Debitorlar va kreditorlar tushinchalariga sharh bering?
Byudjet tashkilotlarida debitorlar va kreditorlar hisobini tashkil etishni hususiyatlarini aytib bering?
Debitorlar va kreditorlar hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobini oldiga qo‘yiladigan vazifalarni aytib bering?
G‘aznachilik bo‘limlarida yuridik majburiyatlarni ro‘yhatga olish tartibini tushuntirib bering?
Turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi
Byudjet tashkilotlarida turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlarda mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan maxsulot (ish va hizmatlar) yetkazib berish bo‘yicha, Xaridor va buyurtmachilar bilan mahsulot (ish va hizmatlar)ni sotish bo‘yicha, sug‘urta tashkilotlari bilan majburiy yoki ihtiyoriy sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha, jismoniy va yuridik shahslar bilan tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan va ma’lum shartlar bajarilgandan keyin qaytarilishi lozim bo‘lgan summalar bo‘yicha, to‘lovlarning maxsus turlari bo‘yicha hisoblashishlar aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobida turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi tegishli buxgalteriya dastlabki xujjatlari(yuk hati, bajarilgan ishlarni topshirish qabul qilish dalolatnomalari, buxgalteriya ma’lumotnomalari, to‘lov topshiqnomasi va boshqalar)ga asosan yig‘ma qaydnomalar, 6-memorial order – turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha jamlanma qaydnoma 408-son shakl, 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari , 308-son shakldagi bosh jurnal kitobi va hisobot rasmiylashtiriladi. Buxgalteriya hisobida turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi 15 “Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” schyoti quyidagi
subschyotlarga bo‘lingan xolda yuritiladi:
150 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar”; 152 “Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar”;
“Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar”;
“Byudjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha bo‘ladigan mablag‘lar bo‘yicha hisob-kitoblar”;
“To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar”; 159 “Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar”.
Ushbu subschyotlar bo‘yicha analitik hisob byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha hisob-kitoblarni alohida ajratgan holda 292- son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari (kartochkasi)da, 285-son shakldagi aylanma qaydnomada va boshqa tegishli hisob registrlarida yuritiladi.
Byudjet tashkilotlari yetkazib beriladigan mahsulot (ish va xizmatlar) bo‘yicha mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq hisoblashuvlarni amalga oshiradi.
327-son shakldagi ta’lim muassasalarida
bolalarni saqlanganligi uchun ularning ota- onalari bilan olib boriladigan hisob- kitoblar qaydnomasi
15-memorial order – ta’lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob- kitoblar bo‘yicha jamlanma qaydnoma 406-son shakl
6-memorial order – turli tashkilotlar va
muassasalar bilan olib
boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha jamlanma qaydnoma 408-son shakl
Do'stlaringiz bilan baham: |