Buxoro davlat universiteti tarix fakulteti tarix kafedrasi


I.Bob.O’zbekiston va Pokiston davlatlarining ijtimoiy.-.iqtisodiy va siyosiy sohasidagi hamkorligi



Download 357 Kb.
bet7/11
Sana06.02.2022
Hajmi357 Kb.
#431956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O’zbekiston va pokiston munosabatlari

I.Bob.O’zbekiston va Pokiston davlatlarining ijtimoiy.-.iqtisodiy va siyosiy sohasidagi hamkorligi.


I.1.Ikki mustaqil mamlakatlarning o`zaro manfaatli hamkorliklari
Mana, bir necha yilki xalqimiz o`zligini namoyon qiladigan kunlarga etib kelganiga shukrona qilib yashamoqda. Uzoqni ko`rishdan mahrum qiluvchi “parda”larni ochib o`z yo’llarini bemalol ko’rmoqda.
Bizning baynalminalchiligimiz faqat qizil tug`larga sig`inishni o`rgatgan oktyabr to’ntarishidan boshlanmagan, balki uning sarchashmalari bir necha asrlar nariroqqa borib taqalishini endi baralla ovoz bilan aytish payti keldi: qarangki yaqin-yaqingacha yonginamizdagi Pokiston o`rtaga qo`yilgan ko`rinmas “to`siqlar” bilan bizdan shunchalik uzib tashlangan ediki, u mamlakat haqida oddiy tasavvurga ham ega emasdik. Vaholanki xalqimiz o`rtasida qadim-qadimdan chambarchas bog`liqlik bor edi. Bunga tomirlarimizda jo`sh urib turgan Amir Temur ,Zahriddin Muhammad Bobur avlodlarining qoni guvoh.
Pokiston O`zbekiston Respublikasi suvernitetini 1991 yil 20 dekabrda tan olgan. 1992 yil 10 mayda diplomatik munosabatlarni o`rnatgan12.
Osiyo qit`asining janubiy qismi jumladan Pokiston to`g`risidagi tarixiy ma`lumotlarni o`rganish jarayonida haqiqatga to`g`ri kelmaydigan ma`lumotlarga ko`zingiz tushadi. Xususan, Bobur va boboriylar davlati to`g`risida gapirganda, ba`zi tarixchilar ularni buyuk mo`g`ullar deb ataydi. Shu o`rinda “Brokgauz va Eronning entsiklopedik lug`ati”da keltirilgan tushuntirishga murojaat qilish ayni muddaodir.
“Buyuk mo`g`ul, buyuk mo`g`ullar-evropaliklarning Bobur tomonidan asos solingan va Hindistonda uch yuz yildan ziyod vaqt mobaynida hukmronlik qilgan mashhur turk sulolasi davlat rahbarlariga bergan atamasidir.
Boburiylarning o`zi bu atamadan foydalanmagan, ko’chmanchi mo`g`ullarga ularning hech qanday aloqasi bo`lmagan. Bobur o`zining turkiy, deb atagan, o`z nasl-nasabi bilan faxrlangan, mo`g`ul tilini bilmagan, asarlarni esa turkiy (chig`atoy) tilda yozgan. Evropaliklar Boburiylar to`g`risida ilk bor forslardan eshitgan. Forslar amudaryo ortida yashovchi chig`atoy turklarini mo`g`ullar, deb atagani bois g`arb olimlari vaziyatni yaxshi o`rganmay turib Buyuk mo`g`ullar imperiyasini o`ylab topishgan. Boburiylarning asl unvoni “podshoh”dir. Bu nom fors tilidan olingan bo`lib, Bobur uni 1506 yilda “sulton” o`rniga qabul qilgan va uni “podshoh” deb atay boshlaganlar”.
2005 yil ma`lumotiga qaraganda, 779 ming kvadrat kilometrga teng bo`lgan hozirgi Pokiston hududida 150 million kishi istiqomat qilgan. Mamlakatning milliy tarkibi quyidagicha: panjobiylar-66 foiz, sindxlar-13 foiz, pulitunlar-8,5 foiz, belujiylar-2,5 foiz, muhojirlar- hindistonliklar, elikratlar-2,5 foiz.
Islom diniga 97 foiz aholi e`tiqod qiladi. Ularning 77 foizi sunniylar, 20 foizi shialar, 3 foizi hindu nasroniylar va boshqa din vakillari.
Pokiston davlat tuzumi federal respublika.Davlat rahbari Prezident Prezident, u parlament va viloyatlar qonunchilik assableyalari deputatlari hay’ati tomonidan 5 yil muddatga saylanadi.
1999 yildan mamlakatni general Parvez Musharraf boshqara boshladi. 2001 yil 21 iyun’ kuni u mamlakat Prezidenti, deb e`lon qilindi. 2002 yil aprelda bo`lib o`tgan umumxalq referendumi natijalariga ko`ra Parvez Musharrafning vakolati 2007 yilga qadar uzaytirilgan.Mamlakatdagi qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali parlamentga tegishli. Yuz nafar a`zosi bo`lgan yuqori palata-Senat viloyatlar qonunchilik assambleyalari deputatlari tomonidan 6 yil muddatga saylanadi.Ijroiya hokimiyati Bosh vazir lavozimiga 28 avgust kuni tayinlangan. Shavkat Aziz rahbarligidagi hukumatga tegishlidir. 1992 yil iyunda Toshkentda, 1994 yil iyulida Islomobodda ikki mamlakat elchixonalari faoliyat yurita boshladi va bu davlatlararo munosabatlarda yangi bosqichni boshlab berdi.
1992 yil 26 iyun’ Islom Karimov Pokiston favqulodda va muxtor elchisi Shavkat Ali Shayxga ishonch yorlig`ini topshirgan edi.1992 yil 12 avgust kuni Pokistonda shahar jamoatchiligi vakillarining Pokiston Islom Respublikasi mustaqilligining 45 yilligiga bag`ishlangan yig`ilishi bo`ldi.Yig`ilishni O`zbekistonning milliy-ma`rifiy aloqalari, milliy uyushmaning raisi N.Yo.G`oipov ochdi. “O`zbekiston - Pokiston jamiyatining raisi akademik P.H.Habibullaev ma`ruza qildi.
O`zbekiston mustaqilligidan so`ng jahon hamjamiyatining to`la huquqli a`zosi bo`lganligini, Pokiston Bosh vaziri Muhammad Navoz Sharif boshchiligidagi delegatsiya ikki mamlakat o`rtasidagi davlatlararo munosabatlarni mustahkamlash, ular o`rtasida davlatlararo hujjatlar imzolanganligi, asosiy hujjat ikki mamlakat o`rtasidagi davlatlararo munosabatlarning qoidalari to`g`risidagi I.A.Karimov va Muhammad Navoz Sharif tomonidan imzolanishi yig`ilishda aytildi. Yig`ilish qatnashchilari do`stlik va hamkorlik mustahkamlanaveradi va rivojlanaveradi deb ishonch bildirdilar13”.
O`zbekiston Pokiston munosabatlari yana chuqurlasha bordi. 1992 yili 13 avgust kuni O`zbekiston Prezidenti Toshkentdan Islomobodga jo`nab ketdi.
Islomobod aeroportida O`zbekiston Prezidenti va uning hamkorlarini Pokiston Islom Respublikasining Prezidenit G`ulom Ishoqxon va bosh vazir Muhammad Navoz Sharif kutib oldi. O`sha kuniyoq O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan Bosh vazir Navoz Sharif o`rtasida muzokaralar bo`lib o`tdi.Suhbat chog`ida O`rta Sharqdagi va Afg`onistondagi yaxlitlikni saqlab qolish, Tojikiston ahvoli haqida tashvishlanib gapirdilar. O`zbekiston Respublikasi hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi o`rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish, avtomobil’ yo`llari qurish O`zbekiston yuklarini tashish uchun Pokiston portlaridan foydalanish masalasida gaplashib olindi.
Mustaqillik bayramida prezidentimiz ishtirok etib, ikki mamlakatning o`xshash madaniyati, tarixi an`analari qayd etildi14.
Bu tashrif O`zbekiston Pokiston bilan yanada yaqinlashishiga undadi. Pokiston va o`zbek millatining ma`lum ma`noda do`stligini yanada jipslashtirishga Pokiston elchisi Abul Sattor va Muhammad Abbosxoning xizmatlari e`tiborga molikdir.1994 yil 28 yanvar O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov Pokiston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Ashor Ahmad Alini qabul qildi.
Ikki mamlakat manfaatli muzokaralari bo`lib, energetika, transport yo`llar mavzusida suhbalashishdi va hujjatlarga imzo chekishdi. Shu yilning 12 avgustida O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimovning N.Yo.G`oyibov O`zbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangani to`g`risidagi Farmoni e`lon qilindi. 1995 yil 17 martda Pokiston poytaxti Islomobodda O`zbekiston Respublikasi elchixonasining rasmiy ochilish marosimi bo`lib o`tdi.
10 maydan O`zbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi o`rtasidagi diplomatik munosabatlari o`rnatildi.1995 yil 22-23 may kunlari Pokiston Islom Respublikasining Bosh vaziri Benazir Buxutto rasmiy tashrif bilan O`zbekistonga keldi. Shu munosabat bilan muxbirimiz Pokiston Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Shavkat Ali Shayx bilan suhbatlashdi.Elchi O`zbekistonda hozir siyosiy va iqtisodiy islohotlar jarayonini boshdan kechiryapti. Uni 150 dan ortiq mamlakat tan oldi. Bir necha xalqaro tashkilot, uyushma, jamg`armalarning teng huquqli a`zosi bo`ldi. Shaxsan men O`zbekistonda kechayotgan islohotlarni yuqori baholayman. Mamlakatimizda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish tadbirkorlikka keng yo`l ochish, chet el sarmoyalarini jalb etish kabi qator masalalar amalga oshirilmoqda. eng muhimi tinchlik va osoyishtalik. Shuning uchun ham hozir Respublikangizni Markaziy Osiyodagi eng barqaror va kelajagi porloq mamlakat sifatida e`tirof etishmoqda. O`zbekistonning ana shunday nufuzga ega bo`lishiga Prezident Islom Karimovning xizmatlari beqiyosdir deb ta’kidlagan edi15 O`zbekiston Bosh vazir Benazir Buxuttoning rasmiy tashrifi munosabati bilan uning hayotidan ayrim lavhalar matbuotda e`lon qilindi.Benazir Buxutto xonim 1953 yil 21 iyun’da Karachi shahrida tug`ilgan. 1977 yilda Oksford universitetining xalqaro huquq va diplomatiya fakul’tetini tugatgan. 1977-1988 yillarda Pokiston xalq partiyasining (PXP) etakchisi bo`lgan. 1988 yil noyabrda o`tkazilgan parlament saylovlarida Pokiston xalq partiyasi g`alaba qozonib, natijada Benazir Buxutto boshlichigidagi hukumat tuzilgan 1993 yil 19 oktyabrda Benazir Buxutto Pokiston Bosh vaziri sifatida ikkinchi marta qasamyod qilgan.Benazir Buxutto jahondagi bir qancha mamlakatlarning oliy mukofoti va faxrli xalqaro mukofotlar, shu jumladan, inson huquqlari bo`yicha Bruno Kristli nomidagi (1988 yil) mukofoti, Redkliff kolleji taqdirlangan Fi Bet Kap faxriy mukofoti (1989 yil) sohibi, shuningdek, Marokash, Frantsiyaning oliy mukofotlariga sazovor bo`lgan. Benazir Buxuttoga 1994 yilda Sind Universitetining (Pokiston) huquq faxriy doktori darjasi berligan. U Garvard Universitetining (AQSH) faxriy doktori hamdir.
Benazir Buxutto ikkita – “Istiqboldagi tashqi siyosat” (1978 yil) va “Taqdir qizi” (1988 yil) kitoblarining muallifi16.Benazir Buxutto tashrifi chog`ida mamlakatimiz rahbari ikki mamlakat o`rtasidagi iqtisodiy va madaniy sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligi ta`kidlandi. Benazir Buxutto O`zbekistonning ulkan tabiiy boyliklaridan tashqari iqtisodiy jihatdan ham muhim jug`rofiy o`rinni egallashi aloqalarimiz rivoji uchun yaxshi omil bo`lishini e`tirof etdi.
Benazir Buxutto xonim poytaxtdagi Alisher Navoiy bog`iga tashrif buyurib, haykal poyiga gullar qo`ydi.Pokiston Bosh vaziri O`zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Toshkentda Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikka bag`ishlangan BMT doimiy seminarini tashkil etish to`g`risidagi taklifini qo`llab-quvvatlashni yana bir karra ta`kidladi. Tomonlar Afg`onistonda tinchlik qaror topishini tezlatish, birodarkushlik urushini tugatish maqsadida BMT Xavfsizlik Kengashi ushbu mamlakatga qurol-yarog` olib kirishni ta`qiqlash zarurligi xususida hamfikr ekanliklarini izhor etdilar.
Muzokaralar nihoyasida ikki tomonlama soliq olmaslik to`g`risidagi, Fan va texnika sohalarida hamkorlik qilish haqidagi, sayyohlikni rivojlantirish sohasida hamkorlik to`g`risidagi bitimlar imzolandi. Bu hujjatlarga O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Pokiston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Asif Ahmad Ali imzo chekdi.
So`ngra O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov va Pokiston Bosh vaziri Benazir Buxutto mahalliy va xorijlik jurnalistlar bilan uchrashdi. Uchrashuv chog`ida Prezident Islom Karimov va Bosh vazir Benazir Buxutto oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar yakunlari xususida bayonot berdilar.Pokiston Bosh vaziri O`zbekiston buyuk o`tmishga ega ekanini qayd etar ekan, Prezident Islom Karimov rahbarligida olib borilayotgan oqilona siyosat tufayli uni porloq kelajak kutayotganiga ishonchi komil ekanini ta`kidlaydi.
Shu kuni Islom Karmiov Toshkentdagi “Navro`z” tantanalar uyida Pokiston Bosh vaziri Benazir Buxutto sharafiga qabul marosimini uyushtirdi.
Pokiston Bosh vazirining mamlakatimizga tashrifi yanada kengayib bormoqda17.
Mamlakatimizda rasmiy va do`stona safarda bo`lgan Pokiston Bosh vaziri Benazir Buxutto O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karmiov hamrohligida Buxoroga tashrif buyurdi.Pokiston va O`zbekiston davlat bayroqlari bilan Buxoro aeroportida yuksak martabali mehmonlarni Buxoro viloyati hokimi, Buxoro shahri hokimi Karim Jamolovich Kamolov va boshqa rasmiy kishilar kutib oldilar. Qadimiy va navqiron Buxoroyi Sharif bilan tanishuv Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat etib, ziyoratgohda Pokiston hukumati rahbari va uning hamrohlari tariqat ilmining buyuk namoyondasi Bahouddin Naqshband hazratlari ruhida Qur`on tilovat qildilar.Bahouddin Naqshband hazratlari o`gitlari, falsafasi Islom olamida juda mashhurdir. Shu jihatdan mushtarak islom madaniyatiga ega O`zbekiston va Pokiston xalqlari uchun alloma Naqshband meroslari birdek, qadrlidir, - dedi ziyorat chog`ida Bosh vazir Benazir Buxutto.
Pokiston hukumati rahbari Bahouddin Naqshband ziyoratgohi uchun 25 ming AQSH dollari hadya etdi. Shundan so`ng yuksak martabali mehmonlar eski shahar qismiga qarab yo`l oldi. IX-X asrlarda bunyod etilgan Samoniylar maqbarasi pokistonlik mehmonlarda chuqur taasurot qoldirdi.
Poyi Kalon yodgorlik majmui-Minorai Kalon, Masjidi kalon hamda Mir Arab madrasalarini ziyorat qilar ekan, Benazir Buxutto xonim Sharqning eng qo`li gul me`morlari sharofati ila Buxoro bir paytlar go`zlalligi va latofati bilan jahonda dong taratgani bejiz emas, ekan. Islom Karimov janoblariga, Buxoro viloyati hokimi janob Mavlon Rahmonovga tashakkur bildiradi.
Buxoro shahridagi markaziy ko`chalardan biriga pokistonlik yirik faylasuf va shoir Muhammad Iqbol nomi berilishi munosabati bilan Buxoro shahri jamoatchiligi vakillari ishtirokida tantanali miting bo`lib o`tdi. Mitingni viloyat hokimi Mavlon Rahmonov ochdi. Mitingda so`zga chiqqan Benazir Buxutto jumladan shunday dedi: O`zbekiston va Pokiston tarixi ulkan chinor daraxti tanasi kabi yaxlitdir. Shu bois xalqlarimiz o`rtasidagi do`stlik, madaniy aloqalar azaldan rivoj topib mustahkamlanib borgan. Bugun bizning milliy qayta tiklanishimizga munosib hissa qo`shgan shoirimiz Muhammad Iqbol nomiga Buxoro ko`chalaridan birining qo`yilishi mana shu do`stligimizning yorqin ramzi deb bilaman.
Respublikamiz birinchi Prezidenti Islom Karimov ham mitingda so`zga chiqib, Imom Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Ibn sino kabi allomalar yurti-Buxoroi Sharifda pokistonlik buyuk shoir va faylasuf Muhammad Iqbol xotirasi ham abadiylashgani bu Pokiston va O`zbekiston xalqlarining yo`li mushtarakligidan do`stligidan dalolat ekanligini ta`kidlaydi.Benazir Buxutto yig`ilganlar olqishi ostida pokistonlik ulug` shoir xotirasi uchun qo`yilgan yodgorlik monumentini ochdilar. Buxoro viloyati hokimligida yuksak martabali mehmonlar sharafiga qabul marosimi uyushtirildi18.
Shu kuni tushdan so`ng Pokiston Bosh vaziri O`zbekiston rahbari hamrohligida Buxorodan Samarqandga keldi.
Mehmonlarning Samarqand bilan tanishuvi ulug` muqaddas, imom Ismoil al-Buxoriy maqbarasini ziyorat qilishdan boshlandi. Shundan so`ng pokistonlik mehmonlar afsonaviy registon maydoni bilan yaqindan tanishdilar.Benazir Buxutto va unga hamrohlik qilayotgan deligatsiya sharq me`morchiligining namunasiga aylangan. Go`ri Amir maqbarasini ham ziyorat qildilar.
Ikki mamlakat xalqlari do`stligi ramzi sifatida Samarqand va Pokistonning Lohar shaharlari o`rtasida birodarlik aloqalari o`rnatilgani to`g`risida hujjat imzoladilar.
Pokiston Bosh vaziri Benazir Buxutto shu kuni Samarqanddan vataniga jo`nab ketdi19.
Pokiston Bosh vazirining O`zbekistonga kelishi yangi bosqichga sabab bo`ldi. Shu yilning 28 oktyabrida E.Xalilov boshchiligida delegatsiya Pokistonga jo`nab ketdi. Bu tashrifning sababi I.Karimovning, “O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida” kitobining taqdimot marosimi munosabati bilan20.
Pokiston Islom Respublikasining bosh vaziri Benazir Buxutto 1995 yilning ya`ni shu yilda ikkinchi bor 11 noyabrda rasmiy amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo`ldi.
Uchrashuvimizdan asosiy maqsad mintaqada tinchlik va ososyishtalikni saqlash, qo`shni Afg`onistonda davom etayotgan birodarchilik urushini to`xtatish va Afg`onistonni tinch va barqaror o`lkaga aylantirishga ko`maklashish,, shu bilan birga O`zbekiston bilan Pokiston o`rtasidagi kommunikatsiya va savdo aloqalarini rivojlantirish borasidagi masalalarni muhokama etishdir” – dedi mamlakatimiz rahbari.“Qo`shning tinch, sen tinch” bejiz aytilmagan. Afg`onistonga tinchlik o`rnatilishi Pokiston orqali Hind okeaniga chiqish yo`li ochiladi21.
Bosh vazirning mamlakatimizga ikki bor tashrifi pokistonliklarni o`zbek xalqiga qiziqishi hamkorligi yuqori darajada ekanligini bilishimiz mumkin.
Bir yildan so`ng 1996 yilning oktyabr oyida Pokiston prezidenti Farrux Ahmad Leghoriy mamlakatimizda bo`ldi. O`zbekiston va Pokiston hukumatlari a`zolari bilan o`zaro tanishdilar Prezidentlar har ikkala davlat o`rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash, o`zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bilan bog`liq masalalar borasida fikr almashdilar22.
Kuni kecha Pokiston poytaxtida navbatdagi afg`onlararo uchrashuv bo`lib o`tdi. BMT vositachiligida o`tgan va “tolibai” islom harakati, ularga qarshi turgan ittifoq vakillari qatnashgan ushbu sulh muzokaralarida o`t ochishni to`xtatish va harbiy asirlarni almashish masalalari ko`rib chiqildi. Tinchlikka mushtoq bo`lgan afg`on xalqi Islomoboddagi sulh muzokaralariga katta umid bog`lagan, ushbu tadbir mamlakatdagi behuda qon to`kilishini to`xtatish tomon muhim qadam bo`ladi, deb kutgan edi.Odatda harbiy to`qnashuvlardan, mahalliy nizodan bezor bo`lgan xalqlar tinchlikni ko`zlovchi har bir tadbirni muqaddas deb bildilar. O`z yurtlarida 18 yildan beri urush bo`layotgan jafokash va jabirdiyda afg`on xalqi ham bundan istisno emas.Bunday xatarli odat o`z navbatida yer yuzining ko`pgina nuqtalarida qonuniy tashvish tug`dirmoqda. Jumladan Mustaqil Davlatlar hamdo`stligi mamlakatlari Qozog`iston Qirg`iziston, Rossiya, Tojikiston va O`zbekiston mudofaa vazirlarining Toshkentda bo`lib o`tgan so`ngi uchrashuvlarida Afg`onistondagi qurolli mojaro davlat ichidagi kurash doirasidan chetga chiqib, mintaqa xavfsizligiga rahna sola boshlaganini ham alohida ta`kidlab o`tmoqdalar.Islomobodda sulh muzokalari o`tkazilishiga ham BMTning xizmati katta bo`ldi. Jumladan xalqaro jamiyatchilik O`zbekiston rahbari Islom Karmiovning qo`shni mamlakat Afg`onistonga qurol-yarog`larni chetdan etkazib berishni to`xtatishni, uning ichki ishlariga aralashishga chek qo`yishni ko`zlovchi takliflarni qizg`in qo`llab-quvvatlab chiqdi23.
Doimiy ravishda O`zbekiston bilan Pokiston osiyo qit`asidagi notinch vaziyatlarga doimo uni ijobiy hal qilishga urinadilar. Buning yaqqol misoli Pokiston va Afg`onistondir.XX asrning yana bir uchrashuvi 2005 yil 6 martda Pokiston prezidenti Parvez Musharrafning Do`rmon qarorgohiga tashrifi bilan boshlandi. O`zbekiston va Pokistonning ikki tomonlama munosabatlari mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin yangicha mazmun kasb etdi. Ammo Afg`onistondagi fuqarolar urushi va buning natijasida mintaqada vujudga kelgan qaltis vaziyat hamkorlikni imkoniyat darajasiga ko`tarish uchun to`siq bo`lib keldi. Afg`onistonda endilikda tinch va osuda hayot tiklanmoqda. Bu O`zbekiston va Pokiston munosabatlarini tahlil etish, aloqalar istiqbolini belgilab olish, hamkorlikning huquqiy asosini qayta ko`rib chiqish va samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratmoqda.Ikki mamlakat hukumatlari o`rtasida 2009-2015 yillarda mo`ljallangan xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasidagi hamkorlik to`g`risida bitim imzolandi24. Shu kuni Pokiston Prezidenti O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoev hamkorligida Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog`ga tashrif buyurib, O`zbekiston tarixi davlat muzeyida ham bo`ldi.Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Parvez Musharraf yurtimizda tashrifi davomida Samarqandni ham ziyorat qildi.Yaqinda ish boshlagan Pokiston Islom Respublikasining O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Saishod Kamron ishonch yorlig`ini davlatimiz rahbariga topshirayotgan paytda ham Prezidentimiz Islom Karimov ikki mamlakat o`rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa sohalarda keng qamrovli hamkorlikni yanada keng rivojlanishiga ishonch bildirdi25.Pokiston Islom Respublikasining Prezidenti Parvez Musharrafning taklifiga binoan Karimov 2006 yil 2-6 may kunlari rasmiy tashrif bilan Pokiston Islom Respublikasida bo`ldi.Hozirgi vaqtda O`zbekiston bilan Pokistonning hamkorligi yangi sur`at bilan rivojlanmoqda. Islomobod o`zining Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligini kengaytirishda O`zbekistonga alohida ahamiyat qaratadi. Bunda davlatlarimiz rahbarlarining ko`pgina siyosiy masalalarda hamfikrligi yaxshi asos bo`lmoqda. Masalan, Pokiston Andijon voqealaridan keyin BMT bosh assambleyasida O`zbekistoning nuqtai nazarini yo`qladi. Islomobod mamlakatimizning Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) doirasidagi taklif va tashabbuslarni qo`llab-quvvatlaydi. Ayni paytda Pokiston rahbariyati bu mamlakatda 2005 yil 8 oktyabrda bo`lgan zilziladan keyin O`zbekiston tomonidan ko`rsatilgan yordamni juda qadrlaydi. O`zbekistonning bunday yelkadoshligiga minnatdorlik tashrif asnosida Prezidentlar imzolagan Qo`shma bayonotda ham o`z aksini topgan.
Shu omillarni inobatga olib, O`zbekiston bilan Pokiston o`rtasida mustahkam ishonch va samimiy hurmatga asoslangan munosabatlar qaror topib borayotganligini ta`kidlash mumkin. Ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, turli darajadagi muloqotlarni kengaytirish, huquqiy bazani takomillashtirish va hayotga faol tadbiq etish borasida mamlakatimizning intilishlari bir xil ekanligi safar asnosida bir necha bor qayd etildi.Prezidentlar xavfsizlik masalasiga alohida e`tibor qaratadilar. Bu mavzu bevosita Afg`onistondagi vaziyatga borib taqalishi ravshan. Zero, O`zbekiston va Pokiston terror bilan yuzma-yuz kelgan davlatlardir. Xalqaro terrorchilar ikki mamlakatga ham uzoqni ko`zlovchi maqsadlar bilan hujumlar uyushtirgan. Islom Karimov aytganidek, har qanday taraqqiyot zamirida tinchlik barqarorlik yotadi. Afg`onistondagi beqarorlik Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo davlatlaridan iborat makro mintaqadagi vaziyatga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda.Shundan kelib chiqib Islom Karimov va Parvez Musharrf Afg`onistondagi tiklanish ishlarida hamkorlik masalari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.Prezident Islom Karimov o`zi uchun ajratilgan qarorgohda Pokiston Milliy assableyasi (parlamentning quyi palatasi) raisi Chaudri Amin Husaynni qabul qildi.Uchrashuvda mamlakatimiz rahbari Pokiston va O`zbekiston o`rtasida qonun ijodkorligi sohasida axborot va tajriba almashish davlatlararo munosabtlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta`kidlagan edilar. Tashrif asnosida Prezident Islom Karimov Pokiston Bosh vaziri Shavkat Aziz bilan uchrashdi.
O`zbekiston Prezidenti Pokistonning Federal suv xo`jaligi va energetika vaziri, savdo-iqtisodiy va milliy texnikaviy hamkorlik bo`yicha O`zbekiston-Pokiston hukumtlararo komissiyasining ham raisi Loiqat Ali Shatoynini ham qabul qildi. Suhbat chog`ida suv energetika majmui sohasidagi o`zaro hamkorlik, hukumatlararo komissiyaning faoliyat ko`lamini kengaytirish bilan bog`liq masalalar yuzasidan fikr almashildi. O`zbekiston bilan hozirgacha 26 ta hujjat tartibga solingan26. Islom Karimovning bu tashrifi O`zbekiston bilan o`zaro madaniy aloqalar bo`lib’, qo`shma korxonalar, “qo`shning tinch, sen tinch”, maqoliga hamnafas holda ish olib borishni mo`ljallamoqdalar. Ikki o`rtadagi hamkorlik biz uchun ham foydali ham manfaatli siyosiy, iqtisodiy bitimlar hisoblanadi.Pokiston bilan hamkorlikni rivojlantirish uchun yana bir qadam qo`yildi. 2007 yilning 14 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Azizni qabul qildi.

  • Sizning ushbu tashrifingizga O`zbekiston Pokiston munosabatlari rivojlanib borayotganining yana bir belgisi sifatida qaraymiz, - deydi davlatimiz rahbari27.

Mamlakatimizga rasmiy tashrif buyurgan Pokiston Islom Respublikasi bosh vaziri Shavkat Aziz 15 mart kuni Buxoro va Samarqand shaharlarini ko`rdi.
Yuksak martabali mehmon dastlab Samarqanddagi Islom Somoniy majmuini ziyorat qildi. U Go`ri Amir maqbarasi Registon majmui va Ulug`bek rasadxonasini ko`zdan kechirdi.Pokiston Bosh vaziri Buxoroda Bahouddin Naqshband majmuini ziyorat qildi. Ismoil Somoniy maqbarasi, Minorai Kalon majmui, Mir Arab madrasasi bilan tanishdi. O`zbekiston buyuk allomalari, jumladan Islom madaniyati rivojiga ulkan hissa qo`shgan muhaddislar etishib chiqqan tabarruk zamindir. Bu zaminda bo`lgan kishi uzoq tarixga ziyorat qilganday his etadi o`zini O`zbekistonga tashrifim g`oyat samarali bo`lgani alohida ta`kidlamoqchimiz.



Download 357 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish