Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va ishningdolzarbligi. Bugungi kunda kimyo sanoati jadal rivojlanib borayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining turli tarmoqlarida sifatli va chidamli aralash tolalali matolarni bo’yash muhim ahamyatgaga ega hisoblanadi. Keyingi paytlarda aralash tolalar asosidagi turli-tuman assortimentdagi gazlama va materiallarini soni kopayib ketdi. Paxta va nitron, paxta va ipak, tabiiy ipak chiqindilari bilan modifikatsiya qilingan nitron asosidagi matolarni boyash, ularga gul bosish jarayonida mahalliy xom ashyolardan olingan quyultiruvchilarni ishlatish, boyovchi moddani (BM) tog’ri tanlash yakunlovchi pardozlashda matolarning istemol sifatini yaxshilaydi. Jahonning kimyo va bo’yoqlar sanoati rivojlangan mamlakatlarida aralash tolali matolarni bo’yashda zamonaviy kimyoviy va texnologik metodlardan foydalaniladi. Hozirda paxta va tabiiy ipak iplari, paxta va nitron, ipak va nitron aralashmasidan olinayotgan matolarga katta e`tibor berilmoqda, umuman so`ngi yillarda aralashma matolarni ishlab chiqarishga imkoniyatlar yaratilmoqda. Dunyo tajribasi shuni ko`rsatadiki, nitron bilan ipak tolalari, paxta tolasi bilan ipak tolalari, paxta tolasi bilan nitron tolalari aralashmalaridan to`qimachilik mahsulotlarini keng assortimentlarini yaratish mumkin. Kiyim-kechak sanoatida chop etiladigan san’at asaridan tashqari, bosib chiqarish texnikasi eng muhim hisoblanadi. Hozirgi davrda birr nechta chop etish usullari mavjud va ularning har biri muayyan biznes strategiyasiga mos keladi. Chop etishni mahalliy bo’yash sifatida ham aniqlash mumkin. Bo’yoq yoki pigmentni matoga boshqa naqshda qo’llash va ma’lum bir dizaynni ishlab chiqarish uchun bo’yoq yoki pigmentni tuzatish uchun keyingi ishlov berish sifatida aniqlanadi. Dizayner sifatida sizda ma’lum bir kiyim namunasi uchun qaysi bosib chiqarish texnikasi eng yaxshi ekanligini aniqlash uchun bir nechta variant bo’lishi mumkin. Tajribali dizaynerlar, birinchi navbatda, naqshning ravshanligi, chidamliligi, yorqinligi, tuzilishi va qo’l hissi kabi yakuniy natijaga asoslangan bosib chiqarish usulini tanlaydilar. Ba’zan bosilgan matoni oldingi kabi naqsh yoki rang bo’lmagan matoning orqa tomoniga qarab aniqlash mumkin. Paxtada paxta, reaktiv bo’yoqlar kabi bo’yoqlardan foydalaniladi. Sun’iy matolarda dispers va katyonik bo’yoqlardan foydalaniladi. Dizayn ishlab chiqarishga kirganda, qaysi bosib chiqarish usulini qo’llashni tanlashda ko’plab omillarni hisobga olish kerak. Har bir chop etish usuli ham afzalliklarga, ham kamchiliklarga ega. Olingan mahsulotlar o`zlarining uzoq muddat xizmat qilishi va mustahkamligi, yuqori tozalik xossalari bilan ajralib turadi. Shu bilan birga turli xil aralash tolali matolarning keng ishlatilishi pardozlovchilar oldiga murakkab yechimli masalalarni qo`yadi. Aralash tolali matolarni ishlab chiqarishda optimal texnologik va fizik-kimyoviy jarayon parametrlarini tanlashda har bir tolaning xususiyatlarini hisobga olish kerak, sababi ushbu tolalarning qaynatish-oqartirish fizik-kimyoviy jarayonlaridagi modda bilan o`zaro bog`lanishi va turli reagentlarga ta`siri bir-biridan tubdan farq qiladi. Bularni ishlab chiqarishga tadbiq qilish uchun esa zamonaviy jihozlar bilan ta`minlangan yangi korxonalar kerak bo`ladi. Shu sababdan oxirgi yillarda aralash tolali matolarni mukammal qayta ishlashni ta`minlash va respublikada tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini yanada ko`paytirish uchun xorijiy sarmoyalarni yanada ko`proq jalb qilish maqsadida xorijiy sarmoyador faoliyatini muvofiqlashtiruvchi qonunchilik uzluksiz takomillashib bormoqda. Shunday hujjatlardan biri O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 27 yanvarda imzolangan «Respublika to`qimachilik sanoatiga Sarmoyalar jalb qilish choralari to`g`risidagi» 38-sonli qaror bo`lib, u to`qimachilik sanoatidagi sarmoyalar jalb qilish muhitini tubdan o`zgartirish imkoniyatlarini yaratdi. Ushbu qaror bilan chet el sarmoyalarini jalb Qilinishining 2005-2008 yillarga mo`ljallangan dasturi tasdiqlandi. Keyingi paytlarda aralash tolalar asosidagi turli-tuman assortimentdagi Gazlama va trikotaj mahsulotlarini soni ko’payib ketdi. Gazlama va polotnilar tayyorlashda aralash tolalarni ishlatish, ularning iste’mol sifatini yaxshilaydi, ammo ularni bo’yashda bir muncha qiyinchiliklar kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Bu qiyinchiliklar shundan iboratki, har bir tola turli sinfdagi bo’yovchi modda (BM) bilan bo`yaladi. Hatto ikki tola bir sinfdagi BM bilan bir xil sharoitda bo’yalsada (muhit, harorat va b) kabi fizik parametrlardan foydalanib bo’yalgan tolalarda bir xil tusdagi va bir xil to’yingan ranglar olish juda ham qiyin. Masalan, paxta +viskoza aralashmasini yoki jun + PA tolalar aralashmasini bir xil BM bilan bo’yash mumkin, ammo hosil qilingan ranglar bir xil bo’lmaydi. BM sinfi va bo’yash usulini tanlash asosan aralashma tarkibidagi tolalarning tabiatiga, ularning aralashmadagi nisbatiga, rang mustahkamligiga bo’lgan talabga, ranglar effektiga va mahsulotni ishlatilish sohasiga bog’liq. Aralash tolalar uchun pardozlash-bo’yash korxonalarida maxsus tanlangan BM lar aralashmasidan hamda kimyoviy sanoatda ishlab chiqariladigan ikki xil BM aralashmasidan tarkib topgan maxsus BM lar aralashmasidan foydalanish mumkin. Masalan, bevosita va kislotali, kub va dispers BM aralashmalari va h.k lar. Hozirgi vaqtda ilm fanning asosiy masalalaridan biri bu ilmiy texnik rivojlanishga, ishlab chiqarish effektivligini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning assortimentini, hamda uning sifatini oshirishdan iborat. Respublikamizda an`anaviy ishlab chiqarilayotgan nitron-ipak, paxta-ipak aralash tolali mahsulotlarini yangi assortiment yaratishda mahalliy xom ashyodan keng foydalanish va bu assortimentlarning kimyoviy pardozlash texnologiyasini yaratish orqali ularning sifat ko`rsatgichlarini jahon talablariga moslash o`ta dolzarb vazifadir. Nitron-ipak, paxta-ipakli aralashma mato va trikotaj-mahsulotlarni bo`yash va gul bosishga to`g`ri tayyorlashning ahamiyati kattadir. Bunda xom paxta xom ipak tolasining tabiiy ijobiy xususiyatlarini saqlagan holda ularga kapillyarlik va oqlik berish talab qilinadi. Ipak ishqor ta`siriga o`ta chidamsiz bo`lganligi sababli paxta-ipakli aralashma mahsulotni qaynatish sharoiti asosan ipakli matolar sharoitida olib boriladi. Shu sababli qaynatishda ishlatiladigan kimyoviy moddalarga o`ta faollarini tanlash, hamda paxta tolasini yo`ldosh moddalarini parchalash reaksiyani tezlatuvchi katalizatorlar qo`llash zarur bo`ladi. Paxta-ipakli aralash matolarni bo`yash va gul bosishga tayyorlashning shu kabi o`ta nozik fizik-kimyoviy xossalarini o`rganish hozirgi kungacha butunlay ishlab chiqilmagan.