Muskat yong‘og‘i
- muskat daraxti mevasidir. Mag‘izning massasi 7,5 g gacha,
uzunligi 2-3 sm. Muskat yong‘og‘ining mag‘zi tuxumsimon shaklga, kulrang-
jigarrangga, kuchli, yoqimli xo‘shbo‘y hidga, o‘tkir ta‘mga ega.
Yong‘oq mag‘zi yuqori yog‘liligi bilan ajralib turadi. Umumiy yog‘ miqdori 35 % ni,
shu jumladan efir moyi 11 % gacha bo‘lishi mumkin. Muskat efir moyining asosini
aromatik moddalarini terpen uglevodorodlar – pinen, kamfen va boshqalar tashkil
qiladi.
Muskat yong‘og‘i qandolatchilik va nonvoylik sanoatida ishlatiladi.
Muskat yong‘og‘ining namligi 12 % dan oshmasligi, efir moyining miqdori 4 % ni
tashkil qilishi kerak. Zararkunandalar bilan zararlangan yong‘oqlar miqdori 5 % dan,
shu jumladan buzilgan yong‘oqlar miqdori 3 % dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |