Sovun asosiga mexanik ishlov berish. Atir sovun asosiga ishlov berish
Bevosita yoki bilvosita usullar bilan sovun pishirish qozonlarida yoki uzluksiz
ishlaydigan apparatlarda tayyorlangan sovunga tovar shaklini berish uchun sovunning
asosi sovunning turiga va naviga qarab qayta ishlanadi.
Xo‘jalik sovuni sovutiladi, quritiladi, mexanik ishlov beriladi, qoliplanadi,
bo‘laklarga bo‘linadi, shtamp bosiladi va tayyor sovun bo‘laklari yaщiklarga
joylanadi.
Atir sovunga sovutgandan, quritgandan va mexanik ishlov berilgandan so‘ng,
xushbo‘y moddalar, bo‘yoqlar, oksidlanishga qarshi va boshqa qo‘shimchalar
qo‘shiladi. Bundan keyin sovunga qo‘shimcha mexanik ishlov beriladi, qoliplanadi,
kesiladi, tayyor bo‘lgan bo‘lakchalar quritiladi, shtamp bosiladi, qog‘ozda bilan
o‘raladi va joylanadi.
156
Do'stlaringiz bilan baham: |