306
Qayta haydash – sharant 1 kubli davriy uskunada olib boriladi. SHarob kubga
quyiladi va qayta haydashdan chiqqan spirt - xom spirt deyiladi. Bu jarayon uch
marotaba takrorlanadi. Olingan xom spirtni uchta partiyasi assamblyaj qilinadi,
aralashma qayta qaynatiladi va spirt uchta qismga ajratib olinadi: bosh, o‗rta
va dumli
fraksiyalar.
Konyak tayyorlashda o‗rta fraksiyalari olinadi va saqlashga beriladi.
Sharantada qo‗llaniladigan qayta haydash uslublari turlidir. Ayrim holda,
xushbo‗yligi kuchli konyak spirtini tayyorlash uchun sharobga distillyatni oxirgi
(dumli) fraksiyasi qo‗shiladi va u bilan birga qayta haydaladi. Ammo, bunday olingan
xom spirtni quvvati baland bo‗lganligi uchun, bu uslub kam ishlatiladi.
Xom spirtni quvvati 30 % dan baland bo‗lsa, undan kamdan kam yaxshi
konyak spirtini olish mumkin. Nordon sharobni dastlabki quvvati 10-11 x % bo‗lgan
bo‗lsa undan olingan xom spirtni quvvati 30-32 xatto 35x % bo‗lishi mumkin. Uning
quvvati faqat toza, yumshoq suv bilan suyultirilib 29x % ga etkaziladi, lekin
qo‗shiladigan suvning hajmi 10 % dan ko‗p bo‗lmasligi kerak. Boshqa holda xom
spirtga dastlabki qayta xaydashdagi bosh va oxirgi fraksiyalar qo‗shiladi. Distillyatni
quvvati 58x% etishi bilan, o‗rta fraksiyani olish boshlanadi. Spirtni quvvati 70,5-71x
% ga etishi bilan o‗rta fraksiyani olishni to‗xtatiladi. (≤57). Bu qoidaga rioya
qilmaslik quo‗o‗ati 58-60x % li spirtda oxirgi fraksiyasiga
xos yoqimsiz tuslarni kelib
chiqishiga olib keladi.
Konyak spirti er yuzasidagi xonalarda eman bochkalarda (hajmi 220 l)
saqlanadi. Eman bochkalarini yasashda faqat Limu emanidan foydalaniladi. 40-50
yoshlik dubdan eng yaxshi klyonka yasaladi; bochkalarni to‗lg‗izganda 2 litr kam
quyiladi.
O‗zbekistonda konyak ishlab chiqarish urush yillaridan so‗ng rivoj topdi.
Konyak ishlab chiqarish uchun qulay viloyatlar: Toshkent, Surxondaryo, Samarqand
va Buxoro viloyatlaridir. Bayan-SHirey, Baxtiori Parkent uzum navlaridan yaxshi
konyak xom sharobi tayyorlash mumkin. Toifi, Nimrang, Rkatsiteli, Kuldjinskiy,
Aligote uzumlaridan xam konyak xom sharobini olish mumkin. (Samarqand, KV-
O‗zbekiston, Xalqobod) shular jumlasidandir.
307
Konyak texnologiyasi konyak xom sharobini tayyorlash, konyak spirtini olish,
uni saqlash va konyak tayyorlashdan iborat.
Konyak xom sharobi oq, pushti, qizil uzum navlaridan oq sharoblarga uzumni
qayta ishlash texnologiyasidan tayyorlanadi. qayta ishlashga faqat sog‗lom uzum
beriladi. SHarbatni tindirganda sulfitlanmaydi. Bijg‗ish haroratini 16-25ºS da olib
borish kerak.
Konyak ishlab chiqarishda qo‗llanadigan xom sharobni quvvati 8x %-kun,
titrlanadigan kislotalilik 1,5 g/l dan aniq, uchuvchan kislotalar 1,3 g/l dan kam va
umumiy SO
2
miqdori – 15 g/l kam bo‗lishini ta‘minlash kerak. Ularning rangi och-
hashak rangidan to pushtigacha, begona hidsiz va ta‘msiz. Xom sharoblar yaxshi
tinmagan, tarkibida 2% gacha achitqi bo‗lishi kerak. Kam quvvatli xom sharoblarni
saqlash qiyin, konyak spirti olinadigan konyak qurilmasini unumdorligi pasayadi va
saqlashga ko‗p sig‗im talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: