Buxoro davlat universiteti tarix fakulteti tarix kafedrasi


II.Bob Pokiston va O’zbekiston ilm fan sohasidagi hamkorligi



Download 357 Kb.
bet10/11
Sana06.02.2022
Hajmi357 Kb.
#431956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O’zbekiston va pokiston munosabatlari

II.Bob Pokiston va O’zbekiston ilm fan sohasidagi hamkorligi.


II.2.O`zbekiston va Pokiston hamkorligining yangi pag`onaga ko`tarilishi
1994 yil Pokistonda Ahmad Hasan Doniyning “Markaziy Osiyo uzra shu`la” kitobi bosilib chiqdi. Unda muallif Markaziy Osiyo va Pokiston o`rtasidagi tarixiy aloqalarni chuqur tahlil etadi. Temuriylar davri va Boburiylar faoliyatiga yuksak baho beradi. Bu davrda Hindiston yarim oroli ilm fan madaniyat rivojida Osiyo va Ovropa xalqlarini lol qoldirgan edi deb takidlaydi muallif.
Hozirgi kunda Mustaqil O`zbekistonimizga yuzlab Pokiston ishbilarmonlari, sarmoyadorlari, adib va jurnalistlari kelib mamlakatimizda yuz berayotgan buyuk o`zgarishlarni o`z ko`zlari bilan ko`rib yurtlariga qaytgach o`zlarining taasurotlarini aytmoqda. Shulardan adib va jurnalist Mirzo Azizbek “Bugungi O`zbekiston” nomli kitobni yozib nashr qildirdi. Kitob mustaqillik ne`matidan bahramand bo`lgan tanti va mard o`zbek xalqi hayotini tarannum etadi.
Pokistonda O`zbekiston bilan iqtisodiy, ilmiy ma`rifiy aloqalarni mustahkamlashga ko`maklashuvchi assotsiasiya faoliyat ko`rsatib turibdi. Uning tashabbusi bilan olimlar, jurnalistlar, mutaxassis, madaniyat arboblarining bordi-keldilari yo`lga qo`yilyapti54.
Taniqli adib va publisist Dadaxon Nuriy hindu-urdu tillari bilimdoni sifatida bir necha yillardan buyon pokistonlik ijodkorlar bilan adabiy aloqalarni davom ettirib kelmoqda.Buyuk sarkardamiz Jaloliddin haqida “So`ngi qoya” (“Axiri chitan”) tarixiy romani Pokistonda keng tarqalgan, eng sevib o`qiladigan asar ekanligini aytib o`tishni o`zi kifoya. Uni qayta-qayta nashr qilinsa ham tez tarqalib ketar ekan. Bundan ikki yil muqaddam sizning mehmoninggiz bo`lib kelgan taniqli Islomobodlik shoir Izhor ul Haq janoblari Xalq so`zi gazetasiga bergan interv’yusida o`zbek adabiyotini Pokistonda yanada kengroq tashviq qilish uchun o`zbek tilini o`rganayotganini gapirdi.U 10 oyda o`zbek tilini o`rganib, o`zi bir qator adabiyotlar olib ketdi. Ikkinchi marotaba kelganda o`zbek tiliga gaplashdik. Vataniga qaytgach, bizning adabiy muhitimiz va o`zbeklar haqida gazeta jurnallarda maqola bosilib chiqdi. Islomoboddagi ko`plab Pokiston-O`zbekekiston do`stltik jamiyatlari qoshida o`zbek tilini o`rganiish kursi tashkil etdi.
Karachida dunyoga dong`i ketgan mashhur mo`yqalam ustasi Iqbol Mehdi yashab uning asarlari Amerika, Angliya, Frantsiya, Quvayt, Saydiya Arabistoni kabi o`nglab mamlakatlarda namoyish etilgan. Karachiga kelgan kunimiz mehmonxonaga telefon qilib bizni kutayotgaligini aytdi. Rassomning ustaxonasi va hovliisi shahar chetida. U yerning o`zi ulkan bir muzeyni eslatadi. 15-16 ta Mehdining shogirdlari ishlar edi. Uni O`zbekistonga ko`rgazma uyushtirish niyati borligini aytdi. Shu kuni hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirib, rassomimiz Bahodir Jalolovga xat yo`lladi.Lahur shahrida “Pokiston buyuk endliterari saund” nashriyoti joylashgan. O`sha nashriyot nashri va bosh redaktori taniqli adib Tohir Aslom Gora do`stim “Pokiston-O`zbekiston iqtisodiy va madaniy aloqalar markazi” ning g`oyasi sifatida ko`p xayrli ishlar qilmoqda. Birinchi tajriba sifatida “urducha-o`zbekcha mushtarak so`zlari lug`ati” (tuzuvchi Ansoriddin Ibrohim) ni Pokiston va O`zbekiston uchun ommaviy nusxada bosib chiqardi. Hozir bu lug`at yana qayta nashr qilinmoqda. Pokistonlik o`quvchilar shu kishining sa`y-harakati tufayli “O`zbek adiblari hikoyalari majmuasini” nashrga tayyorlash ustida qizg`in ish olib borib, buning uchun u bir necha marta O`zbekistonga kelib ketdi. Hozir u o`zaro adabiy hamkorlikda yangilik desa arziydigan bir tajribani sinovdan o`tkazib ko`rmoqchi: O`zbek adiblarining bir necha asarlari tanlab olinib, urduchaga o`girilib, asar bir kitobning ichida ikki til ya`ni o`zbek urduchada chop etiladi. Uni bemaol O`zbekiston va Pokiston kitob do`konlarida sotuvga chiqarish mumkin. Tohir Aslom yana bir ish Namangan Davlat Universitetining arab fakul’teti o`qituvchilar jamoasi uzoq yillik ilmiy izlanishlar natijasida ko`p jildlik “O`zbekcha-arab so`zlar lug`ati” ni tayyorlagan edilar. Biroq ma`lum etishmovchilik sababli lug`atchilik tarixida ilk tajriba hisoblangan bu majmuani bosib chiqaprish muammo bo`lib qoldi. Hozir shu masalani ijobiy hal etish uchun universitet ma`muriyati bilan “Pokiston buyuk endliterori saund” nashriyoti o`zaro hamkorlik qilish yo`llari ishlab chiqilmoqda. Xullas, Pokistonda biz bilan har tomonlama hamkorlik qilishga talpinayotgan Aslam G`ora kabi jonkuyar kishilar ko`p55.
Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Benazir Buxuttoni mamlakatimizga tashrifi munosabati bilan biz poytaxtimizda tahsil olayotgan pokistonlik talabalarning ushbu tashrif haqida fikr mulohazalari bilan qiziqdik.Said Akif Maziaar TashDUning tayyorlov kursi tinglovchisi.

  • Toshkent shahriga kelib tahsil olish istagi menga jud erta uyg`ondi. Bolaligimdan o`zbeklar yurti kitoblarini, ertagu rivoyatlarni topib, o`qishga harakat qilardim. Bugungi O`zbekistonning madaniyati, san`ati, xususan, kinomotografiyadagi yutuqlari biz pokistonliklarni qattiq hayajonga soladi56. Biroq, shuni unutmaslik lozimki, bizning madaniyatimiz san`atimiz jilg`alari bir-biriga tutash irmoqlardek, bir o`zan bo`ylab mavjlanadi. Lekin ochig`i, ba`zi sohalarda bizga nisbatan O`zbekiston hiyla ilgarilab ketgan. Masalan mamlakatingizdagi tibbiyot, sport, kino san`atidagi yutuqlardan biz ham quvonamiz. Tibbiyotning otasi nomi bilan dunyoga mashhur bo`lgan Abu Ali Ibn Sino Pokiston sarhadlarida ulkan giyohlardan malham tayyorlab, kishilarga shifo ato etganligidan cheksiz faxrlanamiz.Shuningdek xalqlarimizning din e`tiqod jihatdan birligi ham bizni ruhan quvontirdi.Imron Roza ToshDU tolibi, Ravshan Ali ToshDUning 2-kurs tolibi bo`lib ular bilan ham suhbatlashib, o`z fikr taasurotlari, O`zbekiston haqidagi fikrlarni bildirdilar.Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining O`zbekistonga tashrifi xalqlarimiz o`rtasidagi do`stlikning mustahkamlaiishiga xizmat qiladi.Bosh vazir Benazir Buxutto tashrifidan so`ng 29 oktyabrda Pokiston poytaxti Islomobodda Respublikamiz Prezidenti Islom Karimoning “O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida” kitobini taqdimot marosimi bo`ldi. Mazkur mamlakat savdo-sotiq sanoat doiralari va jamoatchiligida katta qiziqish uyg`otgan bu kitobning taqdimot marosimini O`zbekistonning Pokistondagi elchixonasi bilan iqtisodiy hamkorlik tashkilotining EKO (IQT) madaniyat uyushmasi tashkil qildi57.

Bu taqdimot Pokistonning barcha davlat rahbarlaridan tortib, oddiy fuqarosigacha o`zbek millatiga, uning kelajagi, rivojlanishiga qiziqish qaytadan ortib borayotganligini bilishimiz mumkin.Alisher Navoiyning “Nisomui muhabbat” asarida shunday muammolar bor “...Xoja Muhammad Bobo Amir Sayid Kulolga bordilarki”: “Farzandim Bahouddin haqida tarbiyat va shavqatni darig` tutmagaysen”.Amir Sayid Kulol ustoz so`zini aziz bildi. Bahouddin tarbiyat etdi. Buxoroning etti pirlaridan biri sifatida tanildi.
Uch yil muqaddam Amir Sayid Kulol ziyoratgohida tashrif buyurgan pokistonlik saxovatli insonlar ko`nglidan shu fikr kechgan bo`lsa ajab emas. Ular Kogon tumanning Xo`jasuxor (Hozirgi “Yangi hayot”) qishlog`idagi hazrat xoki poylarini obod etmak niyatini bildirdilar. Pokistonlik Muhammad Ma`ruf, Muhammad Maqsud kabi me`mor ustalarning uch-to`rt oy davomida Amir Sayid Kulol qadamjosida muhtasham maqbara qurildi.Shu munosabat bilan bu yerda yig`ilish bo`lib o`tdi. To`plaganlar pokistonlik saxovatpesha insonlarga minnatdorchilik izhor etib, har ikki xalq do`stligini mustahkamlashda azaliy qadriyatlarimiz ham ulush qo`yshayotganligini ta`kidladilar58.
Prezidentimiz Islom Karimov Farmoni bilan “Amir Temur yili” deb e`lon qilingan. Mazkur yilda buyuk ajdodimiz tavalludining 660 yilligi bilan bog`liq ko`pgina shonli voqealar yuz bermoqda. Bu sana yubiley natijalarining keng dasturi ishlab chiqilib, izchillik bilan amalga oshirilayotgan mamlakatimizdagina nishonlanib qolmay. Butun jahon hamjamiyati Sohibqironning xizmatlarini munosib nishonlamoqda. Parijdagi YUNESKO qarorgohida bo`lib o`tgan “Temuriylar davrida fan madaniyat va ta`limning gullab yashnashi” ko`rgazmasi bo`lib, u ko`rgazmaning ochilish marosimida mamlakatimiz prezidenti boshchiligidagi O`zbekiston delegatsiyasi hozir bo`lgani buning yaqqol dalilidir. Shunday anjumanlardan biri Pokistonga bo`lib o`tdi. Pokiston poytaxtidagi eng yirik “Moriotta” mehmonxonasida buyuk sarkarda Amir Temur tavalludiga bag`ishlangan tantanali anjuman bo`lib o`tdi. Ushbu tadbir O`zbekiston Respublikasining Pokistondagi elchixonasi hamda mamlakatdagi Temuriylar jamiyati faollari tashabbusi bilan o`tkazildi.Anjumanda O`zbekiston Respublikasining Pokistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Naim G`oipov Amir Temurning jahon tarixida tutgan o`rni, temuriylar davrida rivojlangani to`g`risida so`zladi.Pokistonda “Amir Temur Ko`ragoniy” tarixiy romani urdu turida nashr etilgan. Uning muallifi pokistonlik taniqli adbi M.Ilmasdir.U bir qancha tarixiy roman va ko`plab boshqa adabiy asarlar yozgan. Muallif Lohar shahridagi “Pokiston-O`zbekiston iqtisodiy va madaniy markazi” faoli u 1996 yil shu markazda Sohibqiron yubileyiga bag`ishlab o`tkazilgan tantanali kecha tashabbuskorlaridan biri va asosiy ma`ruzasi bo`ldi. Muallifning gapiga qaraganda, u o`z romani bilan shu paytga qadar tarixchilar hayoti va faoliyatiga etarli e`tibor bermay kelgan Amir Temur shaxsi to`g`risida ob`ektiv ma`lumotlarning haqqoniy real voqealar asosida to`ldirishga harakat qilgan. M.Ilmasning sohibqiron tug`ilgandan boshlab, uning vafotigacha bo`lgan hayot yo`lini qamrab olgan asari tarixiy ishonchli ma`lumotlarga asoslanib yozilgan.Pokiston yozuvchisi sohibqironni badiiy siymosini jo`shqin rivojlanishi, kamol topish, davlat arbobi, sarkarda, bunyodkor sifatida tasvirlaydi. Kitobda Samarqand Shahrisabz hamda Movarounnahrdagi boshqa shaharlarni obod qilish va gullab yashnatish borasida qanday ishlar amalga oshirilganiga katta e`tibor berilgan.
Muallif Amir Temurning harbiy yurishlari haqida mufassal hikoya qilar ekan, uning sarkardalik iste`dodi, jang usuliga kiritgan yangiliklarini alohida ta`kidlaydi. Muallifning Amir Temurning oltin o`rda, Eron, Vizantiya yurishlaridan asosiy maqsad bu mamlakatni zabt etib, bo`ysundirish emas, balki avvalo o`z mamlakati xalqining xavfsizligini ta`minlash, Movarounnahr aholisiga xavf xatar solayotganlarni bartaraf etishdir, degan xulosasi juda muhimdir.O`zbekiston Respublikasining Pokistondagi elchixonasidan olingan xabarga qaraganda, yangi roman kitobxonlar tomonidan yaxshi kutib olingan. Mutaxassislarning fikricha bu asar o`tmishni almashtirish va badiiy idrok etishga bobomiz Amir Temur hayoti va faoliyati to`g`risidagi tarixiy haqiqatni tiklashga qo`shilgan salmoqli hissasidir59.
Pokistonning bunday amaliy ishlari O`zbekiston bilan naqadar yaqin aloqalarga ega ekanligini yana bir bor isbotladi. Bu roman pokistonlik yozuvchilar uchun birinchisi ham oxirgisi ham emas.Tohir Aslam Gora – Pokiston yozuvchisi, noshir. “Gora poblishare” nashriyoti boshlig`i. Xalqaro Amir Temur fondining Umumpokiston raisi.Amir Temurning 660 yilligi munosabati bilan yana Toshkentga tashrif buyurdi. Shu munosabat bilan jurnalistlar suhbat o`tkazdi.
Tohir Aslam Pokistonda ham Amir Temur nomi mashhur. Uning buyuk sarkarda, qolaversa donishmand, davlat arbobligi haqida ko`plab ilmiy asarlar, badiiy kitoblar bitilgan. Shulardan biri keksa romannavis Olmosning 2 tomli “Amir Temur Ko`ragoniy” romanidir. Uni nashriyotimiz yaqinda bosib chiqardi va tezda qo`lma-qo`l bo`lib ketdi. Shuning o`zi Amir Temur bizning Pokistonda qay daraja mashhurligini isbotlab turibdi.Ovruponing mashhur tarixnavis adibi Xorald Lamning Amir Temur haqida mashhur romani bor. Shu asarni tarjima qilib bosmadan chiqardik. Yana bolalar uchun Amir Temurning yoshligi haqida Axtor Husayn Shayx ham ajoyib kitob yozib berdi. Uni bosmadan chiqarishga tayyorgarlik ko`rmoqdamiz. Yana niyatim Bo`riboy Ahmedovnig “Amir Temur” romanini urdu tilida chiqarishdir60.
Hamyurtimiz Sharqshunos olim R.Muhammadjonov Alisher Navoiy g`azallarini urdu tiliga o`girgani hamda bu tilni o`rganishga qo`shgan katta hissasi uchun Pokiston Prezidentining “Yaxshi natijalar” ordeni bilan mukofotlandi.
Pokistonliklar tabiati sharqona mushohada yaqqol sezilib turadi. Bu mushohada zamirida sharqona vazminlik bor. Ana shu vazminlik orqali mushohada donishmandlikka aylanadi.Islomobod Osiyodagi, ma`lum ma`lumotlarga ko`ra, dunyodagi eng katta masjidga – Shoh Faysal masjidiga ega bo`lgani holda, hali hanuz kengayishga oshiqmayotgani avvalgi boshkentga Karachidek tevarak atrofni o`ziga singdirib yubormayotganligi o`ziga xos vazminlik belgisidir61.
Ta`lim, fan va madaniyat masalalari bo`yicha Xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) tomonidan 2007 yilda Toshkentning Islom madaniyati poytaxti deb e`lon qilinishi bizni juda quvontirdi. Bu O`zbekiston rahbariyatining islom madaniyati, ma`naviy qadriyatlarni tiklash va asrab avaylashga qaratilgan oqilona siyosati samarasidir.O`zbekistonga tashrif asnosida yurtingizga barcha sohalarda olib borilayotgan keng ko`lamli islohotlar berayotgan samaralar bilan yaqindan tanishdik. Jumladan Toshkentga amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlarining guvohi bo`ldik. O`zbekiston poytaxti qadimiy va zamonaviy shahar. O`zaro ishonch va hurmatga manfaatdorlikka asoslangan hamkorligimiz barcha sohada mustahkamlanib borishiga ishonaman62.Ikki mamlakat ilm-fan, madaniyat va san’at namoyandalari muntazam ravishda ilmiy-amaliy anjumanlar, festivallar hamda boshqa tadbirlarda ishtirok etib kelmoqdalar. Xususan, pokistonlik san’atkorlar Samarqand shahrida o‘tkaziladigan “Sharq taronlari” Xalqaro musiqa festivalining an’anaviy ishtirokchilari hisoblanadi.Pokistonda Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur singari buyuk o‘zbek olim va mutafakkirlarining bebaho madaniy merosini yaxshi bilishadi va hurmat qilishadi. O’zbekistonda esa mashhur pokistonlik shoir va faylasuf Muhammad Iqbol ijodini yuksak qadrlaydilar.Madaniyat sohasida hamkorlik davom etmoqda: E.Vohidovning „Oltin devor“ asari urdu tiliga tarjima qilinib (tarjimon A.Ibrohimov), Lohurda sahnalashtirildi (1996), N.Aminovning „Bir asr hikoyati“Pokistonda urdu tilida chop qilindi (1996), A.Ibrohimovning „Urducha-oʻzbekcha mushtarak soʻzlar lugʻati“ (1998), T.Xolmirzayevning „Urducha-oʻzbekcha lugʻati“ (2003) va boshqalar adabiy hamkorlik natijasidir. O’zbekiston va Pokistonda urdu va o‘zbek tillarini o‘rganish markazlari ishlab turibdi. 2003-yili Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tomonidan tuzilgan ilk “Urducha-o‘zbekcha lug‘at” Pokistonda nashr etildi. 2009-yil mazkur oliy o‘quv yurtida “Urdu tili va adabiyoti xonasi” ochildi.


XULOSA

Pokiston 1991 yil 20 dekabrda O`zbekiston Respublikasi suverenitetini birinchilardan bo`lib tan olgan mamlakat hisoblanadi. Shu yildan boshlab mamlakatlarning bir-biri bilan hamkorligiga qayta yo`l ochildi.Ma`lumki 1947 yilning 14 avgustida dunyo xaritasida yangi Pokiston davlati paydo bo`lgant edi. Mamlakat o`tgan yillar ichida olamshumul voqealarni boshdan kechirdi. 1988 yilning yozida so`nggi harbiy hukumat barham topgandan keyin mamlakatda demakratik tamoyillarga amal qilina boshlandi. 1992 yil iyun oyida Bosh vazir Muhammad Navoz Sharifning mamlakatimizga tashrifi 27 iyunda elchixonasining ochilishi shu yilning 13-14 avgust kunlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Pokiston mustaqilligining 45 yilligi munosabati bilan Pokistonga tashrifi 1995 yil may va noyabr oylarida ikki bor Pokiston Bosh Vazirining O`zbekistonga tashrifi mamlaktalar siyosiy aloqalarining mustahkamligidan dallat beradi. 1996 yil oktyabr oyida Pokiston Prezidenti Farrux Axmadxonjon Leghariy mamlakatimizda bo`ldi. 2005 yil mart Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Parvez Musharraf yurtimizga tashrif buyurib, o`zaro aloqalarni mustahkamlash yo`lida hamkorlik qildilar. U safari chog’ida Samarqandni ham sayohat qilib, Pokiston ham O`zbekiston kabi qadimiy yurt ekanligini aytadi. Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Parvez Musharrafning taklifiga binoan Islom Karimov 2006 yil 2-3 may kunlari rasmiy tashrif bilan Pokiston Islom Respublikasida bo`ldi.


Pokiston bilan hamkorlikni rivojlantirish uchun yana bir qadam qo`yildi, 2007 yilning 14 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Azizni qabul qildi. Pokiston mamlakati bilan diplomatik aloqalarni 16 maydan beri olib bormoqdamiz. Shu yillar davomida ikki o`rtada siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalar o`sib boraverdi va boryapti.O`tgan 50 yil davomida Pokiston hamma jabhalarda yutuqqa erishdi, desak xato qilmagan bo`lamiz. Millat o`zini-o`zi to`liq ta`minlab qolmasdan meva, guruch. shakar, paxta kabi mahsulotlarni eksport ham qila boshladilar. eksportdan keladigan daromadning 65-70 foizi paxta va paxtadan ishlab chiqariladigan mahsulotlar hisobiga to`g`ri keladi. Baliq mahsulotlari sport anjomlari, tibbiyot asbob-uskunalari, dori-darmonlar qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlash sanoati bo`yicha Pokiston jahon bozorida alohida mavqeyga ega. So`nggi uch yil ichida ekport hajmi 4 milliarddan 10 milliardga o`sdi. Tayyor kiyim-kechaklar eksportidan keladigan daromad deyarli 1 milliard dollarni tashkil etadi.O`zbekiston Respublikasi bilan Pokiston o`rtasida 2005 yilgacha savdo iqtisodiy hamkorlik 23 ta davlatlararo hukumatlararo, idoralararo shartnoma va bitimlar imzolandi. O`zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan Pokiston Milliy banki o`rtasida vakolat hisob raqamlari o`rtasida, suv xo`jaligi, energetika, irrigatsiya sohalaridagi hamkorlikka oid hujjatlar shu jumlaga kiradi. 1995 yil mayda Pokiston Bosh vazirining O`zbekistonga rasmiy tashrifi chog`ida Toshkentda Pokistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko`rgazmasi bo`lib o`tdi. Unda Pokistonning 100dan ortiq firmasi ishtirok etdi. 2000 yilda ikkala mamlakat o`rtasidagi tovar aylanmasi 8,5 million AQSH dollariga etdi. O`zbekiston Pokistonga teri, pilla chiqindisi, shoyi gazlama, shisha, xrustal, engil sanoat uchun mashina va asbob uskunalar, ayrim oziq-ovqat mahsulotlari eksport qiladi. Pokistondan esa tayyor kiyim, poyafzal, charm mahsulotlari, tamaki, kakao, shakar oladi. O`zbekistonda bir necha O`zbekiston Pokiston qo`shma korxonasi ishlab turibdi63..
Pokistonliklar O`zbekistonga katta qiziqish bilan qaramoqdalar. Pokistonning yirik korxonalarida Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O`zbekiston bilan madaniy ilmiy va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ko`maklashayotgan turli jamiyatlar, Peshovar va Karachida “O`rta Osiyoni tadqiq qilish markazi”, Laxo`rda “Pokiston-O`zbekiston madaniy va iqtisodiy markazi” Islomobodda “Pokiston-Markaziy Osiyo madaniy jamiyati” hamda “Intellekt” uyushmalari mavjud.Pokistonda urdu va ingliz tillarida O`zbekistonga oid bir qator kitoblar nashr etildi. Prezident Islom Karimovning ikkita kitobi, Alisher Navoiy g`azallari, o`zbek yozuvchilarining hikoyalari to`plamlari, P.Qodirovning “Bobur” romani, Erkin Vohidovning “Oltin devor” p`esasi, N.Alimovning “Bir asr hikoyati” kitobi shular jumlasidandir. Amir Temurning 660 yilligi munosabati bilan “Amir Temur” xalqaro jamg`armasi Pokiston bo`limi tashkil etildi. Yubiley Pokiston jamoatchiligida katta qiziqish uyg`otdi. Islomobodda Loxo`r, Karachida o`tgan seminarlarda olim va jamoat arboblari qatnashdilar. Pokistonlik adib Ilmas Amir Temurga bag`ishlab, ikki tilda badiiy asar yaratdi. Taniqli professor Ahmad Hasan Doniy “Temur merosi” nomli kitob nashr etdi.O`zbekistonda esa bir qator pokistonlik yozuvchi va shoirlarning asarlari chop etildi. Hamdo`stlik mamlakatlarida birinchi bo`lib o`zbekistonlik mutaxassislar ikki jilddan iborat Pokiston adabiyoti antologiyasini tarjima qildilar.
Bir necha bor mamlakatlar yozuvchilari o`zaro delegatsiya almashdi. Pokistonlik adib va jurnalistlar O`zbekistonga kelib o`z taassurotlarini Pokiston matbuotida chop etmoqdalar. Chunonchi taniqli jurnalist Abdulqodir Hasan urdu tilida chiqadigan eng yirik gazeta “Jang”da 10ga yaqin gazeta chiqardi. Jurnalist Szhar Suhayl O`zbekistonning o`tmishi haqidagi emas, balki hozirgi kuni, ichki va tashqi siyosati haqida nihoyatda iliq so`zlarni yozadi. Ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishga ayniqsa “O`zbekiston – Pokiston” jamiyatining hissasi kattadir. Shuni alohida ta`kidlash lozimki, xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishdan Loho`r shahridagi “Pokiston-O`zbekiston” madaniy va iqtisodiy markazi prezidenti, taniqli jamoat va davlat arbobi marhum Mahmud Ali Bhotiyning xizmati ulkan bo`ldi. Pokistonlik adib va noshir Tohir Aslam Goranning hali ikki xalq o`rtasidagi aloqalarni rivojlantirishdagi ishlari tahsinga loyiqdir64. Ikki mamlakat xalqaro madaniyat va san`at festivallarida, jumladan har ikki yilda Samarqandda bo`ladigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida ilmiy-ma`rifiy anjumanlarda qatnashib kelmoqdalar. Olimlar tarixiy-ma`naviy merosga oid madaniy yodgorliklarni, qo`lyozmalarni tadqiq etmoqdalar. Lekin bu boradagi imkoniyatlar ham to`la ishga solinayotgani yo`q. Jumladan madaniy ilmiy doiralarning, sportchilarning o`zaro aloqalarini yanada kengaytirish imkoniyatlari ko`p65.
O`zbekiston qanday aloqalarni olib bormasin siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalardagi munosabatlar Pokiston bilan birga olib borishga majburdir. Shu sababli ikki mamlakat bir qobiqqa kirib, jipslashib, ish yuritmoqdalar.Masalan Pokiston Islom Respublikasining Bosh vaziri Shavkat Aziz tashrifi ikki o`rtadagi hamkorlikni qaytadan yangi yo`lga qo`ydi. Shavkat Aziz muzokaralar imzolangan hujjatlar kelgusida ikki tomon uchun ham manfaatli natijalar berishga va mamlakatimiz o`rtasidagi munosabatlar ko`plab sohalarda rivojlanishiga ishonchim komil – deydi.Mustaqilligimiz qo`lga kiritilgandan beri olib borilgan bu hamkorliklar qadimiy hamkorliklarimizni qaytadan tiklab, endi bir millat sifatida shakllanib jahon bozoriga bir eshikdan kirib, turk millatidan ekanligimizni anglash payti keldi.
Men bitiruv malakaviy ishimda barcha masalalar to`laligicha echilishiga kafolat berishim qiyin. Ammo oldimga qo`ygan vazifalar:
1. O`zbekiston bilan Pokiston aloqalari juda qadimga borib taqaladi va qadimiy ildizlarga ega.
2. Ikki mamlakatning siyosiy, iqtisodiy madaniy hamkorligining rivojlanishi bosqichlarini yoritib berish.
3. O`zbekiston bilan Pokistonning xalqaro tashkilotlarga a`zo bo`lib, maqsad fikrlarining hamnafasligi kabi masalalarni yoritishga urinib ko`rdim.
Men o`zim to`plagan adabiyotlar ro`yxatimni kutubxona katalog bo`limiga berib, kelgusi xuddi shunday mavzu ustida ishlovchi ilm sohiblari uchun manba bo`ladi degan umiddaman. Albatta bu ma`lumotlar hatto maktab yoshi kollej o`qituvchilari uchun va o`quvchilari uchun foydalanilsa bo`ladi deb hisoblayman.


Download 357 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish