Menejmentning evoutsion rivojlanishi



Download 207,12 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi207,12 Kb.
#242742
Bog'liq
Falsafa 1

Grafikaning tasviriy vositalari


74-20 M guruh talabasi

Musayev Tohirjon

Grafika (yun. graphike, grapho — yozaman, chizaman) — tasviriy sanʼat turi. Rasm va rasm sanʼatiga asoslangan, lekin oʻz tasvir va ifoda vositalariga ega boʻlgan bosma badiiy asarlar. "G." termini dastlab xat va xattotlik sanʼati maʼnosida qoʻllangan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlaridan yangi maʼno kasb etdi, poligrafiya sanoatining rivoji, fotomexanikaning vujudga kelishi bilan G. tasviriy sanʼat turiga aylanadi. Asosiy turlari: dastgohli G. (amaliy ahamiyatga ega boʻlmagan, mustaqil rasm, estamp, lubok), kitob, gazeta-jurnal G.si (illyustratsiya, bosma mahsulotlarni bezash, ularni shakllantirish), amaliy grafika (sanoat G.si, pochta markalari, ekslibris), plakat. Ifoda vositalari: kontur chiziq, shtrix, dog (qora, rangdor), varaq zamini (koʻpincha oq qogʻoz).

G.ning uslubiy vositalari turli-tuman: naturaga qarab tez chiziladigan xomaki chizgilar, etyud, eskizlardan tortib, to puxta oʻylab, mulohaza yuritib ishlanadigan kompozitsiyalar (biror xrlat, manzara tasvirlangan; bezak maqsadiga xizmat qiladigan; shrift kompozitsiyalari)gacha. G. asarlari, mahsulotlari tez tayyorlash imkoni, sikl va turkumlar yaratish mumkinligi, tashviqot va targʻibotga mosligi va boshqa Uni tasviriy sanʼatning eng ommaviy muhim sohasiga aylantirdi.

Texnikasi jihatidan G. 2 turga ajratiladi: qoʻlda chiziladigan rasm va matbaada chop qilinadigan, koʻp nusxada nashr etiladigan bosma mahsulotlar (gravyura, litografiya, monotipiya va shahri k.). Rangtasvir bilan G. chegarasidagi akvarel, guash, pastel rang-tasvirga ham, G.ga ham mansub boʻlishi mumkin. Birinchisining tarixi juda qad. boʻlib ibtidoiy odamlar gʻor devorlariga, qoyatoshlarga chizib qoldirgan ibtidoiy sanʼat namunalaridan boshlanadi. Ikkinchisi, asosan, poligrafiya rivoji bilan bogʻliq, lekin poligrafiya sanoati vujudga kelishidan ancha oldin ham Xitoyda 6—7-asrlar (Yevropada 14—15-asrlar)da gravyura ishlangan. Litografiya esa 19-asrdagina vujudga keldi.

G. ishlatiladigan asosiy sohalardan biri kitob boʻlib, oʻrta asrlarda vujudga kelgan xattotlik va kitob yaratish ishining sanʼatga aylanishi, qoʻlyozma kitoblarni yozish va bezash sanʼat turi sifatida rivojlanishi oqibatida miniatyura sanʼati rivojlangan, uning turli-tuman maktablari vujudga kelgan. Jahonning eng yirik muzeylarida jozibador bezatilgan qoʻlyozma kitob namunalari saklanadi. Rassomning kitob yaratish jarayonidagi mehnati, ayniqsa, poligrafiya sanoati vujudga kelganidan keyin katta ahamiyat kasb etdi, kitob mazmunini kitobxon koʻz oʻngida gavdalantirishda xizmat qiladigan rasmlarni endi fotografiya imkoniyatlaridan foydalanib koʻplab nusxalarda nashr qilish imkoni tugʻildi. Shunday kilib, kitob G.si va plakat kishilarga maʼnaviy taʼsir koʻrsatishning kuchli quroliga aylandi. Rassom rasmdan tashkari kitobning muqovasi, sarvaragʻini be-zaydi, turli bezak unsurlarini yaratadi, kitobning shriftini belgilab beradi. Sanoatning barcha tarmoqlarining rivoji mahsulotlar reklamasidan tortib yorliq, mahsulot joylanadigan bezakli qutichalar, oʻrov materiallari va shahri k.ni yaratishni taqozo etdi, grafik rassomlarning G. turlari boʻyicha ixtisoslashuvlarini talab qildi.

Kitob G.si va u bilan bogʻliq dastgohli G. jadal rivojlandi. Bu sohada yirik rassomlar ijod qilgan: Germaniyada A. Dyurer, L. Kranax, G. Golbeyn Kichkina, K. Kolvits; Italiyada J. Piranezi; Niderlandiyada L. Leydenskiy; Gollandiyada Rembrandt; Flandriyada P. P. Rubens; FransiyadaJ. Kallo, O. Domye; Ispaniyada F. Goyya; Rossiyada A. Zubov, A. Venesianov, O. Kiprenskiy, I. Shishkin, V. Serov va boshqa

20-asr jahon G.sining yetuk namoyandalari: P. Pikasso, J. Effel (Fransiya); R. Guttuzo, G.Mukchi (Italiya); F. Mazerel (Belgiya); X. Bidstrup (Daniya); R. Kent (AQSH); G. va L. Grunding , O. Nagel. V. Klemke (Germaniya); T. Kulisevich, Yu. Mroshchik (Polsha); D. Moor, V. Deni, V. Favorskiy, A. OstroumovaLebedeva, Kukrinikslar (Rossiya) va boshqa


E’tiboringiz uchun raxmat


Download 207,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish