahsiy hisobvaraqlar ochilishi belgilandi. Moliya organlari tomonidan ochilgan shaxsiy hisobvaraq dasturga kiritiladi va G‘aznachilik va ularning xududiy bo‘linmalarida ko‘rinadi.


Byudjet tashkilotlari shaxsiy hisobvarag‘ining unikal raqami yigirma yetti razryaddan iborat bo‘lib:

Razryad raqamlari

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14




Razryad raqamlari

Shu- lardan:

15

16

17

18

19

20

21

22

23

24

25

26

27

1-6 gacha razryadlar - Tasdiqlangan mablag‘larning manbalari va byudjet darajasi tasnifiga muvofiq mablag‘larning manbalar kodi va byudjet darajasi;


7-9 gacha razryadlar - Tasdiqlangan valyutalar klassifikatoriga muvofiq valyuta kodi;
10-14 gacha razryadlar - Tasdiqlangan hududlar tasnifiga muvofiq hududiy tegishlilik kodi;
15-24 gacha razryadlar - Byudjetdan mablag‘ oluvchilar bo‘yicha byudjet tasnifining tegishli ko‘rsatkichlari kodlari, bunda:
15-21 gacha razryadlar - Xarajatlarning vazifa jihatdan tasnifining tegishli kodi;
22-24 gacha razryadlar - Tashkiliy tasnifning tegishli kodi;
25-27 gacha razryadlar - byudjetdan mablag‘ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraq raqami kodi.
Byudjet tashkilotlarida pul mablag‘lari hisobi byudjet (byudjet tomonidan muassasa xarajatlarini va boshqa tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan) va byudjetdan tashqari (ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov kontrakt shakli, rivojlantirish jamg‘armasi, boshqa mahsus mablag‘lar, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan byudjet tashkilotlari xodimlarining ijtimoiy to‘lovlarini qoplash uchun kelib tushgan, chet el valyutasidagi) bo‘yicha yuritiladi. Byudjet tashkilotlari Davlat byudjeti g‘azna ijrosiga o‘tishi munosabati bilan hizmat ko‘rsatuvchi banklarda ochilgan byudjet, byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha hisob schyotlari yopilib G‘aznachilik va uning hududiy bo‘limlaridagi ochilgan shahsiy hisobvaraqlarga o‘tkazildi. Natijada G‘aznachilik va uning xududiy bo‘limlari tomonidan byudjet tashkilotlarini yuridik va moliyaviy majburiyatlari ro‘yhatga olinib yagona g‘azna hisob raqamidan to‘lab berilmoqda.
Bu shuni anglatadiki byudjet tashkilotlari nomidan majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish g‘aznachilik bo‘limlari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:

  1. Byudjet tashkilotlari moliyaviy aktivlar hisobini amaldagi me’yoriy xuquqiy xujjatlar talablari bo‘yicha tashkil etish;

  2. Moliyaviy aktivlar hisobini buxgalteriya boshlang‘ich va yig‘ma xujjatlari, hisob regstirlarida o‘z vaqtida to‘g‘ri rasmiylashtirish;

  3. Byudjet va byudjetdan tashqari pul mablag‘larini daromadlar va xarajatlar smetalari bo‘yicha maqsadli sarflanishi, saqlanishi ta’minlash;

  4. Buxgalteriya schyotlarida moliyaviy aktivlar mavjudligi hamda harakatini aniq, to‘liq va o‘z vaqtida aks ettirish;

  5. Tashkilot kassasida, shahsiy hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari, pul xujjatlari, moliyaviy qo‘yilmalar butligini nazorat qilish;

  6. Chet el valyutasidagi pul mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi markaziy banki tomonidan belgilagan xorijiy valyuta kurslari bo‘yicha kurs tafovutlarini aniqlab hisob registrlarida o‘z vaqtida aks ettirib borish;

  7. Byudjet tashkilotlarining byudjet va byudjetdan tashqari pul mablag‘lari mavjudligi xolati va xarakatiga oid buxgalteriya axborotlarini shakllantirib berish va boshqalar.

Tashkilotlar pul mablag‘lari hisobini yuritishda akkreditivlar, pul ekvivalentari, chet el valyutasidagi va boshqa pul mablag‘larini hisobga oladilar. Chet el valyutasidagi pul mablag‘lari va ularga tegishli operatsiyalar milliy valyutada - so‘mda, chet el valyutasini operatsiya amalga oshirilgan sanadagi (tegishli bank ko‘chirmasi va boshqa tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan sanadagi) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha qayta hisoblash orqali hisobga olinadi.
Byudjet tashkilotlarida naqt pulsiz hisob shakllarini qo‘llagan xolda hisoblashuv muomalalari amalga oshiradi. Bunda asosan to‘lov topshiriqnomasi shakli qo‘llaniladi. To‘lov topshiriqnomasida to‘lovchi bo‘lib, G‘aznachilik va uning xududiy bo‘limlari nomi ko‘rsatiladi. Byudjet tashkilotlari nomi, shahsiy hisobvarag‘i nomeri, STIR to‘lov topshiriqnomasida alohida qatorda keltiriladi.
Byudjet tashkilotlarida naqt pul muomalalarini amalga oshirish uchun kassa hizmati tashkil etiladi.
Moliyaviy aktivlarni hisobga olish uchun schyotlar rejasida quyidagi schyotlar belgilangan:

  1. “Hisobvaraqlardagi byudjet mablag‘lari”;

  2. “Hisobvaraqlardagi byudjetdan tashqari mablag‘lar”; 12 “Kassa”;

13 “Boshqa pul mablag‘lari”; 14 “Moliyaviy qo‘yilmalar”.


Download 6,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish