Buxoro davlat universiteti tarix fakulteti tarix kafedrasi


I.Bob.O’zbekiston va Pokiston davlatlarining ijtimoiy.-.iqtisodiy va siyosiy hamkorligi



Download 357 Kb.
bet8/11
Sana06.02.2022
Hajmi357 Kb.
#431956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O’zbekiston va pokiston munosabatlari

I.Bob.O’zbekiston va Pokiston davlatlarining ijtimoiy.-.iqtisodiy va siyosiy hamkorligi.


I.2.O`zbekiston va Pokistonning siyosiy sohadagi aloqalari
Mustaqillik yillarida O`zbekiston tashqi siyosatining geografiyasi kengayib bordi. Yaqin va O`rta Sharq hamda Arab mamlakatlari bilan davlatlararo munosabatlarni o`rnatish va rivojlantirishga intilish ham O`zbekiston tashqi siyosatining muhim yo`nalishlari hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1992 yil 13-14 avgust Pokistonga qilgan rasmiy tashrifi chog`ida iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik to`g`risida bitim imzolagan edi.
Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz Sharifning 1992 yil 27-28 iyun’ kunlari O`zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi davrida boshqa sohalar bilan bir qator iqtisodiy sohada ham hamkorlik bitimining tuzilishi mamlakatlar o`rtasidagi aloqalarning rivojlanishiga katta yordam bo`lgan edi.
O`z navbatida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 1992 yil 13-14 avgust kunlari Pokistonga qilgan rasmiy tashrifi chog`ida mamlakatlar o`rtasidagi aloqalarni rivojlanishiga yordam berdi.
Pokiston davlat va hukumat boshliqlarining O`zbekistonga rasmiy safari paytida imzolangan hujjatlar davlatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Pokiston Islom Respublikasining “Tabani”, “Merkuriy”, “Metro” kabi yirik firmalariga o`xshash 150 ga yaqin qo`shma korxonalari ishlab turibdi. Hozirgi vaqtda qo`shma korxonada ishlab chiqarilgan “Merkuriy”, “Tabani” va “Metro” etiketkali kiyim-kechakni har qadamda uchratish mumkin. Bu ham hamkorligimiz natijalaridan biri hisoblanadi.Shunisi quvonchliki, o`tgan yillar mobaynida mamlakatlarimiz o`rtasidagi tovar ayriboshlash hajmi bir necha million dollarni tashkil etadi. Ayni kunda O`zbekistonda 116 ta qo`shma korxona, firma hamda kompaniyalar faoliyat ko`rsatdi. “Tabani”, “Merkuriy”, “Metro”, “Gani Tekstayl”, “Lakson Tabaka” kabi firmalar iqtisodiy aloqalarimizni mustahkamlashda alohida o`rin tutadi. Jahonda ko`p mamlakatlar bilan savdo aloqalarini olib boruvchi “Tabani” firmasi yaqinda Toshkentda o`zining vakolatxonasini ochdi. “Tabani” savdo firmasi bilan O`zbek havo yo`llari birlashmasi o`rtasida imzolangan shartnoma Karachi – Islomobod – Toshkent havo kemasi 30 oktyabrda mamlakatimizga qo`ndi. Unda firma boshliqlaridan Yoqub Tabani poytaxtimizga keldi28. Bu kompaniyalarning o`zaro hamkorligi uchun birinchi qadam qo`yilishi edi.
I.Karimovning Pokistonga tashrifida ikki davlat hukumati o`rtasida pochta xizmati va telealoqa yo`llari sohasida hamkorlik qilish haqidagi bitim, sarmoya sarflanishni o`zaro rag`batlantirish va himoya qilish to`g`risidagi bitim; suv xo`jaligi energetika irrigatsiya, melioratsiya sohasida hamkorlik qilish haqidagi bitim, O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki bilan Pokiston davlat banki o`rtasidagi bitim, O`zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banklari bilan Pokiston davlat banki o`rtasidagi bitimlar imzolandi29.
Bu uchrashuvda O`zbekiston Termizdan Afg`oniston orqali Pokiston u yerdan esa Hind okeaniga chiqish masalalari muhokama qilindi. Buning uchun 3 ta asfal’t, 2 ta temir yo`l qurishni taklif etdi. Agar ushbu yo`l qurilishi, qurilishida ikki davlatning manfaati ya`ni O`zbekiston suv yo`li orqali butun dunyoga juda oson bog`lanadi30.
9-10 may kunlari Turkmaniston Respublikasi poytaxti Ashxabot shahrida O`rta Osiyo va Qozog`iston, Eron, Turkiya va Pokiston respublikalari davlat va hukumat rahbarlarining uchrashuvi bo`lib o`tdi.Ashxabot uchrashuvi 7 mustaqil davlatning xo`jaligi, mahsulotlarni saqlash, sotish eksport, turizm uchun transport xizmati ehtiyoji ortadi. 1994 yilgacha Tajan-Seraxs-Mashhad temir yo`li qurilishini tugatish bojxona xizmati tashkil etish, mutaxassislar tayyorlash tajriba almashish haqida maxsus hujjatlari imzolandi. Mazkur temir yo`l uzunligi 305 km, qurish uchun 547 million Amerika dollari sarflanadi. Bu temir yo`l Anqaragacha yoki Fors ko`rfazigacha u bilan dunyoning istalgan burchagiga etkazish mumkin.
Uchrashuv shu mamlakatlarini bog`lovchi xalqaro avtomobil’ yo`lini qurish shuningdek neft’ gaz kimyo sanoatiga oid masalalar yuzasidan ham maslahatlashib olindi31.
O`zbekiston bilan hamkorlik qilayotgan Pokiston firma va kompaniyalari soni kun sayin ortib bormoqda. Pokiston mahsulotlari ko`rgazmasi Toshkentda tez-tez namoyish etilayotganligi hammaga ayon.Xuddi ana shunday yirik hajmdagi ko`rgazmalarning biri 1995 yil 22-27 may kunlari Pokiston Islom Jumhuriyati Bosh vaziri muhtarama Benazir Buxutto xonimning O`zbekistonga rasmiy davlat tashrifi oldidan ochilgan edi. Ko`rgazma Turkiston saroyida namoyish etib, unda rang-barang assortimentdagi tovarlar: sanoat tovarlari, paxta kalavalari, to`qimachilik va polietilen gazlamalari, tikilgan kiyimlar, paypoq buyumlari, sochiqlar, sport mollari, xirurgiya asboblari, kosmetika, tamaki va sigaretalar, guruch, oziq-ovqat ne`matlari, yog`ochdan ishlangan mebellar, xalq hunarmanchiligi buyumlari namoyish etildi. Shuningdek, ko`rgazmada O`zbekistondagi tadbirkor va tijoratchilar tomonigan Pokiston biznesmenlari hamda ishbilarmonlariga qulay imkoniyatlar yaratilgan edi32.
Bu ko`rgazmada Pokiston Islom Respublikasining Bosh vaziri Benazir Buxuttoning O`zbekistonga rasmiy tashrifi munosabati bilan 22 may kunidan Toshkentda Pokiston sanoati mollari ko`rgazmasi ochildi. Pokiston Respublikasining Bosh vaziri B.Buxuttoning turmush o`rtog`i, Pokiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasining raisi janob Asif Ali Zardoriy mazkur tadbir hamkorlik va savdo aloqalarini mustahkamlashga katta hissa qo`shadi, deb ta`kidladi.Shu kuni Pokiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasining raisi janob Asif Ali Zardoriy O`zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi raisi A.Habibullaev bilan uchrashdi.Uchrashuv chog`ida O`zbekistonda Tabiatni muhofaza qilish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Unda suv hamda yer resurslaridan oqilona foydalanish, har ikki mamlakat tabiatini muhofaza qilish qo`mitalari o`rtasida o`zaro hamkorlikni yo`lga qo`yish bilan bog`liq masalalar muhokama qilindi. Janob Asif Ali Zardoriy O`zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasiga insonparvarlik yordami tariqasida dori-darmonlar hadya etdi33.
Ko`rgazma Pokiston hukumati eksporti rivojlantirish byurosi Pokistonning Toshkentdagi elchixonasi va O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi hamkorligida tashkil etilgan edi.Shu o`rinda aytish jiozki, iqtisodiy aloqalarimizni yanada mustahkamlashda havo va avtomobil’ yo`llari ochilishiga katta imkoniyatlar yaratadi. Har ikki mamlakatlar o`rtasida avtomobil’ yo`llarini bunyod etish ko`p jihatdan Afg`onistondagi urushni tezroq to`xtatish va u yerda tezroq barqaror vaziyatni qaror toptirishga bog`liq. Pokiston O`rta Osiyoda xavfsizlik va barqarorlik masalalari bo`yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti seminarini muntazam o`tkazib turishga doir tashabbuslarni birinchilar qatori qo`llab-quvvatlagan mamlakatdir34.
Bosh vazir Benazir Buxuttoning tashrifi bilan O`zbekiston va Pokiston o`rtasida imzolangan hujjatlarda xalqlarimizning azaliy qardoshligi, hamkorligini mustahkamlashga xizmat qilayotganini ta`kidlaydilar. Ikki mamlakat ishbilarmonlari bu aloqalarning mustahkamlanishiga muhim hissa qo`shmoqdalar. Bu bilan ular qadimiy buyuk ipak yo`li orqali shakllangan aloqalarni rivojlantirmoqdalar. Mamlakatlarimiz o`rtasida havo yo`li ochilgani bu borada g`oyat qo`l kelmoqda. Markaziy Osiyoda, xususan, Afg`onistonda tinchlik o`rnatilishi Termiz-Karachi avtomobil’ yo`lini qurish imkonini beradi. Keyinchalik esa ikki mamlakat o`rtasida temir yo`l qurilishi aloqa tarmoqlarini kengaytirish, oxir-oqibatda foydali hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.1995 yilning may muzokaralari nihoyasida ikki tomonlama soliq olmaslik to`g`risidagi, fan va texnika sohalarida hamkorlik qilish haqidagi, sayyohlikni rivojlantirish sohasida hamkorlik to`g`risidagi bitimlar imzolandi. Bu hujjatlarga O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Pokiston islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Asif Ahmad Ali imzo chekdilar35.
Malakatimizda istiqlol sharofati tufayli izchillik bilan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar barcha sohalarni shu jumladan savdo-sotiqni ham qamrab olyapti. endilikda savdo xizmatini har taraflama a`lo darajada uyushtirish, do`konlarni xaridorlarga manzur bo`luvchi oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat uy-ro`zg`or xo`jalik buyumlari bilan savdo qilishni hayotning o`zi taqozo qilmoqda.
Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi Amir Temur shoh ko`chasida joylashgan xususiy “Ixlos” o`zbek-pokiston qo`shma savdo korxonasi o`tgan yili Qozog`iston kinoteatri yonidagi kichik oshxona o`rnida qad ko`tardi. Unga chorak asr umumiy ovqatlanish korxonasida mehnat qilib, boy tajriba ortirgan “Savdo a`lochisi” Homid aka Karimov boshchilik qilmoqda. Yangi savdo korxonasi qoshida namunali oshxona milliy non yopish sexi tashkil topgan. Korxona rahbari va jamoaning sa`yi-harakatlari bilan kinoteatr yaqinida joylashgan sobiq avtobuslar o`rnida shahar bosh loyihasi instituti loyihasi bo`yicha Sharqona uslubdagi katta avtobekat bunyod etildi. Xuddi shu bekat yonida oq g`ishtdan ajoyib dorixona qurilib bitkazildi. Shuningdek bekatning o`zida engil paketlangan oziq-ovqat mahsulotlari (choy, kofe, shokolad, pechen’e), poyafzal, kiyim-kechak, estalik sovg`alari kabi sanoat mollari bilan savdo qiluvchi firma do`koni ishga tushdi. “Ixlos” xususiy korxonasi boshlig`i tuman rahbariyati bilan maslahatlashib ixlos faoliyatini yanada kengaytirish, uni iqtisodiy-moliyaviy jihatdan etuk savdo markaziga aylantirish rejasini tuzdi. Ana shu rejalar negizida rahbarda qo`shma korxona tashkil qilish fikri tug`ildi. Korxona rahbari shu maqsadda o`zbek-pokiston korxonasi tashkil etishga qaror qilib milliy xususiyatlarimizni tushuna oladigan chet el sarmoyadorlarini izlashga kirishdi va nihoyat pokistonlik tadbirkor Maqsud alim Niyoziy bilan “til topishdi” tomonlar o`zaro kelishib “Ixlos” qoshida zamonaviy “Islomobod” restoranini ishga tushirdilar. Uning qoshida namunali “Bar”, “Barik’yu”, “Kabare” xizmati turlari ham mavjud.
Bu yerda ishtaha bilan ovqatlanib, madaniy hordiq chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Yana shuni alohida ta`kidlash lozimki, restoranda tayyorlanayotgan o`zbekcha, pokistoncha, ovro`pacha taomlar sifatli bo`lib, narxi ham arzon, “Islomobod”da barcha taomlar o`zbek va pokistonlik pazandalar tomonidan tayyorlanib, xo`randalarga manzur bo`lmoqda. O`zbek milliy ovro`pa taomlarini mohir oshpaz Jamil Mansurov. Adham Normatovlar tayyorlab berishmoqda. O`zbek pazandalariga bosh oshpaz G`.Sulaymonov boshchilik qilmoqda Pokistoncha milliy taomlarni esa 4 nafar pokistonlik pazandalar tayyorlashmoqda. Ularga Muhammad Orif bosh-qosh. Pokistonliklar tayyorlayotgan qovrilgan tovuq, shirguruch-kir, diplama-olikama, milliy palov, chipati noni kabi taomlar ta`timli, to`yimli bo`lib mehmonlarga manzur bo`lyapti.
Bu dargohda davlat tili haqidagi qonunga ham to`la amal qilmoqda. Ko`rsatgich lavhalar lotin alifbosida yozilgan.
Taomlar, oziq-ovqatlar va sanoat mollarining narx navosi aniq ko`rsatilgan. Qo`shma korxona rahbarlari qo`shimcha qandolat sexi barpo etishga ahd qilib, hozir uni amalga oshirishga kirishdilar. Unga elga manzur bo`ladigan pokistoncha milliy shirinliklar: gulobjamin, patisa, holva kabi qandolatlarni ko`plab miqdorda ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi. Buning uchun zarur bo`lgan asbob uskunalar, bir guruh qandolatchi mutaxassislar Pokistondan kelishadi.Hozir ishlab turgan kichik qandolat sexida turli xil mayizli shirin bulochkalar, pechen’elarni mohir yosh pazanda-qandolatchi Go`zal Ergashova ishlab chiqaryapti.“Ixlos” qo`shma korxonasiga aylantirilgach, uning ishlab chiqarish quvvati o`sib, mol aylanishi ikki marta oshdi. Qo`shimcha sexlar to`la quvvat bilan ishga tushirilgach, mol aylanishi yanada ko`payadi.
Haqiqatdan ham bu qo`shma korxona jamoasi sidqi dildan mehnat qilib moliyaviy jihatdan oyoqqa turib, kasodlik kasofatidan xoli bo`lishga erishgan kenja korxonalardan biri bo`lib qoldi. Hayotni o`zi “Ixlos” misolida mamlakatimiz rahbariyatining chet el rahbariyatini o`z sarmoyamiz bilan iqtisodiyotimizni rivojlantirishga keng ko`lamli jalb qilish haqidagi dastur ko`rsatmalari qanchalik muhim ekanligini yana bir bor tasdiqladi. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali qo`shma korxonalar tashkil qilishga mustaqillik sharofati tufayli keng yo`l, imkoniyatlari ochildi. Biz “Ixlos” kabi urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz bir-biri bilan chambarchas bog`liq bo`lgan qardosh Pokiston bilan shu sohadagi izlanishlar yanada rivojlanib mustahkamlanishiga ishonamiz. Ma`lumki, bu esa O`zbekistonimizning o`ziga xos va mos mustaqil iqtisodiy siyosatining yorqin samarasidir36.1995 yil avgust oyida Pokistonda xabar kelib, kutilmagan yomg`ir oqibatida toshqin yuz berdi.12 avgust kuni 21 tonna insonparvarlik yuklari ortilgan, O`zbekiston havo yo`llari milliy aviakompaniyasining IL-76 yuk samolyoti Toshkent aeroportidan Pokistonning Lohur shahri sari yo`l oldi.
Ana shunday paytda O`zbekiston Respublikasi hukumati tabiiy ofatdan jabr ko`rgan do`st Pokiston xalqiga insonparvarlik yordami ko`rsatish borasiga farmoyish e`lon qildi. O`zbekiston farmaseptika sanoati kontserni, O`zbekiston engil sanoat davlat uyushmasi hamda “o`zbek savdo” assotsiatsiyasi bu farmoyishga qaryib 4 million so`mlik dori-darmon, poyafzal, bolalar kiyimlari va yopinchiqlaridan iborat yuklarni hozirladilar.

  • Bu do`st O`zbekiston xalqining bergan dastlabki yordami emas, - deydi Pokiston Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Shavkat Ali Shayx – Tabiiy ofat yuz bergan 1992 yilda ham muhtaram Prezident Islom Karimov Farmoyishiga ko`ra, Pokistonga yordam komissiyasi tuzilgan, vertolyotlar vositasida jabr-diydalarga ko`mak berilgan edi. Bu xalqlarimiz azaliy do`stligi va qardoshligining yorqin ko`rinishidir37.

Ikki mamlakat xalqaro tashkilotlarga a`zo bo`lib, o`zaro manfaatli hamkorlikda bir-biriga hamnafasdir.1992 yil 28 noyabrda O`zbekiston, Pokiston Eron va Turkiya tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkilotlariga (EKO) a`zo bo`lib kirdi. 1992 yil 10 may Ashxabodda O`zbekiston, Turkmaniston, Qozog`iston, Eron, Turkiya, Pokiston davlat va hukumat rahbarlari “Trans-Osiyo” temir yo`lini vujudga keltirish maqsadida Tajan-Seraxs-Mashxad temir yo`li qurilishi haqida bitim, bojxona xizmatini tashkil qilish. Shu soha uchun mutaxassis, kadrlar tayyorlash haqidagi hujjatlarni imzoladilar.O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1999 yil 10-11 may kunlari EKO Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga a`zo mamlakatlar, davlat va hukumat boshliqlarining beshinchi uchrashuvida qatnashish uchun Almata shahriga tashrif buyurdi.
Iqtisodiy hamkorlik Tashkilotini 1977 yil Pokiston va Turkiya davlatlari birgalikda tashkil etgan edi. 1992 yil O`zbekiston, Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`iziston, Ozarbayjon va Afg`onistonning qo`shilishi bilan mazkur tashkilotning hududiy qamrovi kengaydi, unga a`zo bo`lgan davlatlarning iqtisodiy madaniy sohalarda hamkorlik qilishi uchun qulay imkoniyatlar yaratildi.
Davlatimiz rahbari O`zbekistonning EKO faoliyatida qatnashishidan ko`zga tutilgan maqsadlar haqida ham to`xtaldi. Birinchidan bu tashkilot ishda ishtirok etish bizga qo`shni davlat bilan o`zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash uchun. Bu o`z navbatida mamlakatimizning xavfsizligini ta`minlashga xizmat qiladi. Ikkinchi maqsad esa mintaqadagi gumanitar muammolarni birgalikda hal etish tarixiy zamini bir bo`lgan aloqalarni mustahkamlashdan iboratdir. Uchinchidan eng muhim vazifa bu mavjud tabiiy salohiyatimizni dunyoga olib chiqish uchun kommunikatsiya tarmoqlarini vujudga keltirishdan iboratdir. Chunki bu muammoni hal etmay turib, 300 million aholi yashaydigan ulkan hududda iqtisodiy taraqqiyotga erishish qiyin.So`ng Sammit qatnashchilari minatqaviy hamkorlikning ustuvor yo`nalishlari, EKOning kelgusi faoliyatini takomillashtirish yo`llari belgilangan Almata Deklarattsiyasini tasdiqladilar. Shuningdek, a`zo mamlakatlar o`rtasida yuk tashish borasidagi to`siqlarni bartaraf etishga, kontrabandaga qarshi birgalikda kurashishga qaratilgan hukumatlararo hujjatlar ham qabul qilindi38.
Xalqaro tashkilotlardan yana biri Shanxay hamkorlik Tashkiloti (SHHT) mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Xitoyning Shanxay shahrida 6 mamlakat Qozog`iston, Xitoy, Qirg`iziston, Rossiya, Tojikiston va O`zbekiston davlat rahbarlari uchrashuvida tuzilgan (2001 yil 15 iyun’) SHHTning Dushanbe Sammitida (2001 yil va iyun) yangi tashkilotning maqsad va printsiplari e`lon qilindi. Dekloratsiya, shuningdek, terrorizm ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash to`g`risidagi konventsiya qabul qilindi.
Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi 2004 yil 1 yanvarda faoliyat ko`rsatadi. 2004 yil 17 iyunda Toshkentda bo`lgan majlisida Tashkilotning shakllanishi yakunlanganligini qayd etilgan39.
Mohiyat jihatdan yondashadigan bo`lsak, Pokistonning SHHTga qo`shilishi vaziyat taqozo etayotgan zarurat. Chunki Pokistonga terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurashning oldingi safida turgan davlatlardan biri sifatida qaralmoqda. Mamlakatda bu kurash tobora kuchayib borayotganligi sababli ilgari bu yerdan panoh topgan terrorchilarga endilikda shavqat yo`q. SHHTga a`zo mamlakatlarning bu boradagi maqsad va intilishlariga mos Terrorizmga va narkobiznesga qarshi kurashda hamkorlik avvalo, Pokistonning o`ziga qolaversa butun mintaqaga barqarorlikni va manfaatni keltiradi. Bugungi kunda biz Pokistonni mintaqada barqarorlikni ta`minlashda va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishda muhim o`rin tutuvchi mamlakat sifatida e`tirof etamiz.Ikki tomonlama va SHHT doirasida qaror topgan aloqalar tufayli Xitoy ham O`zbekistonga Markaziy Osiyodagi muhim davlat sifatida qaraydi. Demak, O`zbekiston – Pokiston hamkorligi siyosiy va iqtisodiy aloqalar va xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlash nuqtai nazaridan dolzarb masala sifatida namoyon bo`lmoqda40.
Hozir Pokiston O`zbekiston paxtasini 3-davlat orqali sotib olyapti. O`tgan yili o`zaro tovar ayirboshlash hajmi 8,4 million AQSH dollarini tashkil etdi. Vaholanki, Eron bandargohlari orqali Pokistonga 43 million dollarlik paxta yuborildi. Tabiiyki ikki tomonlama savdo statistikasida bu raqam kirmaydi. Shu bois muzokarada bevosita savdo sotiq masalalariga alohida e`tibor qaratildi. Bosh vazirlarga savdo iqtisodiy hamkorlik bo`yicha O`zbekiston – Pokiston qo`shma komissiyasining faoliyatini takomillashtirish vazifasini yuklashga kelishib olindi.
Qo`shma korxonalar masalasi ham keng muhokama etildi. Hozir O`zbekistonda Pokiston sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 42 korxona faoliyat ko`rsatmoqda. Ular 2004 yilda jami 19,5 milliard so`mlik tovar ishlab chiqardi va xizmat ko`rsatdi. Bunda eksportning ulushi 4,4 million AQSH dollarini tashkil etdi. O`zbekistonda “Taboni korporeyshn” va “Pokiston interneyshnl eyrlayzn” kompaniyalarining vakolatxonalari ishlab turibdi. Bu ko`rsatgichlar ikki tomonni ham qoniqtirmasligi, uni amalga oshirish imkoniyatlari ko`pligi ta`kidlandi. Ishbilarmonlar harakatini yanada rag`batlantirish va qo`llab-quvvatlash, bank-moliya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama etildi41.
Hozirgi paytda munosabatlarni shartnomaviy huquqiy asosi 24 ta davlatlararo, hukumatlararo, idoralararo hujjatlardan iborat.“Savdo-iqtisodiy bitim”ga muvofiq mamlakatlarimiz o`rtasida eng qulay savdo muhiti o`rnatilgan. 2005 yil yakunlariga ko`ra O`zbekiston va Pokiston o`rtasidagi tovar aylanmasi 10,7 foizga etdi.Ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishda savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamokrlik bo`yicha hukumatlararo komissiya muhim ahamiyat kasb etmoqda. Uning so`nggi majlisi o`tgan yilning 29 dekabrida Toshkentda bo`lib o`tdi.Hukamatlararo komissiya majlisi yakuni bo`yicha imzolangan protokolga muvofiq, savdo iqtisodiy va moliyaviy, madaniy gumanitar sohalardagi har tomonlama aloqalar rivojlanishini qo`llab-quvvatlash yuzasidan kelishib oldilar. Savdo-iqtisodiy va ilmiy texnikaviy hamkorlik bo`yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisini joriy yilda Islomobodda o`tkazish taklifi bilan chiqdilar.Joriy yil fevral oyining birinchi yarmida Pokiston davlat savdo korporatsiyasi delegatsiyasining respublikamizga tashririfi kelishilgan erishuvlarni hayotga tadbiq etish yo`lidagi qadam bo`ldi. Delegatsiya vakillarining vazirliklar, idoralar hamda O`zbekistonning tashqi savdo kompaniyalarida bo`lib o`tgan uchrashuvlari chog`ida Pokistonga respublikamizdan ishlab chiqarilgan masulotlarni etkazib berish masalalari muhokama etildi.Shu yili aprel oyida Islomobodda O`zbekiston Respublika tovar xom-ashyo birjasining birinchi savdo maydonchasi ochilgan. Savdo iqtisodiy hamkorlikning kengayishiga muhim hissa qo`shdi. Bu mamlakatimiz ishbilarmon doiralari o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar imzolash imkonini beradi42.
2006 yil Pokiston Islom Respublikasiga Prezidentimiz Islom Karimov tashrifi munosabati bilan ikki mamlakat o`rtasida Qo`shma bayonat imzolandi. Parvez Musharraf bilan ikki mamlakat o`rtasida xalqaro terrorchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlik to`g`risidagi hukumatlararo bitimni kuchga kiritish uchun ratifikatsiya yorliqlarini almashish to`g`risida protokol, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash sohasida hamkorlik to`g`risida hukumatlararo bitim, O`simliklar karantini sohasida hamkorlik to`g`risida hukumatlararo bitim, savdo iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish to`g`risida hukumatlararo anglashuv memorandumini, shuningdek, O`zbekiston qishloq va suv xo`jaligi vazirligi bilan Pokiston oziq-ovqat, Qishloq xo`jaligi va chorvachilik vazirligi o`rtasida anglashuv memorandumi O`zbekiston Davlat Bojxona qo`mitasi bilan Pokiston daromadlar bosh-boshqarmasi o`rtasidagi tashqi savdo bojxona statistikasi sohasida o`zaro uslub va axborot almashishda hamkorlik to`g`risidagi anglashuv memorandumi, O`zbekiston savdo-sanoati palatalari federatsiyasi o`rtasida Qo`shma tadbirkorlar kengashni tuzish to`g`risida anglashuv memorandumi, O`zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan “Habib bank liped” o`rtasida anglashuv memorandumi imzolandi43.
Pokiston Bosh vazirining O`zbekistonga tashrifi asnosida ikki mamlakat ishbilarmonlarining biznes-forumi tashkil qilindi.Pokistonda O`zbekiston paxta ipagiga, yurtimiza davom etayotgan xususiylashtirish jarayoniga qiziqish katta. energetika va transport kommunikatsiyalari sohasia hamkorlikning istiqbolli porloq to`qimachillik qishloq xo`jaligi sohalarida qo`shma korxonalarni ko`paytirish mumkin. O`zaro savdo-sotiq va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Toshkentda Pokiston Milliy Bankining filiallini ochish masalasi ko`rib chiqilmoqda.O`zbekistondag mavjud qulay sarmoyaviy muhim pokistonlik ishbilarmonlarining yurtimizga qiziqishini tobora oshirmoqda. Hozir O`zbekistonda Pokiston sarmoyasi ishtirokida tuzilgan qirqqa yaqin korxona faoliyat ko`rsatmoqda. Ular ishlab chiqargan tovarlar va ko`rsatgan xizmatlarning yillik o`rtacha qiymati 20 milliard so`mga eskpro hajmi 4 million AQSH dollariga etadi44. Muzokaralar yakunlari bo`yicha qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Jumladan ijtimoiy ishlar bo`yicha o`zaro huquqiy yordam ko`rsatish to`g`risida hukumatlararo shartnoma, Transport va tovarlar tranziti sohasida hamkorlik to`g`risidagi hukumatlararo bitim, Toshkent Islom universitet va Islomobod xalqaro ispan universiteti O`zbekiston Respublikasi savdo sanoati palatasi Toshkent shahar boshqarmasi,hamda Karachi savdo-sanoat palatasi o`rtasida, turli shartnomalar imzolandi45.
Pokiston Bosh vazirining 2014-yil mart oyida O’zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida ikki tomonlama sheriklikning holati va istiqbollari haqida atroflicha fikr almashildi hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikning izchil rivojlanishi ta’minlandi.
Oliy darajadagi uchrashuvlar chog‘ida erishilgan kelishuvlar va imzolangan hujjatlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.Hozirgi kunda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarning shartnomaviy-huquqiy asosini 42 ta davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo hujjatlar tashkil qilib, ular ko‘pqirrali munosabatlar taraqqiyotini samarali tartibga solish imkonini beradi.O’zbekiston va Pokiston savdo-iqtisodiy hamda sarmoyaviy sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirishdan birdek manfaatdor. Mamlakatlarimiz mazkur yo‘nalishlardagi aloqalarni mustahkamlashni ko‘zda tutuvchi qator hujjatlar, shu jumladan, savdo-iqtisodiy hamkorlik, o‘zaro sarmoyalar, kapital mablag‘larni himoya qilish, daromadlarning ikki tomonlama soliqqa tortilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda daromad soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni bartaraf qilish to‘g‘risidagi bitimlarni imzoladilar.Mamlakatimizning tobora ortib borayotgan salohiyati, rivojlanayotgan transport kommunikatsiyalari va xalqaro logistika markazlari, izchil modernizatsiya qilinayotgan sanoati o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.Hozirgi kunda O’zbekistonda Pokiston kapitali ishtirokidagi 57 ta korxona mavjud bo‘lib, ular to‘qimachilik, qog‘oz, charm-teridan tayyorlangan buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, transport va sayyohlik xizmatlarini ko‘rsatish singari sohalarda faoliyat yuritayotir



Download 357 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish