Buxoro davlat universiteti tarix fakulteti tarix kafedrasi



Download 357 Kb.
bet3/11
Sana06.02.2022
Hajmi357 Kb.
#431956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O’zbekiston va pokiston munosabatlari

Mavzuning dolzarbligi: Mustaqillik yillarida O`zbekiston tashqi siyosatining geografiyasi kengayib bordi. Yaqin va O`rta Sharq hamda Arab mamlakatlari bilan davlatlararo munosabatlarni o`rnatish va rivojlantirishga intilish va O`zbekiston tashqi siyosatining muhim yo`nalishlari hisoblanadi1.
O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1992 yil 13-14 avgustda Pokistonga rasmiy tashrifi ushbu mamlakatning O`zbekiston bilan ko`p tomonlama hamkorligiga asos bo`ldi.
O`z navbatida 1992 yil 27-28 iyun kunlari Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz Sharifning O`zbekistonga rasmiy tashrifi mamlakatlar o`rtasidagi aloqalarning rivojlanishiga yordam berdi.
Pokiston davlat va hukumat boshliqlarining O`zbekistonga rasmiy safari paytida imzolangan hujjatlar, davlatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
1992 yil 28 noyabrda O`zbekiston, Pokiston, Eron, Turkiya tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a`zo bo`lib kirdi.
1992 yil 10 mayda Ashxobodda O`zbekiston, Qozog`iston, Turkmaniston, Eron, Turkiya, Pokiston davlat va hukumat rahbarlari “Trans Osiyo” temir yo`lini vujudga keltirish maqsadida Tojan-Seraxs-Mashhad temir yo`lini qurilishi haqidagi bitimni, bojxona xizmatini tashkil qilish shu soha uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash haqidagi hujjatlarni imzoladilar.
Tomonlarning kelishuviga ko`ra 1992-1996 yillarda uzunligi 295 kilometr bo`lgan Mashhad-Seraxs-Tojan temir yo`li qurildi. 1996 yil 12 may ushbu yo`l ishga tushdi. Yo`l qurilishida O`zbekiston aholisi ham hissalarini qo`shdilar. Bu yo`l Osiyo va Evropa mamlakatlari o`rtasidagi o`zaro aloqalar yo`lini qisqartirdi.
O`zbekiston Pokiston munosabatlari uzoq va boy tarixga ega. Qadimdan sharq mamlakatlarining iqtisodiy jihatdan birlashtirgan buyuk ipak yo`li ustida joylashgan bu ikki mamlakatlar o`rtasidagi o`zaro hamkorlik 2 ming yillar avval boshlangan edi deb hisoblasak xato bo`lmaydi.
Ayniqsa Temur va temuriylar, Bobur va Boburiylar davrida biz yashab turgan hududlarda mavjud bo`lgan davlatlar temur va temuriylar, Shayboniylar va Ashtarxoniylar, Xiva va Qo`qon xonliklari, Mang`it amirlarining o`zaro diplomatik va iqtisodiy hamkorligi to`g`risidagi xabar va ma`lumotlar tarixiy manbalar keng yoritilgan.
O`rta Osiyo davlatlari bilan Pokiston o`rtasidagi munosabatlar, Pokiston alohida davlat bo`lib, ajralib chiqqunga qadar ham davom etib kelgan edi.
Sobiq ittifoq davrida O`zbekistonning dunyo bilan hamkorligi chegaralanganligi sababli faqat “markaz” ruxsati bilan hamkorlik qila olar edi.
O`zbekiston Pokiston munosabatlari haqida fikr boshlashdan avval Pokiston Islom Respublikasi (Islami Jamhyriya Pakistan) Osiyo janubida, Hindiston yarim orolining shimoli g`arbida joylashgan davlat. Maydoni 803,9 ming kilometr kvadrat bo`lib, aholisi 167,6 million kishi (2012). Ushbu mamlakat 1947 yilning 14 avgustida sobiq Britaniya kaloniyasining din va dominionlariga ajratish harakati natijasida Hindiston va Pokistonga ajratiladi. Poytaxti Islomobod shahri. Ma`muriy jihatdan 4 provintsia , federal poytaxt hududi va federal hukumat tomonidan boshqariladigan qabilalar hududiga bo`lingan. Sharqdan Hindiston bilan, Shimoldan Xitoy bilan, G`arbdan Eron va Afg`oniston bilan chegaradosh pul birligi Pokiston rupiyasi.
Pokiston Buyuk Britaniya boshchiligidagi hamdo`stlik tarkibiga kiruvchi islom Respublikasi.
Amaldagi konstitutsiyasi 1973 yil qabul qilingan. Davlat boshlig`i prezident. (2001 yildan Parvez Musharraf) konstitutsiyasiga muvofiq prezident 45 yoshdan kichik bo`lmasligi va albatta musulmon oilasidan bo`lishi shart. U 5 yil muddat saylanadi va ketma-ket ikki martadan ortiq saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni ikki palatali parlament (senat va milliy assambleya), ijrochisi hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiriladi. Bosh vazirni prezident tayinlaydi2.
Pokiston ko`p millatli davlat hisoblanib, aholisi 20 tilda so`zlashadi. Aholisi tarkibini panjobi, pushtun, sindhiy, belujlar tashkil etadi. Mamlakatning shimoliy qismida tog`li xalqlar istiqomat qiladi. O`rtacha umr ko`rish yoshi - 62 yosh. Rasmiy tili – urdu va ingliz tilidir. Aholisining 98 foizi islom diniga, qolganlari zardushtiylik, hindiy dinlariga e`tiqod qiladi. Aholisining 57 foizi 12 ta yirik shaharda yashaydi. Yirik shaharlari Karachi, Lohur, Faysalobod, Haydarobod, Ravalpindi, Peshovar, Mo`lton.
Pokiston xalqining Milliy ozodlik harakati 20 asrning boshlarida ayniqsa kuchaydi. (1886-1908 yillarda Hinddagi hurlar qo`zg`oloni, 1919-1921 yillarda chegaradagi pushtun qabilalari qo`zg`olani, 1930 yildagi Peshovar qo`zg`oloni va boshqa) 1947 yil 14 avgust Pokiston mustaqil deb e`lon qilindi. Pokistonning 1-general gubernatori qilib, musulmonlar Ligasining rahbari va Pokiston ozodlik harakatining yo`l boshchisi Muhammad Ali Jinna (1876-1948) saylandi.
Hokimiyatni qo`lga saqlab qolish maqsadida Musulmonlar Ligasi rahbarlari bir oz yon berishga majbur bo`ldilar. Jumladan 1954 yil bengal tili urdu tili bilan bir qatorda davlat tili deb tan olindi. 1955 yil Musulmonlar Ligasi va Birlashgan Front vakillaridan iborat koalitsion hukumat tuzildi. 1956 yil 29 fevralda ta`sis majlisi Pokistonning yangi konstitutsiyasini qabul qildi. O`zbekistonning o`z taraqqiyot yo`li mavjud. Bu yo`lda u hech qanday mamlakat taraqqiyotining ma`lum andozasin asosida bormay, balki ilg`or mamlakatlarning ijobiy tajribalariga tayanib o`z taraqqiyot yo`limizni belgilab oldik. Chunki rivojlangan mamlakatlar ham albatta o`z qobig`ida rivojlana olmaydi. Balki chet mamalkatlar bilan hamkorlikda ish olib borib taraqqiyotga etishish jahon tajribasidan ma`lum. O`zbekiston tashqi siyosatida chet mamlakatlar ichki siyosatiga aralashmaslik, zo`ravonlik qilmaslik, o`z manfaatlarini ustun qo`ymaslik, bir mamlakat bilan yaxshi bo`lib, ikkinchi mamlakat bilan munosabatlarni past darajaga qo`ymaslik kabi tamoyillarga asoslanadi3.
O`zbekiston dengiz yo`li orqali dunyo bilan savdo qila olmaydi. Buning uchun u Pokiston Islom Reuspublikasi bilan iqtisodiy, siyosiy aloqalarni mustahkamlashi kerak. Mintaqada tinchlik o`rnatish uchun ham ikki davlat o`rtasida aloqalar bo`lishi zarurdir. Shu bilan bir qatorda O`zbekiston va Pokistonda ishlab chiqarish mahsulotlari boshqa mamlakatlar orqali emas, balki to`g`ridan-to`g`ri almashinadi, ikkala mamlakatni iqtisodiyoti uchun ham foydalidir. Mamlakatlarimiz ma`naviy-madaniy hayotida ham o`xshashlik va yaqinliklar mavjudki bu sohada ham hamkorlik aloqalari zarurdir.
Yuqoridagi Pokistonning qisqa tarixidan ko`rinib turibdiki, Markaziy Osiyo va O`zbekiston tarixi bilan Pokiston tarixida bir-biriga yaqin va o`xshash tarixiy voqealar juda ko`p.

Download 357 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish