3.5.1 – rasm. Akkreditiv hisob shaklini sxematik ko‘rinishi.
Mol yetkazib beruvchi akkreditiv ochilganligi to‘g‘risidagi xabarnomani olgandan keyin xaridorga maxsulotni jo‘natadi yoki ish va
xizmatlani ko‘rsatadi. Maxsulot jo‘natilganligi yoki ish va xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi xujjatlar mol yetkazib beruvchi tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi bankiga taqdim etadi va bank akkreditiv qilingan summani mol yetkazib beruvchi hisob raqamiga o‘tkazib qo‘yadi. Byudjet tashkilotlarida akkreditiv hisob shakli asosan xorijiy tashkilotlar bilan hisoblashuvlarda qo‘llaniladi.
Pulni inkassatorlarga topshirish, pul o‘tkazmalari va boshqa hollarda yo‘ldagi pul jo‘natmalari hisobi yuritiladi. Xozirgi kunda byudjet tashkilotlari asosan shahsiy hisobvarag‘idan naqt pul olish uchun g‘aznachilik bo‘limlaridan olingan cheklarni banklar tomonidan to‘lab berilishi jarayonida yo‘ldagi pul mablag‘lari ko‘rinishida aks ettirmoqda.
Pul xujjatlari bo‘yicha dam olish uylari, sanatoriylar, turistik bazalar uchun berilgan puli to‘langan yo‘llanmalar, pochta orqali jo‘natilgan pullar uchun xabarnomalar, pochta markalari, mehnat daftarchalari blankalari hamda ularga ilova qilingan varaqlar va boshqalar hisobi yuritiladi. Boshqa pul mablag‘lari 13 “Boshqa pul mablag‘lari” schyotida quyidagi subschyotlarda yuritiladi.
“Akkreditivlar”;
“Yo‘ldagi pul mablag‘lari”; 132 “Pul ekvivalentlari”.
130 “Akkreditivlar” subschyotida moddiy qimmatliklar yetkazib berganliklari, shuningdek ishlar, xizmatlar bajarilganligi uchun boshqa shaharlardagi mol yetkazib beruvchilar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro tuzilgan shartnomalar asosida qo‘yilgan akkreditivlar summasi hisobga olinadi. Bu subschyotning debet tomonida akkreditiv qilingan mablag‘lar summasi , kredit tomonida akkreditiv qilingan mablag‘ni hisobdan chiqarilishi yoki qaytarilishi aks ettiriladi.
Akkreditivlar byudjet mablag‘lari hisobidan ham, byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan ham qo‘yilishi mumkin.
Akkreditiv hisob shaklida mablag‘lar xarakatini buxgalteriya o‘tkazmalarida quyidagicha aks ettirish mumkin
№
|
Muomalalar mazmuni
|
Dt
|
Kt
|
Asos bo‘luvchi
xujjat
|
1
|
Hisobvaraqlardagi pul mablag‘laridan akkreditiv ochilganda(akkreditiv ochish to‘g‘risidagi ariza xujjatiga asosan)
|
130
|
232,
11schyotning tegishli subschyotlari
|
Shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma
|
2
|
Mol yetkazib beruvchi nomiga ochilgan akkreditivni foydalanilgan summasiga
|
150 yoki 159
|
130
|
Buxgalteriya
ma’lumotnoma- si
|
“Akkreditivlar” subschyoti bo‘yicha analitik hisob qo‘yilgan har bir akkreditiv bo‘yicha 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari (kartochkasi)da yuritiladi.
“Yo‘ldagi pul mablag‘lari” subschyotida saqlash joyidan chiqib ketgan, ammo mo‘ljallangan joyiga yetib bormagan pul mablag‘lari (inkassatorga berilgan tashkilotlarning naqd pul mablag‘lari, pul o‘tkazmalari va boshqalar) hisobga olinadi.
Ushbu subschyot tranzit subschyot hisoblanadi va pul mablag‘larining harakati ustidan uzluksiz nazoratni o‘rnatish uchun bog‘lovchi vazifasini bajaradi.
Yo‘ldagi pul mablag‘lari xarakatini buxgalteriya o‘tkazmalarida quyidagicha aks ettirish mumkin
№
|
Muomalalar mazmuni
|
Dt
|
Kt
|
Asos bo‘luvchi
xujjat
|
1
|
Kassadan naqt pul mablag‘lari hisobvaraqlarga o‘tkazish uchun inkossatorlarga topshirilganda (xali shaxsiy hisobvaraqlarga pul mablag‘i
yetib kelmagan)
|
131
|
120
|
Kassa chiqim
orderi, kassir hisoboti
|
2
|
Kassadan shaxsiy hisobvaraqlarga o‘tkazish uchun inkossatorlarga topshirilgan naqt pul mablag‘lari hisobvaraqalarda ko‘ringanda
|
11
schyotning tegishli subschyotlar
i
|
131
|
Hisobvaraqlar- dan ko‘chirma
|
Yo‘ldagi pul mablag‘larining analitik hisobi ularning turlari bo‘yicha yuritiladi.
“Pul ekvivalentlari” subschyotida dam olish uylari, sanatoriylar,
turistik bazalar uchun berilgan puli to‘langan yo‘llanmalar, pochta orqali jo‘natilgan pullar uchun xabarnomalar, pochta markalari, mehnat daftarchalari blankalari hamda ularga ilova qilingan varaqlar va boshqalar hisobga olinadi.
Bunday hujjatlarni kassaga qabul qilish va kassadan berish kassa orderlari bilan rasmiylashtiriladi. Bu operatsiyalarning hisobi pul mablag‘lari bo‘yicha operatsiyalardan alohida holda yuritiladi. Bu schyotni debet tomonida pul ekvivalentlari tushimi, kredit tomonida hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Pul ekvivalentlari xarakatini buxgalteriya o‘tkazmalarida quyidagicha aks ettirish mumkin
№
|
Muomalalar mazmuni
|
Dt
|
Kt
|
Asos bo‘luvchi
xujjat
|
1
|
Dam olish uylari, sanatoriylar uchun yo‘llanmalar sotib olinganda
|
132
|
Pul mablag‘lari yoki hisob kitoblar
subschyotlari
|
Hisobvaraqlar- dan ko‘chirma
|
2
|
Sotib olingan dam olish uylari, sanatoriylar uchun yo‘llanmalar xodimlarga ish haqi hisobiga sotilganda
|
173
|
132
|
Buxgalteriya ma’lumotnoma- si, xodim arizasi
|
3
|
Mehnat daftarchasi va boshqalarning sotilishi
|
Pul mablag‘lari yoki hisob kitoblar subschyotlar
i
|
132
|
Hisobvaraqalar dan ko‘chirma
|
4
|
Pul ekvivalentlari xarajatlarga o‘tkazilib hisobdan chiqarilishi
|
231, 241,
251, 261,
271
|
132
|
Dalolatnoma, tarqatish qaydnomasi, buxgalteriya
ma’lumotnomasi
|
Analitik hisobi (mehnat daftarchalari blankalari va uning ilovalardan tashqari) ularning turlariga qarab 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari (kartochkasi)da yuritiladi. Mehnat daftarchalari va uning ilovalari hisobi 448-son shakldagi qat’i hisobot blanklari bo‘yicha daftarda yurtiladi.
Byudjet tashkilotlarida moliyaviy qo‘yilma sifatida vaqtincha
bo‘sh turgan byudjetdan tashqari mablag‘larini banklarga depozitga qo‘yilishi aks ettiriladi. Ular hisobiga olinadigan daromadlar tegishli tartibda buxgalteriyada hisobga olinadi. Buxgalteriya hisobida moliyaviy qo‘yilmalar 14 “Moliyaviy qo‘yilmalar” schyotining 140 “Depozitga qo‘yilgan pul mablag‘lari” subschyotida yuritiladi. Bu schyotning debet tomonida depozitga qo‘yilgan pul mablag‘lari, kredit tomonida depozitga qo‘yilgan pul mablag‘larini qaytarilishi aks ettiriladi.
Moliyaviy qo‘yilmalar xarakatini buxgalteriya o‘tkazmalarida quyidagicha aks ettirish mumkin
№
|
Muomalalar mazmuni
|
Dt
|
Kt
|
Asos bo‘luvchi
xujjat
|
1
|
Vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni banklarga depozitga qo‘yilishi
|
140
|
11
schyotning tegishli subschyotla
ri
|
Hisobvaraqla rdan ko‘chirma
|
2
|
Depozitga qo‘yilgan mablag‘lar bo‘yicha
foiz ko‘rinishidagi daromadlarni hisoblanishi
|
159
|
272
|
Buxgalteriya ma’lumotno- masi
|
3
|
Foiz ko‘rinishidagi daromadlarning kelib tushishi
|
113
|
159
|
Hisobvaraq- dan ko‘chirma
|
4
|
Depozitga qo‘yilgan mablag‘larni
byudjet tashkiloti hisobvaraqlariga qaytarilishi
|
11 schyotning tegishli subschyotlari
|
140
|
Hisobvaraq- lardan ko‘chirma
|
Do'stlaringiz bilan baham: |