Demak, sinfdan tashqari ishlarning barcha elementlari o’zaro bog’liq bo’lib, bir-biriga ta’sir ko’rsatadi



Download 55,49 Kb.
Sana18.02.2022
Hajmi55,49 Kb.
#450106
Bog'liq
Kimyo kechasini-WPS Office


Kimyo kechasini o’tkazish. Buning uchun avvalo mavzu tanlanadi. Mavzu turlicha bo’lishi mumkin. Ayrimlari barchaga ma’lum bo’lgan moddalarni chuqurroq o’rganishga ("Suv — oddiy va mo’jizakor modda, "Osh tuzi",) qaratilsa, boshqalari kimyoviy jarayonlarni (masalan, "Olov sirlari") o’rganishga qaratiladi. Boshqalari mamlakatimizning ichki xayotini o’rganish muammolariga (masalan, "Kimyo va paxta xosili", "Vatanimizning tabiiy boyliklari" va x.k.) qara­tiladi. Kimyogar-olimlarning xayot faoliyatiga bag’ishlangan kechalar (D. I. Mendeleev, A. M. Butlerov, M. V. Lomonosov, N. I. Zinin, A. P. Borodin, A. Ye. Favorskiy, N. D. Zelinskiy, O. S. Sodikov, S. Yu. Yunusov, X. U. Usmonov, M. N. Nabiev) juda qiziqarli o’tadi. Ayniqsa, maktabda topishmoqli va qiziqarli kimyo kechalari katta muvaffaqiyatga erishadi.

Agar maktabda kimyo to’garagi mavjud bo’lsa, kechani o’tkazish uning a’zolariga topshiriladi. To’garak bo’lmasa, kechani o’tkazish bo’yicha tashkiliy qo’mita tuzilib, kechaning mavzusi va senariysi muxokama qilinadi va xar bir a’zoga tegishli ishlar topshiriladi. Bu ishlar quyidagilar bo’lishi mumkin:

Kechaning mazmunini tanlash, dasturini muxokama qilish va senariyni ishlab chiqish. Bu bosqichda yetakchi rolni kimyo o’qituvchisi o’ynaydi. Ammo o’quvchilar xam o’zlarining xal qiluvchi xissalarini qo’shadilar. Kimyoviy mavzuda ko’rinishlar, she’rlar yozadilar. Jur­nal va badiiy adabiyotlardan materiallar tanlaydilar.

Kechaga kimyogar-olimlar, ishlab-chiqarish ilg’orlaridan vakillarni taklif etish. Bu o’quvchilarga aloxida topshiriq xisoblanadi.


Kimyo kechasini tashkillash va o’tkazish har bir ishtirokchidan katta mehnat talab qiladi.bir vaqtning o’zida ommaviy tadbirni o’tkazish har bir ish tavsifi va yo’nalishiga ta’sir qiladi. Bu sinfdan tashqari ishning shakl va xillari o’rtasida o’zaro integratsiya bo’lishini ko’rsatadi.

Demak, sinfdan tashqari ishlarning barcha elementlari o’zaro bog’liq bo’lib, bir-biriga ta’sir ko’rsatadi.

“Men aminmanki, kimyo bilan qiziqib, uni o’zi uchun mutaxassislik sifatida tanlab olganlar orasida bundan afsuslanuvchi biror kimsa topilmasa kerak” –degan edi rus olimi N.D.Zelinskiy. haqiqatdan ham kimyo qiziqarli va mo’jizakor fandir.

Shu jixatdan kimyo kechalarini tashkillash va o’tkazishda mo’jizakor kimyoning qiziqarli tajribalardan o’rinli foydalanish o’quvchilarni kimyo faniga qiziqtirbgina qolmasdan, balki kimyoviy bilimlarni chuqur egallashlarida muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Kimyo kechalarini o’tkazishda qiziqarli tajribalarni tanlash va namoyish etish muhim axamiyatga ega. Bunda avvalo kimyo kechasini mavzusiga oid tajribalar tanlanib, kimyo to’garagi a’zolari tomonidan amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Chunki, to’garak a’zolari bu tajribalarni kimyo to’garaklarida bajargan bo’lishlari mumkin. Bu esa tajribalarni muvaffaqqiyatli chiqishiga yordam beradi. Avvalo tanlangan tajriba qiziqarli, shu bilan birga oson bajariladigan, kam vaqt sarflanadigan, qizdirish, yoki boshqa sharoitlar zarur bo’ladigan bo’lmasligi kerak. Chunki ko’pgina kimyo kechalari odatda katta xonalarda o’tkazilishi munosabati bilan ayrim tajribalarni bajarish imkoniyati bo’lmasligi mumkin.

Shu nuqtai nazardan men, kimyo kechalarida bajariladigan ayrim qiziqarli tajribalarni keltirib o’taman.

Gugurtsiz olov yoqish.

Suvdan sut hosil qilish.

Sirli yozuvlar.

Bir suyuqlikdan uch xil cho’kma.

Tuxumxo’r grafin.

Oq qanddan qora ustun.

Qand yonadimi?

Sun’iy vulqon.

Fir’avn iloni.

Qon hosil qilish.

Tosh yonadi.

Qog’ozning ko’mirlanishi.

Olov sochuvchi ajdarxo.

Tuxum archilmay tozalanadi.

Yozuvlar qanday paydo bo’ladi?

Bundan tashqari ba’zi bir zaxarli, portlovchi, uzoq vaqt saqlanadigan tajribalarni videolavhalar orqali namoyish etish ham mumkin.
Kimyo – bashariyat baxti yashiringan moʻjizalar maydonidir: tafakkurning eng buyuk kashfiyotlari aynan shu sohada amalga oshajak.

M.V.Lomonosov


ILMI KIMYO MADHI

Kimyo – bashariyat saodati yashirilgan moʻji-zalar sohasidir: tafakkurning buyuk kashfiyot-lari aynan shu sohada amalga oshajak.


M.Gorkiy (rus yozuvchisi)

Juda qadim zamondan,


Maʼlumdir ilmi kimyo.
Insonga har tomondan
Foydasidir bir dunyo.

Barq tushib yongach oʻrmon ,


Insonlar topgan olov.
Oʻtsa hamki ming zamon
Otash insonga yalov.

Foydalanib olovdan,


Yedilar pishgan taom
Inson zoti xavondan,
Farqlanib ketdi tamom.

Kashf etildi ketma–ket,


Kimyoviy elementlar.
Kislota, qotishmalar,
Turli–tuman fermentlar.

Ming–minglab allomalar,


Tunu kun izlandilar.
Goxo topdilar jazo,
Goxida sizlandilar.

Moddalar tuzilishin,


Asroriga yetdilar.
Molekula atomlarni,
Butkul tadqid etdilar.

Bu kun mavjud atir–upa


Necha yuz xil boʻyoqlar.
Joziba–la, tovlandi–
Sochu, dudoq yanoqlar.

Yaratilgach suniy tola,


Ming turdagi matolar.
Yoshlar kabi libosdadir,
Xatto chollar, momolar.

Olov bois yaratildi,


Sopol, chinni buyumlar,
Plastmassa , billur, oyna,
Olovbardosh quyumlar.

Kimyo bois tayyorlanar,


Taomlarning ming turi.
Sirka–yu, non, ichimliklar,
Totli biridan–biri.

Kashf etilgach taomlarni,


Uzoq asrashning yoʻli,
Zahiraga qoʻyilmoqda,
Dori –darmonning moʻli.

Kimyo bois olgʻa ketdi,


Ilmi dorishunoslik,
Ular bois minglab darddan,
Bashar topdi haloslik.

Kimyo bois taftish boʻldi,


Qonning barcha asrori,
Ushbu kunda daf etilar,
Qonning yuzlab agʻyori.

Ushbu kunda yaratilgan,


Oʻnlab dori, oʻgʻitlar,
Naf oluvchi foydali don,
Oʻlar – yovvoyi oʻtlar.

Yaratilgach zamonaviy


Qurilishbop ashyolar,
Olam yuzin bezamoqda,
Osmon oʻpar binolar.

Kashf etilgach oʻta yangi


Yoqilgʻilarning turi,
Paydo boʻldi ming xil moshin,
Samoni quchmoq siri.

Poroxni kashf aylagach,


Insoniyat dahosi,
Undan topdi kushoyish,
Minglab ish intixosi.

Bu kun maʼlum minglab xilda,


Kir yuvish kukunlari,
Boʻyoqlardan jilolanar,
Nashrlar ruknlari.

Xulosa shu: – Bashariyat –


Yuksaltirgach kimyoni,
Kimyo ilmi jilo berib,
Yuksaltirdi dunyoni!
Tabiyotning kimyoviy
Elementlar va ular,
Turli birikmalarin –
Qaysi fan tahlil qilar?

10. “Mineral kimyo” nomin


Olgan edi qaysi fan?
Jonsiz qattiq moddalarni
Taftish etar ushbu fan.

11. Tirik mavjudotlarda


Harakatni olib tan,
Tarkib, reaksiyani
Oʻrganadi qaysi fan?

12. Kosmik jism, moddalar


Kimyoviy tarkibini,
Kimyoviy elementlar
Fazoda taqsimini,
Hamda kosmik moddalar
Yaralish tahlilini –
Haryoqlama olib tan,
Oʻrganadi qaysi fan?

13. Kimyoning qay boʻlimi


Dala bilan bogʻliqdir,
Oʻsimlik hamda tuproq,
Bu fan uchun boylikdir?
Quyida men ayrim tajribalarni bajarish yo’llarini bayon etaman.

1-tajriba. Gugurtsiz olov yoqish. 3 ta chinni kosachaga 0,5 gr KMnO4 tuzidan solinib, ustiga konsentrlangan H2SO4 dan 1-2 ml quyiladi. Biroz vaqt o’tgandan so’ng, oldindan tayyorlab qo’yilgan spirtga ho’llangan paxtani birin-ketin kosachalarga tashlanganda, paxtalar o’z-o’zidan yonib ketadi.


2KMnO4 + 3H2SO4= K2SO4 + 2MnSO4 + 3 H2O +5”O”

C2H5OH + 6”O”→ 2CO2 + 3H2O

Bu holda atomar kislorod juda kuchli oksidlovchi bo’lgani tufayli spirtni oksidlab yondirib yuboradi.

2-tajriba. Yozuvlar qanday paydo bo’ldi? Oldindan tayyorlab qo’yilgan 4 varaq oq qog’ozga Na2S tuzi eritmasidan purkalsa, qog’oz betida yozuvlar paydo bo’ladi.


Bu tajriba shunday bajariladi: oq qog’ozlarning birinchisiga qo’rg’oshin atsetat tuzining eritmasi bilan “bahor”, ikkinchisiga MnCl2 tuzining eritmasi bilan “yoz”, uchinchisiga SbCl3 tuzining eritmasi bilan “kuz” va to’rtinchisiga esa CdCl2 tuzining eritmasi bilan “qish” so’zlari yoziladi. Xulosa qilib aytganda har bir kimyo kechasini muvaffaqiyatli chiqishi qiziqarli tajribalarning tanlash, o’tkazish va mohiyatini to’liq ochib berish orqaligina ahamiyatga molikdir.
Qand yonadi.
Qand yonadimi? Xa, yonadi. Ajabo! Qandning o’zi yonmaydi. Ammo katalizator ishtirokida yaxshi yonadi.

Bir bo’lak qandni olib, yoqib ko’rilsa u yonmaydi. Agar nam barmoqni kuldondagi kulga botirib, qandni ushlansa va o’sha yeri yoqilsa, qand qizg’ish alanga chiqarib yona boshlaydi. Bunga sabab kulda boshqa mikroelementlar bilan birga litiy karbonat tuzi xam mavjudligidir. Bu tuz qandning yonishida katalizatorlik vazifasini bajaradi. Qand esa, xavodagi kislorod xisobiga yonadi.

C12H22O11+12O2=12CO2+11H2O
Sun’iy vulqon.
Chinni yoki sopol plitka ustiga 3-4 g chamasi to’q sariq tusli ammoniy bixromat tuzidan solinadi, unga ozgina spirt tomiziladi-da, extiyotlik bilan yoqiladi. Yonish davom etgani sari vulqon otilishini eslatadigan olov uchqunlari paydo bo’ladi va qoramtir - yashil tusdagi kulsimon moddalar atrofga sochila boshlaydi. SHu paytda xona chirog’i o’chirilsa, “vulqon” otilishi yanada manzarali bo’ladi.

Bir necha minutdan keyin “vulqon” otilishi susaya borib, nixoyat so’nadi. Plitka ustida bixromat tuzi xajmiga nisbatan 10 - 15 marta ko’p bo’lgan, konussimon uyum xosil bo’ladi.




6-rasm.
Yashil qoramtir - yashil xrom (III) oksidi, suv bug’i va azot gazini xosil qiladi. Buning siri shundaki, qizg’ish tusli ammoniy bixromat tuzi yonganda qoraqiladi.

(NH4)2Cr2O7 t-oCCr2O3+N2+ 4N2O

ammoniy bixromat xrom III oksid

qizg’ish to’q yashil
Reaktsiya natijasida xosil bo’lgan azot gazi va suv bug’i shiddat bilan yuqoriga otilib chiqadi va o’zi bilan birga yashil - qoramtir xrom (III) oksidini xam yuqoriga ko’taradi. Suv bug’i va azot gazi xavoga tarqalib ketadi, xrom (III) oksidi esa, konussimon uyum xosil qiladi.

Xosil bo’layotgan gazlar va ajralayotgan issiqlik tasirida xrom (III) oksidi g’ovaklashadi, shu sababli uning xajmi kattalashadi.

Suni esdan chiqarmaslik kerakki, xrom (III) oksidi g’oyat zaxarli modda, tajriba davrida nixoyatda extiyotkorlik talab qilinadi.
Firoavn iloni.
Bu tajribani 8 - sinfda azot mavzusini o’tganda, 9 - sinfda CO2 ni olinishi va simob va uning birikmalari o’rganilganda, shuningdek, kimyodan kechalar o’tkazganda bu tajribani namoyish etish katta qiziqish uyg’otadi.

Bir bo’lak tuxum shaklidagi bo’r yoqilsa kishini xayron qoldiruvchi olachipor ilon paydo bo’lib, u vishillab xarakat qila boshlaydi. Ajabo, bu qanday xosil bo’ldi? Bu tajribani quyidagicha bajarish mumkin: 2 ta stakan olib, birinchisiga 30 ml distillangan suv quyiladi va suvda 3.24 g simob (II) nitrat tuzi eritiladi. Ikkinchisiga xam shuncha miqdor suv qo’shib, unda 1.94g kaliy rodanid tuzi eritiladi-da, bir stakandagi eritma ikkinchisiga quyiladi. Natijada pag’a-pag’a ko’rinishda oq cho’kma xosil bo’ladi. Xosil bo’lgan modda filtrlanadi. Uni bir oz quritish uchun quritish shkafida qoldiriladi. Modda yarim quruq xolga kelganda qoliplanadi, ya’ni xoxlagan shaklga (tuxumsimon, tayoqchasimon) keltiriladi va quritiladi.

Quritilgandan keyin unga gugurt chaqib tutilsa, undan pishqirib chipor tusli, xuddi suv ilonga o’xshash alanga chiqara boshlaydi. Bu tajribada xavo kislorodining ishtiroki bilan simob (II) rodanid tuzi yonib, simob (II) sulg’fid, simob (II) oksid moddalari, uglerod (IV) oksid, sulьfid angidrid va erkin azot xolidagi gazlar xosil bo’ladi.

4Hg(CNS)2+15022 HgS+2 HgO + 8 CO2+65 O2+2N2

simob II rodanid simob II oksid

Reaktsiya natijasida xosil bo’lgan simob (II) sulfid va simob (II) oksid qattiq modda bo’lgani uchun pufaksimon parda xosil qiladi. Yonish vaqtida xosil bo’ladigan uglerod (IV) oksid, sulfid angidrid va azot gazlari pufakchalar pardasi yorilmagani uchun chiqib keta olmaydi. Gazlarning bosimi natijasida pardali pufakchalar tirik ilon kabi xarakat qiladi.

Bu firoavn iloni deb xam yuritiladi. Firoavn iloni xaqida afsonalarda qiziq rivoyatlar bor. Qadim zamonlarda Misrda xukmronlik qiluvchi Firoavn, yaoni podsho o’zining yer yuzining xudosi deb e’lon qilibdi. Xudolik daovosini qilish uchun uning oddiy xalq bajara olmaydigan “mo’jiza” ko’rsatish kerak ekan. SHundagina avom xalqning maolum bir qismi firoavnga ishonishi mumkin ekan. SHuning uchun firoavn xalq o’rtasida “mo’ojiza” ko’rsatishga qaror qilibdi. Kunlarning birida, u xalqni katta maydonga to’plash xaqida buyruq beribdi. Maydonga odam to’planganidan keyin firoavnning ko’rsatmasiga muvofiq uning xizmatkorlari uzunligi 25-30 santimetr, diametri ikki santimetr chamasidagi beshta tayoqni maydon o’rtasiga keltirib qo’yishibdi, tayoqlar yondirilibdi. SHu ondayoq tayoqlardan pishqirib, og’zidan olov va tutun chiqargan xolda ajdaxoga o’xshagan, uzunligi bir necha metr keladigan beshta katta “ilon” vishillab chiqibdi. Xamma xayratdan yoqasini ushlashibdi.

Firoavn ilonlari tashqi ko’rinishi jixatidan ilonga o’xshasa-da aslida yuqoridagi tajribada ko’rganimizdek simob (II) (tajribada) rodanid tuzining yonib parchalanishidir xolos. Bu yerda xech qanday boshqa sir yo’q.


Sun’iy qor.
Bir tarelkaga bir necha g’isht bo’lakchasi solib, uning orasiga quruq navda o’rnatiladi. Tarelka atrofiga esa vazelin surtib chiqiladi. G’isht bo’lakchalariga va uning atrofiga o’n ikki osh qoshiqda ozgina sinpka aralashtirilgan osh tuzi, tuzning ustiga esa extiyotkorlik bilan 6 qoshiq suv sepiladi va tarelka issiq yerga qo’yib qo’yiladi. Xar kuni pipetka orqali 1-2 qoshiq suv sepib turiladi. Ertasigayoq “qor” bilan qoplanadi.

1-rasm


Bu shunday sodir bo’ladi: quruq osh tuzi suvni shimib unda eriydi. Xosil bo’lgan kontsentrik eritma portlashi natijasida g’isht bo’laklari va shox navdasida “qor” singari oppoq mayda kristallar xosil bo’ladi.

6-tajriba. Sexrli tayoqcha.


To’rtta probirka olib, birinchisiga fenolftalein, ikkinchisiga o’yuvchi natriy eritmasi, uchinchisiga xlorid kislota eritmasi, to’rtinchisiga esa siyox quyiladi. SHisha tayoqcha birinchi probirkadagi fenolftaleinga botirib olinadi-da, darxol og’zi barmoq bilan berkitiladi (unda fenolftalein bor). So’ng shisha tayoqcha ikkinchi probirkaga tushiriladi (tushirilganda barmoq ochiladi) va eritma chayqatiladi. Probirkadagi eritma kishilarni xayron qoldirib, darxol to’q-qizil rangga kiradi. Sexrli tayoqcha uchini probirkaga botirib olinadi (barmoq ishga tushadi). So’ng yana ikkinchi probirkaga tushirib chayqatilsa, eritma rangsizlanib qoladi.

Tayoqcha uchinchi probirkaga botirib olinadi-da (bunda xam barmoq ishga tushadi), keyin to’rtinchi probirkaga tushirib chayqatiladi, natijada siyox rangsizlanadi.

Sexrli tayoqcha fenolftalein yordamida ishqor va kislotalarning rangini o’zgartiradi.

7-tajriba. Yozda yaxmalak.


Stakandagi toza suvga kichik bo’lak tuz tashlansa suv muzlab qoladi. Ajabo, saratonda bu qanday yaxmalak?

Bu sirni ochish uchun quyidagi tajriba bajariladi. Avvalo Glauber tuzining to’yingan eritmasi tayyorlanadi. (Bu tuzni shifokor-kimyogar Glauber topgani uchun uning nomi bilan yuritiladi). Buning uchun Glauber tuzi xavonchada tuyiladi-da, qaynoq suvga (70-800C) oz-ozdan solib to’yinguncha eritiladi.

Bu yuqori temperaturada tayyorlangan to’yingan eritma ikkinchi stakanga filtrlanadi va sovitiladi. Sovigan eritmaga Glauber tuzining kristalidan tashlansa, stakanda tuzning quyuq kristallari paydo bo’lib, muz singari qotib qoladi. Yozda xam yaxmalak xosil bo’larkan.

8-tajriba. Sirli yozuvlar.


Uch varaq oq qog’oz olib, qora qalam bilan bilinar - bilinmas qilib birinchisiga Dilfuza, ikkinchisiga Malika, uchinchisiga Nargiza so’zlari yoziladi. Yozuvlar ustiga soda eritmasi surib, quritiladi. Qog’oz oppoq bo’lib qoladi. Unga Pulferizatordan suyuqlik purkalsa, oq qog’ozlar betida to’q - qizil rangli yozuvlar paydo bo’ladi. Bu shunday paydo bo’ladi: Pulferizator ichida fenolftalein eritmasi bor edi. Soda suvda gidrolizlanib gidroksil ionini ajratadi, bu ion fenolftaleinning rangini qizartiradi.

Tuxumxo’r grafin.


Stol ustiga grafin qo’yilgan. Grafin ustida uning og’ziga sig’maydigan tuxum turibdi. Salima tuxumni oldi-da, bir probirkadagi suyuqlikni quygan edi grafin tuxumni yuta boshladi.

- Tavba, shisha tuxum yutishini tushumda xam ko’rmagan edim, - deb qo’ydi kimyo kechasida o’tirgan Karimning onasi.

Qani, bir o’ylab ko’ring-chi, grafin qanday qilib tuxumni yutdi? Bu qanday ximiyaviy reaktsiyaga asoslangan?

Tajribani quyidagicha bajarasiz. Bir probirkada o’yuvchi kaliyning kontsentrlangan eritmasidan tayyorlab qo’ying, so’ngra yaxshi pishirilgan tuxumning po’chog’ini extiyotlik bilan archib tashlang. Bunda tuxumning ba’zi joylari buzilsa, yirtilsa, shuningdek, xavo pufagi tuxumning o’rta beliga to’g’ri kelib qolgan bo’lsa, tajriba chiqmay qolishi mumkin. Olgan tuxumingizda shunday nuqsonlar bo’lgan taqdirda uni boshqasiga almashtirish zarur.



Endi suv solib quyiladigan odatdagi grafin yoki og’zi kengroq 1-1.5 litr sig’imi kolba oling-da, Kipp apparatidan chiqayotgan uglerod (IV) - oksid gazi bilan to’ldiring va grafin og’ziga archilgan tuxumni qo’ying. Tuxumning diametri grafin og’zining diametridan ancha katta bo’lgani uchun uning og’ziga qopqoq bo’lib qoladi. 4-rasm

Shundan keyin grafin og’zidagi tuxumni olib, grafin ichiga probirkadagi o’yuvchi kaliy eritmasidan quyiladi. Shu ondayoq tuxum ingichkalashib, cho’zilib grafin ichiga kirib keta boshlaydi va bir necha sekund ichida grafin ichiga tushib ketadi.

Xo’sh, grafin tuxumni nega yutdi?

Bunga sabab shuki, grafinga o’yuvchi kaliy eritmasi quyilganda u karbonat angidrid bilan reaktsiyaga kirishadi, natijada grafinda bosim kamayadi.


Suvdan sut xosil qilish.

Diqqat qiling, suvdan qanday qilib sut xosil bo’lishini ko’rasiz. Grafindan stakanga tiniq toza suv quyib, ana shu suvga bir chimdim tuz solinsa xam u sutga aylanmaydi?

Mana sizga ichi quruq bo’sh stakan. Buni stol ustiga qo’ying. Endi mana bu ikki stakandagi tiniq suvni ikki qo’lingizga oling. (Ichish yoki mazasini totib ko’rish yaramaydi). Faqat ko’z bilan sirtdan qarab ularning tiniqligi va tozaligiga qanoat xosil qilsangiz bas. Shundan keyin xar ikki stakandagi suvni stol ustidagi bo’sh stakanga birdaniga quying.

Nima ko’rasiz?

Qiziq! Stakanga suv quydim. Ammo stakan suv bilan to’ldi.

Nega shunday bo’ldi. Bilmadingizmi?

Grafindan stakanga tiniq “suv” quyilganda xam, ikkita stakandagi “suv”ni bir - biriga quyganda xam ximiyaviy xodisa - almashinish reaktsiyasi ro’y beradi. Almashinish reaktsiyalari vaqtida ikkita murakkab modda molekulalarining tarkibiy qismlari o’zaro almashinadi. Birinchi tajribada olingan stakandagi suyuqlik toza suv bo’lmasdan bariy xlorid BaCl2 tuzining tiniq eritmasi bo’lib, uning ichiga tashlangan tuz esa osh tuzi emas, balki glauber tuzi (Na2SO4 * 10H2O) edi.
Ikkinchi tajribadagi stakanlarning birida bariy xlorid tuzi eritmasi, ikkinchisida esa glauber tuzi eritmasi bor edi.

BaCl2 + Na2SO4 = Ba SO4 + 2NaCl



Bariy sulfatning rangi oq va suvda erimaydi, shuning uchun u oq tusli loyqa xosil qiladi. Bu esa sutga o’xshab ko’rinadi.

7-sinfda kislorod mavzusi o’rganiladi. Bunda kislorodga oid bilimlar aytib o’tiladi. Kislorod so’zining lug’aviy manosi kislota demakdir. Kislorod tabiatda juda ko’p tarqalgan element bo’lib, yer qobig’ining og’irlik jixatdan 49.5% ni tashkil etadi. Tabiiy jarayonlarda kislorod muxim rol o’ynaydi. Kislorod xar yerda xozir, lekin ko’zga ko’rinmasdir. Kislorod yonmaydi faqat yonishga yordam beradi. Bu xossalarini o’rganish uchun quyidagi tajribani bajarib ishonch xosil qilish mumkin.
Download 55,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish