II.Bob Pokiston va O’zbekiston ilm fan sohasidagi hamkorligi.
II.1.O`zbekiston va Pokistonning madaniy sohadagi aloqalari
O`tmish madaniy merosni o`rganish masalasi shu bugungi kunda katta ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi ilm fanning rivoji va kelajak istiqboli o`tmishi boy madaniyatni o`rganish bilan chambarchas bog`liqdir.
O`rta asrdagi O`rta Osiyolik mutafakkirlar: Abu Nasr Farobiy, Abu ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur va boshqalarning bebaho meroslarini nafaqat vatandoshlarimizning diqqat e`tiborini o`zimizga tortib qolmay, balki, Pokiston adiblari ijodi rivojida ham o`ziga xos o`rin olgan.
Ikki mamlakatning tili dini bir-biriga o`xshashdir. Shu yerda oddiy bir mioslga to`xtalib o`tish joizdir. Toshkent shahrining eng katta ko`rkam bog`-rog`li mahallalardan biri Hindiston yarim oroli xalqlarining ardoqli shoiri Mirzo G`olib nomi bilan yuritila boshlandi. U yerda G`olib masjidi qurilgan. Keyingi yillarda pokistonlik mehmonlar tashrif buyuradigan qadamjoga aylanib qoldi.
U o`z she`ri bilan pokistonliklar qalbini zabt etdi. Mirzo Abdullaxon G`olib asli Shahrisabzlik u zamona zayli bilan Hindistonga borib navkarlik qilgan. Qo`qonbekxonning nabirasi, Abdullabekxonning o`g`lidir46. Bu hamyurtimizning ijodi maktablarda ko`p o`rganiladi. Dehlida Indra Gandi asos solgan, shoir merosini tadqiq qiladigan maxsus G`olib akademiyasi bor. Islomobodda ham 1994 yili Karachidagi maktablardan biriga, G`olib maktabidan bo`lganligimiz uchun o`quvchi va o`quvchilarning ustozlari tomonidan e`zozlanganligimizni tasvirlashga qalam ojiz. G`azallar bitib, iliq so`zlar yozilgan G`olib devonini taqdim etishdi. Toshkentdagi mahallaning G`olib nomiga qo`yilishi Muhammad Abbosxon ikkimizdan chiqqan. Oradan ko`p vaqt o`tmay, Pokistonning yirik “Tabani” kompaniyasining boshliqlaridan biri Yoqub Tabani Mirzo G`olib mahallasiga tashrif buyurib, xalqlarimizni bir-biriga ma`nan bog`lab turgan shoir hurmati uchun uning nomi bilan ataluvchi masjid madrasa qurish fikrini aytdi. Gul taqdim etdi. G`olib masjid-madrasasining qurilishi ko`pchilikning say-harakati bilan qurildi. G`olib o`zini kelib chiqishni “oddiygina turkiydirmiz” deb tarjimon holiga shunday deydi.
G`olibni kim desangiz, Turon tuprog`idanman
Samarqandlik mirishkor, dehqon qarog`idanman47.
1978 yili Toshkentda Osiyo va Afrika yozuvchilari birdamligi anjumanning yigirma yilligini bayram qilish kunlari bo`lib o`tadi. Anjumanda ishtirokchi sifatida Fayz Ahmad Fayz keladi. Qarangki, butun anjuman davomida Fayz Ahmad Fayzga mezbonlik qilish menga topshirildi.
Shoirning g`azaliyotchi, nasriy asarlari, kuzatishlari, kundalik estaliklaridan iborat “Saylanma asari” bor edi. Uni shoir xonadonimga tashrif buyurgan kun taqdim etdim. Shunda u “meni qarzga botirdingiz darvoqe, uni qaytaraman” dedi kulib. Shoir ketish oldidan 65 yillik muborak yoshi munosabati bilan chop etilgan qariyb ming sahifali “Fan va shaxsiyat” nomli kitobni taqdim etdi. Diqqatga sazovor yana bir joyi shundaki, Bombayda chop etilgan, bu ulkan kitobning qator suratli sahifalari Fayzning O`zbekistonimizda bo`lishiga bag`ishlangan edi. Shoir kitobga iliq so`zlar yozib “qarzni” uzganligini aytadi. Ahmad Fayzni kutib olishdagi xizmatlarimni “Faxriy yorliq” bilan mukofotladi48.
Elchi Abul Sattor 3 yil muqaddam bir kishi o`zini tanishtirib, men Pokistondan Moskvaga elchi bo`lib keldim. Lekin ta`tilim tugashiga yarim oy vaqtim bor. Sayohatchi sifatida rafiqam bilan O`zbekistonga ziyorat qilmoqchimiz. U yerda bizning fuqaro Muhammad Abbos-xon ham bor. Taklifni kutaman degan edi.Toshkentga kelib muzey, tarixiy obidalar, rassomlar huzuriga tashrif buyurdi. Behzodona maktab yaratgan musavvir Chingiz aka Ahmarov bilan uchrashuv u kishiga katta taassurot qoldirdi. Yozuvchilar uyushmasiga kelib, “Ulug`bek xazinasini” yangidan tarixiy faktlar bilan boyitib, bobma-bob aytib berdi. Yirik adabiyotshunos olimlar ham ofarin deb yubordi. Abul Sattor asardagi Xo`ja Ahror obrazining yaratilishiga “sotsialistik realizm”ga og`ib ketilganligini ta`kidlab o`tdi. Biz qanchalik martaba yuqoriga erishmaylik baribir sharqona udumning quli bo`lib qolaveramiz. Uning rafiqasi Yasira xonim besh vaqt namoz o`qiydi, uni o`z safdoshlaridan topib, olib kelgan qur`onni topshirishini aytadi. Hamkasblarning buvisinikiga eltib qo`ydik.Kunnni yaxshi o`tkazib kechqrun Abul Sattor rafiqasi bilan “O`zbekiston” mehmonxonasiga kelib, Pokistondan Toshkentga kelib tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdi. Talabalar o`zini tanishtirib, xohish-istaklarini aytdilar. Qaerda yashashi, o`qishi, istaklarini birma-bir aytib chiqdilar.
Meni “Istagim shuki Abul Sattor janoblari, siz yangi elchi bo`lib kelgan ekansiz, O`zbekiston bilan Pokiston xalqlari o`rtasidagi do`stlik aloqalari tiklanishiga alohida e`tibor bersangiz. O`zingizga ma`lumki, Hindiston bilan mustahkamlangan ancha” – dedim. U kishi hayajonini yashira olmadi. O`zbekiston shaharlari Bobur qadamjolari bo`ylab qilingan safaridan so`ng, Abul Sattorni Moskvaga kuzatib qo`yildi. Oradan Markaziy gazetalar Pokistonning yangi elchisiga ishonch qog`ozi topshirilganligi haqidagi rasmiy xabarni e`lon qildi. O`zbekiston Pokiston xalqlarining o`rtasidagi do`stlik aloqalarida Abul Sattor xizmatlari kattadir49.
Pokistonlik qalamkash, eng iqtidorli yozuvchisi nomini olishga muyassar bo`lgan. “Aysh edvord oltin pera mukofoti”ning sovrindori Muhammad Abbosxondir. U Toshkent politexnika oliy bilimgohini bitirgach, O`zbekiston radiosining chet ellarga beriladigan hind urdu tilidagi eshittirishlar redaktsiyasiga adabiy muharrir bo`lib ishlay boshladi. Shuningdek, yozuvchi ham maqolanavis sifatida ijod bilan jiddiy shug`ullanib, Pokistoning yirik matbuot organi hisoblanuvchi “jang” “Navoiy vaqt”, “Qovmi vaqt”, “Xabori nav”, “Amon”, “Ozer interneyshl”, “Ropna”, “Jalva” kabi qator ro`znoma hamda shoridolar sahifalaridan uning nomi tushmay kelayotganligi boisi shundandir. Hozirgacha bu ijodkorlarning O`zbekiston xususida xalqimiz turmushi, hayot tarzi, madaniyatimiz va adabiyotimiz haqida maqola va xabarlarining o`zi, to`plasa katta kitob bo`ladi.
Bu maqolalarning har biri umumiy nomi bilan “Ittifoq” hatto xorijda “Rus” deb ataluvchi mamlakatda o`zbek ham borligi, ular yigirma besh million nufuzli boy madaniyatli xalq ekanligini xolisona turib baho bergan.
Ikki mamlakat o`rtasidagi azaliy iplarni mustaqillik kunlarida yanada jipslashtirib, madaniyatlarimizning birga rivojlanishiga mustahkam poydevor bo`ldi.Sharqning yirik faylasufi va shoiri Muhammad Iqbol 1877 yili Pokistonning Panjob viloyatida tug`ilgan. Uning bir qancha kitoblari dunyoning qator mamlakatlarida chop etilgan. Shoirning ko`plab she`rlari o`zbek tiliga tarjima qilingan. Muhammad Iqbol faqatgina Hindiston va Pokiston adabiyotini rivojlantirish hamda uning milliy qayta tiklanishiga hissa qo`shib qolmay, balki Turkiya, Eron, Misr, Afg`oniston kabi mamlakatlarda ham ma`lum va mashhurdir. U Firdavsiy, Sa`diy, Hofiz Rumiy, Bedil, G`oliblarning insonparvarlik g`oyalarini, davom ettirdi, insonning yaratuvchilik qudratini madh etdi.
Ijodkor o`zining “Asror e xuddi” (Shaxs sirlarining bilishi) masnaviylarida o`z manfaatini jamiyat manfaati bilan uzviy bog`lagan insonni abadiy barhayotlar sirasiga qo`shadi. Iqbol millat ma`nosida xalqni tushunadi. Shaxs agar jamiyat bilan birga bo`lsa-bu rahmatdir. Uning barkamoli gavhar millat tufaylidir.
Shaxs o`zining foniy va chegaralangan hayotini jamiyatning boqiy hayotiga bag`ishlasa, shunda u bepoyon va boqiy dunyoning ajralmas bir qismiga aylanadi, - deydi shoir.Faylasuf shoir shaxs bilan jamiyat o`rtasidagi birlik naqadar zaruriy ekanligi haqida gapirib “Agar hayot birdan bir haqiqat bo`lsa, u holda hayot o`zining ikki tomoniga ya`ni shaxsiy va ijtimoiy tomoniga ega. Shuning uchun ham bir inson o`z hayotining ana shu ikki tomonini hamohanglikda rivojlantirishi kerak. Kurash va intilish insonning yashash tarzi va ozodlikka erishish usullaridan biri. Ozodlik shaxsning kamolotga etishishda zaruriy omildir. Lekin ozodlikka sustkashlik hamda tobelik orqali emas, balki faollik, jo`shqinlik qat`iy kurash tufayli erishiladi, deydi shoir.”
Ozodning har bir oni
Mahkumning bir yilicha
G`urbat yukni ko`tarmas
Hech dil mahkum diliga
Muhammad Iqbol deydiki, ijtimoiy tengsizlik diniy va irqiy adovat hukm surgan jamiyatda inson kamolga erisha olmay mutaassib an`analarning qurboni bo`lib qoladi. Shuning uchun jamiyatda ijtimoiy tenglik adolat o`rnatish uchun diniy, irqiy adovatga barham bermoq kerak.
Na afg`onmiz, na turkmiz, na torgormiz,
Har birimiz bir gul-biriga gulzormiz,
Irq ajratmoq bizga tamom begona,
Bir quyoshdan bahra olgan bahormiz50.
Muhammad Iqbol o`zining “Eronda metaorizmkani rivoji” nomli asarida Farobiy, Ibn Sino, Rumiylarning ta`limotlari uning dunyoqarashlari shakllanishiga qanchalik ta`sir etganligi to`g`risida fikr yuritadi.Farobiy va Beruniy odil jamiyat qurish yo`llarini qadimgi yunon faylasuflaridan Aflotun bilan Arastuning xayoliy odil jamiyat qurish nazariyalaridan o`rgangan bo`lsalar, Muhammad Iqbol Farobiyning fozil jamiyatning fozil kishilari to`g`risidagi nazariyalariga tayanib, o`z ijtimoiy ta`minotini ilgari surdi.
Muhammad Iqbol o`zining mazkur asarining bir bobini Ibn Sinoga bag`ishlangan. U Ibn Sino singari borliqni uch qismga bo`ladi.Eng mukammal, bo`lmagan va ikkalasi o`rtasida joylashgan jismlar Faylasuf o`zining bu fikrini jon va tana masalasini hal etishda foydalanadi.Ibn Sino Arastu singari inson joni tana bilan birga bir vaqtda mavjud, inson joni tana bilan birga o`lmaydi, u barhayotdir. Ibn Sino ta`kidlashicha, ong turli tushunchalarni bilishda inson qalbining a`zosidir, - deb yozadi Muhammad Iqbol.Muhammad Iqbol inson va jon haqidagi Ibn Sino ta`limotini tahlil qilib shunday deydi: “Ibn Sino ta`limotiga tana bilan jon bir-biri bilan aloqadordir. Lekin o`z mehnatlari va vazifalariga ko`ra qarama-qarshidur. Tananing parchalanish jonning o`lishi degan gap emas. Parchalanish yoki bo`linishlik tarkibiy qismlarga xos xususiyatdir.”
Muhammad Iqbol odil jamiyat to`g`risidagi ta`limotini Abu Nasr Farobiyning “Fozil shaharning fozil kishilari” haqidagi ta`limotiga tayanib rivojlantirdi. Muhammad Iqbol jamiyatni inson tanasiga o`xshatdi. Tana a`zolari bir-birisiz mukammal va sog`lom bo`lmaganidek, inson va jamiyat bir-birisiz hech narsa emas, - deydi Iqbol tasvirlagan ideal jamiyatda qul va quldorlar, tekinxo`rlarga, o`rinlar yo`q, u yerda adolat tenglik, do`stlik o`zaro yordam hamda insoniy muhabbat hukm suradi, odil jamiyatning komil kishilari kasb-hunarni e`zozlaydilar, jamiyatning ravnaqi, kishilarning baxtiyor yashashlari ma`naviy ravnaqiga bog`liq deydi. O`rta asr O`rta Osiyo xalqlarining boy madaniy merosiga bo`lgan qiziqishi shu bugungi kunda yana ham kuchaygan.
Pokistonning taniqli olimi Sebte Huseyn o`zining “Pokistonda madaniyatning rivoji” asarida mo`g`ullar madaniyatini o`rganishga keng o`rin bergan. Hindiston yarim orolida musulmon madaniyatining taraqqiyotida Zahiriddin Boburning xizmati ulkan bo`lgan”, deb yozadi Sebte Huseyn, Bobur g`azallari Hindistonda sevilib o`qiladi.Ikkinchi bir Pokiston olimi shayx Abul Rashid Pokiston haqida qisqa ocherkida Bobur va boburiylar yaratgan madaniyat o`z ona yurtining rivojiga katta ta`sir o`tkazganligi to`g`risida yozgan bo`lsa, Majid Faxriy ismli Pokitson tarixchi olimi o`zining “Islom falsafasi tarixiy asarida Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino va boshqa o`rta asrdagi O`rta Osiyolik allomalarning falsafiy va ijtimoiy – siyosiy qarashlarini ifodalagan.” Iqtidorli, zukko olima Saida Iqbol o`z asarlarida O`rta asr O`rta Osiyo madaniyatining Pokistonga ta`siri naqadar kuchli bo`lganligi haqida yozadi.Saida Iqbol Abu Nasr Farobiyning merosini o`rganar ekan, ayniqsa uning mantiqqa oid ta`limoti hozirki kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotmaganligi to`g`risida gapiradi51.
O`zbekiston Pokiston olimlari qadimdan ilm, ma`rifat, madaniyat, hunarmandchilik sohasida fikr almashib, tarixan bir-biriga yaqindir hunarmandchilikda ham ikkala mamlakatda qadimdan to hozirgacha o`zaro aloqalar mavjud. Bunga misol 1994 yil 27 oktyabrda Pokistonning Islomobod shahrida Butun dunyo islom mamlakatlari xalqaro festivali bo`lib o`tdi. Buxorodan 12 kishi, hunarmandlar, san`at ahli, tarixchilar qatnashdi. Festivalda 17 mamlakat vakillari ishtirok etib bir hafta davomida o`z san`atlarini namoyish etdilar. Festival 2 qismga bo`lindi. Birinchi qismda: Nazariy ishlar san`at tarixchi olimlar “Xolidey ishi” mehmonxonasining zalida davra suhbati bo`lib, hunarmandchilik sohalari, uni rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Festivalga bizning viloyatimiz hunarmandlari va amaliy san`at namoyandalari ishtirok etdilar. jumladan muzey qo`riqxonasi ilmiy xodimlaridan M.Bozorova, Q.Jumaev tarjimon Noila opa va universitetimiz dotsenti O.Qodirov davra suhbatida qatnashib nodavlat notijorat aloqalarni tashkil qilish o`zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarida o`z fikrlarini bildirdilar. Ikkinchi qism: Muhammad Ali stadionida povilion bo`lib, barcha mamlakatlardan kelgan hunarmandlar o`z san`atlarini ko`rsatishdi.
Jur`iy hay`ati hunarmandlar ishini ko`rib chiqib, matoga ishlov berish bo`yicha, 17 mamlakatdan O`zbekistondan Buxorolik Jumaev Baxshulloga 1-o`rin, metalga ishlov berish Buxorolik Kamolov Shokirga 2-o`rinni berishga qaror qildilar. G`oliblar pul, estalik sovg`a va diplom bilan taqdirlandi52.
Shu yili 8 avgustda Islomobodda Pokiston Islom Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O`zbekistonlik olim Rahmonberdi Muhammadjonovga “Shavkatli mehnati uchun” medalini topshirish marosimi bo`lib o`tdi. Olim bu mukofotga urdu tili fanining rivojiga qo`shgan hissasi va O`zbekistondagi va Pokiston xalqlari o`rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash ishidagi xizmatlari uchun sazovor bo`lgan. Mukofotni topshirish uchun Pokiston hukumati olimning qizi Pokistondagi 156-maktab o`qituvchisi Sayyora Muhammadjonovnani shu mamlakatga taklif qildi53.
Ajdodlarimiz tinchliksevar, mehnatkash iste`dodli Pokiston xalqi bilan mustahkam va har tomonlama manfaatli aloqalar o`rnatib kelganlar. Pokiston xalqi jahonga buyuk allomalar hunarmandlar me`morlar etkazib bergan.
Sharq bilan g`arb dunyosi o`rtasida oltin ko`prik xizmatini o`tagan qadimgi “Ipak yo`li” Samarqandni Mo`lton va Lohur bilan bog`lab turgan. Mazkur hayot yo`lida ko`plab karvonsaroylar, masjidlar qurilgan, quduqlar qazilgan. Buyuk “Ipak yo`li” davlatlarni davlatlarga xalqlarni xalqlarga yaqinlashtirgan undan faqat savdogarlar, tijoratchilargina emas, balki olimlar, me`morlar, adabiyot, san`at namoyondalari ham bemalol o`qib yurishgan.Buyuk vatandoshlarimiz Ibn Sino, Farobiy, Beruniy, Bobur Pokistonda katta shuhrat qozongan. Ular qoldirgan boy meros maktab, kollej, oliy o`quv yurtlarida chuqur o`rgatiladi.
XVI asrda Hindiston va Pokistonga hukmronlik qilgan Bobur Mirzo ilm fanga adabiyot, san`at, me`morchilik ayniqsa gurkirab o`sdi. Bobur Mirzo o`zi hukmronlik qilayotgan yirik davlatning shahar va qishloqlarini obodonlashtirish, ariq, zovur va hovuzlar qazish, keng va ravon ko`cha maydon va bog`larni barpo qilishga katta e`tibor bergan. XVII-XVII asrlarda Boburiylar hukmronligi davrida bu zaminda serhasham binolar qurishgan. Shohijahon jomi masjidi, Mirzo Isoxon maqbarasi me`morchilik san`atining noyob durdonasi sifatida hamon salobat to`kib turibdi. Boburning nabirasi shoh Avrangzeb Lohur yaqinida “Sholimarbog`” nomli katta bog` yaratgan. Bu bog`da Farg`ona vodiysidan mevali daraxt ko`chatlari keltirib o`tkazilgan.Bobur Mirzo vafotidan oldin o`g`li Humoyunni huzuriga chaqirib, shunday vasiyat qilgan. “Aziz farzandim davlatimizga turli mazhabdagi kishilar yashaydi. Bizdek kishilarga bu mamlakatni boshqarish, podshoh bo`lishlik. Allohimni eng katta inoyatidir. Sen mazhabli nizolarga hech yo`l qo`yma, mahalliy xalqning urf-odatlariga, rasm-rusumlariga, tili madaniyatiga e`tibor berib qara, hurmat qilgil. Shunday qilsang, xalq hurmatiga izzat e`tiboriga muyassar bo`lasan” Xalqlar qalbiga sochilgan yaxshilik urug`lari nish urib hosilga kirib fuqarolar hayoti va mamlakat ravnaqi uchun xizmat qilgin-degan edi.Mirzo G`olib, Muhammad Iqbol, Fayz Ahmad Fayz merosi bizlar uchun bebaho xazinadur ularning hayotbaxsh asarlari tarjima qilinib, allaqachon o`zbek kitobxonlariga borib tekkan.Pokistonning so`lim go`shalaridan biri – Siolkatda Bobur Mirzo ilhomi jo`sh urib go`zal g`azallar bitgan. Bu maskan Hindiston yarim orolining Layli va Majnun hisoblangan buxorlik Izzatbek va So`xniylarning oltin belanchagi bo`lgan. Pokiston kinosining ustalari Toshkentda muntazam o`tkazib turilgan.
Xalqaro kinofestevallarning doimiy qatnashchilaridir. Islomobodda bir necha yildan buyon Markaziy Osiyoni tadqiq qilish markazi ishlab turibdi. Markazning muntazam chop etilayotgan “Markaziy Osiyo” deb nomlangan jurnali bor. Jurnal sahifalarida O`zbekiston tarixi, uning asori atiqalari ham, amaliy san`ati, adabiyot haqida rang-barang materiallar yoritib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |