ELEKTRON POCHTA (E-MAIL) XIZMATI
Elektron pochta Internetdan oldin paydo bo‘lgan. Internet texnologiyalarining paydo bo‘lish davrida u mavjud ilovalardan eng ommalashgani hisoblangan. Rivojlanishi yillarida esa ko‘plab o‘zgartirishlarga uchradi va hozirgacha o‘zgarishda davom etmoqda. Oddiy pochta kabi elektron pochta asinxron aloqa vositasi hisoblanadi. Kishilar bir-birlariga ularga qulay vaqtlarda yo‘llanadigan manzillar bilan oldindan kelishmasdan xabarlarni yuboradi. Elektron pochtaning oddiy pochtaga qaraganda afzalligi yetkazishning yuqori tezligi, ishlatilishidagi oddiylik va past xizmat ko‘rsatish narxi hisoblanadi. Manzillarni tarqatish ro‘yxati yordamida jo‘natuvchi o‘sha bir xabarni bir vaqtda yuzlab oluvchilarga qayta uzatishi mumkin. Bundan tashqari, zamonaviy elektron pochta xatlar bilan birga tasvirni, audio va videofayllarniva boshqalarni tarqatishga imkon beradi.
Elektron pochta xizmati va uning vazifasi
1-rasmda elektron pochta tizimining tuzilmasi keltirilgan. Bu tuzilmada ucha asosiy komponentlar – foydalanuvchi agenti, pochta serverlari va SMTP protokolini ajratish mumkin. Biz elektron pochta bo‘yicha muloqot qiladigan 277 ikkita foydalanuvchilar bo‘lgan Alisa va Bob misolida komponentlardan har birini ko‘rib chiqamiz. Foydalanuvchi agentlari elektron xatlarni o‘qish, javob berish, qayta uzatish, yaratish va saqlashga imkon beradi. Alisa Bobga yangi xat yozganida uning agenti xatni pochta serveriga yuboradi, bu yerda xat serverning chiquvchi xabarlari navbatiga tushadi. Bob xatni o‘qishni istaganida uning agenti pochta serveri bilan bog‘lanadi va xatni Bobning shaxsiy kompyuteriga yetkazadi. 1990-yillarning ikkinchi yarmida mul’timediali xabarlarni o‘qishga va yaratishga imkon beradigan foydalanuvchining grafik interfeysli agentlari (Graphical User Interface, GUI) keng tarqaldi.
1-rasm. Internet elektron pochtasining tuzilmasi
Endi pochta serverlari orasida xabarlarni uzatilishi qanday tarzda amalga oshirilishini ko‘rib chiqamiz. Ta’kidlash joizki, SMTP protokoli o‘z ma’nosi bo‘yicha ikkita foydalanuvchini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro muloqot qilishini anglatadi. Demak, dastlab SMTP mijoz serverning 25-porti bilan TCPbog‘lanishni amalga oshirishga urinadi. Agar server javob bermasa urinish 278 keyinroq takrorlanadi. Bog‘lanish o‘rnatilganidan keyin mijoz va server amaliy darajada muloqot qilishdan oldin bir-birlariga o‘zini tanishtiradigan kishilarga o‘xshash qo‘l berishlar bilan muloqot qiladi. Qo‘l berishlar protsedurasining borishida mijoz xabarni oluvchi va jo‘natuvchining pochta qutilari manzillarini aniqlaydi. Qo‘l berishlar yakunlanishi bilan mijozdan serverga xabarni uzatilishi jarayoni boshlanadi. Modomiki, uzatish TCP protokoli yordamida amalga oshirilar ekan, ma’lumotlarni ishonchli yetkazilishi ta’minlanadi. Agar mijozning navbatida bu serverga mo‘ljallangan boshqa xabarlar bo‘lsa, ularning barchasi bitta TCPbog‘lanish orqali ketma-ket uzatiladi. Barcha xabarlar uzatilganidan keyin mijoz server bilan bog‘lanishni yopadi.
2-rasm. Alisa Bobga xabar jo‘natayapti
Do'stlaringiz bilan baham: |