Buxoro davlat universiteti tarix fakulteti tarix kafedrasi


Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi



Download 138,5 Kb.
bet5/16
Sana30.12.2021
Hajmi138,5 Kb.
#192717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Imom al – buxoriy saboqlari” jurnali sahifalarida o’zbekiston tarixi masalalarining yoritilishi

Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi. Ish ikki bob, to’rt reja, xulosa, foydalangan adabiyotlar ro’yxati va ilova qismlaridan tuzilgan. Bitiruv malakaviy ishining hajmi 63 betni tashkil qiladi.


I Bob. “Imom al-Buxoriy saboqlari” jurnalida mamlakatimizning ilk va o’rta asr tarixida doir tadqiqotlar

1.1. Ilk o’rta asrlar tarixi masalalariga doir maqolalar tahlili

Yozuv-insoniyat tafakkuri yaratgan ma’naviy boyliklarini asrlardan asrlarga avlodlardan avlodlarga yetkazuvchi bebaho vosita va kashfiyotlardan biri hisoblanadi. Jahon tarixidan ma’lumki, tillari kabi yozuvlari ham o’ziga xos. Afsuski ijtimoiy-siyosiy sharoit moddiy va ma’naviy vaziyat taqazosiga ko’ra ayrim xalqlarning yozuvi hatto tili ham unutilib ketgan. O’rta Osiyoda qo’llanilgan qadimiy bitiklar-ayrim xronologik va tarixiy manbalargina bugungi kunga qadar saqlanib qolingan. Xorazm, So’g’d, O’rxun-Yenisey, va Uyg’ur yozuvlarining qismati shunday bo’lgan. O’rta Osiyo mintaqasi qadimdan insoniyat svilizatsiyasi markazlaridan biridir. Bu hududlarga odamlar qadim davrlardan boshlab istiqomat qilib keladi va bu hududda ham yozuvlarning vujudga kelishi va o’lka bo’ylab keng yoyilib bugungi yozuv shakliga kelgunga qadar bo’lgan vaqtlar oralig’da o’ziga xos rivojlanish bosqichlarini bosib o’tgan. Jurnal sahifalarida Usmon Sanoqulovning “Ajdodlarimiz qo’llagan yozuvlar” nomli maqolasida O’rta Osiyo hududida qadimda mavjud bo’lgan yozuvlar tarixi haqida ma’lumot berib o’tadi. Muallif yozuv bugungi kunga qadar shakillanish davrini to’g’risida quydagicha ma’lumot berib o’tadi. “Yozma manbalarda qayd etilishicha yozuvlar hozirgi holatga yetib kelgunga qadar 3-ta bosqichni bosib o’tgan. Birinchi bosqich miloddan avvalgi Shumer tosh yozuvlari, Ikkinchi bosqich g’arbiy Yaxudiy-Bo’g’in yozuvlari, Uchinchi bosqich Yunon yozuvlarining yuzaga kelishi bilan bog’liq”25.

Muallif maqolada O’rta Osiyo mintaqasida mavjud bo’lgan yozuvlar haqida ham to’xtalib “O’rta Osiyoning o’zida jumladan,Movaraunnahr va Xurosonda milodning I-VIII asrlarida o’nga yaqin yozuvlar qo’llanganligi haqida manbalarda ma’lumotlar uchraydi. Masalan Yunon-Baqtirya, Oromiy, Sanskrit, Xorazmiy, Turkey-Runiy yoki Dulbarchin, So’g’d, Uyg’ur, Arab yozuvlari nomlari bilan yuritilgan qadimgi yozuvlar shular jumlasidandir”26. Mazkur yozuvlar orasida keng tarqalgan yozuv bu-So’g’d yozuvi bo’lib, u ayniqsa Movorounnahrda keng tarqalgan. Bu yozuvlarning barchasi miloddan avval paydo bo’lgan, ammo ularning ko’pchiligi bizning davrimizga qadar istemoldan chiqib qolgan.

Bu yozuv na’munalaridan qaysilari bizning davrimizgacha yetib kelganligi haqida quydagicha ma’lumot beradi. “Miloddan oldin shakllangan Xorazmiy, Dulbarchin, Turkey-Uyg’ur bitiklari bizgacha yetib kelgan”27. Ular turkiy yozuvlarni aniqlashga xizmat qilmoqda. Maqolada Xorazm yozuviga to’xtalib quydagi ma’lumotlar berilgan “Qadimgi Xorazm tili vayozuvi juda ko’hna tarixga ega bo’lgan. Xorazmda miloddan avvalgi IV-II asrlardayoq o’z yozuvini yaratgan edi. Ushbu ko’hna yozuv Beruniy yashagan davrda ham xorazmliklarning ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilgan. Xorazm tili forsiy tillar guruhiga kirmagani uchun forsiyzabonlar uni yaxshi tushunmaganlar. Bu xorazmshohlarga G’aznadagi elchilari bilan o’z yozuvlari va tillaridan fikrlarini maxfiy saqlash vositasi sifatida foydalanish imkonini beradi” degan ma’lumotni beradi.

Maqolada qadimgi Xorazm yozuvni shartli jihatdan to’rt bosqichga bo’lib izohlab beriladi. Unga ko’ra“Birinchi bosqich Miloddan avvalgi IV-II asrlarda Oromiy yozuvi asosida shakllanib, mustaqil Xorazm yozuvining shakllanish davri.

Ikkinchi bosqich Miloddan avvalgi I asrdan milodiy III-IV asrlargacha bo’lgan davr ya’ni qadimgi Xorazm tili talablariga mos keladigan orfografik qoidalarni shakllanib bo’lishi,Uchinchi bosqich V-VII asrlarda Xorazm yozuvining ravon xat uslublari devon mahkamalarida amal qilgan husnixat shakillariga ega bo’lishi arab yozuvi ta’sirida yangi ko’rinishdagi arabiy-xorazmiy yozuvining shakillanadi”28.

Muallif turkey-runiy yozuvi haqida quydagi ma’lumotlar berilgan. “Turkiy-Runiy yozuv mil. avv III-II asrlarda shakillangan Dulbarchin yozuvi yodgorliklarini dastavval rus-yevropa olimlari Mo’g’iliston, Qozog’iston, va O’rta Osiyo hududlaridan topilib fan olimlariga ma’lum etishgan.

Bu bitiklarini o’qish qiyin bo’lganidan ularga skandinav-german tillarining qadimgi yozuvi-runga (runa sirli yashirin) nisbat berilgan. Ba’zi olimlar esa bu yozuvning topilgan joyiga nisbatan qarab “O’rxin-Yenisey yozuvi” deb nomlashgan”29. Turkiy-runiy yozuvlar haqidagi ma’lumotlarni keltirib o’tib quydagilarni bayon qilib o’tadi “Qadimgi Xitoy manbalarida, jumladan temuriylar davrining mashhur tarixnavisi Ibn Arabshohning (1389-1450) “Ajoyib maqdur fi navoibi Taymur” asarida ham ushbu qadimiy turkiy yozuvini “dulbarchin” nomi bilan atalgani qayd etilgan”30. Turkiy-runiy yozuvlarni fanga ma’lum qilinishi haqida maqolada quydagicha fikir bildirib o’tiladi.“Ushbu turkiy yozuv haqida fan olamiga birinchi bo’lib 1692-yil Amsterdam shahrining burgomistri N. Vitzen ma’lum qilingan. Shundan so’ng qator olimlar o’z tadqiqotlarida bu yozuv haqida ma’lumot bera boshlaganlar. Rus olimlari S. Ramezov, N. Yadretsev, Shved olimi I. Stranberig shular jumlasidandir. Ushbu yozuv topilgan vaqtdan qarib ikki asr o’tgach ya’ni 1896-yildan boshlab daniyalik olim V. Tomsen va rus olimlaridan akademik V.V. Radlov qadimgi turkiy-run yoki dulbarchin yozuvi bitiklarini o’qishga muyassar bo’lishdi”.Maqolada qadimda mavjud bo’lgan yozuvlarning alifbosi ularning nechta alifbodan tarkib topganligi haqida ham ma’lumot berilgan bo’lib ular quydagicha ma’lumot beradi.

“Xorazm yozuvi 22-harfli alifbodan iborat bo’lgan. U mil. avv. V-IV asrlarda shakllangan bo’lib milodiy XI-XIII asrlargacha iste’molda bo’lgan.So’g’d yozuvi ham 22 (ba’zi manbalarda 19) harifli alifbo bo’lib mil.avv III-II asrlarda yuzaga kelgan va XI-XIII asrlargacha ba’zi manbalarda uchraydi.

Turkiy-runiy yozuvlar oromiy-xorazmiy alifbolari orasida mil.avv III-II asrlarda shakllangan. U 41 harfli (ba’zi manbalarda 28 yoki 35 harfli) alifbo bo’lgan. Undan eramizning V-VIII asrlarigacha foydalanilgan.So’g’d yozuvi asosida shakillangan turkiy alifbo 18 harfdan iborat bo’lib, u VIII-IX asrlargacha Movorounnahrda qo’llangan.Qadimgi Uyg’ur yozuvi mil.avv yuzaga kelgan bo’lib, u 24 alifbodan iborat bo’lib, bu yozuv asosan Uyg’ur, Manjur, Mo’g’ul (va qisman boshqa turkiy) qavmlar orasida tarqalgan bo’lib, X-XIII asrlargacha qisman foydalanilgan.

Arab yozuvi ham oromiy alifbosidan yuzaga kelgan bo’lib, turkiy ellatlar bu alifbodan VIII-XX asr boshlarigacha foydalanganlar. Arab yozuvi aslida 16 tayanch (belgi) harfdan tuzilgan bo’lib undan qo’shimcha belgilar orqali 32 harfli alifbo shakli hosil qilingan”. Muallif o’z maqolasini ishonchli manbalar va tahlillarga tayangan holda bayon qilib bergan bo’lib, bu maqolaning o’ziga xos tomoni shundan iboratki shu vaqtgacha yozuvlar haqida to’plangan materiallar tahlil qilinib, boyitilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Yozuvning taraqqiy etib, Turonzamin bo’ylab keng tarqalishi,shu bilan birgalikda ilm fanning turli sohalarini yuksalishi uchun zamin hozirladi.Jumladan,yozuvning keng yoyilishi va aholi orasida tarqalishi sababli insonlar o’zlari sayohat qilgan joylar haqida xotiralar va estalikar yoza boshlaydilar va esdaliklarida turli ko’rinishdagi xaritalarni ilova qilib borganlar bu omillar keyinchalik asrlar o’tib kartografiyaga asos bo’lib xizmat qildi.

Biz tadqiq qilayotgan jurnal sahifalarida Zokirjon Saidboboyevning “O’rta asrlarda sharq kartografiyasining ravnaqi” nomli maqolasi e’lon qilingan bo’lib muallif maqolada o’rta asrlarda kartografiya faniga hissa qo’shgan sayyohlarning xotira va estaliklaridan foydalangan.Maqolada Ibn Xavqal va Istahriy va ular tuzgan xaritalar haqida quydagicha ma’lumot berib o’tiladi. “Ibn Xavqal tomonidan tuzilgan xaritada 90-ta geografik nomlar ko’rsatilgan. U sxematik tarzda bo’lishiga qaramasdan O’rta Osiyo haqida to’g’ri ma’lumotlarni aks etgan. Bu haqida Ibn Xavqal o’zi bunday yozadi. “Men Jayhun daryosini tasvirlab, unga tutash Buxoro, Samarqand, Ustirshona, Isfanjob, Shosh va Xorazm viloyatlarini u yerdagi suvlar va o’rab turgan yo’llarni ham ko’rsatdim”31.

Muallif Istahriyning xaritasi haqida to’xtalib quydagi fikrlarni ta’kidlaydi. “Istahriyning xaritasi esa Ibn Xavqaldan, mazmun jihatdan ancha boy. Unda jami 170-ta geografik nomlar keltiriladi. Lekin ushbu xarita ham xatolardan xoli emas edi, ya’ni unda ham boshqa xaritalar singari geografik joylarning koordinatalari ko’rsatilmagan edi”32.

Z. Saidboboyev o’z tadqiqotida kartografiya faniga hissa qo’shgan shaxslar tog’risida to’xtalib,Xalifa Ma’mun o’zi tashkil etgan (Donishmandlar uyida) faoliyat ko’rsatayotgan olimlarga osmonning va dunyoning mukammal xaritasini yaratishga topshiriq berganini bayon qilib, o’tib Atlas tuzish bilan shug’ullangan yetmish nafarga yaqin olimga Muso al-Xorazmiy boshchilik qilganligini ishonchli manbalar orqali keltirib o’tgan.

Bu xarita haqida muallif o’z fikrini davom ettirib quyidagilarni bayon qiladi. “Bu xarita yig’indisi “Ma’mun dunyo xaritasi” nomi bilan ham yuritiladi. Tadqiqotchilarning fikricha, uni tuzish hijriy 840-yilga to’g’ri keladi.Mazkur xaritani tuzishda ishtirok etgan Muso al-Xorazmiy “Surat al-arz” (Yer surati haqida kitob) asarini yozgan. Unda Ptolameyning “Geografiya” kitobi tanqidiy tahlil qilingan. “Surat al-arz”. (Arab tilida) Avstraliyalik geogrif Gans Mjik tomonidan 1926-yil nashr qilingan”33.

Mazkur maqolada Xorazmyning bizgacha yetib kelgan xaritalari xususida quyidagilarni bayon etadi.“Bizgacha Al-Xorazmiyning to’rtta xaritasi yetib kelgan. Ular orasida Azov dengizi xaritasi hududlari aks ettirilgan xarita, ayniqsa, katta ahamiyatga ega. U shimol tomon yo’nalishda berilgan. Vaholanki, Xorazmiygacha va undan keying geograflarning xaritalari janubga tomon chizilgan. Yo’nalishlar kartaning yuqori tomoni shimol, past tomoni-janub tarzida chizilgan, ya’ni u kompas yo’nalishiga mos keladi. Xorazmiy Nil daryosi xaritasida ushbu daryo oqimini yaxshi bilishini ko’rsata olgan. Unda iqlim chegaralari ham aks ettirilgan. Xorazmiyning uchinchi xaritasi “Qimmatli yoqutlar oroli” deb atalib, bunda hamma tomoni tog’lar bilan qurshalgan orol tasvirlangan. Va nihoyat, to’rtinchi xaritada dengiz qirg’oqlarining turli shakllari berilgan”34.

Maqolada muallif Ibn Xalqal, Istaxriy, Xorazmiy tomonidan tuzilgan xaritalarni o’zaro solishtirib geografik joylarninig avvaliga qanday atalganligi va o’sha davrda insonlarning tevarak olam haqidagi bilimlari qanday bo’lganligini bilib olishda ushbu maqola qimmatli ma’lumotlar bera oladi.

Jurnalda turli mavzularga oid bo’lgan bir qancha maqolalar joy olgan bo’lib shulardan biri M.Hamroyeva muallifligi ostida Somoniylar sulolasi tarixiga bag’ishlangan “Movarounnahr va Xurosonda Somoniylar hukumronligi davri” nomli maqolasidir.

So’nggi bir necha yil davomida, yurtimizda ham qo’shni respublikalarda ham Somoniylar haqida ba’zi ishlar nashr etilib, ularda Somoniylarni faqat bir etnik yoki millatga mansub qilib ko’rsatishga va Somoniylar davlatidagi turkiylar rolini e’tiborga olmaslikka urinishlar bo’lyapti.Xolbuki, o’rta asr manbalarida bu haqida boshqacha ma’lumotlarni uchratamiz. Muallif aynan shu jihatlarni manbalarga tayangan holda ma’lumot berib o’tadi. U Somoniylar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi haqida quyidagi ma’lumotni berib o’tadi. “Somoniylarning hokimiyat tepasiga kelishiga sabab bo’lgan omil arab xalifasi Al-Ma’mun Bog’dodga ketishdan oldin 819-yili G’asson ibn Abbodni o’zinig noibi etib tayinlaydi va Asadning o’g’illarining uning xizmatiga qoldiradi. Asadning farzandaridan Farg’onaga-Ahmadni, Choch va Ustrushonaga-Yahyoni, va Hirotga-Ilyosni noib qilib tayinlangan. Aka-ukalar Toxiriylarga bo’ysunganlar ham o’z mulklariga to’la hokim edilar. Hatto o’z nomlaridan pul zarb etadilar”35.

841-42-yili Nuh ibn Asad vafot etgach Abdulloh ibn Tohirning amri bilan Samarqandni Ahmad ibn Asad va Yahyo ibn Asad birgalikda boshqaradilar. Keyin esa hokimiyat Ahmadning yetti o’g’lidan eng kattasi Nasrning qo’liga o’tadi.

Maqolada ushbu davrdagi siyosiy vaziyathaqida quyidagicha ma’lumot beradi.“IX asrning 70-yillarida Movarounnahrda siyosiy parokandalik kuchayadi. Buxoro Somoniylar qo’liga faqat 874-yilda o’tadi.O’sha yili Nasr Buxoro noibi etib ukasi Ismoilni yuboradi. Mamlakatda davom etayotgan siyosiy parokandalik ayniqsa, Buxoroda yaqqol nomoyon bo’ladi bu vaqtda Xorazmda voliy bo’lib turgan tohiriylarning bir vakili-Husayn ibn Tohir at-Toiy Buxoroga hujm qiladi. Ikki o’rtada bo’lib o’tgan jangda Ismoil g’alaba qozonadi Xorazmliklar chekinishga majbur bo’ladilar. Aka-uka Nasr va Ismoil o’rtasida munosabatlar yomonlashib boradi va ikki o’rtada 888-yilda urush bilan yakunlanadi. Jangda Ismoil g’alaba qozonadi. Shunday bo’lsa ham Nasr(892-yilning 21-avgust) vafot etguniga qadar sulolaning rasmiy vakili bo’lib turadi”36.

Bundan tashqari, maqolada Somoniylar sulolasi davrida katta mavqega ega bo’lgan Abu Ali Chag’oniyon faoliyati uning Somoniylar sulolasida tutgan o’rni haqidagi ma’lumotlarni ham uchratishimiz mumkin. Jumladan, “Abu Ali Chag’oniyon Abu Ali Nasr II davridayoq Xuroson hokimi etib tayinlangan edi. Nasr taxtga kelishi bilan uni Rayda ro’y bergan fitnani bostirishga yuboradi, u yerda Buvayxiy sulolasidan Rukundavla isyon ko’tarib, hokimiyatni o’z qo’liga olgan edi. Keyingi hukumdor Abdulmalik I ibn Nuh (954-961) podsholigi davrida, u asosan lashkar to’plab Rukundavla Daylamiyga qarshi yurish qilgani, bu ishda Sobuqtegindan yordam so’ragani va oxiri sulh tuzilgan haqida bayon qilinadi. Manbalarda bu hukumdor haqida boshqa gap aytilmagan. Keyingi hukumdor esa Mansur I ibn Nuh (961-976) uning hukumronligi davrida turk lashkarboshisi Alpteginning mavqeyi oshganligini kuzatishimiz mumkin”37.

Ushbu tadqiqotda turk lashkarboshisi bo’lgan Alptegin haqida ham ma’lumot berilgan bo’lib, uning siyosiy hayotda tutgan mavqeyi xususidaquydalar bayon etiladi. “Manbalarda uning nomi 955-yil noyabrdan ya’ni Abu Ali Chag’oniyon o’lgandan so’ng bosh hojib sifatida manbalarda uchraydi. Mamlakatda Alpteginning mavqei nihoyatda yuqori bo’lgan. Buni quydagi voqea misolida ko’rishimiz mumkin Abdulmalikning vafotidan so’ng vazir Balamiy Xurosonda hokim bo’lib turgan Alpteginga maktub yo’llab, taxtga kimni o’tkazish haqida so’ragan. Bu voqeaning o’zi mamlakatning siyosiy hayotida uning mavqei yuqori bo’lganligini ko’rsatib turibdi. Alptegin ushbu maktubga javob sifatida “uning o’g’illaridan munosibini o’tkazish kerak deb aytadi”. Shunda Somoniylar xonadoni vakillari va harbiylar Mansurni taxta o’tkazmoqchi bo’lganida Alptegin: “Mansur hali yosh. U mamlakat ishlarini kuchaytirolmaydi” deb javob bergan edi”38.

Muallif Alptegin va Somoniy hukumdor Mansur o’rtasidagi munosabatlarini tahlil qilishni davom ettirib, ular o’rtasidagi munosabatlar haqida “Alpteginning maslahati bilan taxtga norasida Nosirni o’tkazganlar, lekin u bir kun ham o’tirmaydi. Harbiylar taxtga Mansurni o’tkazganlar. Alptegin Mansur bilan munosabatlarini yumshatishga bo’lgan harakati natija bermaydi. U Alpteginni saroyga kelish haqida buyruq beradi Alptegin o’zining 3000 g’ulomi bilan Xurosoga keladi. Mansur uni Hojiblikdan tushurilganligini e’lon qiladi va ortidan 15000 kishilik qo’shin jo’natadi. Yuz bergan jangda Alptegin g’alaba qozonadi va G’aznaga qarab yo’l oldi va u G’aznani jang bilan egallaydi. Bu orada Mansur unga qarshi yana qo’shin yuboradi. Bu safar ham Alptegin g’alaba qozonadi. Shundan so’ng 962-yilda Buxorodan Alpteginnng G’aznadagi hokimiyati uchun yorliq keladi. Shu yilda u G’aznada mustaqil davlatga asos solidi”. degan ma’lumotni keltirib o’tgan. Muallif Somoniylar sulolasining Qoraxoniylar sulolasi tomonidan bosib olinishi haqidagimuhim ma’lumotlarni ta’kidlab o’tadi. “Mansur ibn Nuh vafotidan so’ng taxtga uning o’g’li, Abulqosim Nuh II ibn Mansur (976-997) o’tiradi. Uning hukumronligi davrida davlatining zaiflashuv jarayoni kuchayadi. Shunday sharoitda mamlakatda Qoraxoniylarning bosqin xavfi qamrab oladi”. So’nggi davrda manbalarning o’rganish natijasida, shu narsa ma’lum bo’ldiki, Qoraxoniylarni Somoniylar davlatini bosib olishga da’vat qilganlar, amirning turk lashkarlarboshilari:Abu Ali Sinjuriy va Foyiq ismli lashkarboshilari hisoblanadi. Ular Bug’rixonga maktub yozibuni Nuh mamlakatini bosib olishga da’vat etadilar. Lekin shu shart bilanki, Bug’rixon tasarrufiga faqat Movaraunnahr o’tadi. Xuroson esa ularga qoladi. Qo’shin Qoraxoniylar xizmatiga o’tishga qaror qiladi. Natijada xon va uning qo’shinlari o’rtasida 992-yilda jangda Nuh yengilib, Balxga chekinadi. Buxoroda hokimiyat Qoraxoniylar qo’liga o’tadiva Sotiq Bug’rixon nomiga xutba o’qitiladi va uning nomidan tanga zab etiladi”39.

Yuqorida bildirilgan fikrlar asosida maqola muallifi mamlakatimiz tarixining ushbu jihatini bir qancha yangi ma’lumotlar bilan to’ldiraolgan. Xususan, Abu ali Chag’oniyon va Alpteginning davlar hayotida tutgan mavqeyi, Qoraxoniylar sulolasi, Somoniylar sulolasini turk lashkarboshilarining taklifiga binoan bosib olgan bo’lib, bu haqida o’quv adabiyotlarida ma’lumot berilmaydi shu jihatdan maqola bu davr haqida qimmatli ma’lumot bera oladi.

Jurnal maqolalarini tahlil qilish jarayonida,qadimgi turkiy xalqlar va ular qadimda yashagan hudud xususidagi maqoalar mavjudligini ko’rishimiz mumkin.

A.Aytbayev tomonidan jurnal sahifalarida yoritilgan “Devoni lug’ati-t turk asridagi dunyo xaritasi” nomli maqolasi shu yo’nalishdagi izlanishlardan biridir. Maqolada turkiy xalqlarning tili, tarixi va etnografiyasi haqida qimmatli ma’lumotlar bilan birgalikda ular yashaydigan joyni ham xaritasi tahlil qilib berilgan. Muallif bu xaritaning boshqa xaritalardan farq qiladigan jihati haqida to’xtalib. “Qomusiy alloma Mahmud Qoshg’ariy o’zi chizgan xaritada o’sha davrdagi xaritalardan farqli o’laroq, turkiy xalqlarning urf-odatlari va an’analariga amal qilgan holda, sharq tomonni muqaddas bilib yuqoriga joylashtirganlar. Okean, dengiz, katta ko’llar qora, ko’k bo’yoq bilan, daryolar havo rang bilan berilgan. Markaziy Osiyoni esa xaritaning o’rtasiga joylashtirgan. U Qoraxoniylar davlati hududini qizil katta chiziq bilan to’rtburchakning ichiga olgan. Davlatning ma’muriy bo’linmalari to’rtburchakning ichiga bo’lib, ko’rsatilgan to’rtburchak davom etgan, lekin berkitilmagan. Chiziqlar bilan Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan mustaqil o’lkalar ko’rsatilgan. Bu xaritaning janubiy –sharqiy qismida o’sha davrdagi boshqa xaritalardan farqli ravishda no’malum odamlar –Yajuj-Majujlarga tegishli joy ko’rsatilgan va bu joy katta qizil chiziq bilan chizilgan yarim doira ichiga olingan mazkur yarm doira ikki uchi okeanga borib taqalgan”40.

Maqolada muallif asarda uchraydigan “chin” hududi haqida to’xtalib, uni quydagicha izohlashga urinadi. “Mahmud Qoshg’ariy o’z xaritasida Turkiy xalqlar yashagan “Chin” degan joy nomini tilga olib o’tadi. U chinni 3 –ta hududga bo’lib ko’rsatadi. Yuqori Chin “Tavg’och”,O’rta Chin “Xitoy”, Quyi Chin “Barxan” Qoshg’ar deb tariflagan. “Devon-u lug’atit-t-turk” da “Mochin” atamasini ikki marta tilga olib o’tgan va u xaritada ham ko’rsatilgan. Ushbu xarita yuzasidan juda ko’p tadqiqotlar olib borildi va “Chin” deb hozirgi (Xitoy xalq Respublikasi hududi) deb noto’g’ri tariflanganligi bois juda katta o’lkadagi turkiy xalqlar yashagan hudud xato talqin etib kelingan edi” - degan fikrni aytib o’tadi41.

A.Aytbayev Mahmud Qoshg’ariyning dunyo xaritasini boshqa olimlarning xaritalari bilan taqqoslab, tahlil qilib, quydagi fikirlarni keltirib o’tadi. “IX-XIII asrlarda yozilgan geografik asarlarning aksariyatida jumladan Muso al-Xorazmiy va Abu Rayhon Beruniy tomonidan chizilgan dunyo xaritalarida Mahmud Qoshg’ariydan farqli o’laroq sharqda “Chin” hududi berilib, “Mochin” nomli joy tilga olinmagan. Abu Rayhon Beruniyning xaritasida doira ichiga olingan yettita iqlimning oltinchisi,“Chin” deb berilgan. Oltinchi iqlimning ichiga Chin, Tubat (Tibet), Xo’tan, Movarounnahr va Balxdan boshqa barcha yerlar Chin hududi deb berilgan. O’rta asr manbalarida “Chin” va “Mochin” atamalari faqat Xo’tan va uning atrofi ma’nosida ifoda etilgan sharqdagi biror bir mamlakatning “Mochin” deb atalganligi haqida ma’lumot berilmagan”.

Muallif “Mochin” atamasiga to’xtalib, quyidagi ma’lumotni keltirib o’tadi. “Mochin” atamasi o’sha davrdagi buddaviylikka asoslangan kuchli madaniyat markazlaridan biri, Xo’tanga nisbatan qo’llanilgan.O’rta asrlarda Xo’tan va uning atrofi “Chin va Mochin” degan umumiy nom bilan atalgan hatto XI asrda ham Xo’tan atrofini Mochin deb atashni davom etganlar.Bir so’z bilan aytganda Mahmud Qoshg’ariyning dunyo xaritasi o’sha davr uchun mukammal xarita bo’lib hisoblanadi. Keyngi asr tadqiqotchilari bu xaritani “Osiyo kortografiyasinig durdonasi” deb ta’rif berib o’tadilar. Ushbu xarita orqali Mahmud Qoshg’ariyning turk xalqlari, ular yashaydigan hudud haqida juda aniq va boy ma’lumotga ega ekanligini bilib olsak bo’ladi. “Devon-u lug’atit-turk” dagi dunyo xaritasi tarixiy manbalardagi ishonchli ma’lumotlar asosida chizilgan. Turkiy xalqlarning qadimiy tarixini o’rganishda katta ahamiyat kasb etadigan,mazkur xaritani turli manbalar asosida to’liq o’rganish hanuzgacha o’z yechimini topmagan ko’pgina masalalarni to’g’ri hal etishga yordam beradi.

Ilk o’rta asrlar tarixini asosli yoritish hamda jurnal sahifalarida yozma yodgorliklar tahlilini izchillikda tadqiq etish orqali keng jamoatchilikka ma’lum qilingan. Ushbu davrga oid manbalar chuqur tahlil, haqqoniylik, xolislik va tarixiylik tamoyillari doirasida o’rganilgan. Mamlakatimiz tarixini o’rganish va targ’ib qilishda yuqoridagi o’z davrida yaratilgan tarixiy adabiyotlar birlamchi manba hisoblanadi.

Ushbu davrga oid bo’lgan jurnal sahifalaridan joy olgan maqolalarni vatanimiz tarixini o’rganishdagi o’ziga xos jihati shundaki bugungi kunda ham o’z yechimini topmagan va ko’plab tortishuvlarga sabab bo’layotgan masalalar haqida ishonchli manbalarga tayangan holda izoh berib o’tilgan. Jumladan Somoniylar davlatini Qoraxoniylar tomonidan bosib olinishi masalasini jurnalda atroflicha tahlil qilib beriladi aslida Qoraxoniy hukumdorga maktub yo’llanib Somoniylar davlatini bosib olishga da’vat qilinganligi batafsil yoritib berilgan.




Download 138,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish