Yuridikmajburiyat- yuridik (jismoniy) shaxslarning ikkinchi tomon oldidagi tuzilgan shartnomalar, kelishuvlar va tegishli hokimiyat organlarining qarorlari bo‘yicha yuzaga kelgan majburiyatlari;
Moliyaviy majburiyat- yuridik (jismoniy) shaxslarning ikkinchi tomon, tovar (ish va xizmat)lar yetkazib beruvchilar oldidagi yetkazib berilgan tovar (ish va xizmat)lar uchun xaq to‘lashni tasdiqlovchi hujjatlar, jumladan hisob-to‘lov hujjatlarida hisoblangan, ishchilarga ish haqi, to‘lov hujjatlari, sud qarorlari, hamda byudjetdan mablag‘ oluvchilarni mol yetkazib beruvchi yoki to‘lovni qabul qiluvchiga mablag‘larning o‘tkazilish majburiyatini yuklovchi hujjatlar.
Byudjet tashkilotlarining Davlat byudjeti hisobidan mahsulot yetkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari, shuningdek kapital qurilish buyurtmachilarining shartnomalari g‘aznachilik bo‘linmalarida majburiy tartibda ro‘yxatga olinadi.
Bunda, byudjet tashkilotlarining tovar (ish, xizmat)lar yetkazib berish bo‘yicha tuzadigan shartnomalarida, 15 foiz miqdorda oldindan to‘lov amalga oshirilishi belgilanadi.
Byudjet tashkilotlarining ikkinchi tomon oldidagi yuridik majburiyatlari tuzilgan shartnomalar (kontraktlar), qonun hujjatlari (misol uchun yig‘imlar, badallar, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha yuridik majburiyatlar) asosida yuzaga keladi.
Byudjet tashkilotlari tomonidan qabul qilinadigan yuridik majburiyatlar hajmi, belgilangan tartibga ko‘ra, ular iqtisodiy tasnifning tegishli moddalari bo‘yicha xarajatlar smetalarida nazarda
tutilgan, ajratilgan byudjet mablag‘lari bilan, kapital qo‘yilmalar xarajatlari bo‘yicha esa - har bir ob’ekt bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan kapital qo‘yilmalar bilan chegaralanadi.
G‘aznachilik bo‘limlarida I va II guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik majburiyatlar ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlarni to‘lash uchun naqd pul olishga so‘rovnomalar asosida ro‘yxatga olinadi. III va IV guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik majburiyatlar belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar asosida ro‘yxatga olinadi.
Byudjet tashkilotlarini byudjet mablag‘lari hisobidan shartnomalari faqat xarajatlarni qoplashga manbaning mavjudligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma va ushbu maqsadlarga ajratilgan byudjet mablag‘lari (limitlari) mavjud bo‘lgan xarid hajmigagina tuzilishi mumkin.
Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo‘yicha kelishmovchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda tashkilot ularni bartaraf etish maqsadida tushunmovchiliklar haqidagi materiallarni tegishli idoralarga taqdim etishi shart.
Qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki yoki daromadlari yo‘qligi tufayli ijro hujjatlari tashkilotga qaytarilgan taqdirda, ushbu qarzlar tashkilot rahbari ruxsati bilan belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
Da’vo muddati o‘tgan debitorlik qarzlar tashkilot rahbarining ruxsati bilan amaldagi xarajatlarni oshirish bo‘yicha hisobdan chiqariladi va bu haqda 10 kun muddatda tegishli moliya organiga xabar qilinadi.
Da’vo qilish muddati tugagan byudjet mablag‘lari bo‘yicha yuzaga kelgan deponent qilingan qarz summalari tashkilot moliyalashtiriladigan (xarajatlari amalga oshiriladigan) tegishli byudjet daromadiga da’vo qilish muddati tugagan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay kiritilishi kerak.
Bunda, da’vo qilish muddati tugagan, byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha yuzaga kelgan deponent qilingan daromad sifatida aks ettiriladi.
Da’vo qilish muddati tugagan boshqa kreditorlik qarzlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
Umumiy qilib byudjet tashkilotlarida debitorlar va kreditorlar hisobini yuritishning hususiyatlarini quyidagicha tavsiflash mumkin:
Yuridik va moliyaviy majburiyatlar G‘aznachilik va uning hududiy bo‘limlarida ro‘yxatga olinishi;
Tovar (ish, xizmat)lar yetkazib berish bo‘yicha mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan tuziladigan shartnomalarida oldindan to‘lov 15 foiz miqdorda belgilanishi;
Tovar (ish, xizmat)lar yetkazib berish bo‘yicha mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan tuziladigan shartnomalar summasi 300 AQSh dollari miqdorigacha bo‘lsa tanlov o‘tkazilmasdan to‘g‘ridan - to‘g‘ri shartnomalar tuzish;
Tovar (ish, xizmat)lar yetkazib berish bo‘yicha mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan tuziladigan shartnomalar summasi 300 AQSh dollaridan 100 ming AQSh dollariga teng miqdorigacha bo‘lsa tanlov o‘tkazilib(birja savdolari ma’lumotlari asosida) shartnomalar tuzish;
Moliyaviy majburiyatlarni g‘aznachilik bo‘limlari tomonidan to‘lab berilishi va boshqalar.
Byudjet tashkilotlarida debitorlar va kreditorlar hisobini yuritishda buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
oDebitorlar va kreditorlar hisobini qonunchilik talablari bo‘yicha tashkil etish;
oDebitorlar va kreditorlar hisobini o‘z vaqtida buxgalteriya birlamchi, yig‘ma, hisob registrlarida aks ettirib borish;
oTovarlar(ish va xizmatlar) yetkazib berish bo‘yicha mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan tuziladigan shartnomalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirib to‘lov grafiklari tuzib ro‘yxatdan o‘tkazish uchun g‘aznachilik bo‘limlariga taqdim etish;
oIsh xaqi va unga tenglashtiriladigan to‘lovlar, xizmat safari harajatlariga naqt pul olish uchun g‘aznachilik bo‘limlariga o‘z vaqtida so‘rovnomalarni taqdim etish;
oDebitorlik va kreditorlik majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash;
oIsh haqi va unga tenglashtiriladigan to‘lovlar bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish;
oDebitorlar va kreditorlarni buxgalteriya hisobvaraqlarda holati va xarakatini aks ettirib borish;
oDebitorlar va kreditorlar hisobi bo‘yicha to‘liq hamda aniq buxgalteriya axborotlarini shakllantirish va boshqalar.
Debitorlar va kreditorlarni hisobda aks ettirish uchun schyotlar rejasida quyidagi schyotlar belgilangan:
“Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar”;
“Byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob- kitoblar”;
“Xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar”; 18 “Boshqa hisob-kitoblar”.
Bu schyotlar aktiv-passiv schyotlar hisoblanib debet tomonidagi qoldiq summa debitorlik qarzni, kredit tomonidagi qoldiq summa kreditorlik qarzdorlikni bildiradi.